36-. OLTIN O'RDA XONLIGI

Yangi bosqin. 

Mo'g'ullarning 1235- yilgi qurultoyida O'qtoy qoon (xon)
Chingizxonning Rus va Shimoliy
Kavkaz yerlarini bosib olish haqidagi
vasiyatini eslatib, to'planadigan
qo'shinga Botuxon yetakchilik qilishini e'lon qiladi. Uluslardan o'nta
askardan bittasining ajratilishi,
Botuxonga yordamga
Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy bahodimi berilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237-
yilning kuzida rus yerlariga hujum
boshlab, dastlab Ryazanni olishadi.
Rusdagi siyosiy tarqoqlik
mo'g'ullarga yetarlicha qarshilik
ko'rsatish imkonini ham bermasdan 12381240-yillarda Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin va boshqa shaharlar bosib olinadi.
Mo'g'ullar tomonidan 12411242-
yillari Chexiya, Vengriya, Polshaning
bir qismi ham egallanadi.
Lekin 1243-yili O'qtoyning vafot etishi
munosabati bilan Botuxon Volgabo'yi dashtlariga qaytadi. Shu
tariqa Botuxon istilo qilgan
Volgabo'yi, Shimoliy Qora dengiz
sohillari, Shimoliy Kavkaz, Moldaviya
hududlarida rus yozma manbalarida Oltin O'rda nomini olgan Jo'ji ulusi shakllanadi. Oltin O'rda, Jo'ji ulusi - XIII asrning 40-yillari boshida Jo'jixonning o'g'li
Botuxon (12361255) tomonidan
asos solingan davlat. 1224-yil Jo'ji
ulusi Shimoliy Xorazm, Shimoliy
Kavkazdan iborat edi. 12361240-
yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg'orlari yurti,
Dashti Qipchoq, Qrim, G'arbiy Sibir
Oltin O'rdaga qo'shib olindi. 

Boshqaruv tizimi. 

Oltin O'rdani Botuxon va uning avlodlari
boshqargan. Muhim masalalarni hal
etish uchun qurultoy chaqirilgan. Ijro
hokimiyati boshlig'i beklarbegi bo'lib, devon ishlarini vazir boshqargan. Mahalliy boshqaruv dorug'a va bosqoqlar qo'lida bo'lgan. Rus knyazlari va aholisiga
oliy hukmdor mo'g'ullar hokimi
ekanligi e'lon qilinadi. Har bir knyazlik
eng avvalo xon ulusi, so'ng knyaz
yurti ekanligi uqtiriladi. Rusda barcha
knyazlar Oltin O'rdadan boshqaruv yorlig'i oladi. Vladimir knyazi Yaroslav ularning "ulug'i" deb tan olinadi.
Istilo qilingan hududlar 10 ming
suvoriy saflay oladigan tumanlarga
bo'linadi. Knyazliklar qo'shini zarur
paytda harbiy xizmat o'tash uchun
uzoq o'lkalarga yo'l olishga, Chingizxon vorislarining manfaatlari
uchun jang qilishlariga to'g'ri kelgan.
Dastlab mo'g'ullar bo'ysundirgan
hududlarda, o'zlarining an'anaviy
boshqaruv tizimini joriy etadi. Bosib
olingan dashtlar Botuning ukalariga berilib, ularning suyurg'ol mulkiga aylanadi. Suyurg'ol egalari xon
qo'shiniga ma'lum belgilangan
sondagi jangchilarni jo'natishdan
tashqari, aholidan to'plangan
soliqlarning bir qismini ham
yuborgan. Oltin O'rda XIV asrdan to'rt katta
viloyatga bo'linib, ular ulus nomini oladi. Bu viloyatlar ulusbegisi qo'shin boshlig'i bo'lishidan tashqari, o'ziga
tegishli hududdagi boshqaruvga oid
barcha masalalarni ham hal etgan.
Oltin O'rda qo'shinini beklarbegi
boshqargan. U ko'chmanchilar
zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba'zida xondan ham ko'proq
mavqega erishgan. Bu hoi ayrim
paytlarda qonli mojarolarga ham
sabab bo'lgan. No'g'ay, Mamay, Edigey kabi beklarbegilar hatto xonlarni ham o'z xohishlariga qarab
tayinlaganlar.
Oltin O'rda xonligida davlat
boshqaruvining taraqqiyoti
amaldorlarni kuchayishiga olib keladi.
Mo'g'ullar imperiyasining bu qismidagi boshqaruv namunasi
sifatida O'rta Osiyodagi musulmon
davlatlari ma'muriyati olinadi.
Natijada, xon yonida vazir lavozimi
joriy etilib u mamlakatda harbiy
bo'lmagan barcha sohaga mutasaddi edi. Vazir va uning yetakchiligidagi
devon soliqlar, moliya, savdo ishlarini
boshqargan. Devonxonada soliq
daftarlari ham saqlangan. 

Soliqlar. 

Mo'g'ullar aholini o'nlik tizimiga bo'lish maqsadida aholini
ro'yxatga olish tadbirini o'tkazadi. Bu
tadbir 1248-yili janubiy
knyazliklardan boshlanib, 1257-yili
shimoliy knyazliklarga ham yetib
boradi. Aholining ro'yxatga olinishining yakunida mamlakat
aholisi "chiqim" deb nomlangan katta to'lovga tortiladi. Undan
tashqari aholidan shoshilinch
yig'iladigan soliq  talab ham olingan. Xonga urush boshlash
uchun mablag' zarur bo'lsa, u rus
knyazlariga talab yuborib, chiqimni
qanday qattiqqo'llik bilan to'plansa u
ham ayovsiz yig'ib olingan. Xon va
uning yaqinlari, elchilar uchun sovg'a-salomga, O'rda Njmaldorlariga
poraga ham katta mablag'lar
sarflangan. Soliq va bojlarni
to'lanishini bosqoqlar - maxsus tayinlangan mo'g'ul noiblari nazorat
etishgan.
Holsizlangan knyazliklardan dashtga
mo'yna, kumush ortilgan karvonlar,
qullik asoratiga mahkum etilganlar
gumhlari yo'l olgan. Qullikka soliqlarni to'lay olmaganlar mahkum
etilgan.
Rus yerlari bulardan tashqari,
Mo'g'ullar imperiyasi bo'ylab tashkil
etilgan yomlar - yo'l bekatlariga xizmat ko'rsatishda ham
qatnashganlar. Xitoydan qabul
qilingan bu tizim istilo qilingan barcha
o'lkalarda joriy etilgan. Yom xizmatini
atrofdagi aholi bajarib, bekatlarda
elchilar, choparlar, amaldorlar uchun doim otlardan tashqari oziq-ovqat
ham tayyor bo'lishi ko'zda tutilgan.
Rus yerlarini qaramlikda saqlashning
yana bir usuli, mo'g'ullarning bir
necha martalab bosqinlar uyushtirishi
ham edi. Tarixchilarning hisobicha, XIII asrning ikkinchi yarmida
dushman rus yerlariga o'n to'rt marta
talonchilik hujumlarini tashkil qilgan.
Rus knyazlari Oltin O'rda qudratini
to'g'ri anglab, bosqinchilar bilan tinch
yashashga harakat qilishgan. Bu tadbir mavjud sharoitda knyazlar o'z
xalqini saqlab qolishi, ularni qullikka
olib ketmasligining yagona yo'li edi.
Tinchlik siyosatini Vladimir knyazi
Yaroslav boshlab, uning o'g'li
Aleksandr Nevskiy davom ettirgan. Knyaz Aleksandr Oltin O'rdaga bir
necha bor tashrif buyurgan.
Mo'g'ulistonda ham bo'lib, mahalliy
amaldorlarning hurmat-e'tiboriga
sazovor bo'ladi. Bu tadbirlarning
barchasi keyinchalik mo'g'ullar bosqoqlarni tasdiqlamasdan rus
yerlaridan boj yig'ishni knyazlardan
biriga topshirishiga olib keladi. 

Tashqi siyosat. 

