40-. O'RTA ASRLARDA AMERIKA

Xo'jalik taraqqiyoti. 

Olirnlarning fikricha, Amerika qit'asiga dastlabki
odamlar, Shimoliy Osiyodan hozirgi
Bering bo'g'ozi orqali buyuk muzlik
davrida, bundan 40 ming yil avval
o'ta boshlagan va bu jarayon uzoq
vaqt davom etgan. Natijada bu yerlarga yevropaliklar kelguniga
qadar ham ko'psonli qabila va elatlar
shakllangan.
Bu qabilalaming asosiy qismi ovchilik
va baliqchilik bilan shug'ullangan.
Ammo Markaziy va Janubiy Amerikaning tog' va tog'oldi
hududlarida dehqonchilik xo'jaligi
vujudga kelib keng taraqqiy etgan.
Bu hududlarda kechua, mayya, astek, olmek va tolteklar yashaganlar. Ular tosh boltalar bilan
o'rmondagi daraxtlarni kesib, shox-
shabbalarini yondirib kulidan o'g'it
sifatida foydalanishgan. Bu yerlarda
yevropaliklarga ma'lum bo'lmagan
makkajo'xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki
ekinlari o'stirilgan.
Amerikaning katta qismida
xonakilashtirilgan hayvonlar
bo'lmagan. Ot, sigir, qo'y va echkilar
qit'aga keyinchalik Yevropadan olib kelingan. Ular uy hayvonlaridan
shimolda itni, janubda tuyasimon -
lamani boqishgan. Parrandalardan
kurka va o'rdak saqlangan.
Temir, omoch, g'ildirak, o't ochar
qurollarni amerikalik hindular bilishmagan. Ularning mehnat va ov
qurollari: tosh, jez va yog'ochdan
yasalgan. Aholining katta qismi
urug'chilik jamoasida yashagan.
Faqat dehqonchilik bilan
shug'ullangan mayya, astek va kechualar o'zlarining davlatlarini
barpo qilganlar.
Amerikada qadimdan kechua, mayya,
astek, olmek va tolteklar yashab
kelganlar. O'rta asrlarda mayya, astek
va ke- j chualar o'z davlatlarini barpo qilganlar. 

Mayyalar davlati. 

Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida (hozirgi
Meksika) chakalakzorlar bilan
qoplangan tog' oldi hududlarida
qadimdan mayya xalqlari yashab
kelgan.
Mayyalarda yer jamoa mulki hisoblangan. Qishloq jamoasi ekin
maydonlari har bir oilaga
taqsimlangan. Jamoa a'zolari
yetishtirgan hosilning bir qismi
zodagonlar va kohinlarga berilgan.
Dehqonlar soliq to'lashdan tashqari, zodagonlarning yerlarini ishlab
berishda, ibodatxonalar va yo'llar
qurilishida qatnashganlar. Eng og'ir
ishlarni qullar bajargan. Qullar
tabaqasi esa asir olingan jangchilar,
jinoyatchilar, qarzdorlar va yetimlardan tashkil topgan.
Mayyalarda davlat vujudga kelsada,
jamiyatda urug'chilik tuzumiga xos
xususiyatlar saqlanib qolgan.
Dehqonlar makkajo'xori, qovoq,
kakao, paxta, qalampir, tamaki, dukkakli ekinlar yetishtirganlar. Aholi
mevali daraxtlarni parvarishlash,
asalari boqish bilan ham
shug'ullangan.
Milodiy I ming yillikda mayyalarda
shahar-davlatlar vujudga keladi. Ularning har birini "buyuk kishi"  hukmdor boshqarib, uning
hokimiyati merosiy bo'lgan.
Hukmdorlar va zodagonlar shahar
markazida bunyod etilgan saroy-
qasrlarda yashaganlar. Shahar cheti
va atroflarida esa dehqonlar va hunarmandlarning tomi qamish bilan
yopilgan, polsiz kulbalari joylashgan.
Mayyalarning iqtisodiy-madaniy
taraqqiyoti milodiy asr boshlarida
yozuvni yaratish imkonini beradi.
Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni bitib, u rasmlar bilan bezatilgan.
Ibodatxonalar devorlarida va baland
tosh ustunlarda duolar, afsonalar,
rivoyatlar, jangnomalar, tarixiy
yilnomalar o'yib yozilgan. 97-rasm. Hindu jangchilari. 99-rasm. Chichen-Itsadagi rasadxona xarobalari. Mayyalar hayotida kohinlar muhim
o'rin tutgan. Ular jamoa a'zolariga
dehqonchilik ishlarini bajarish
muddatlarini belgilab berganlar.
Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini
yaratganlar. Uning ixtirosi qishloq xo'jalik ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lib,
matematika sohasidagi
muvaffaqiyatlarga asoslangan edi.
Matematikaga "nol"ni anglatuvchi
belgi ham, mayyalar tomonidan
hindlardan ham avval kiritilgan. Mamlakat poytaxti  Chichen-Itsada rasadxona ham qurilgan. Unda
kohinlar sayyoralarning Quyosh
tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab
chiqqanlar, Quyosh va Oyning
tutilishini oldindan aytib bera
olganlar. Mayyalar maxsus tepaliklar yasab,
baland poydevorlar ustida o'zlarining
zinapoyali ehromlarini, saroy va
ibodatxonalarini barpo etganlar.
Binolar bo'rtma tasvirlar, ma'budlar
haykallari, devoriy suratlar bilan bezatilgan. Saroy va
ibodatxonalarning derazalari
bo'lmasdan, ular eshiklar orqali
yoritilgan. Shahar ko'chalari tekis va
ravon, bir-birlari bilan to'g'ri
burchakda kesishgan holda bunyod etilgan. Yo'llar ustiga yo'nilgan toshlar
qoplangan. Mayyalar shaharlarini
ham tosh yo'llar bog'lab turgan. 

Asteklar davlati. 

Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika
hududida, dengiz sathidan 2000 metr
balandlikdagi yassi tog'liklarda
mo'tadil iqlimli, unumdor tuproqli
ko'rkam bir vodiy joylashgan. Bu
yerlarga shimoldan kelgan asteklar katta ko'l o'rtasidagi orollarda XII
asrda Tenochtitlan shahriga asos soladilar, sun'iy to'g'onlar bunyod
etilgan, ibodatxonalar va saroylar
qad ko'targan.
Asteklarda yer taqchil bo'lganidan
ko'l tagidan suv o'simliklari va
unumdor loyni ko'tarib, sollarda "suzuvchi dalalar" ham yaratganlar. Bu o'ziga xos ekinzorlardan yiliga bir
necha marta hosil olingan.
Asteklar qo'shni qabilalarni
bo'ysundirib, ulardan soliq olishdan
tashqari, ularni har yili ma'lum
miqdordagi qullarni ham yuborib turishga majbur etishgan.
Asteklar urug' jamoa bo'lib
yashaganlar. Jamoa boshliqlari saylab
qo'yilgan. Ekin maydonlari jamoaniki
bo'lib, uni jamoa a'zolariga taqsimlab
berilgan. Hukmron qabila vakillaridan tlatoani  lashkarboshi saylanib, u oliy hukmdor bo'lishidan tashqari,
bosh kohin vazifasini ham bajargan.
Yuqori lavozimlarni egallagan
zodagonlar xizmatlari uchun maosh
olganlar. Urushlar paytida asteklar
150 ming kishilik qudratli qo'shin tuzish imkoniyatiga ega bo'lganlar.
Urushlarning tez-tez bo'lib turishi
asteklar jamiyatiga mulkiy
tabaqalanishni tezlashtiradi.
Urushlarda asir olinganlarning
ma'lum qismi qullarga aylantirilgan. Davrlar o'tib asteklarda ham urug'
zodagonlari mavqeyi kuchayib
boradi. Bularning barchasi urug'chilik
tuzumining inqirozi va davlatning
kuchayib borishidan darak beradi.
Asteklar xo'jaligining asosi sug'orma dehqonchilik bo'lgan. Eng muhim
ekin makkajo'xori bo'lib, undan mo'l
hosil olingan. Xo'jalikda dukkakli
ekinlar, qovoq, pomidor, kakao,
tamaki, paxta ham yetishtirilgan.
Aholi uy hayvonlaridan it, parrandalardan kurka, tovuq, va
o'rdak boqish bilan ham
shug'ullangan.
Asteklarda hunarmandchilikning
kulolchilik, to'qimachilik, mis va
oltindan zargarlik buyumlari yasash sohalari yaxshi rivojlangan. Ayni
paytda ular ma'danlarni
bilishmaganligi sababli bolta va
pichoqlarni toshdan yasalishi davom
etgan. Zargarlar qimmatbaho
toshlarga ishlov berib, qadalma naqshlar (mozaika) yasab, saroy va
ibodatxona devorlarini bezashgan.
Astek hunarmandlari ayniqsa
naqshin idishlar, ajoyib gazlamalar,
qush patlaridan tovus kabi
tovlanadigan kashtalar tikishda mohir bo'lganlar.
Quruvchilar to'g'onlar, kanallar, xom
g'ishtdan yoki toshdan ustunlar
ustida uylar bunyod etganlar.
Bozorlarda mol ayirboshlash orqali
savdo yaxshi rivojlangan. Asteklar qo'shni mayyalar ixtirosi
asosida o'zlarining quyosh taqvimini
yaratganlar. Piktografik yozuv
shakllangan. Asteklar dini ko'p
xudolikka asoslangan edi. Xudolar
orasida eng e'tiborlisi, urush xudosi sharafiga hatto odamlar ham
qurbonlik qilingan. Ibodatxona
kohinlari xalq orasida alohida hurmat
e'tiborga ega bo'lgan. Piktografik yozuv (lotincha pictus  rasmli va yunoncha grapho  yozaman, rasmli yozuv) 
ma'lumotning umumiy rnazmunini
rasm orqali yoki rasmlarni ketma-
ketligi orqali eslab qolish maqsadida
tasvirlash. Bu yozuv neolit davridan
beri ma'lum bo'lib, biron-bir tilning yozuv vositasi hisoblanmaydi.
Poytaxt Tenochtitlanda
zodagonlarning farzandlari va oddiy
xalq bolalari uchun alohida-alohida
maktablar bo'lgan. Xalq bolalari
uchun maktablarda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish
o'rgatilgan. Zodagonlarning
farzandlari esa: tarix, husnixat, o'qish,
hisoblash, astronomiya, she'riyat,
notiqlik san'atlari asoslarini
o'rganishgan. Tenochtitlanda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-
qo'shiqchilar ko'rik-musobaqalari
o'tkazilib g'oliblar mukofotlangan. 

Inklar davlati. 

