25-. URUSHNING KEYINGl
DAVRLARl. FRANSIYANI
MARKAZLASHTIRISHNING
YAKUNLARI

Yuz yillik urushning davomi. 

Angliya Fransiyaga 1360-yil taklif
etgan tinchlik sulhi bo'yicha
mamlakat hududlarining 1/3 qismi
inglizlarga o'tadi. Fransiya qiroli Karl V harbiy islohotlar o'tkazib, kuchli to'pchilar qo'shini va flot tuzishga
kirishadi. Yagona qo'mondonlik joriy
etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi.
Ushbu lavozimga tayinlangan Dyugeklan yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali
deyarli barcha hududlarini
inglizlardan ozod qiladi. Lekin
urushdagi g'alabalar uzoqqa
cho'zilmaydi.
Qirol saroyidagi kelishmovchiliklardan foydalangan
inglizlar 1415yilning kuzida
Normandiyaga qo'shin tushiradi. Azenkur jangida yana fransuzlar qo'shini tor-mor etiladi. Mamlakatning
yarmi Angliya qo'liga o'tib, cherkov
va aihoniylar ingliz qirolini tan olishdi,
Burgundiya gersogi ham inglizlar
tomoniga o'tadi. lining ko'magida
inglizlar Parijni egallaydi. 1420-yilgi shartnomaga ko'ra,
Angliya qiroli Genrix V ning o'g'li
taxtga kelganda, birlashgan Angliya
va Fransiyaning qiroli bo'lishi
ko'rsatiladi. Ammo 36 yoshli Genrix V 1422-yili vafot etganida uning 10
oylik o'g'li Genrix VI taxtda qoladi. Fransiya qiroli Karl VI ning vafot etishi hokimiyat uning o'g'li dofin (shahzoda, taxt vorisi) Karlga o'tishini
ta'minlaydi.
Yuz yillik urushning xususiyati
o'zgarib, ingliz qo'shinlariga qarshi
oddiy xalq ko'tariladi. Dofin Karl uchun muhim bo'lgan mamlakat
janubiga yo'l ochuvchi Orlean shahri himoyachilari inglizlarga qarshi 200
kunlik qamalda taslim boiishmaydi. 

Orlean qizi. 

Ingliz qo'shinlari Orleanga hal qiluvchi hujumga
tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda
Karl huzuriga 16 yoshli oddiy dehqon
qizi Janna d'Arkkelib, uni fransuzlar g'alabasi muqarrar ekanligiga
ishontiradi. Jannaga ritsarlar
bo'linmasi berilib, Orleanni ozod qilish
uchun yo'llangan qo'shin tarkibiga
kiritiladi. Bir necha kun davomida
inglizlar qurgan istehkomlar yanchib tashlanib, shahar qamaldan ozod
qilinadi. Bu voqeadan so'ng Jannani "Orlean qizi" deb atay boshlaydilar. Jannaning qahramonligidan
ilhomlangan fransuzlar barcha
hududlarda bosqinchilarga qarshi
urush boshlaydilar. 71-rasm. Karl V Dono. 72-rasm. Janna d'Ark Karl VII ning toj kiyish marosimida. Reyrasda - Fransiya qirollarining
an'anaviy toj kiyadigan shahrida
Karlning toj kiyish imkoniyati paydo
bo'ladi. Karl VII (1422-1461) Fransiya qiroli bo'lgach, uning
mamlakat va Yevropadagi nufuzi
keskin oshadi.
Janna d'Arkning shuhrati oshib
borishi, qirol saroyi a'yonlarining
hasadini kuchaytiradi. 1430-yili Kompen qal'asi uchun janglarda Janna burgundlar tomonidan asirga
olinib, inglizlarga topshiriladi. Fransiya
qiroli qahramon qizni qutqarishga
urinib ham ko'rmaydi. Cherkov sudi
Jannani o'limga hukm etib, 1431-
yilning 30-mayida Ruan shahri maydonida gulxanda yondiradi. 

Urushning yakunlari. 

Jannaning qahramonligi fransuzlarning
vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirib,
ozodlik urushida keskin burilish
yasaydi. Inglizlarning ketma-ket
mag'lubiyatlari 1453-yilda sulh
tuzilishi bilan tugaydi. Ular ixtiyorida faqat Kale porti qoladi. G'alaba qirol hokimiyatining
kuchayishiga olib keldi. Qirolning
muntazam qo'shini tuzila boshlangan.
Soliqlarning muntazam yig'ilishi orqali
davlat daromadlari oshirilgan.
1451-yili urush bo'lgan hududlardagi dehqonlar 8 yilga soliqlardan ozod
qilinadi. Bu dehqonlarni o'z xo'jaligini
tiklashiga yo'l ochgan. 

Markazlashtirish yakunlari. 

Qirolning mustaqil gersog va
graflarga qarshi kurashi yanada
kuchayadi. Xususan, Burgundiya
gersoglari qirol vassallari hisoblansa-
da, amalda mustaqil siyosat olib
borganlar. Karl VII o'limidan so'ng taxtga
o'tirgan o'g'li Lyudovik XI (1461-1483) o'z siyosatini Bretan ,,va Anju gersoglarini bo'ysundirishdan boshlaydi. Bunga
javoban 1465-yili yirik feodallar "Jamiyat baxt-saodati ittifoqi"ni tuzadilar. Uning rahbari Karl Burgundskiyga qarshi Lyudovik Lotaringiya gersogi va shveysariyalik
yollanma qo'shinni jalb etadi. Karl Jasur1477-yilda shveysariyaliklar bilan jangda halok bo'lgach,
Burgundiyaning g'arbiy qismi
Fransiyaga qo'shib olingan.
Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan 1481yili qirol hukmiga o'tadi. Lyudovikning
vorisi Karl VIII ning 1491-yili Bretan gersogining qizi Annaga uylanishi
bilan Fransiyaning markazlashuvi
yakunlanadi.