37-. XITOY XIII-XV ASRLARDA

Iqtisodiy taraqqiyot. 

Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va
o'zaro urushlarga Sun sulolasining (9601279) hokimiyatga kelishi
chek qo'ydi. Natijada rnamlakat
xo'jaligining yuksalishiga zamin
yaratildi. X asrdan suvni nisbatan
baland joylarga chiqaruvchi
moslamalardan keng foydalana boshlandi. Chig'ir idishlari sopol
ko'zachalar yoki yog'ochdan
cho'michlar shaklida yasalgan bo'lib
ulardan foydalanish ekin
maydonlarini ko'paytirish imkonini
beradi. Suv tegirmonlari yordamida sholini tozalash, moy olish, un
chiqarish tobora keng qo'llanila
boshlanadi.
Dehqonchilikda almashlab ekishni
Xitoyda ilk o'rta asrlardan qo'llay
boshlaganlar. Erta pishar ekinlardan ikki marta hosil olingan. Asosiy ekin
sholining urug'ini tanlashga, unib
chiqqan sholi ko'chatlarini yaganalab
ishlov berishga alohida e'tibor
qaratilgan. Mamlakat janubida
shakarqamish yetishtirish, shimoliy viloyatlarda esa pilla qurti boqish
tobora keng tus ola boshlaydi.
Xitoyda qishloq xo'jaligidagi
yumushlarning deyarli barchasi
sodda mehnat qurollari ko'magida
qo'lda bajarilgan. Mamlakatda otlar kam bo'lib, borlaridan ham asosart
Tiarbiy mfcqsadlarda foydalanilgani
buning asosiy sabablaridan biri edi.
Rivojlangan o'rta asrlarda Xitoyda
imperator, harbiy zodagonlar,
amaldorlarga qarashli davlat yerlari kamayib, zamindorlarnmg xususiy
yerlari tobora ko'payib boradi.
Xususiy yerlar, shuningdek, yangi
o'zlashtirilayotgan qo'riq va tog'oldi
hududlari hisobiga ham kengayib
borgan. Yirik mulkdorlar yerlarini ko'payishiga kambag'allaming
qarzlari evaziga yerlarini tortib olinishi
ham xizmat qilgan. Shu tariqa XI asr
boshlarida ekin maydonlarining
yarmi yirik zamindorlar qo'liga o'tadi.
Bu yerlarda asosan ijarachi dehqonlar ishlaganlar.
Xitoyda erkin dehqonlarning aksari
qismida 30-40 mu yer bo'lib, davlat
bu tabaqani qo'llashga intilgan. Xitoy
dehqonlari o'zlari yetishtirgan
mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to'laganlar. Yer solig'i sholi
yoki bug'doy bilan to'lansa, pilla
boqqan xonadonlar soliqni gazlama
bilan ham to'laganlar. 

Shaharlar va hunarmandchilik. 

