24-. YUZ YILLIK URUSHNING
B0SH1ANISHI VA UNING DASTLABKI
DAVRl

Yuz yillik urush va uning
bosqichlari. Urushning sabablari. 

Angliya va Fransiya o'rtasida XIV
asrning 30yillari boshlangan urushlar
(1337-1453) tanaffuslar bilan yuz
yildan ortiq davom etib, tarixda "yuz yillik urush" nomini olgan. Filipp IV ning o'limidan ko'p o'tmay
taxtga da'vogar erkak zurriyot
qolmaydi. X asrdan buyon davom
etayotgan Kapetinglar vorisi deb
Valualar oilasi tan olinadi. Ammo
inglizlar qiroli Eduard III Filipp IV ning qizidan nabirasi o'zini har
qanday valualardan taxtga haqliroq
deb e'lon qiladi.
Ingliz qiroli talabini rad etish uchun
fransuz huquqshunoslari Xlodvig davridagi "Sali haqiqati"dan yerni meros bo'yicha ayol kishiga o'tishi
mumkin emasligi haqidagi qonunni
topishadi. Huquqshunoslar bu
qonunni qirollik ham yer-mulk
ekanligi, demak Eduard III ning onasi
Filipp IV ning qizi o'g'liga Fransiya taxtiga o'tirish huquqini berishi
mumkin emasligi haqida qaror
chiqarishadi.
Vorislik haqidagi bahs qurol
yordamida yechila boshlanadi.
Fransiya qiroli 1337-yili inglizlarning mamlakatning janubi-g'arbidagi
Akvitaniya yerlarini o'z e'tirofiga
olganini e'lon qiladi. Bunga javoban
Eduard III Fransiyaga qarshi urush
boshlaydi. 

Urushning borishi.

Angliya va Fransiya urushi tez orada
umumyevropa mojarosiga aylanadi.
Shotlandiya va Kastiliya Fransiyani,
Portugaliya esa Angliyani qo'llaydi.
Yevropaning barcha hududlaridan
ritsarlar kelib yo inglizlar, yoki fransuzlar xizmatiga o'ta boshlaydilar.
Inglizlar 1340-yili Franstvv dengiz
flotini yengib, quruklikda hujumga
o'tadilar. Dastlabki yirik jang 1346-yili Kresi yaqinida bo'lib, unda fransiyaliklar qo'shini mag'lubiyatga
uchraydi. Ingliz qo'shinlarining
intizomi, son jihatidan ustun bo'lishi,
puxta tayyorgarligi urushning
dastlabki davridayoq Angliya
ustunligini ta'minlaydi. Erkin dehqonlardan tuzilgan kamonchilar
bo'linmasi ham g'alaba omillaridan
biri bo'ladi. Inglizlar qo'shini qiroldan
maosh olgan harbiy boshliqlar
buyrug'ini so'zsiz bajargan. Fransiya
qo'shini alohida ritsarlik bo'linmalaridan tashkil topgan bo'lib,
har bir ritsar mustaqil harakat qilgan.
Qo'shinda yagona boshqaruv va
harbiy intizom bo'lmagan. Kale portini olgan ingliz qo'shinlari 1347-yili Akvitaniyaga yurish
boshlaydi. 1356-yili Fransiyaning son
jihatidan ikki baravar katta qo'shini
shahzoda Eduard bo'linmasini ta'qib etib, unga Puate yaqinida yetib oladi.
Eduard fransuzlar uni o'tkazib
yuborishi hisobiga barcha o'lja va
asirlarni, qo'lga kiritgan hamma qal'a
va qasrlarini berishga tayyor
ekanligini bildiradi. Lekin Fransiya qiroM shahzodani o'z a'yonlari bilan
asirlikka tushib qamoqqa olinishiga
rozi bo'lishini talab qiladi. Natijada
Eduard jang qilishdan boshqa chora
qolmaganiga ishonch hosil qiladi.
Jang davomida fransuzlar yana birikmay harakat qilishi ularning eng
sara ritsarlarini halokatiga sabab
bo'ladi. Fransiya qiroli Ioaan Sahiy va o'g'li Filipp asirga tushadi. Jangdan so'ng inglizlarga ularning
Fransiyadagi ko'plab yer-mulklari
qaytariladi. Urush esa fransuzlar
uchun xavfli tus ola boshlaydi. 

Jakeriya qo'zg'oloni. 

Yuz yillik urush davomida soliqlardan, ayniqsa
dehqonlar aziyat chekkanlar.
Yevropaga, jumladan Fransiyada XIV
asrning o'rtalarida tarqalgan vabo 
"qora o'laf'dan aholining deyarli
yarmi- qirilib ketgan. Ammo xo'jayinlar "Sodda Jakning yelkasi
keng, u hamma og'irlikni ko'taradi!"
deyishgan. Oddiy dehqonga nisbatan
ishlatiladigan laqab "Jak", keyinchalik qo'zg'olonning nomiga
aylanadi.
Fransiyaning Bove okrugida, 1358-yil
may oyida boshlangan dehqonlar
qo'zg'oloni tarixda "Jakeriya" nomini oladi. Qo'shni viloyatlarga ham
tarqalgan qo'zg'olonda yuz mingga
yaqin kishi qatnashgan.
Qo'zg'olonchilarning shiori "barcha
zodagonlarni bitta ham qoldirmay
qirib tashlash" edi. Bunga ularning dehqonlarga o'tkazgan og'ir zulmi
sabab bo'lgan. Qo'zg'olonchilar
feodallar qal'alarini talab, soliq
hujjatlarini, ro'yxatlarini yondirib
yuboradilar. Ammo, odil qirolga
ishongan dehqonlar bayroqlariga qirol gerbidagi - oq nilufar tasviri
tushirilgan. Ko'p o'tmay feodallar
birlashib Gilom Kal boshchiligidagi qo'zg'olonni bostiradi.
Qo'zg'olonning yana takrorlanishidan
qo'rqqan feodallar dehqonlarni to'lov
evaziga shaxsiy qaramlikdan ozod
etishni tezlatadilar, ular qo'zg'olondan
keyin o'z xo'jaliklarini nisbatan muvaffaqiyatliroq rivojlantirish
imkoniga ega bo'ladilar. 1358-yilda Fransiyada Gilom Kal boshchiligidagi dehqonlarning
Jakeriya qo'zg'oloni bo'lib o'tadi.