VI BOB. SALJUQIYLAR VA USMONLI TURKLAR 

34-. SALJUQIYLAR VA USMONLI
TURKLAR DAVLATLARI

Saljuqiylar davlati. 

O'rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o'g'uz qabilalarining
Old Osiyoga yirik harbiy yurishlari XI
asrdan kuchayadi. Ko'p o'tmay
Vizantiya va unga qo'shni Eron, Iroq,
Ozarbayjon, Sharqiy Armaniston
hududlarida Saljuqiylar davlati shakllanadi. Ichki ziddiyatlardan
zaiflashgan Sharqiy Rim imperiyasi
ko'chmanchi turk qabilalari
hujumlariga qarshilik ko'rsata
olmaydi. Vizantiyaning yo`llanma
qo'shini esa 1071-yili Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan Mansikert jangida tor- mor etiladi. Imperator Roman IV Diogen jangda halok bo'ladi. Bu mag'lubiyatdan so'ng vizantiyaliklar
deyarli qarshilik ko'rsata
olmaganidan ko'p sonli turkiy
qabilalar Kichik Osiyoga yo'l oladi. Saljuqiylar davlati - Yaqin va O'rta Sliarq, qisman Movarounnahrda
saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat
(1038 1308). Saljuqiylar davlatiga
Saljuqning nevarasi Sulton
To'g'rulbek asos solgan. 

Ijtimoiy tuzum. 

O'g'uzlar bu paytda urug'-jamoachilikning inqirozi va
yangi ijtimoiy munosabatlarning
paydo bo'lishi bosqichida
yashaganlar. Chorvaning asosiy qismi
va yaylovlarga egalik qilish huquqlari
yangi shakllanayotgan boylar tabaqasi qo'lida to'planib boradi. XI
asr oxirida Kichik Osiyoni deyarli to'liq
bosib olgan o'g'uzlar o'zlarining qator
amirliklarini tuzadilar. Amirliklar
rasman Saljuqiylar sulolasi hukmini
tan olsalar-da, amalda o'z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Ko'chmanchi turkiy qabilalarning
o'troq hayotga o'tishi ayni shu
paytdan boshlanadi.
O'troqlashayotgan turklar o'lkaning
tub aholisi yunonlar va armanlar kabi dehqonchilik va hunarmandchilik
bilan shug'ullana boshlashi kuzatiladi.
Bu jarayonlar XII-XIII asrlarda
Saljuqiylarda ham feodal davlatini
uzil-kesil shakllanshiga olib keladi.
Mamlakatda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi Sharqdagi
islom davlatlarinikidan deyarli farq
qilmagan. Ahamiyatli jihati
saljuqiylarda davlat yerlarining
xususiy yerlarga nisbatan ko'p
bo'lishida edi. Davlat yerlarining katta qismi iqto' tarzida harbiylar va amaldorlarga, xizmatlari evaziga
in'om etilgan. Iqto' dastlab merosiy
mulk bo'lmasdan, faqat xizmat
muddati davomida foydalanish sharti
bilan berilgan. 

Shaharlar taraqqiyoti. 

Saljuqiylar davrida Kichik Osiyodagi Ko'nyo, Suvas, Qaysariyalar eng yirik shaharlar qatorida bo'lib, ularda o'n
minglab aholi yashagan. Turklar
istilosidan so'ng shaharlar qiyofasi
ham o'zgarib, sharqona tus ola
boshlaydi.
Sulton devoni hujjatlari va yozishmalar fors tilida olib borilgan.
Sharqning buyuk mutafakkiri Jaloliddin Rumiy (1207-1273) o'z ijodining asosiy qismini Ko'nyoda
o'tkazgan.
Asta-sekin turkiy qabilalarning
mahalliy aholi bilan aralashishi yangi
etnos  turk xalqining shakllanishiga asos bo'ladi. Bu
jarayon XIII asrning 2030-yillarida
kuchayadi. Lekin 1243-yilgi
mo'g'ullar bosqini davlatning keyingi
taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
XIV asr boshlariga kelib Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati butunlay
parchalanib ketadi. 