Xitoyda shaharlarning vujudga kelishi
X-X1I asrlarda ham davom etadi. Kayfin, Chendu va Uchan shaharlari Xitoyning yirik savdo va
hunarmandchilik markazlari edi. Xitoy
savdosida suv yo'Uari alohida
ahamiyat kasb etgan. Ko'pchilik
shaharlar dengiz yoki daryo
bo'ylarida, suv. va quruqlikdagi savdo yo'llari kesishgan joylarda
vujudga kelgan.
Shaharlarning o'sishi
hunarmandchilikni jadal rivojlanishini
ta'minlaydi. Temir, mis qazib olish va
eritish ko'payib boradi. Jumladan, IX asrdagiga nisbatan mis ishlab
chiqarish 30, temir eritish 12 marta
ko'payadi. Shuningdek, qo'rg'oshin,
simob, qalay, oltin, kumush qazib
olish ham yuksalib borgan. Xitoyliklar
ma'danlarai eritish va ularga ishlov berishda maxsus kimyoviy moddalar,
kokslovchi toshko'mirdan keng
foydalanishgan. Bu esa temirchilikni
yuksaltirib, undan qurol-aslaha,
pichoqlar, mixlar, turli idishlar
tayyorlashni kengayib borishini ta'minJagan.
Xitoyning janubiy viloyatlarida
hunarmand-to'quvchilar shoyi
gazlamalarning o'nlab xillarini
tayyorlaganlar. Ipakdan shoyi
so'zana - panno to'qish XII asrda ixtiro qilinib keng tarqaladi. Xitoyda
paxtachilik ham tobora keng yoyilib,
XIV asrdan undan gazlama tayyorlash
ham rivojlana boradi.
Osiyo paxtasining vatani Hindistondir.
Undan paxta O'rta Osiyoga kiritilgan. Xitoyga paxta urug'ini dastlab,
yurtimiz  savdogarlari olib borishgan.
Xitoyda ayniqsa hunarmandchilikning
an'anaviy turlari kulolchilik, chinni
buyumlar ishlab chiqarish taraqqiy
etadi. Yangi bo'yoqlar ixtiro qilinadi. Natijada chinnining: nim yashil, nim
kulrang va nim havorang kabi nafis
ranglilari tayyorlana boshlanadi.
Xitoy shaharlarida kiyim tikish,
poyafzal, ro'zg'or buyumlari,
yelpig'ichlar, soyabonlar, zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqaradigan
ko'plab do'kon va ustaxonalar
joylashgan edi. Ustaxonalarda
mehnat taqsimoti shakllanmasdan
hunarmand har bir buyumni
tayyorlashda to boshidan oxiriga qadar o'zi qatnashgan. Xitoyda
bo'lgan Marko Poloning yozishicha,
ustaxonalarda 10 tadan 40 tagacha
kishi ishlatilgan.
Sex a'zosi bo'lish Xitoy hunarmandlari
uchun majburiy edi. Yevropadagi kabi undagi sexlar ham xalfa, shogirdlar
sonini, ularning ish sharoitini, tayyor
hunarmandchilik buyumlarini
sotishni, hunar sirlarini saqlashni
nazorat qilgan. Savdo. Yevropadan farqliroq, Xitoy shaharlarining hunarmandlar
yashaydigan qismida ham qizg'in
savdo ohb borilgan. Shaharlarda
hatto tungi bozorlar ham joriy etilgan.
Katta bayram kunlari yarmarkalar
tashkil qilingan. Mamlakatda pul munosabatlari
yuksalgan, mis va temir pullardan
tashqari, kumush va oltin, hatto
qog'oz pullar ham tayyorlangan.
Xitoy qo'shni mamlakatlar bilan keng
ko'lamda savdo-sotiq olib borgan. Buyuk Ipak yo'li Xitoyni O'rta Osiyo
orqali Eron va Vizantiya bilan savdo
olib borishiga imkoniyat yaratgan.
Dengiz sohilidagi port shaharlari: Ninbo, Xanchjou va Guanchjoular Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari
bilan faol savdo olib borishgan.
Yozma manbalarda o'rta asrlarda
Xitoyning port shaharlarida, bir
paytning o'zida 200 mingga yaqin:
hind, arab, fors, arman, yahudiy savdogarlari bo'lgani qayd etilgan. 

Mo'g'ullar istilosi. 

Dastlab Xitoyning shimolida tuzilgan mo'g'ullar davlati Xubilay xonligi davrida (1259-1294) o'z ta'sirini
mamlakatning markaziy va janubiy
hududlariga ham o'tkazadi. Xitoy
1279-yili to'liq bo'ysundirilib, yangi
mo'g'ullar sulolasi Yuan (1279 1368) nomini oladi. Mo'g'ullar
Xitoydagi yerlarni, unda yashaydigan
dehqonlari bilan birga bo'lib olishadi.
Ammo dehqonchilikda xo'jalik
yuritish usullari va soliqlar avvalgicha
qoladi. Mo'g'ullar davrida to'lovlarning oshib
borishi faqat dehqonlar va
hunarmandlarni emas, hatto
savdogarlarni ham xonavayron
qiladi. Hukumat to'xtovsiz o'sib
borayotgan xarajatlarni qoplash uchun qo'shimcha qog'oz pul chiqara
boshlaydi. Bu esa pulning
qadrsizlanishiga, mahsulot va
hunarmandchilik buyumlarining
qimmatlashishiga sabab bo'ladi.
Xubilay mamlakatni boshqarishning xitoycha usulini qo'llasa-da, mahalliy
amaldorlar xizmatidan voz kechadi.
Natijada davlat moliyasi o'zbek Ahmadga topshirilsa, Nasriddin va Masariylar lashkarboshilikka tayinlangan. Davlat amaldorlari
orasida turli xalq vakillarini uchratish
mumkin edi. Xususan, venetsiyalik
sayyoh va savdogar Marko Polo
Xubilayxon saroyida yuksak
lavozimni egallagan. 