Janubiy Amerikaning And tog'lari yon bag'rida minglab
kilometrga cho'zilgan vohalarda
inklar davlati vujudga kelgan. Kechua
tillariga mansub inklar XII XIII
asrlarda Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soladilar. Qo'shni qabilalar Kuskoga xavf
solgan bir paytda 1438-yili kechualar
birlashib bosqinchilarga zarba beradi.
Ushbu g'alabadan so'ng Tauan Tinsuyyu (kechua tilida "dunyoning to'rt tomoni") davlati shakllana
boshlaydi.
Inklar aymara, chimu va boshqa
qabilalar yerlarini bosib olib And
tog'laridan Tinch okeaniga qadar
ulkan masofada o'z hokimiyatini o'rnatadilar. Bu davlatni oliy hukmdor
- Sapa Inka (Oliy Inka) boshqargan. U "Quyoshning o'g'li", uning yerdagi
ramzi sanalgan. Aholi shuningdek,
turli tabiat kuchlari, yer va suv
ilohlariga ham e'tiqod qilganlar. Bosib
olingan hududlar aholisiga inklar o'z
tartiblarini, madaniyatlarini o'tkazganlar. Natijada dastlab qabila
nomi bo'lgan "ink" atamasi
imtiyozlarga ega hukmron toifa 
zodagonlarning umumiy nomiga
aylandi.
Inklardan bo'lmagan aholi  jamoa bo'lib yashab hukmron toifa uchun
ishlagan. Jamoa dehqonlar oilalaridan
tashkil topib, ularning har biriga
ma'lum yer, ekin maydoni biriktirib
qo'yilgan. Jamoalar yetishtirgan
hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar.
Mamlakatda rasman qulchilik
bo'lmasa-da, jamoa a'zolari shafqatsiz
ishlatilgan va deyarli huquqsiz
bo'lgan.
Tog'lik hududlar dehqonchilik uchun noqulay edi. Natijada jamoa erkaklari
tik qoyalar yonbag'rini o'yib
toshlarning ustiga unumli tuproq
yoyishgan. Bunday ekinzorlar
tuprog'ini yomg'ir yuvib ketmasligi
uchun, atrofi tosh devorlar bilan o'rab chiqilgan. Inklarda asosiy ekinlar
kartoshka va makkajo'xori bo'lgan.
Dehqonlar, shuningdek, qovoq,
paxta, ananas, banan yetishtirganlar.
Yetishtirilgan hosil uchga: bir qismi
ibodatxona kohinlari, ikkinchi qismi Oliy Inkaga berilgan, uchinchi qismi
esa jamoaga qoldirilgan. Davlat
omborlaridan to'plangan oziq
mahsulotlaridan qo'shin va
amaldorlarga berilgan. Urushlar,
hosilsizlik yillari yoki turli tabiiy ofatlar paytida, barcha jabrlanganlarga
davlat zaxirasidan makka doni va
quritilgan kartoshka tarqatilgan.
Xo'jalikda chorvachilikning o'rni ham
muhim bo'lib, tuyasimon lama va
alpakalarni faqat go'shti va juni uchun boqishmasdan, ulardan yuk
tashish uchun ham foydalanilgan.
Inklarda hunarmandchilik yuksak
rivojlangan. Oltin, kumush qazib
olinib, ulardan buyumlar tayyorlash,
kulolchilik va zargarlik, to'qimachilik, bo'yoqchilik, qurilish sohalari ayniqsa
yuksalgan. 102-rasm. Kipu - tugunli xat. Markaziy Amerika davlatlari Poytaxt Kuskoni viloyatlar bilan bog'laydigan, umumiy uzunligi 15
ming kilometr bo'lgan tosh yo'llar
barpo etilgan, viloyatlar orasida
pochta xizmati o'rnatilgan. Maxsus
choparlar yugurgan holda birbirlariga
xabarni yetkazib, uni uzoq masofalarga eltishgan.
Zodagonlarning bolalari maxsus
maktablarda o'qigan. Yozuv
bo'lmagani sababli bolalar inklarning
dini, boshqaruv tartibi, qonunlari va
udumlariga oid ma'lumotlarni yodlaganlar. Inklarning o'ziga xos "tugunli xati" (kipu) bo'lib, uning sirlari faqat ruhoniylarga ma'lum edi.
Inklarning matematika, astronomiya,
geografiya, tibbiyot, botanika va
boshqa ilm-fan sohalarida chuqur
bilimlari bo'lgan. Ularning aniq
taqvimi 12 oyga bo'lingan. Tabiblar insonning bosh suyagida jarrohlik
muolajalarini amalga oshirishni
bilganlar.