26-. ANGLIYADA MARKAZLASHGAN
DAVLATNING TASHKIL TOPISHI

Normandlar istilosi. 

Angliyada qirol hokimiyatining zaifligi uni
daniyaliklarning talonchilik
maydoniga aylantiradi. Angl-sakslar
bunga qarshi XI asrning 40-yillarida
qo'zg'olon ko'targanida, ularga
Fransiyaning shimolidagi Normandiya gersogi yordamga keladi. Ammo ko'p
o'tmay bu ko'mak beg'araz
bo'lmagani tasdiqlanadi.
Normandiya gersogi Vilgelm qo'shinlari 1066-yili Angliyaga kelib
tushadi. Castings jangida
normandlarning otliq ritsarlari
inglizlar piyoda qo'shinini qurshab
oladi. Angliya qiroli Garold va uning qo'shini tengsiz jangda halok bo'ladi.
Normandiya gersogi qirollik taxtini
egallab, Vilgelm I nomini oladi. 1066-yili Angliya Normandiya
gersogi Vilgelm I tomonidan bosib
olinadi. 

Feodal jamiyatining uzil-kesil
o'rnatilishi. 

Vilgelm mahalliy feodallar  angl-sakslar yerlarini tortib olib o'z
ritsarlariga bo'lib beradi. Ayni paytda
kichik va o'rta yer egalari o'z
mulklarini saqlab qolishadi.
Mamlakatni itoatda saqlash uchun
kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Vilgelm barcha feodallarni qirolga
sodiqlikka qasamyod qildiradi. Ayni
paytda mamlakat yerlarining 1/7
qismi, qirol mulkiga aylanadi.
Qirolning eng yirik mulkdor bo'lishi,
baronlarga esa yer mulklarining turli viloyatlardan taqdim etilishi,
Fransiyadagi kabi mustaqil grafliklarni
tashkil topishiga to'sqinlik qiladi.
Normandlar istilosi natijasida Angliya
dehqonlariga zulm o'tkazish
kuchayadi. O'z hokimiyatini mustahkamlash
maqsadida normandlar Angliya
bo'ylab ko'plab qal'alar qurdirgan.
Ulardan eng mashhuri Londondagi Tauer bo'lib, u hozirgacha mavjud. Angl-sakslarning doimiy qo'zg'olon
ko'tarish xavfi baronlarni qirol
tevaragida yanada jipslashuviga olib
keladi. Istilo qilingan mamlakat
iqtisodiy imkoniyatlarini bilish
maqsadida Vilgelm Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro'yxatini
o'tkazdi. Ro'yxatga oluvchilar
savollariga faqat haqiqatni aytib javob
berish haqida qasamyod qildirilishi
xalq orasida ro'yxat varaqalarini "Dahshatli sud kitobi" nomini olishiga sabab bo'ladi.
Baronlarning aholiga zulmini
cheklash uchun grafliklardagi
anglsaks mahalliy sudlari saqlab
qolinadi. Mamlakat grafliklarga
boiinib, ularning har biriga qirol vakili - sherif tayinlanadi. Angliyada dehqonlar kurashi XII
XIII asrlardan kuchayadi. Ularning bir
qismi o'z xo'jayinlaridan qochib
o'rmonlarda yashaganlar. Qochoqlar
birlashib feodallar, yepiskoplar,
amaldorlar, qirol sudyalariga hujumlar uyushtirganlar. Ularni aholi
qo'llab-quvvatlagan. XIV asrda xalq
og'zaki ijodining sevimli qahramoniga
aylangan Robin Gud siymosi ana shu boylaming dushmani, ezilgan
mehnatkash xalqning himoyachisi
sifatida tasvirlanadi. Genrix II (11541189) qirolligida Angliyada moliya va harbiy islohotlar
o'tkazildi. Baronlar harbiy xizmat
o'rniga xazinaga "qalqon puli" solig'i to'lashiga ruxsat berildi. Bu qirolga
muntazam yollanma qo'shin tuzish
imkonini berdi.
Normandlarning mahalliy angl-
sakslar bilan aralashishi ma'lum
muddatni talab etgan. Qirollar XII asr davomida xalqqa "fransuzlar va inglizlar" deb murojaat qilganlar. Etnik va til borasidagi farqlar XII asr
oxiridan yo'qola boshlaydi. 

"Buyuk ozodlik xartiyasi". 

Genrix
II ning vorislari davrida mamlakatda qirol siyosatidan norozi zodagonlar,
hukmdorning o'g'illari boshchiligida
qo'zg'olonlar bo'lib turgan. Bunday
kurashlar Ioann (1199-1216) qirolligi paytida yanada kuchayadi.
O'z kuchiga ishongan qirol gunohkor
hisoblangan baronlarning mulklarini
tortib olgan, vassallaridan katta
to'lovlar talab etgan. Natijada, bu
siyosat barchani qirolga qarshi qilib qo'yadi.
Baronlar, ritsarlar va shaharliklar
ko'magida 1215-yilning bahorida
isyon ko'taradilar. Poytaxt London
aholisi qo'zg'olonchilarga
darvozalarni ochib beradilar. Qirol "Buyuk ozodlik xartiyasi" nomini olgan hiyjatni imzolashga majbur
bo'ladi.
Uning asosiy moddalari baronlar va
ruhoniylar manfaatini ifodalagan.
Qirol cherkovning erkin saylovlariga
rioya qilishni, vassallardan odatdagidan ko'p to'lovlar olmaslikni,
baronlarni qamamaslik, ularning mol-
mulkidan mahrum etmaslik shartlarini
qabul qiladi. 75-rasm. Vestminster saroyi , hozirgi Buyuk Britaniya parlamenti
joylashgan bino. Yorliq 63 moddadan iborat bo'lib,
ritsarlar va erkin dehqonlarga ham
ayrim yengilliklarni beradi. Xususan,
ulardan belgilanganidan ko'p xizmat
va to'lovlar olish taqiqlanadi. Hujjatda
erkin kishilarga qirol amaldorlari o'zboshimchaliklari va qo'shimcha
jarimalardan himoya va'da qilingan.
Lekin unga amalda to'liq rioya
qilinmagan. 

Angliya parlamenti. 

Angliyada birinchi parlament 1265-yili
chaqiriladi. Unga o'xshash qirolga
yaqin feodallar yig'ini Vilgelm davridan, XI asrning oxirida ham
chaqirilib turgan. Lekin undan farqli
bu parlament tarkibida baronlardan
tashqari, ruhoniylar, har bir
graflikdan ikki ritsar, hamda yirik
shaharlardan ikkitadan vakillar to'plangan.
Parlament XIV asrdan lordlar va umumpalatalarga bo'linadi. Lordlar palatasida qirol taklif etgan
zodagonlar, yepiskoplar, abbatlar
majlis o'tkazganlar. Umumpalatada
esa ritsarlar va shaharliklar vakillari
qatnashgan.
Parlament - fransuz tilidan parte - "gapirmoq" so'zidan olingan.
XIV asrdan parlament soliqlar
tayinlashdan tashqari, qonunlar
ishlab chiqish va qabul qilishda
qatnashish huquqiga ham erishadi.