Min sulolasi boshqaruvi. 

Mo'g'ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi
bilan XIV asrning o'rtalaridan Xitoyda
ham xalq ozodlik harakati kuchayadi.
Xenan va Shandun viloyatlarida
1351-yili boshlangan dehqonlar
qo'zg'oloni tez orada butun mamlakatni qamrab oladi.
Qo'zg'olonga rohib Chju Yuan-Chjan boshchilik qiladi. 1368-yili
mo'g'ullardan ozod bo'lgan Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi faoliyati boshlanadi. 1368-yili Xitoyda Yuan Chjan asos
solgan Min imperiyasi tashkil topadi.
Min qo'shinlari mo'g'ullarni ta'qib etib
ularning poytaxti Qoraqurumni egallab, yondirib yuboradi. Shu tariqa
ko'chmanchilarning Xitoyga
hujumlariga chek qo'yiladi. Bunda
xitoyliklarga o'q-dori (porox) va
zambaraklardan keng foydalanishi
qo'l keladi. Mamlakat xo'jaligini tiklash uchun
hunarmand va savdogarlardan
olinadigan to'lovlar kamaytirilib,
qullarni ozod qilish haqida qonun
qabul qilinadi. Sun'iy sug'orish
inshootlari, kanallar, to'g'onlar va suv omborlari tiklanadi. Ekin maydonlari
kengayib, mamlakat aholisi soni ham
osha boradi. Lekin 1380-yilda
Xitoyning janubida, shimoldagiga
nisbatan 2,5 barobar ko'p aholi
yashar edi. Burring asosiy sababi janubda sholining ertapishar
navlaridan 23 marta hosil olinishi
bo'lgan. Sholining urug'ini
sepmasdan, issiqxonalarda o'stirib
ko'chat tarzida ekish, uning ochiq
maydonlarda pishish muddatini ancha qisqartirish imkonini beradi.
Xitoyga XI asrda qo'shni Tailanddan
sholining ertapishar navlarini
keltirilishi yuqorida ko'rsatilgan
jarayonlarga omil bo'ladi. 

Xitoy XV asrda. 

Mamlakatda yirik zamindorlar hokimiyati
mustahkamlanishi bilan mo'g'ullar
bosqini asoratlarini tugatish uchun
dehqonlar, hunarmandlar va
savdogarlarga berilgan imtiyoz
hamda yengilliklar bekor qilinadi. Dehqonlarga bo'lib berilgan davlat
yerlari tortib olinib, hunarmand va
savdogarlardan olinadigan soliqlar
ko'paytiriladi.
XV asrning boshlaridan Min
sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buziladi. Faqat
Amir Temurning qo'qqisdan vafot
etishi Xitoyga qarshi yurishning
amalga oshmasligiga sabab bo'ladi,
bu esa Xitoyga 1406-yili Vyetnamni,
keyinchalik Mo'g'ulistonni istilo qilishiga yo'l ochadi.
Mamlakatning iqtisodiy yuksalishi Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti faoliyatida namoyon
bo'ladi. Tarkibida 62 ta kema, 30
ming jangchisi bo'lgan harbiy
ekspeditsiya 14051433-yillari,
Zond arxipelagi, Shri Lanka va
Hindistonga 7 marta yurishlar tashkil qiladi. Uning kemalari Ormuz (Fors)
ko'rfazi va Sharqiy Afrika sohillariga
qadar suzib borgan. Musulmon
bo'lgan Chjan Xe Makkani ziyorat
qiladi. Bu ekspeditsiyalar Xitoyning
mavqeini oshirib, tashqi savdoni kengaytirish imkonini beradi. Xitoy
imperatorlari 14151420-yillari
Samarqandga Ulug'bek saroyiga ham elchilar yuboradi. Lekin
Temuriylar davlati mavqeyi
balandligidan unga Xitoyning tazyiqi
ta'sir eta olmaydi.
XV asrning o'rtalaridan iqtisodiy
inqirozning boshlanishi Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi.