28-. YEVROPA MADANIYATI XI-XV
ASRLARDA. MAORIF VA FAN

O'rta asrlarda dunyo haqidagi
tasavvurlar. 

O'rta asr kishilarining tasavvurlari din bilan uzviy. bog'liq
bo'lgan. Kishilar yerdagi og'ir
qismatlari uchun vafotidan so'ng
jannatda "haqqoniy" hayot bilan
taqdirlanishga ishonganlar.
Xususan, aniq vaqt haqida tushuncha faqat o'rta asrlarning so'ngida tarqala
boshlaydi. Bu davr kishilari uchun
vaqt: tong, kun, kech va kechadan
iborat bo'lgan, Oylar tushunchasi ham
deyarli hech qanday ahamiyat kasb
etmagan. Inson hayoti faqat yil fasllarining: qish, bahor, yoz, kuzning
almashinuvi bilan belgilangan. Ayni
paytda aholi tomonidan an'analar,
urf-odatlar va udumlarning
bajarilishiga qat'iyan rioya qilingan.
Insonning o'rtacha umri uzoq bo'lmasdan, odamlar 40 yoshdan
so'ng qari hisoblangan. Bolalar o'limi
ko'p bo'lgan.
Shaharlar va savdoning rivojlanishi
bilan odamlarda dunyoni ko'rish
imkoniyati tug'iladi. Salib yurishlari esa yevropaliklar uchun dunyoga
darcha ochadi. Sayohatchilar uzoq
mamlakatlarda yashovchi xalqlarning
urf-odatlari va madaniyatlari haqida
qiziqarli ma'lumotlar olib kela
boshlaydilar. Ulardan biri venetsiyalik savdogar va
sayyoh Marko Polo edi. O'zining "Marko Polo kitobi"da sayyoh Uzoq Sharq va Xitoyda 12711295-yillar
davomida ko'rgan-kechirganlarini
tasvirlaydi. 

Maorifning taraqqiyoti. 

O'rta asr maktablari antik davr an'analari
davomchisi bo'lgan. Uning asosi
avvalgidek "yetti erkin san'af deb
atalgan. Boshlang'ich maktabda
grammatika, falsafa asoslari va
ritorika o'rganilgan. Yuqori bosqichda arifmetika, matematika, musiqa,
geometriya va astronomiyadan bilim
berilgan.
G'arbiy Yevropa madaniyati XIIXIII
asrlardan yuksala boshlaydi.
Shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning
rivojlanishi, Vizantiya va Arab
xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv
yevropaliklar dunyoqarashi, bilim
doirasini kengaytiradi. Shaharlarda
xususiy va shahar kengashlari boshqaruvidagi maktablar soni oshib
boradi. Bunday maktab o'quvchilari
dunyoviy bilimlarni cherkov
maktablaridagiga nisbatan kengroq
va chuqurroq olishgan. XII asrdan
yirik shaharlarda dastlabki oliy maktablar - universitetlar ochila boshlandi. Jumladan, Bolonya va
Parijda ilk universitetlar tashkil topib,
ular o'z davri uchun yuksak ma'lumot
berishgan. Eng yirik universitet
Parijda edi. Uning asoschisi qirol
xonadoni ruhoniysi Rober de Sorbon bo'lgan. Qiroldan maxsus yorliq
olgan universitetlar to'la mustaqil
bo'lganlar.
XIIIXV asrlarda Yevropaning
deyarli barcha mamlakatlari o'z
universitetlariga ega bo'lishadi. Ularni papa va yepiskoplar, imperator va
qirollar, knyazlar va shaharlar tashkil
etgan.
Angliyaning eng keksa universitetlari Oksford va Kembridj bo'lgan. Manbalarda yozilishicha, Kembridj
universiteti Fransiyadan kelgan to'rtta
o'qituvchi tomonidan dastlab oddiy
bostirmada tashkil qilingan. Italiyada Bolonyadan tashqari, Neapol universiteti bo'lib unga Fridrix II asos solgan. Salamanka Ispaniyadagi eng e'tiborli universitet edi. Muqaddas Rim
imperiyasidagi ilk universitet
Chexiyada  Praga (1348), so'ng Avstriyada  Vena (1365) va nihoyat, Germaniyaning o'zida  Geydelberg, Kyoln va Erfurtda ochiladi. Polshaning birinchi
universiteti Krakovda, 1364-yilda tashkil topgan. Universitetlar (lotincha universitas  majmua, umumiylik)  fanning
turli yo'nalishlarida mutaxassislar
tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlari.
Dastlabki universitetlar XII-XIII
asrlarda Italiyada (Neapol, Bolonya),
I'spaniyada (Sevilya, Valensiya), Fransiyada (Parij, Tuluza), Angliyada
(Oksford, Kembridj) tashkil etiladi. 

Magistr va shkolyarlar
hamjamiyatlari. 

Universitet bu o'qituvchi va o'quvchilar jamiyatidir. U
ko'p jihatdan o'rta asr sexlarini
eslatadi. Sexni ustalar boshqargani
singari, universitetni o'qituvchilar - magistrlar boshqarishgan. Universitetlar ko'plab imtiyozlarga
ega bo'lgan va mahalliy
hukmdorlarga bo'ysunmagan. Agar
ular bilan mojaro chiqib hal etilishi
qiyin bo'lsa, magistr va shkolyarlar (talaba) boshqa joyga ketardilar. Ko'p
hollarda ulardan uzr so'rab
qaytishlarini iltimos qilishgan: sababi
bu davrda o'z universiteti bo'lishi har
qanday shahar uchun sharaf
hisoblangan. Taniqli o'qituvchilar ma'ruzalariga
shkolyarlar Yevropaning turli
burchaklaridan kelishgan. Ba'zida,
Parijda 30 minggacha talaba
baravariga to'plangan. Talabalar
hayoti, bir xil tabaqaga mansub shkolyarlar jamoalari birlashmalar
tomonidan boshqarilgan. Omadli
talabalar hozirgi yotoqxonalarga
o'xshash kollegiyalarda joylashishga muvaffaq bo'lardilar. Eng
qadimgi Parij kollegiyalaridan biri -
Sorbonning nomi keyinchalik butun
universitetga o'tadi. Angliya va
Fransiyada kollegiyalar yangi o'quv
muassasalari  kollejlarga asos bo'ladi.
O'qitish fakultetlarda olib borilgan, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa
- saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan. Parij universitetida to'rtta: biri
quyi  tayyorlov va uchtasi oliy
fakultet bo'lgan. Quyi fakultetda yetti erkin san'at o'rgatilgan. San'at lotinchada "artes" deyilgan, shuning uchun fakultetni artistlik, uning talabalarini artistlar deyishgan. Albatta, bu artistlarning teatrga
umuman dahli bo'lmagan. San'at
fakultetida bir necha yil tahsil olgan
shkolyar birinchi ilmiy daraja
bakalavrga imtihon topshirib ko'rishi
mumkin edi. Bakalavr nimasi bilandir xalfani eslatardi: u o'qishni davom
ettirar, bir paytning o'zida o'zi ham
o'qita boshlardi. Artistlik fakultetida
o'qishni to'liq yakunlagan bakalavr
nisbatan murakkab  erkin san'atlar magistri unvoniga imtihon topshirishi mumkin edi. Faqat
magistrlar Parij universititetining uch
oliy fakulteti: ilohiyot,
huquqshunoslik yoki tibbiyotda
o'qishlari mumkin edi. Ularning har
birida yana bakalavrlikdan boshlab, hamma bosqichdan o'tgandan so'ng
oliy daraja  doktorlik unvonini olish mumkin edi. O'rta asr Yevropasi
ilm dunyosida ilohiyot, tibbiyot yoki
huquqshunoslik doktorlari eng
e'tiborli kishilar hisoblangan.
Maktab va universitetlarning
taraqqiyoti davomida kitobga talab kuchayib boradi. Ilk o'rta asrlarda
kitob juda kamyob, qimmatbaho
narsa hisoblangan. Kitob varaqlari pergamentda (maxsus ishlov berilgan buzoq terisida) bitilgan.
Kitoblarni XII asrdan rohiblar emas,
shaharlarda maxsus ochilgan
ustaxonalarda hunarmandlar
tayyorlanishi bilan ular arzonlasha
boshlaydi. XIV asrdan qog'ozdan keng foydalanish kitob ishlab
chiqarishni yanada ko'paytiradi.
Dastlab qog'oz Yevropaga Samarqand
va boshqa musulmon shaharlaridan
keltirilgan. XII asrdan Ispaniyada
Yevropadagi dastlabki qog'oz ishlab chiqarish ustaxonalari quriladi. XIV
asrdan Italiyada ham qog'oz ishlab
chiqarish keng tarqaladi.
Dastlab qog'ozni eski lattalardan
tayyorlashgan. Nemis injeneri Iogann Gutenberg 1445-yili kitob bosish dastgohini kashf qiladi. Uning ixtirosi
kitobni ommaviy tarqalishiga olib
keladi. 

Fan taraqqiyoti. 

Oksford universiteti professori Rojer Bekon (XIII asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy
kuzatishlar va tajribalar yo'li bilan
erishish mumkinligini isbotladi. Uning
o'zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid
tajribalar o'tkazadi. Bekon o'zi
suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish
mumkinligini aytgan. Bekonning
hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarli,
cherkov ta'qibida o'tgan. U uzoq yillar
qamoqda ham bo'lgan.
Cherkov "har qanday bilim o'z maqsadi bo'yicha xudoni anglashga
yo'llangan bo'lmasa, gunoh", deya
ta'kidlardi. Lekin xo'jalik taraqqiyoti
ko'r-ko'rona e'tiqodga asoslangan
bo'lmay, balki fanning rivojlanishini
taqozo etgan. O'rta asrlarda astrologiya, alximiya
fanlari yuksak rivojlangan. Munajjim-
astrologlar osmon jisralari
harakatlarini o'rganib kelajakni
oldindan aytib berishga intilganlar.
Qirollar, sarkardalar, savdogar va sayyohlar biror tadbirni boshlashdan
avval, albatta ular bilan
maslahatlashganlar. Alximiklar har
qanday ma'danni oltinga
aylantiruvchi "sehrli toshni"
izlaganlar. Tajribalar yangi kimyoviy birikmalar, kislotalar, mineral
bo'yoqlar olishga imkon beradi.
Munajjim va alximiklar o'z izlanishlari
davomida kimyoviy pechni, tozalash,
haydash, filtrlash asbob-uskunalarini
ixtiro qilganlar.