31-. RUSDA FEODAL TARQOQLIK,
UNING OQIBATLARI

Feodal tarqoqlik, 

Rus yerlarining fojiasi o'zaro qonli urushlarda edi.
Bundan foydalangan qipchoqlar
hujumlari vaziyatni yanada
murakkablashtirar edi. Ayrim
knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib,
qo'shni knyazliklarga qarshi yurishlar qilishi holatlari ham uchrab turardi. 87-rasm. Lyubechdagi syezd. Vladimir Monomaxning Kiyev knyazi
Svyatopolk bilan uchrashuvi. 88-rasm. Uglich shahri. Yuriy Dolgorukiyga o'rnatilgan haykal. Asta-sekin ko'pgina knyazlar bu
vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek
qo'yishni o'ylay boshlaydilar. Kiyev
knyazi Yaroslav Donishmandning o'g'li Vladimir Monomaxning 1097- yili Lyubech shahrida knyazlarning
birinchi syezdini chaqirishi ham,
asosan, o'zaro urushlarga chek
qo'yishga mo'ljallandi. Syezdning
muhim qarori "har kim o'z yeriga
egalik qilsin" deyilishidan maqsad o'zga knyazliklarga qarshi
bosqinlarni to'xtatish ko'zda tutilgan
edi.
Ayni paytda Kiyev knyazining mavqei
pasayadi. U ilgarigidek rus yerlarini
o'g'illariga istaganicha bo'lib berish huquqidan voz kechishga majbur
bo'ladi. Kiyev Rusi o'z tarixining
muhim bosqichi siyosiy tarqoqjik
davriga kiradi.
Rus qipchoqlarga Vladimir Monomax
(1113-1125) va uning o'g'li Mstislav (1125-1132) davrida katta talafotlar
yetkazadi.
Lekin Monomax va Mstislavning
vafotidan so'ng nizolar kuchayib
boradi. Rusda bu paytda 15 ta
mustaqil knyazlik bo'lsa, keyingi asrda, Botuxon bosqinlari arafasida
ularning soni 50 taga yetadi. 

Novgorod respublikasi. 

Novgorod Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki
knyazlik bo'lgan. XI asrda vujudga
kelgan Novgorod, keyinchalik faqat
Rusninggina emas, Yevropaning ham
yirik hunarmandchilik va savdo
markaziga aylandi. An'anaga ko'ra, XI asrda Novgorod
knyazligiga Kiyev knyazining
to'ng'ich o'g'li qo'yilgan. Lekin yillar
o'tib mahalliy boyarlar ta'siri
kuchayib, ular knyaz hokimiyatini
cheklay boshlaydilar. Shu tariqa Novgorod boyarlar respublikasiga
aylana boradi.
1136-yili novgorodliklar vechesi
Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavichni knyazlik taxiidan chetlatib, zindonga tashlashga qaror
qiladi. Xuddi shu paytdan shahar uzil-
kesil feodal respublikasiga aylanadi.
Novgorod siyosiy hayotida asosiy
o'rin xalq vechesida saylangan
shahar hokimi, saylanadigan "shahar dumasi" va yepiskop qo'liga o'tadi.
1136-yili Novgorod uzil-kesil feodal
respublikasiga aylanadi. Vladimir-Suzdal knyazligi.
Moskva. Mahalliy boyarlarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi
XII-XIII asrlarda Kiyev, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklarida ham kuzatiladi.
Vladimir Monomaxning o'g'li Yuriy Dolgorukiy XII asrda Volga va Oka daryolari havzasidagi yerlarni
boshqarar edi. Knyazlikda XIXIII
asrlarda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir, Yurev kabi shaharlarga asos solinadi. Knyaz Dolgorukiyning
Kiyev ustidan 1147-yilgi g'alabasini
nishonlash sharafiga asos solgan Kuchkovo qo'rg'oni, keyinchalik Moskva nomini oladi. Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Vladimir
knyazligini Ivan Grozniyga (1547) qadar boshqaradi.
Vladimir-Suzdal knyazligi va Moskva
shahri XIV asrdan Rus yerlarining
birlashuviga asos bo'ladi.