
V BOB. RIVOJLANGAN O'RTA ASRLARDA GERMANIYA VA RUS YERLARI 

30-. GERMANIYA XII-XV ASRLARDA

Mamlakat xo'jaligi. 

Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi
XII asrdan boshlanadi. O'rmonlar
kesilib, botqoqlar quritilib
ekinzorlarga aylantirila boshlanadi.
Mehnat qurollarining takomillashuvi
hosildorlikni oshiradi. Donli ekinlardan tashqari zig'ir yetishtirish,
bog'dorchilik, uzumchilik yuksaladi. 83-rasm. Augsburg. Ratusha. Qishloq xo'jaligi taraqqiyoti
shaharlarning vujudga kelishi,
yuksalishi bilan bevosita bog'liq edi.
Reyn daryosi bo'ylaridagi Kyoln, Vorms, Mayn daryosi sohilidagi Frankfurt, Dunay bo'ylaridagi Ulm, Nyurenberg, Augsburglar yirik hunarmandchilik va savdo
markazlariga aylanadi. Germaniya
shaharlari qo'shni Fransiya,
Niderlandiya, Italiya, Vengriya,
Bolqon yarim orolidagi mamlakatlar
bilan qizg'in savdosotiq olib borgan. Nemis hunarmandlari ishlab
chiqargan movut, surp, metalldan
qurol-aslahalar, buyumlar boshqa
o'lkalarda ham yuksak qadrlangan. Siyosiy taraqqiyot. Frankoniyaliklar sulolasining so'nggi vakili Genrix V ning farzandi bo'lmagan. Taxtga
Saksoniya gersogi Lotar (1125 1137) qo'yiladi. Uning vafotidan
so'ng o'g'il vorisi yo'qligi tufayli taxt Shtaufenlar sulolasiga o'tib, ular Germaniyani 11381254-yillarda
boshqaradilar. Sulolaning eng
mashhur vakillaridan biri Fridrix I Barbarossa (1152-1190) edi. Dastlab Fridrix o'z istilolarini salib yurishlari
tufayli boyib ketgan Italiya
shaharlariga qaratadi. Imperator shu
maqsadda avval Rim papasini
qo'llaydi. Keyinchalik papaning o'zini
imperator hokimiyatidan ustun qo'yishi ular orasiga nifoq soladi.
Barbarossaning maqsadi Italiyani o'z
viloyatlaridan biriga aylantirish edi.
Bunga faqat Milan va Lombardiyaning
bir necha shaharlari qarshi chiqadi.
1158-yil Ronkal vodiysida chaqirilgan seym imperatorning Italiyada
hokimiyatini cheklanmagan deb
e'tirof qiladi. Fridrix I ning
Bolonyadan taklif etgan eng bilimdon
huquqshunoslari uning xizmatiga
kirib, qonunlar majmualarini tuzib beradilar. Jinoiy ishlar, sud qilish,
tanga-chaqa zarb etish, shahar
hokimlarini tayinlash imperator
tasarrufiga o'tadi. Bu qonun
to'plamlarida Fridrix I "yerdagi jonli
qonun" deb e'tirof qilinadi. Mavjud vaziyatda 1162-yili Milan
boshchiligida Lombardiya shaharlari
bosqinchilarga qarshi qo'zg'olon
ko'taradi. Qo'zg'olonni bostirish
davomida Milan aholisiga sakkiz
kunda shaharni tashlab ketish sharti qo'yiladi. Milan XII asrning 60-70-
yillarida qayta tiklanib, yangi jangga
hozirlik ko'ra boshlaydi. 1176-yilda Lenyano jangida Liga qo'shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna  erkinlik huquqini berishga majbur bo'ladi.
Keyinchalik Fridrix I o'g'li Genrix VI ni Sitsilya malikasi Konstansiyaga uylantirish orqali Italiyaning janubini
qo'lga kiritgan bo'lsa-da, papalarni va
Lombardiya shaharlarini Germaniyaga
qarshi qilib qo'ydi. Papa Innokentiy III - Germaniya siyosatiga o'z ta'sirini o'tkazgan Rim papasi bo'ldi.
Shtaufenlar qudratiga ma'lum
qo'rqinch bilan qaragan Innokentiy III deyarli barcha tomonidan unutilgan Barbarossaning 18 yoshli
nabirasini dastlab german knyazlari
qirol deb tan olinishiga erishadi. Uni
sodiq xizmatkori bo'lishiga umid
qilgan papa Fridrix II ni oradan sakkiz yM o'tib imperator deb e'lon
qiladi. 

"G'alati" imperator.

