3-. FRANKLAR IMPERIYASI

Buyuk Karl (742814). 

Karl sulola asoschisi Pipin Pakananing (714 768) o'g'li bo'lib, Franklar qirolligini
(800-yildan imperiyasini) 46 yil
(768-814) boshqargan. "Buyuk"
nomi unga tarixchilar tomonidan 53
harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik
saitanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga
asos solgani uchun berilgan. Kari
haqida ko'plab tarixiy asarlar,
afsonalar, rivoyatlar va qo'shiqlar
yaratilgan. Uning ismidan "korol", ya'ni "qirol" unvoni kelib chiqqan. 

Italiya va Ispaniya urushlari. 

Karl taxtga kelishi bilan istilochilik
urushlari olib borgan. Uning dastlabki
harbiy yurishlari germanlarning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi 773-yili boshlanadi.
Langobardlar qiroli Dezideriy mag'lub etilganidan so'ng, sochi
olinib Korvey monastiriga jo'natiladi.
Italiya yerlari esa grafliklarga bo'linib,
Frank qirolligiga qo'shib olinadi.
Ilk o'rta asrlarda Yevropada uzun
soch toj-u taxt egaligi ramzi bo'lib, qirolning sochi olinishi uni taxtdan
mahnjm etilganini anglatgan.
Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga
qarshi 778-yili Karl dastlabki
muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. Karlning
jiyani, grafRoland jangda halok bo'ladi. Asrlar o'tib Roland fransuz
xalq og'zaki ijodining sevimli
qahramoniga aylanib, u haqda "Roland haqida qo'shiq" dostoni yaratiladi. Keyingi yurishlar davomida
Pireneya yarim orolining arablardan
tortib olingan hududlarida tuzilgan Ispan markasi franklar davlatining chegara viloyatiga aylantiriladi. Sakslarga qarshi urushlar. Reyn daryosining o'ng sohilida yashagan
saks qabilalariga qarshi urushlar 30
yildan ortiq (772-804) davom etadi.
Bu urush Karl uchun ancha
murakkab kechadi. Sakslar
germanlarning Karlga bo'ysunmagan so'nggi yirik qabilasi bo'lgan. Istilo
qilingan sakslar franklar qo'shini
ketgan zahoti yana qo'zg'olon
ko'targanlar. Karl ortga qaytib
minglab garovga olinganlarni qatl
ettirgan, yuzlab sakslar oilalarini mamlakatning boshqa hududlariga
ko'chirgan, asosiysi sakslarni nima
bo'lsa ham xristian diniga o'tkazishga
intilgan. Sakslar qattiq qarshilik
ko'rsatib, imkoni bo'ldi deguncha
majusiylikka qaytishgan. Uzoq kurashdan so'ng Karl sakslarni yangi
dinga o'tkazishga erishgan. Shu
tariqa Saksoniya ham Buyuk Karl
davlatiga qo'shib olinadi. 

Franklar imperiyasi. 

Buyuk Karl davlati Yevropaning katta qismini
egallaydi. Uning hududini G'arbiy Rim
imperiyasi bilan bemalol taqqoslasa
bo'lar edi. Lekin Karlning hokimiyati
so'nggi rim imperatorlarinikidan
ancha yuksak ekanligi shubhasiz. Ayni paytda so'ngan imperiya
haqidagi xotiralar VIII asrda ham
rimliklar, G'arbiy Yevropaning turli
xalqlari va qabilalari xotirasida
saqlanib qolgan. Tabiiy, Karlning
maslahatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlid qilib, imperator deb
e'lon qilish g'oyasi tug'iladi. Bunday
imkoniyat 800-yili Rim mahalliy
zodagonlarining papa Lev III ga qarshi isyon ko'tarishi orqali vujudga
keladi. Karl qo'shin yuborib isyonni
bostiradi. 11-rasm. Buyuk Karlning Axendagi saroyi.
Bu yordam evaziga Rim papasi 800-
yilning dekabrida avliyo Pyotr
ibodatxonasida Karlga imperatorlik
tojini kiydiradi. Shu tariqa G'arbda
yangidan imperiya paydo bo'ladi. Karlning muhrida: "Yangi Rim
imperiyasi" so'zlari zarb qilinadi.
Aslida esa franklar imperiyasi faqat
nomi bilangina Rim imperiyasini
eslatardi.
Buyuk Karl franklar imperiyasining mutlaq hukmdoriga aylanib, uning
farmonlari faqat yirik zodagonlar, yer
egalarining yilda ikki marta
chaqiriladigan yig'inida qabul
qilingan.
Buyuk Karlning doimiy poytaxti ham yo'q edi. U o'z amaldorlari bilan
mamlakat bo'ylab harakatlanib, turli
shaharlardagi saroylarida to'xtagan,
mahalliy aholiga og'irligi tushmasligi
uchun uzoq vaqt o'tmay yana boshqa
shaharga yo'l olgan. Buyuk Karl davrida franklarda
an'anaviy xalq lashkari o'rnida otliq
ritsarlar qo'shini vujudga keladi. Ritsarlar (nemischa ritter - otliq) bo'linmalarida  faqat boy
zamindorlar, ya'ni jangovar ot va
qurol-aslahalar sotib olishga
imkoniyati bo'lgan kishilar xizmat
qilgan. Bir necha oila birgalashib, bitta
ritsarni qo'shinga jo'natish hollari ham uchrab turgan. Hukmdorlar
ritsarlarga: ot, qurol-aslahasini
tartibda saqlashi, urushlar paytida
oilasini ta'minlashi uchun yer-mulk
in'om etgan. Bu yer-mulk  feod (nem. qo'rg'on, mulk) harbiy xizmat
evaziga taqdim etilib, keyinchalik
merosiy mulkka aylangan. Feodning
egasi feodal deb atalgan. Zamonlar o'tib harbiy ish faqat feodallar
mashg'uloti bo'lib qoladi. Yirik
feodallar viloyatlarga egalik qilsalar,
mayda feodalga ma'lum qishloq yoki
uning bir qismi taqdim etilishi ham
mumkin edi. Davlat boshqaruvi. Buyuk Karlning saroy xizmatkorlari ayni paytda
vazirlar vazifasini ham bajargan. Qirol
saroyi yuqori lavozimdagi: moliya,
soliq, harbiy a'yonlari, dasturxonchi,
otxona boshlig'i va boshqalar
Franklar davlatidagi muhim lavozimlar bo'lgan. Yirik qabilalarni gersoglar (nem. saylangan harbiy yo'lboshchi,
keyinchalik merosiy qabila boshlig'i)
boshqargan. Davrlar o'tib gersog eng
yuksak unvonlardan biriga aylandi.
Yirik bo'lmagan hududlarni imperator
tayinlagan graflar (nem. qirol tayinlagan amaldor) boshqaradi.
Gersog unvoni avvaldan merosiy
bo'lsa, graflarni imperator tayinlagan.
Buyuk Karl o'z davlati chegaralarini
mustahkamlash maqsadida markalar (nem. chegara harbiy viloyati) tuzib
ularni markgraflar (nem. chegara viloyati hokimi) boshqargan.
Yepiskoplar, yirik monastirlar
abbatlari imperatorning joylardagi
vakillari sifatida uning buyruqlarini
bajargan. Safarlari paytida Buyuk Karl
yepiskoplar va graflarning ishlari qanday ketayotganligini tekshirgan.
Agar suiste'molliklar aniqlansa,
javobgar darhol lavozimidan ozod
etilgan. Imperatorning o'zi bareha
graflik va yepiskopliklarni aylanib
chiqishi qiyin ekanligidan u o'zi ishongan davlat vakillarini mamlakat
bo'ylab jo'natar edi. Ularga mahalliy
hokimlarni jazolash, almashtirish
huquqlari berilgan. Franklar
mamlakati hududlari behad katta
bo'lishi nazoratni murakkablashtirgan. Bareha
grafliklarni nazoratda saqlash
mushkul edi. Bundan tashqari graflar
bor kuchi bilan graflikda
o'rnashishga, uni o'z avlodlariga
meros qilib qoldirishga intilgan. Bu esa franklar imperiyasini kelajakda
zaiflashuvi va parchalanishiga yo'l
ochadi.
Yevropa hukmdorlari orasida katta
hurmatga ega bo'lgan Karl saroyiga
ko'plab elchilar kelib turishgan.Yilnomalarda yozilishicha,
arab xalifasi Horun ar-Rashid o'z elchilari orqali Karlga qimmatbaho
sovg'alar bilan birga Quddusdagi Iso
payg'ambar qabri joylashgan yerni
ham taqdim etgan. 

Franklar imperiyasining inqirozi. 

Yillar o'tib mamlakatda graflar davlat
amaldorlaridan  yirik yer egasi, o'z
viloyatining xo'jayiniga aylana bordi.
Graflikdagi erkin dehqonlar
qaramlikka tushdi. Qirolning sud
ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ham ularning hokimiyatini
kuchaytiradi.
Qirolning sud ishlarini boshqarishni
graflarga topshirishi ularning
hokimiyatini kuchaytirdi.
Buyuk Karlning vafotidan ko'p o'tmay, u tuzgan imperiyaning
inqirozi boshlanadi. Uning nabiralari
davrida mamlakat parchalanib ketadi. Verden shahrida 843-yil tuzilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan
qirolliklar o'rnida, keyinchalik -
Fransiya, Germaniya va Italiya
davlatlari tashkil topadi.
Bu qirolliklarning har biri gersoglik va
grafliklarga, ular esa yirik va o'rta feodal mulklariga bo'lingan. Shu
tariqa Yevropada feodal tarqoqlik
davri boshlanadi.