VII BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA

35-. MO'G'ULLAR DAVLATl VA
UNING BOSQINI

Ijtimoiy tuzum. 

Mo'g'ul qabilalari qadimdan Janubiy Sibir, Manjuriya va
Mo'g'uliston hududlarida yashab
kelgan. Ularning ko'pchiligi
ko'chmanchi chorvachilik bilan
shug'ullangan, o'rmonda yashagan
ayrim urug'lar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan.
Mo'g'ullarning ko'p sonli urug'-
qabilalari XIXII asrlarda ham
urug'chilik tuzumi darajasida yashab,
urug'-qabila boshliqlari o'tovi atrofida
o'nlab, yuzlab oddiy jamoa a'zolarining ko'chma uylari
joylashgan. Mo'g'ullarda qadimgi
udumlar, xususan xun olish, diniy
tasavvurlarida esa ajdodlar ruhiga
sig'inish, shomonlik e'tiqodlari yaxshi
saqlanib qolgan. Shomonlik  ibtidoiy diniy e'tiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu
ruhlarga, ularning inson hayotiga
ta'sir ko'rsatishiga ishonish
shomonlikning asosini tashkil etadi.
Lekin XII asrning ikkinchi yarmidan
mo'g'ullar ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat, mulkiy tabaqalanish
kuchaya boshlaydi. Urug'chilik
jamoalari alohida ko'chmanchi
xo'jalik  ayllarga bo'linib, har bir ayl
endilikda o'z xo'jaligi  mollarining
egasiga aylanadi. Urug'-qabilalarda boy xonadonlar, boiajak mo'g'ul
zodagonlari: no'yonlar, bahodirlar, botirlar shakllana boradi. Aksari urug' boshliqlari no'yonlar o'z
urug'doshlaridan navkarlar olib
harbiy bo'linmalar tuzadilar. Mulkiy
tabaqalanish sharoitida hayotning
o'zi ularni harbiy qabila ittifoqlari
tuzishga majbur etadi. Ularni xonlar boshqargan. Kuchli qabila ittifoqlari
o'zlariga tobe etilgan qo'shnilardan
boj-to'lovlar olib turganlar.
Bu qabila ittifoqlari "harbiy
demokratiya" bosqichidagi an'anaga
binoan o'z yig'inlari, qurultoylarida eng muhim: urush, sulh, ittifoq tuzish,
xonni saylash kabi masalalarni hal
etardilar. 

Chingizxon davlati. 

Mo'g'ul qabilalari orasidagi o'zaro urushlarda,
XIII asrning boshlarida Temuchin (1155-1227) g'olib chiqadi. 1206-yili
Onon daryosi bo'yidagi qurultoyda u
ulug' xon deb e'lon qilinadi. Bosh
shomon butun xalq oldida
Temuchinga Chingizxon unvonini beradi. Chingizxon so'zi "kuchli", "qudratli", "toza" ma'nolarini bildiradi.
Mamlakatni markazlashtirish
maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal'asini o'z davlatining poytaxtiga
aylantiradi.
Mo'g'ullar qo'shinini kuchaytirishga
katta e'tibor qaratilgan. Tinch paytda
chorvachilik bilan shug'ullangan
mo'g'ullar urush boshlanishi bilan o'nlik tizimdan iborat muntazam
qo'shinga aylanar edi. Qo'shin
yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar
tomonidan boshqarilgan. Bahodir, botir, mergan, sechan, no'yonlar mo'g'ul harbiy zodagonlarini tashkil
etgan. Talonchilik bosqinlari
ko'chmanchilar uchun asosiy
mashg'ulotga aylana boradi.
Mo'g'ullar tez orada Janubiy Sibirda
yashagan ko'pgina xalqlarni bo'ysundiradi. Ular qatorida buryatlar,
yoqutlar, qirg'izlar va boshqalar bor
edi. 

Mo'g'ullar qo'shini. 

Ko'chmanchilar qo'shiniga qarshi urushga uzoq
tayyorlanish zarurati ham bo'lmagan.
Mo'g'ullar hayotining o'zi, har qanday
vaqtda otni egarlab yo'lga tushishga
mos edi. Mo'g'ullar ko'chma uy-
o'tovlarda yashagan. Harbiy yurishga tayyorlanganda yoki ko'chish paytida
o'tovni o'rnatish uchun nari borsa bir
soat, yig'ib yuk tuyasiga ortish uchun
undan ham kam vaqt ketardi.
Harbiy yurishda jangchilar oilalari
qo'shinni kuzatib borishi ham mumkin edi. O'g'il bolalar yoshligidan
gulxan tutunidan va janglar olovidan
nafas olganlar, janglarni kuzatganlar,
ot va qurol bilan muomala qilishni
o'rganganlar. Oqibatda ular baquvvat
va jasur jangchilar bo'lib yetishganlar. Mo'g'ullarning sevimli quroli kamon
edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan
nishonga ola bilgan. Jangchilarning
ko'pchiligi nayza va qilich bilan
qurollangan. Har bir ko'chmanchining
kundalik hayotida ham, jang paytida, albatta, arqoni bo'lishi lozim edi.
Qo'shni mamlakatlarni istilo qilish
jarayonida Chingizxon qo'shini
devorni buzishda maxsus moslama -
palaxmonlardan foydalanishni
o'zlashtiradilar. Ko'chmanchilar qo'shini odatda uchta
qismga bo'lingan: markaz va ikki
qanot. Jang boshlanganda, markaz
yolg'ondan chekingan, dushman uni
ta'qib eta boshlasa, qanotlardan
hujumga uchrar, chekinayotganlar ham to'xtab, jangga kirishardi. Asosiy
qo'shindan tashqari Chingizxon
ixtiyorida "keshik" deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi.
Keshik favqulodda holatlar uchun
doimo jangovor holatda tutib turilar
edi.
Jangni mohirona boshqarish, kuchli
va intizomli otliq qo'shinning bo'lishi, qo'shni mamlakatlardagi siyosiy
tarqoqlik mo'g'ullarga g'alaba
keltirgan. 

Mo'g'ullar udumlari. 

Mo'g'ullar xoni qarorgohiga kelgan elchilar qator
kutilmagan sinovlardan o'tkazilgan.
Xon huzuriga kirish istagidagi barcha
kishilarning o'zlarigina emas, ularning
sovg'a-in'omlari ham turli duo,
yovuzliklardan "tozalanishi" lozim edi. Bunga malum udumga ko'ra
shomonlarning qattiq nazoratida ikki
katta gulxan orasidan o'tish orqali
erishilgan.
Mo'g'ullarda olov ularning o'zlarini va
hukmdorlarni asrovchi omillarni mujassamlashtirgan qudratli kuch
hisoblangan. Elchilar ortidan turli
sovg'alar ortilgan aravalar ham olib
o'tilgan. Shomonlar aravadagi
buyumlardan ayrimlarini olib olovga -
ilohlarga qurbonlik sifatida tashlaganlar. Shundan so'ng yog'och
va jundan yasalgan qator qilib
qo'yilgan but va sanamlar orasidan
o'tayotib, ularga ham ta'zim qilib
hurmat bajo keltirish lozim edi. 

Istilolar. 

Chingizxon 1211-yildan Shimoliy Xitoyga qarshi urush
boshlaydi. Mamlakatni batamom istilo
qilinishi uning vorislari davrida
tugatiladi.
Yettisuv va'Sharqiy Turkistonga
qarshi 1218-yili boshlangan bosqinlar, Xorazmshohlar davlatiga
12191221 -yillarda yoyiladi.
Afg'oniston, Sharqiy Eron egallanib,
Kavkaz orqali 1223-yili Dashti
Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi
bo'yida qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan
ruslar qo'shini mag'lub etiladi.
1224-yilda Chingizxon zabt etilgan
hududlarni o'z o'g'illari: Jo'ji, Chig'atoy, O'qtoy va Tuliga uluslarga bo'lib, taqsimlab beradi.
O'qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi.