39-. HINDISTON RIVOJLANGAN
O`RTA ASRLARDA

Dehli sultonligining tashkil topishi. 

Hindistonning shimoliy hududlariga
turk va afg'on qabilalarining
hujumlari va joylashuvi XIXII
asrlarda ayniqsa kuchaygan.
Musulmonlar bosib olgan viloyatlarda
1206-yili poytaxti Dehli bo'lgan sultonlik vujudga keladi. Dehli
sultonligining Ok hukmdori Qutbiddin Oyboqning qo'shini asosini turkiy qabilalardan tuzOgan
suvoriylar tashkil qilgan. Sulton
viloyatlar noibligiga harbiylar, qo'shin
boshliqlarini tayinlagan.
1206-yili Dehli sultonligi (1206-1526)
tashkil topadi. Hindistonni istilo qilish davoniida
mahalliy mulkdorlarning malum qismi
yakson qilinsa, boshqalari yer-
mulklarini tashlab mamlakatdan
chiqib ketadilar. Yirik zamindorlarning
yana bir qismi esa sulton hokimiyatini tan olib, uning xizmatiga o'tadilar.
Sulton ularning ko'magida mahalliy
aholidan soliqlar yig'gan, xalqni
itoatda tutishda ham zamindorlar
yordamiga tayangan. XIIXIII asrlar
davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati
uzil-kesil o'rnatiladi. Sulton Qutbiddin
Oyboqning vafotidan so'ng taxtga Shamsiddin Eltutmish (1211 1236) keladi. Uning boshqaruvi
paytida Panjob, Sind va Bengaliyalar
bo'ysundiriladi. 

Yer egaligi. 

Dehli sultonligida barcha yerlar hukmdorniki hisoblangan.
Davlatga dastlab dehqonlar hosilning
1/5 ni to'lagan bo'lsa, XIII asr
oxiridan soliq oshib mahsulotning
1/4 ga teng bo'ladi.
Mamlakatda yer egaligining asosiy turi iqto' hisoblangan. Viloyat noiblari to'plangan soliqlarning 1020% ini
o'ziga qoldirishi, evaziga zarur
bo'lganda sultonga o'z qo'shinini
berishi lozim edi. Xususan, Eltutmish
Dehli shahrining atrofidagi
qishloqlarni shaxsiy gvardiyasining 2000 suvoriysiga iqto'ga bo'lib
bergani manbalarda yozilgan.
Yer egaligining yana bir turi  xolisa deb nomlangan. Xolisa davlat ixtiyoridagi yerlar bo'lib, undan
olinadigan soliqlar xazinaga tushib,
davlat xarajatlari va maxsus qo'shinni
ta'minlash uchun ishlatilgan.
Yer-mulklarning ma'lum qismi
mahalliy hind feodallari - zamindorlarga tegishli edi. Dehli
sultonligida vaqf yerlari va sulton hadya etgan yerlar ham bo'lgan.
Sulton saroy amaldorlari, shoirlar, din
peshvolariga in'om etgan yer-
mulklar, keyinchalik merosiy mulkka
aylana borgan. Xususiy yer egalari,
olingan hosil hisobidan soliq to'laganlar. Vaqf yerlari masjid va
madrasalarga umrbod foydalanishga
taqdim etilgan, va ulardan soliq
olinmagan. 

Dehli sultonligi XIV-XV asrlarda. 

Eltutmishning vafotidan so'ng
mamlakatda taxt uchun kurash
kuchayib ketadi.
Bu urushlarda g'olib chiqqan va
taxtni egallagan Alouddin Xiljiy islohotlar o'tkazib, davlat xazinasi
daromadlarini oshiradi. Kuchli qo'shin
tuzib, o'zboshimcha feodallarni
bo'ysundiradi.
Bu davlatni vaqtinchalik bo'lsa-da
o'zining avvalgi qudratini tiklashiga yordam beradi. Dehli sultonligining
kuchli va intizomli qo'shini bo'lishi
shimoldan mo'g'ullar hujumlarini
qaytarish imkonini beradi.
Xiljiyning o'g'li Muhammad Tug'luq 1325-yili taxtga keladi. U o'z
hukmdorligini otasi paytida
mustaqillik yo'lini tutgan knyazliklarni
bo'ysundirishdan boshlaydi. O'zini
"Iskandar Zulqarnaynning
davomchisi" deb nomlagan sulton davrida Hindiston yarim oroli to'liq
birlashtirildi. Harbiy yurishlarda
omadli sultonning, soliq islohoti
natijasiz tugaydi. Qatoriga 7 yil davom
etgan qurg'oqchilik aholining katta
qismini qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Sulton poytaxtni Davlatobod (avvalgi Devagiri)ga o'tkazib, unga
saroy amaldorlaridan tashqari
hunarmandlar va savdogarlarni ham
ko'chiradi. Tug'luqning oltin va
kumush pullar bilan teng muomalada
bo'lishi mo'ljallangan mis tangalarini zarb qildirishi uni ko'p o'tmay
qadrsizlanib ketishga, har ikki
islohotni natijasiz tugashiga olib
keladi.
Keyingi hukmdor Ferazshoh Tug'luq davrida soliqlar kamaytirilib, davlat
yerlari dehqonlarga ijaraga bo'lib
beriladi. Uning boshqaruvi paytida
qishloq xo'jaligi,
hunarmandchilikning yuksalishi
oqilona boshqaruvi sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi.
Ammo mamlakatda XIV asrda
boshlangan siyosiy tarqoqlik davrida,
ayrim knyazlarning mustaqillikka
intilish jarayoni kuchayib boradi.
Dehlining keyingi sultoni Mahmud 1398 1399-yillar Amir Temur
qo'shinlariga qarshi kurashadi. Lekin
tajribali sarkarda Mahmud qo'shinlarini yengib, Dehlini zabt
qiladi. Sohibqiron Samarqandga
ko'plab hind hunarmandlari,
me'morlarini olib qaytgan.
Shundan so'ng Hindiston mayda
knyazliklarga bo'linib ketadi. Oradan o'n yilcha o'tib Sayyidlar sulolasi (1414-1451) taxtga keladi. Sayyidlar
sulolasini afg'on qabilalari sardori Bahlul Lo'diy (1451 1489) taxtdan tushiradi. Uning nabirasi Ibrohim Lo'diy Zahiriddin Boburga qarshi kurashishadi. XIV-XV asrlarda Hindiston