32-. RUS YERLARINING CHET EL
BOSQINCHILARIGA QARSHI KURASHI

Mo'g'ullarning Rus yerlarini istilo
qilishi.

 Chingizxon O'rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan
so'ng 1223-yili mo'g'ul qo'shinlari rus
yerlariga ham bostirib kiradi.
Mo'g'ullar harbiy hiyla ishlatib rus
askarlarini otliq qo'shin harakati
uchun qulay maydonga chiqarib, so'ng hujumda tor-mor qiladi.
Chingizxonning nabirasi Botuxon 12371242-yillari Sharqiy
Yevropada istilochilik urushlari olib
boradi. Uning qo'shinlari avval Rus
knyazliklarini, keyinchalik Polsha,
qisman Serbiya va Bolgariyani istilo
qilishadi. Rusdagi feodal tarqoqlik mo'g'ullarga
qo'l keladi, uzoq qamaldan so'ng,
1240-yili Kiyev olinadi.
12371240-yillarda Botuxon
boshchiligidagi mo'g'ullar Rus
yerlarini bosib oladi. Botuxon yangi bosib olingan
hududlarda Oltin O'rda xonligini tuzadi. Uning poytaxti Saroy Botu (keyinchalik Saroy Berka) Volga
daryosining quyi oqimida, hozirgi
Astraxan shahri yaqinida bo'lgan. Botuxon bo'ysundirilgan aholidan soliq va to'lovlarni tezroq to'lay
boshiashi uchun, rus knyazlariga
nisbatan himmat koTsatadi. Yaroslav "knyazlar oqsoqoli" deb tan olinib,
Vladimir knyazligini boshqarishga
yorliq oladi.
Knyazlardan bosqinchilar talabini
qabul qilishni istamaganlari, ularning
joriy etgan tartiblarini bajarishdan bosh tortganlari ham uchragan.
Jumladan, O'rdada Chernigov knyazi Mixail Vsevolodovich bilan bog'liq fojia ma'lum. U mo'g'ullarning
gulxanlar orasidan o'tib tozalanish va
sanamlarga ta'zim etish udumlarini
bajarishdan bosh tortadi. Bunga
javoban mo'g'ullar knyazni kaltaklab
o'ldirishadi. Keyinchalik, pravoslav cherkovi Mixailni avliyo deb e'lon
qilib, uning hokini Moskva Kremlidagi
Arxangelsk ibodatxonasida dafn
etadi.
Mo'g'ullar istilosi rus davlatining
iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta'sir o'tkazib, uning
taraqqiyotini susaytirdi. 

Ruslaming nemis va shved
bosqinchilariga qarshi kurashi. 

Nemis feodallari XIII asrning
boshlarida Boltiqbo'yida yashovchi est va liv qabilalariga qarshi urush olib boradi. Rim papasi salib yurishlari
deb e'lon qilgan bu urushlardan
maqsad mahalliy aholini katolik
diniga o'tkazish ham edi. Livoniya
ordeni ritsarlari estlar yerlarini
egallaganidan so'ng, Novgorod- Pskov chegaralariga yaqinlashadi.
Nemis ritsarlaridan so'ng shved
feodallari ham faollashadi. Ular 1240-
yili Neva daryosi bo'ylab Novgorod
yerlariga bostirib kiradilar.
1240-yil. Neva jangi. Ushbu sharoitda Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich 1240-yilning 15-iyulida Neva daryosi sohilidagi
jangda shvedlar ustidan g'alaba
qozonadi. Bu g'alaba sharafiga knyaz
Aleksandrga Nevskiy nomi beriladi. Novgorod-Pskov knyazligining
mo'g'ullar istilo qilmagan boy yerlari
nemis ritsarlarini ham o'ziga jalb etadi.
Nemislar qo'shini 1240-yili Pskov
yaqinidagi Izborsk qal'asini egallaydi. 1240-yilda Rus yerlariga shved va
nemis bosqinchilari bostirib kiradi.
Novgorod knyazi Aleksandr
Yaroslavich ular ustidan yorqin
g'alabaga erishadi.
Shahar hokimi Tverdilaning xoinligi tufayli Pskov ham nemislarga o'tadi.
O'sha yilning qishida nemis ritsarlari
Novgorod chegaralariga
yaqinlashadi. Bu sharoitda Novgorod
himoyasiga yana Aleksandr Nevskiy
boshchilik qiladi. Knyaz Suzdal qo'shinlari ko'magida Pskov va uning
atrofidagi yerlarni ozod qiladi. Hal
qiluvchi jang 1242-yilning 5aprelida Chud ko'lida bo'lib, Aleksandr Nevskiy boshchiligidagi rus
qo'shinlari nemis ritsarlari ustidan
porloq g'alabaga erishadi. Bu jang
Rus tarixida "Muz ustida jang" nomi bilan ataladi.