27-. ANGLIYA XIV-XV ASRLARDA

Angliya yuz yillik urushlar davrida. 

Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar
yetkazdi. Qirol Richard II (1377-1399) mamlakatda 1377-yili
qo'shimcha jon solig'i joriy etadi.
1380-yili jon boshi solig'i 3 baravarga
oshiriladi. Soliqni yig'ishdagi
suiiste'molliklar, nohaqliklar
Angliyada xalq qo'zg'oloniga sabab bo'ladi.
Kambag'al ruhoniylar va rohiblardan
xalq voizlari yetishib chiqadi. Xalq
orasida katta obro'ga erishgan Jon Boll o'z va'zlarida "Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx
yigirganda kim dvoryan bo'lgan!"
deb aytgan kinoyali so'zlari
qishloqlarda tez-tez takrorlangan.
Kenterberi arxiyepiskopi buyrug'i
bilan Jon Boll qamoqqa olinadi. 

Uot Tayler qo'zg'oloni.

Qo'zg'olon 1381-yilning may oyida soliq
yig'uvchilar bedodligidan boshlanib,
tez orada Angliyaning katta qismini
qamrab oladi. Qo'zg'olonchilar
tomonidan ozod etilgan Jon Boll
uning rahbarlaridan biriga aylanadi. Esseks va Kent grafliklari dehqonlaridan iborat qo'zg'olonchilar
tunukasoz Uot Tayler boshchiligida
poytaxtga yo'l oladi. Londonliklar
qo'zg'olonchilarga shahar
darvozalarini ochib berishadi. Qirol
a'yonlari, taniqli amaldorlar uylariga o't qo'yiladi. Aybdor deb topilgan
amaldorlar qatl etila boshlanadi.
Birinchilardan bo'lib Kenterberi
arxiyepiskopi o'ldiriladi.
Yosh qirol Richard II qo'zg'olonchilar
bilan muzokaralar boshlaydi. U o'zini xalqqa do'st qilib ko'rsatishga
harakat qiladi. Bu orqali qirol
qo'shinini Londonga yetib kelishi
uchun vaqtdan yutiladi.
Uchrashuvda qabul qilingan "Mayl
End" dasturiga binoan: dehqonlarning qaramligini bekor
qilish, erkin savdoga ruxsat berish,
yer solig'ini kamaytirishga rozilik
beriladi. Qirol bilan uchrashuvdan
so'ng qo'zg'olonchilarning o'ziga to'q
qismi uylariga tarqalishadi. Lekin qo'zg'olonchilarning kambag'al qismi
bunga qoniqmay Londonda qoladi va
qirol bilan yangi uchrashuv Smitfildda
bo'ladi. Yangi ishlab chiqilgan
dasturda: feodallar tortib olgan
yaylov va o'rmonlarni qaytarish, ibodatxona yerlarini musodara qilib
dehqonlarga boiib berish, aholini
teng huquqli bo'lishini ta'minlash kabi
talablar bor edi.
Uchrashuv paytida qirol a'yonlaridan
biri bilan janjallashib qolgan Uot Tayler to'qnashuvda yaralanib halok
bo'ladi. Sarosimada qolgan
dehqonlarga, ularning barcha
talablari bajarilishi va'da qilinib,
shaharni tark etishga ko'ndiradilar.
Lekin qo'zg'olonchilar izidan yuborilgan qo'shin, ulardan ayovsiz
o'ch oladi.
Qo'zg'olon mag'lubiyatga uchrasa-da,
uning ta'sirida Angliyada
dehqonlarning mehnat
majburiyatlaridan (barshina) voz kechiladi. Qaram dehqonlar XV asr
davomida to'lov evaziga ozodlikka
erishadi. Soliqlar tartibga solinadi.


Angliya XV asrda. 

Yuz yillik urush
tugaganidan keyin Angliya tarixida "Qizil va oq gullar" (1455-1485) urushi nomini olgan urushlar bo'lib
o'tadi. Unda aholining 1/4, nomdor
feodal zodagonlar - baronlarning
deyarlik barchasi qirilib bitadi.
Urushlar paytida taxtda bo'lgan
Yorklarga qarshi hal qiluvchi Bosvort yaqinidagi jangda (1485-yil) g'olib
chiqqan Lankastertar xonadoni
qo'llagan Genrix Tyudor Angliya taxtiga keladi.
Angliya toj-u taxti uchun kurashgan
Lankasterlar bayrog'ida qizil, Yorklar
bayrog'ida esa oq atirgul rasmi
solingan. Genrix VII Tyudor (1485-1509) davrida qirol hokimiyati kuchayib
boradi. Urushlarda qirilib bitgan
normand zodagonlari o'rniga, qirol
lordlar palatasiga kiritgan yangi angl-
saks zodagonlari uning ishonchini
qozonishga intilgan. Umumpalatasiga taklif qilingan ritsarlar va shaharliklar
ham qirol kiritgan qonunlarni
tasdiqlar, unga yangi soliqlar
yig'ishga ruxsat berardi.