4-. MUQADDAS RIM IMPERIYASI

Yangi qirollik. 

Franklar imperiyasi 843-yili uchga bo'linib ketganida,
dastlab ularning hammasini Buyuk
Karlning avlodlari boshqargan. Lekin
919yili Sharqiy Frank qirolligida
(bo'lajak Germaniya) mahalliy
zodagonlar knyazlardan eng qudratlisi bo'lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylaydilar. Shu tariqa franklarning karolinglar
sulolasi o'rniga, mahalliy
saksoniyaliklar sulolasi hokimyatga
keladi.
Yevropa xaritasida yangi davlat -
Germaniya qirolligi vujudga keladi. Genrix I uzoqni ko'zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchaytirish
yo'lini tutadi. Vengerlar bilan 9 yilga
tinchlik sulhi tuzgan qirol mamlakat
mudofaa qudratini yuklasaltirish
maqsadida qator tadbirlarni amalga
oshiradi. Genrix qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini
tanlab, uni burgga ko'chiradi. To'planganlar burgda o'z birodarlari
uchun ham uy-joy qurishga
kirishadilar. Qishloqda qolgan sakkiz
kishi o'zlarining jangchilikka
tayinlangan sheriklari uchun ham
dehqonchilik qilganlar. Genrix barcha yig'inlar, cherkov soborlarini,
bazmlarni burgda o'tkazishni buyuradi. Qirol burglar qurilishda
kecha-yu kunduz mehnat qilib sulh
muddati tugaguniga qadar aholining
asosiy mulki qal'alarda bo'lishini
ta'minlash zarurligini ta'kidlar edi. 13-rasm. Vartburgdagi o'rta asr
qal'asi.

Vengerlar bilan kurash. 

Genrix I ning o'g'li Otton I (936-973) davrida kuchli nemis otliq qo'shini vujudga
keldi. Yevropaning boshqa
mamlakatlaridagi kabi uning asosini
og'ir qurollangan ritsarlar otliq
qo'shini tashkil etgan. Bitta otliq
jangchini qurol-aslaha bilan ta'minlash uchun bir necha dehqon,
ba'zida hatto bir necha qishloq
ishlashiga to'g'ri kelgan.
Burglarga tayangan yangi otliq
qo'shin ko'magida Otton I vengerlar
bilan hal qiluvchi jangga shaylanadi. 955-yilda Bavariyaning Lex daryosi
bo'yida bo'lib o'tgan og'ir jangda
vengerlar mag'lub etiladi. Shundan
so'ng ularning Germaniyaga
bosqinlari to'xtaydi. Yangi imperiya. O'zidan avval hech kim yenga olmagan dushmanni
mag'lub etgan Otton I o'zini
Yevropadagi eng kuchli qirol deb
hisoblay boshlaydi. Ushbu g'alaba
unda Buyuk Karl singari Rimda
imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini
uyg'otadi. Bu tadbir barchani yangi
qirollikning qudratiga va Otton I ni
Rim va Buyuk Karl imperyalarining
vorisi ekanligiga ishontirishi lozim edi.
O'z rejasini amalga oshirishida Ottonga hech kim qarshilik ko'rsata olmaydi. Sababi, bu paytda Buyuk
Karlning haqiqiy vorislari bo'lgan
G'arbiy Frank davlati qirollari shu
darajada zaiflashib qolgan edilarki,
ularga hatto o'z gersog va graflari
ham bo'ysunmagan. 962-yilda o'z qo'shini bilan Rimga kelgan Otton I ga
papa Ioann XII imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa yangi imperiya  Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi. Uning tarkibiga German
yerlaridan tashqari Italiyaning
shimoliy hududlari ham kirgan, lekin
bu yerdagi shaharlar german
imperatorlariga hech qachon to'liq
bo'ysunmagan. Shunga qaramasdan har bir german qiroli taxtga
kelganidan so'ng o'z qo'shini bilan
Alp tog'lari orqali Italiyaga yurish
qilib, Rimda imperatorlik tojini kiyardi.
German imperatorlari o'z davlatlarini
qadimgi Rimning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari "dunyo
mo'jizasi" deb nomlagan Otton I ning
nabirasi Otton III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish
orzusida bo'lgan. U butun xristian
dunyosi Rim imperatori hukmida
birlashishi lozim deb hisoblagan.
Tabiiyki, butun dunyo xristian
imperiyasi haqidagi orzularni amalga oshishi mushkul ish edi. Shunga
qaramasdan, german monarxlari o'z
davlatlarini Rim imperiyasi, keyinroq Muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etadilar. Bu davlat
uzoq asrlar davomida hukm surgan.
Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan
1806-yilgacha hukm surgan. 

German imperatorlari va cherkov. 

Yirik mamlakatni boshqarish uchun
joylarda qirolning buyruqlarini
bajaradigan amaldorlar bo'lishi lozim
edi. Ilk o'rta asrlarda esa faqat
taraqqiy etgan va boy jamiyatgina
minglab amaldorlarni ta'minlashi murnkin edi. X asrda Germaniya
aholisi imperatorga nisbatan o'z
gersoglarining gapiga ko'proq quloq
solgan. Ushbu vaziyatda Otton I va
uning vorislari o'ziga xos usulni
qo'llaydilar. Hokimiyat butun mamlakatni egallagan cherkov
tashkilotlaridan o'z maqsadlarida
foydalanadi. Tarixdan ma*lumki,
frank qirollari davridayoq yepiskoplar
ularning ishonchli xizmatchisi
hisoblangan. Otton I bu borada yanada ilgarilab ketadi. U
Germaniyadagi yepiskop va
abbatlarga yer-mulk, boyliklardan
tashqari ko'plab huquq va imtiyozlar
beradi. Natijada cherkov zodagonlari
o'z imkoniyatlari, hokimyatlari bo'yicha gersog va graflardan kam
bo'lmagan. Ular har qanday kishini
monarx irodasiga bo'ysundirishga
qodir edilar. Imperatorning o'zi esa
kerakli odamni cherkov lavozimiga
tayinlagan, zarur bo'lsa yepiskoplarni va hatto Rim papalarini hech
qiyinchiliksiz almashtirgan. Xususan,
Otton I Rimda ko'plab yepiskoplar
ishtirokida o'zi yoqtirmagan
papalardan birining ustidan sud
jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan. Uning
vorisi Otton III esa o'zining ustozi Gerbertni Silvester III (999-1003) nomi bilan Rim papaligiga
saylanishiga erishgan.
Manbalarda yozilishicha, Gerbert
kambag'al oiladan bo'lgan. Uning
bilimga chanqoqligi shu qadar katta
bo'lganki, u o'qish uchun o'z davrining mashhur ilm-fan markazlari
arablar Ispaniyasidagi Kordova va Sevilya shaharlariga yoi oladi. Keyinchalik uning g'animlari
Gerbertni arablardan sehrgarlik
sirlarini o'rganishga borgan deb gap
tarqatganlar. lmperator xonadoniga
yaqinlik Gerbertga
arxiyepiskoplikdan Rim papasi lavozimiga erishishiga yo'l ochadi.
Uning bilimdoniigi haqida afsonalar
tarqalgan. Zamonasining eng taniqli
kishilari, jumladan imperatorlar uning
shogirdi bo'iishni orzu qilishgan.
Hozirgi davrda cherkov imperiyaning itoatkor va ishonchli quroliga
aylanganday ko'rinadi. Lekin
kuchayib borayotgan katolik
cherkovi german imperatorlari qo'lida
uzoq vaqt qo'glrchoq bo'lib
qolmasligini anglash qiyin emasdi.