Fridrix II boshqaruvi paytida german knyazlari
mustaqillikka shunchalik o'rganib
qoladiki, keyinchalik biror
hukmdorga Fridrix I Barbarossa
singari o'zini erkin his qilishiga yo'l
qo'ymaydilar. Fridrix II imperatorligining yigirma
yilidan ko'pini Italiyada, Sitsiliya
qirolligida o'tkazadi. lining saroyida
arab, vizantiyalik va yahudiy olimlari
to'plangan. Fridrixning o'zi arab va
yunon tillarini bilgan, lotin tilida asarlar, italyan tilida she'rlar yozgan.
Uning Palermodagi saroyi arab
xalifalarining saroylarini eslatar edi.
Imperator Sharq musiqasi, raqslari,
Sharq adabiyoti va she'riyati, Sharq
me'morchiligining havaskori bo'lgan. Sharq hukmdorlarining ayrimlari bilan
do'st tutingan.
Imperator mamlakat bo'ylab
harakatlanganida uni filbonlar va
jangchilar o'tirgan fillar kuzatib
borgan. Fillar ortidan tuyalar, yo'lbarslar, sherlar, qoplonlar
yetaklab yurilgan. Fuqarolarda bu
jarayon kuchli taassurot qoldirgan.
Fridrix II devonxonasida lotin tilining
nozik jihatlaridan foydalanilib,
maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yevropa taqlid qilgan. Fridrix II
yozgan "Qushlar bilan ov qilish" haqidagi asari uning sohadan yaxshi
xabardorligidan dalolat berib,
hozirgacha saqlanib qolgan.
Imperator qator maktablar va Neapol
universiteti asoschisidir. U cherkov,
yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi
universitet bo'lgan.
Zamondashlari Fridrix II ning
g'ayritabiiy qobiliyati va qudratiga
qoyil qolib, unga "Jahon hayrati" deb
nom berishgan. 

Fridrix II: g'alaba va
mag'lubiyatlarsiz salibchi. 

Fridrix imperatorlik tojini kiyish marosimida
Falastinga salib yurishini tashkil
qilishga qasamyod qilgan. Lekin va'da
qilingan yurishlar muddati orqaga
surilaveradi. Nihoyat, kemalar
dengizga chiqib, imperator betob ekanligini e'lon qilib, ortiga
qaytganida, papa Grigoriy IX uni (1227-1241) cherkovdan xolis deb
farmon chiqaradi.
Fridrix II papaning qaroriga qarshi
borib, 1228-yili Suriyaga yo'l oladi.
Oltinchi salib yurishlarida og'ir janglar
bo'lmasdan, imperator Misr sultoni bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib
boradi. Natijada Quddus, Vifliyem, Nazaret, boshqa shahar va viloyatlar Fridrix II ga tinch yo'l bilan
topshiriladi. Quddusdagi asosiy
masjidlar faoliyati davom etadi.
Imperator sultonga uning qanday
dushmani bo'lmasin, nasroniy yoki
musulmonligidan qat'iy nazar yordam berajagini izhor etadi. Rim papasi
"salibchi emas, qaroqchining"
yurishlari natijalaridan g'azablanib Quddus shahriga interdikt qo'yadi. Fridrix II esa yepiskop yordamisiz
payg'ambar qabri joylashgan
ibodatxona mehrobidan Quddus
qiroli tojini olib, o'zi tantanali ravishda
boshiga kiyadi.
Italiyaga qaytgan Fridrix II papa qo'shinini mag'lub etib, Grigoriy IX ni o'ziga qo'yilgan jazoni bekor qilishga
majbur etadi. Keyingi Rim papasi
Fridrix II ni 1245-yili yana bir bor
cherkovdan xolis deb e'lon qiladi.
Imperator bu safar qarg'ishdan
o'limiga qadar qutila olmaydi. U uzoq yillar goh shimoliy, goh janubiy
Italiyada janglar olib boradi. Lekin,
ularda hal qiluvchi g'alabaga
erishmaydi.
Fridrix II ning vafotidan so'ng
papalar tarafdorlari shtaufenlar sulolasining barcha vakillarini
yo'qotishga tushadilar. Uning 16
yoshli nabirasi Konradinni ritsarlik taomiliga qarshi jallod kundasida qatl
etadilar. Quddus imperator
hayotligidayoq musulmonlar
tomonidan qo'lga olinib, xristianlar
qirg'in qilinadi.
Germaniyada 1254 1273-yillari umuman imperator saylanmaydi.
Knyazlar 1273-yili to'planib Rudolf Gabsburgni taxtga o'tqazadilar. Ammo, Gabsburglar taxtni uzoq
davrlarga egallashi uchun hali ancha
yillar Lyuksemburglar sulolasiga qarshi kurash olib borishiga to'g'ri
keladi. Faqat 1437-yildagina
Gabsburglarning 369 yillik
imperatorliklari boshlanadi.
Germaniyada Saksoniyliklar,
Frankoniya, Shtaufenlar, Lyuksemburglar, Gabsburglar
sulolalari hukmronlik qilgan. 

German shaharlari XIV-XV asrlarda. 

Nemis knyazlari salibchi ritsarlarining
Boltiq bo'yiga istilolari Germaniyaning
shimolidagi shaharlarni yuksalishiga
yo'l ochadi. Bu shaharlar XIV asrning
o'rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashadilar. Bu faqat iqtisodiy
masalalar savdo-sotiq bilan
shug'ullanadigan ittifoq bo'lmasdan,
Ganza, XfY asrning 70-yillarida
Shimoliy dengizda savdodagi
raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi.
Ganza ittifoqidan tashqari XIIIXV
asrlarda Germaniyaning janubiy va
g'arbiy qismidagi shaharlar ham
yuksaladi. Dunay sohili bo'ylab
joylashgan 90 ta shaharni birlashtirgan Shvabiya ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevosita bog'liq edi. Augsburg, Ulm va Nyurenberg shaharlari movut, surp, ip-gazlamalar
ishlab chiqarishda, metall buyumlar,
qurol-aslahalar yasashda yetakchi
mavqe tutgan.
Germaniya shaharlari Ganza va
Shvabiya savdo ittifoqlariga birlashadilar.
Reyn daryosi bo'ylab joylashgan
g'arbdagi shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburglarda metall ishlab chiqarish va movut to'qish
rivojlangan. Bu shaharlar
Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan
savdo-sotiq olib borgan.