Usmoniylar davlatining tashkil
topishi. 

Saljuqiylar davlatining o'rnida ko'plab beyliklar tashkil topadi.
Ulardan biri - Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoliy-g'arbiy hududida,
Eskishaharga yaqin joyda edi. Uning
keyingi taraqqiyotiga, beylikning
Vizantiya bilan qo'shni bo'lgani qo'i
keladi. Tobora zaiflashib borayotgan
impcriyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlarining kengayib borishini
ta'minlaydi. Keng istilolar Usmoniylar
qo'shiniga boshqa qabilalardan ham
jangchilarning kelib qo'shilishini
ta'minlaydi.
Sulola asoschisi Usmon (1299 1326) davrida qator yurishlar
uyushtirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. Uning o'gii O'rxon Vizantiya shaharlari Nikeya va Nikomediyalarni olib, Qora dengiz sohiliga chiqadi. Dastlab
beylikning boshqaruv tuzumi juda
sodda bo'lgan. Xususan bey unvoni,
Usmon va O'rxonga qabila boshliqlari
yig'inida berilgan. Beylarning asosiy
vazifasi esa turkiy qabilalar harbiy kuchlarini, qo'shni hududlarni istilo
qilishini ta'minlash bo'lgan.
Beylikning kuchayib borishi, uning
boshqaruvida ham o'zgarishlarga olib
keladi. Natijada, O'rxonning
boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta'sis etiladi. Tanga pul zarb
qilinib, davlat yerlari ma'muriy
birliklarga bo'linadi. O'rxon harbiy
islohot o'tkazib qo'shinni piyoda va
otliq qismlarga ("musallam"), alohida harbiy birliklarga aylantiradi. Usmonlilar davlati  Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va
Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va
Qrimda usmonlilar sulolasi
boshqargan davlat (12991922).
Asoschisi  Usmon I. 

Bolqon yarim orolidagi istilolar.

Usmoniylar istilosiga qadar Bolqon
yarim orolida: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi.
Ammo, siyosiy tarqoqlik va ichki
ziddiyatlar bu davlatlarni turklar
istilosiga qarshi birlashuviga imkon
bermaydi.
Bolqondagi dastlabki bosqinlar 1353 1357-yillari bo'lgan. Uning asosiy
qismini turklar keyingi o'ttiz yil
davomida egallaydilar. Usmoniylar
poytaxti Bolqondagi Edirne (Adrianopol)ga ko'chiriladi. XIV
asrning 80-yillaridan Serbiyaga
hujum boshlanadi. 1389-yilda Kosovo maydonida gi jangda turk qo'shinlarining g'alabasi serblarning
o'z mustaqilligini yo'qotishiga olib
keladi. Usmoniylar 1393-yili Bolgariya
poytaxti Tirnovo shahrini, 1396-yili Nikopol yonidagi jangda venger, valax, bolgarlardan tuzilgan 60
minglik ritsarlar qo'shinini yengadi.
Turk sultoni Boyazid (1389-1402) bu janglarda o'zining tezkor
g'alabalari bilan shuhrat qozonib  Yildirim (Shiddatli) nomini oladi. Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solgan.
Ayni paytda, Amir Temurning Boyazid - ga qarshi Kichik Osiyo
yurishi boshlanadi. 1402-yilning
yozida Anqara yaqinidagi jangda sohibqiron qo'shinlari Boyazid
lashkarini yengadi. Bu voqea turklar
tomonidan Konstantinopolning
olinishiga yo'l qo'ymay, Vizantiyaning
yana 50 yil yashashiga imkon
yaratadi. 

Konstantinopolning qulashi. 

Usmoniylar sultoni Mexmet II (1451  1481) yuz minglik qo'shini bilan
Konstantinopolni qamal qiladi.
1453-yilning 29-mayida
Konstantinopol turklar tomonidan
olinadi. Vizantiyaning so'nggi
imperatori jangda halok bo'ladi. Usmoniylar shaharni Istanbul deb nomlab, unga o'z poytaxtlarini
ko'chiradi.
1453-yilning 29-mayida
Konstantinopol turklar tomonidan
egallanadi va shahar Istanbul deb
nomlanadi. Istanbul Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylanadi. 93-rasm. Boyazid Yildirim bilan Amir Temur o'rtasidagi Anqara jangi. O'rta
asr arab miniaturasidan. 