Tashqi siyosat masalalari bilan xon, uning yaqin
maslahatchilari, shuningdek,
beklarbegi shug'ullangan. Oltin O'rda
uzoq vaqt Sharqiy Yevropaning eng
kuchli davlati bo'lganidan ko'pgina
mamlakatlar taqdiri unga bog'liq edi. Shu sababdan Yevropa qirollari, Rim
papalari, Vizantiya imperatorlari va
Turk sultonlari xon saroyi bilan
do'stona munosabatda bo'lishga
intilganlar.
Eronda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning vorislari esa Oltin O'rda bilan Kavkazortiga egalik qilish
masalasida raqobat qila boshlaydi. Bu
ikki Mo'g'ul davlati qo'shinlari qator
janglarda to'qnashib, goh u tomon,
goh bu tomonning qo'li baland
kelgan. Bu janglardan birida 1266-yili Botuxonning ukasi Berkaxon ham
halok bo'ladi. Xuloku ulusiga qarshi
kurashda Oltin O'rda Misr sultonlari
bilan ittifoq tuzadi.
Oltin O'rda lashkari Bolqon yarim
oroli, Litva va Polshaga bosqinlar uyushtirardi. Ulardan maqsad istilo
emas, qo'shni hududlarni talash va
O'rdani boshqarayotgan
zodagonlarni boyitishga qaratilgan
edi.
XIV asrning birinchi yarmida Oltin O'rda davlati o'z qudratining
cho'qqisiga erishadi. Bu jarayon O'zbekxon (1312-1342) va uning og'li Jonibek(1342-1357) nomi bilan bog'liqdir. Oltin O'rda qudratini
mustahkamlagan omillardan biri
islom dinining qabul qilinishi bo'ldi.
Mo'g'ullar imperiyasi asoschisi
Chingizxon barcha diniy e'tiqodlarga
birday munosabatda bo'lishni vasiyat qilgan edi. Uning avlodlari bu
vasiyatni bajarishga harakat qilganlar.
Oltin O'rda poytaxti Saroy shahrida
turli diniy ibodatxonalar qurilgan.
Ammo mo'g'ullarning ko'pchiligi
majusiy-shomonlikka mansub bo'lib qolganlar.
XIV asrning boshida Oltin O'rdada
vaziyat o'zgaradi. Hukmron
doiralarning uzoqni ko'ra biladigan
vakillari, ulkan mamlakat hayotini
eski mo'g'ul an'analari asosida boshqarish mumkin emasligini
tushunib yetadilar. Davlatni
boshqarish tobora murakkablashib
boradi. Iqtisod va moliyani
tushunadigan, savodli kishilarga talab
oshib boradi. Bu borada eng ma'qul keladigan amaldorlar o'rta osiyoliklar
edi. Qolaversa, Oltin O'rda savdo-
sotig'i avvaldan musulmon
savdogarlari qo'lida bo'lgan. Eron va
Misr bilan uzluksiz munosabatlarning
o'rnatilishi ham arab va fors tili bilimdonlarini jalb etishni taqozo
etardi. Undan tashqari barcha uchun
yagona din hukmdor atrofida
fuqarolarni mujassamlagan bo'lardi.
O'zbekxon 1314-yilda islomni davlat
dini deb e'lon qiladi. Unga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lgan zodagonlar va
hatto qarindoshlari shafqatsiz qirib
tashlanadi. 

Shaharlar. 

O'zbekxon davri shaharsozlikning yuksalishi bilan
ham xususiyatlanadi. XIV asrning
o'rtalarida Oltin O'rdada yuzdan ortiq
shaharlar bo'lgan. Ularning ba'zilari
eski, mo'g'ullar istilosidan avvalgi
qo'rg'onlar edi. Bosqinchilar ularni avval vayron qilganlar, so'ng savdo
yo'llari ustidagi ko'plab shaharlar
qayta tiklanadi. O'rda hukumati
savdosotiqning rivojlanishidan
manfaatdor bo'lgan.
Ayrim shaharlarga mo'g'ullarning o'zi asos solgan. Bunga sabab O'rdada
amaldorlar soni oshib borar, ular xon
bilan u joydan bu joyga ko'chib yura
olmasdi. Moliya ishlarini bajarishi
uchun ko'chma o'tov yaxshi
moslashmagan, qolaversa moliya hujjatlarini saqlash ham talab etilgan.
Odatda bunday shahar uchun xon
yoki ulusbegi qishlaydigan joy
tanlanardi. Oltin O'rdaning har ikki
poytaxti: Saroy Botu va Berkaxon qurgan Saroy Berka shu tariqa paydo bo'lgan. O'rda davrida
Rossiyada vujudga kelgan ayrim
shaharlar: Tula, Tyumen, Azov, Astraxan hozirga qadar mavjud. O'zbekxon va Jonibek davrida Oltin
O'rda shaharlari gullab yashnagan.
Ular iqtisodiy va madaniy hayot
markazlariga aylangan. Saroy va
Yangi Saroylar dunyoning eng katta
shaharlari qatorida bo'lgan. Jonibekning vafotidan so'ng Oltin
O'rda taxti uchun kurash boshlangan.
Chekka o'lkalar mustaqillikka erisha
boshlaydilar. XIV asrning oxirida To'xtamishxon uni o'n besh yilga yana birlashtiradi. Lekin davlat
tarixining fojiali sahifalari aynan
uning hukmdorligi bilan bog'liqdir.
Bunga To'xtamishning
Movarounnahr hukmdori Amir Temur
bilan raqobati sabab bo'ladi. Amir Temur Jo'ji ulusiga qarshi uch marta
yurish qiladi. Shimoliy Kavkazdagi
1395-yilgi To'xtamishning Amir
Temurdan mag'lubiyati Saroy, Saroy
Berka, Astraxan shaharlarini vayron
etilishiga sabab bo'ladi. Shundan keyin savdo yo'llari janub tomonga
siljiydi. Amir Temurning yurishlari
Oltin O'rdani uzil-kesil zaiflashtiradi.
Oltin O'rda XV asrning birinchi
yarmida qator xonliklarga bo'linib
ketadi. Ulardan eng yiriklari Qrim, Qozon, Sibir, Qozoq xonliklari va No'g'ay O'rdasi bo'lgan.