29-. G`ARBIY YEVROPADA SAN'AT
VA ADABIYOT. GUMANIZM
G'OYASINING SHAKLLANISHI

Me'morchilik.

Dastlab bino va hatto qasrlar yog'ochlardan qurilgan. XI
asrdan G'arbiy Yevropada qurilish
sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi.
Qurilishda toshdan keng
foydalanishga o'tiladi. Undan
dastlabki ibodatxona va monastirlar barpo etiladi. Qurilish toshlari
bo'lmagan Angliya va Polshada
saroylar, ibodatxonalar pishiq
g'ishtdan qurila boshlaydi.
Fransiya, Italiya va Germaniya
me'morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi. Roman ibodatxonasi  qalin devorli,
baland minorali va tor derazali,
salobatli uzun binodir. Tashqi
tomondan u qal'ani eslatadi. Uning
o'ziga xos tomonlari shundan
iboratki, deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichki gumbazlar varim
doira shaklidagi ravoq (ark)lar bilan
bezatilgan. Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov (XI asr) roman
uslubining yorqin namunasidir. 79-rasm. Germaniya. Laax monastiri. XI asr. 80-rasm. Parij. Bibi Maryam
ibodatxonasi.
81-rasm. Fransiya. Reyms ibodatxonasidagi Bibi Maryam
haykali. 82-rasm. Parij. Shartr ibodatxonasi. Vitraj. Bibi Maryam chaqalog'i bilan.
XII asr. An'anaga ko'ra shahar markazida
eng ko'rkam va ulug'vor bino-
cherkov qurilgan. Bu maydon
tevaragidagi binolar gotika uslubida bunyod etilib, u me'morchilikdagi
roman uslubini surib chiqaradi. Bu
uslubda qurilgan imoratlar balandligi
bilan xususiyatlangan. Salobatli, og'ir
gumbaz o'rnini, uchli, baland
gumbazlar egallaydi. Ibodatxonalar ichida baland va nafis ustunlar
ko'plab qurilgan. Cherkov derazalari
baland, oynalarida vitrajlar, nafis
chizma naqshlari bo'lgan. Binolarning
ichki va tashqi tomonidan haykallar,
bo'rtma tasvirlar, osma gumbazlar, jimjimador naqshlar o'yib solingan
tosh ustunlar bilan minoralar ustida
o'rnatilgan baland jomminorlar,
ibodatxonalarga dabdabali tus
bergan. Gotika uslubida bunyod
etilgan eng mashhur inshootlar: Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi, Ruan, Reyms va Shartr (Fransiya), Milan (Italiya) ibodatxonalaridir. Roman uslubi - G'arbiy Yevropa san'atida X asrdan XIIXIII
asrlargacha hukm surgan badiiy
uslub. Bu davr san'atida G'arbiy
Yevropa madaniyati va me'morligida
Qadimgi Rim me'morligi uslub va
unsurlaridan keng foydalanilgan ("roman" iborasi shartli boiib,
"rimniki" ma'nosini anglatadi). Gotika uslubi - Yevropa mamlakatlarida o'rta asrlar san'atida
hukm surgan badiiy uslub. Gotika XII
asr o'rtalarida Shimoliy Fransiyada
yuzaga keldi. XIII asr 1-yarmida
yuksak darajada rivojlandi.
O'rta asrlarda Vizantiya va Arab me'morchiligi ham o'zidan ajoyib inshootlar qoldirgan. Venetsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi vizantiya uslubida bunyod etilgan. Ispaniyaning Sevilya shahrida
masjid va Al-Qasar qasri, Granadadagi Al-Humro saroylari arab me'morchiligi durdonalari
hisoblanadi. 

Haykaltaroshlik. 

Uning rivojlanishi bevosita me'morchilik bilan bog'liq
bo'lgan. Cherkov va monastirlar
binolari, xudo, avliyolar va qirollar
haykallari bilan bezatilgan.
Haykallarning asosiy buyurtmachilari
cherkov bo'lgani sababli ularda diniy mavzu yuqori turgan. Lekin
haykaltaroshlarning o'zlari oddiy
xalq orasidan yetishib chiqqanligi
sababli ularning asarlarida insonning
eng yaxshi fazilatlari ifodalangan.
Xususan, eng ko'p uchraydigan Bibi Maryam haykallari (Yevropada "Madonna" deb nomlanadi) o'zida onaning farzandga mehr-
muhabbatini mujassamlagan.
Antik davr haykallarida inson
tanasining go'zalligi ulug'langan
bo'lsa, o'rta asr haykaltaroshlari
tashqi go'zallik orqali o'z qahramonlarining o'y-hayollari,
hislarini ifodalashga intilganlar. Ularda
insonlar nimjon, ozg'in, xunuk
ko'rsatilgan va bu ularning iloh,
avliyo-anbiyolar oldidagi ojizligini
ifodalashi mumkin. Zamonlar o'tib yangi gotika
haykaltaroshligi vujudga keladi.
Endilikda insonning qiyofasi, tanasi
birmuncha tabiiyroq tasvirlanadigan
bo'ladi. Yuksak iste'dodli
haykaltaroshlar odamlarni haqqoniy tasvirlashga erishganlar. 

Tasviriy san'at. 

Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar devorlari va
shiplarini diniy mavzudagi suratlar
bezab turgan. Gotika
me'morchiligidagi cherkovlarda
derazalar orasida rasmlar chizish
uchun joy ham bo'lgan. Shu sababli derazalarga oddiy oynalar o'rniga
vitrajlar  tiniq rangli shishalardan
yasalgan surat yoki alohida bezaklar
solingan.
Kitoblarni bezash uchun tasviriy
san'atning yangi yo'nalishi  miniaturalar ixtiro qilinadi. Ularda o'rta asr kishilari hayotining turli
manzaralari tasvirlangan. Vitrajlar va
miniaturalarda dehqonlar va
hunarmandlarning mehnat
jarayonlari ifodalangan. Miniatura (fransuzcha miniature; lotincha minium - qizil  bo'yoq)  badiiy usullari o'ta nafis boigan kichik
hajmli  (mo'jaz) tasviriy san'at asarlari.
O'rta asr qo'lyozmalarini ziynatlash
uchun yaratilgan nafis, mo'jaz
rasmlar. 

Adabiyot. 

VIII-IX asrlardan ritsarlar hayoti, harbiy yurishlari va
jasoratlarini ifodalovchi xalq
qo'shiqlari hamda qissalari shakllana
boshlaydi. Keyinchalik ular to'planib
ritsarlik jangnomalariga aylantiriladi.
Dostonlardan eng mashhuri  "Roland haqida qo'shiq" bo'lib, u XII asrda yaratilgan. Jangnoma Buyuk
Karlning Ispaniyaga yurishlari va
franklar qahramonligini madh etadi.
Ispan xalq og'zaki ijodi durdonasi "Sid haqida qo'shiq" ham XII asrda yaratilgan. Unda ispan xalqining
arablarga qarshi ozodlik uchun
kurashi tasvirlangan. Germaniyada "Nibelunglar haqida qo'shiq" dostoni vujudga keladi. Unda
xunnlarning burgundlar
(nibelunglar) davlatini tor-mor etishi
voqealari tasvirlanadi. Dostonda o'rta
asr folklori, ertaklar, afsonalar,
rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Ritsarlarning Sharqqa salib yurishlari
davomida to'plagan boy taassurotlari
asosida XII asrdan adabiyotning
yangi sohasi ritsarlar romanlari yozish
vujudga keladi. Ushbu romanlar
orasida eng mashhuri qadimgi britan qiroli Artur haqidagi asarlar turkumidir. Yana bir mashhur roman - "Tristan va Izolda"da asar bosh qahramonlarining fojiali sevgisi
hikoya qilinadi.
Shaharlarda XII-XIII asrlarda
yaratilgan hajviy asarlarda xalq
ichidan chiqqan epchil va hozirjavob
qahramonlar ulug'lanib, rohiblar ochko'zligi, ritsarlar takabburligi
haqida hikoya qilinadi. Fransiyada
yaratilgan "Tulki haqida roman" asari Yevropada shuhrat qozongan.
Undagi qahramonlar hayvonlar:
feodal - ahmoq Ayiq, ritsar  ochko'z
Bo'ri qiyofasida tasvirlanadi.
Ishbilarmon va oqil shaharlik
siymosidagi topqir va dovyurak Tulki raqiblari Ayiq va Bo'ri ustidan doim
g'olib chiqqani hikoya qilinadi. Tulki
shuningdek, Sher qiyofasidagi qirol
hamda Eshak siymosidagi
ruhoniylarni ham masxara qilib
yuradi. Dehqonlarning hayot haqidagi fikr
tasavvurlari xalq qo'shiqlari,
dostonlari, qissalarida o'z aksini
topgan. Qo'shiqlar oddiy kishilarning
hordiq chiqarishida ham, mehnatida
ham doimiy hamrohi bo'lgan. 

Tabiat va insonga qiziqishning
paydo bo'lishi. 

Yangi madaniyat arboblari insonni o'rganishni
o'zlarining asosiy vazifalari deb
bilganlar. Shu sababdan ularni gumanistlar deb ataydilar. Yangi Uyg'onish yoki Gumanizm madaniyati
namoyandalari insonni olamning
markaziga qo'yib, uning yaratuvchilik
dahosini tan olishga chaqirdilar.
Uyg'onish atamasi esa (fransuzcha "Renessans") yangi madaniyatning antik davr bilan aloqadorligini
ko'rsatadi. Sharqqa salib yurishlari va
undan keyingi Levant bilan savdo-
madaniyat borasidagi doimiy
aloqalar, italiyaliklarning qadimgi
yunon qo'lyozmalari, antik san'at va me'morchilik yodgorliklari bilan
tanishishiga imkon beradi.
Uyg'onish davri yozuvchi va
shoirlarini afsonalar va ertaklar etnas,
jonli kishilar, insonlarning quvonch
va tashvishlari qiziqtira boshlaydi. Gumanistlar yashash va mehnat qilish
imkoniyatini yuksak baxt deb
tushunadilar. Har tomonlama
barkamol, fikrlovchi, ichki dunyosi va
tashqi ko'rinishi jihatidan ko'rkam
inson gumanistlar diqqat markazida bo'lgan. 

Qadimgi madaniyatga qiziqish.

Gumanistlar yunon va rim
madaniyatini o'rganishga katta e'tibor
berishgan. Insonning go'zalligini
tarannum etuvchi antik davr asarlari,
o'rta asrlarning cherkov ta'siridagi
san'ati va adabiyotidan tubdan farq qilardi. Gumanistlar sa'yharakatlari
bilan antik, xristianlikka qadar,
qisman unutilgan katolik cherkovi
taqiqlagan madaniyat qayta tiklanadi.
Gumanistlar antik davr va Uyg'onish
orasidagi (VXV asrlarni) davrini nodonlik, jaholat asri, gumanizm davrini (XVI asr) "yangi zamon" deb ataganlar.
Ular yunon va lotin tillarini o'rganib,
o'zlarining bo'lajak asarlari uchun
ma'lumotlar to'plar edilar. Gumanistlar
asarlarida insonni taqdirini o'zi
belgilashi, kitobxonda o'z kuchiga ishonch hislarini uyg'otgan. 

Uyg'onish madaniyati markazlari. 

Bu davrda Italiyada Florensiya alohida o'rin tutadi. Savdodan kelgan
daromad uni Yevropaning eng boy
shaharlaridan biriga aylantiradi.
Shahar hokimlari to'plangan boyliklar
hisobidan me'morchilik obidalari
bunyod ettirgan, haykaltaroshlik va rassomchilikni yuksaltirgan. Shu
tariqa Florensiya XV asrda Italiyaning
yirik madaniyat markaziga aylanadi.
Eng mashhur rassomlar,
haykaltaroshlar, me'morlar
Florensiyadan bo'lib, shahar- respublika hokimlari ularning
barakali ijodi uchun sharoit yaratib
berganlar. Yevropadagi birinchi Kruska akademiyasi ham 1582-yili Florensiyada ochilgan. U italyan
tilidagi dastlabki katta lug'atni nashr
qilgan.
Madaniyat markazlaridan yana biri Venetsiya edi. Shaharda XV asrdan kitob chop etish yuksaladi. Aldo Manutsiya bosmaxonasida nashr qilingan antik davr mualliflari va
gumanistlar asarlari butun Yevropada
keng tarqalgan. 

Ilk gumanizm: yangi madaniyat
dasturi. 

Ilk o'yg'onish va gumanizmning Yevropadagi dastlabki
vakili shoir Franchesko Petrarka (1304-1374) bo'lgan. O'zining lirik
she'rlari to'plamlari: "Qo'shiqlar kitobi" va "She'riy maktublari" bilan shoir yangi Yevropa madaniyati
yaratilishi asoschilaridan biri bo'ldi.
Uning do'stlari va davomchilari Bokachcho va Salyutatilar ijodi XV asr boshlarida Italiyada ilk gumanizm davrini yakunladi. 

Jovanni Bokachcho 

(1313 1375)ning butun umri Florensiya va
Neapol shaharlari bilan bog'liq
kechadi. "Dekameron" asari muallifi sifatida Bokachcho yangi uslub
novellalarni yozishni boshlab beradi.
Uning kitobi katta muvaffaqiyat
qozonib, ko'plab tillarga tarjima
qilinadi. Gumanistik g'oyalarni
umumlashtirgan "Dekameron" asarida insonning yuksak fazilatlari
o'z ifodasini topgan.

Kolyuchcho Salyutati 

(1331 1406) Florensiyada yashab yuqori
davlat lavozimida ishlagan. O'zining
ko'p sonli xatlari va nutqlarida
Petrarka va Bokachchoning
gumanistik g'oyalarini yanada
rivojlantiradi. Salyutati yuksak g'oyali, o'qimishli kishini tarbiyalashda,
ijtimoiy fanlar: filologiya, ritorika,
tarix, pedagogika, etikaning o'ta
uhim ekanligini ta'kidlagan.