Usmoniy turklar g'alabalarining
omillari. 

Usmoniy turklar qudrati yaxshi tashkil etilgan otliq va piyoda
qo'shin, lashkarboshilik
xususiyatlariga ega sultonlarning,
hukmdorga sadoqatli yanicharlar
piyoda qo'shinining bo'lishida edi.
Usmoniylar otliq qo'shinni kuchaytirishga alohida e'tibor
qaratdilar. Qo'shinni har bir
suvoriysiga 35 ming piastr
daromad keltiradigan yer-mulk  tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda
boigan paytida taqdim etilgan.
Natijada otliq qo'shin soni 150 ming
suvoriygacha yetgan.
Sulton Yevropadagi eng yaxshi
piyoda qo'shinga ham ega edi. XIV asrning o'rtalaridan, asirga olingan
eng sog'lom va baquvvat xristian
bolalaridan, sultonning shaxsiy
gvardiyasi jangchilari tarbiyalangan.
Yillar o'tib bolalar o'z tilini va dinini
unutib, sultonning sodiq yanicharlariga aylangan. Usmoniy turklar sultoni jangga hamisha
o'zining sodiq yanicharlari bilan
kirgan. Oilasi, boyligi, mol-mulki
bo'lmagan yanicharlar sulton uchun
jonini ham ayamagan. UlarVarna, Kosovo, Konstantinopol janglaridagi g'alabalarga katta hissa qo'shganlar.
Turk qo'shiniga shuhrat keltirgan
lashkarboshi va jangchilarning aksari
ko'pchiligi yanicharlardan chiqqan. 

Usmoniylarning keyingi istilolari. 

Yevropa va Osiyoni bog'lab turgan
savdo yo'llari ustidan nazorat,
Vizantiya poytaxti olinishi bilan
turklar qo'liga o'tadi.
XV asrning ikkinchi yarmida
Usmoniylar davlati o'z istilolarini davom ettiradi. 1475-yili Qrim yarim
oroli bo'ysundiriladi. Ko'p o'tmasdan
Moldaviya va Valaxiya turklar
vassalligini tan olishadi. Old Osiyoda
turklar Mesopotamiya, Armaniston va
Gruziyaning g'arbiy qismini, keyinroq Suriya va Arabistonni bosib oladilar.
Keng istilochilik yurishlari Usmoniylar imperiyasining tashkil topishi bilan yakunlandi. 

Madaniyati. 

Usmoniylar jamiyatida XV asr oxirida madaniyatning turli
sohalari: adabiyot, tasviriy san'at,
me'morchilik ravnaq topdi. Geografik
bilimlar va tarixshunoshlik ham
yaxshi rivojlandi.
Mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Turk
me'morchiligi turli mamlakatlardan
keltirilgan usta  quruvchilar
tajribasidan foydalanib yuksala
borgan. Millati grek Xoja Sinon (1490-1588)ning qurgan ajoyib
me'morchilik durdonalari uni butun
jahonga tanitdi. U faoliyati davrida
300 dan ortiq inshootlar masjidlar,
madrasalar; saroylar, favvoralar, hammom va ko'priklar qurilishiga
boshchilik qilgan.
Fanning turli sohalari ichida
geografiyaning taraqqiyoti ayniqsa
e'tiborga molikdir. Turkiyalik dengiz
sayyohi Piri Raisning asarlari, uning O'rta, Qora va Egey dengizlari atlasi -
"Bahriya" dunyo fanidagi katta yutuq edi. Evliya Chalabiy ning "Sayohatnoma" ko'p jildli asari, Xoja Xalifaning "Jahonnoma" asarlarida arab va Yevropa manbalari asosida
jahonning turli mamlakatlari
tasvirlangan. 82.1