41-. O'RTA ASRLARDA AFRIKA

Afrika aholisi va xo'jaligi. 

Aholining aksari qismi I ming yillik oxiriga
qadar tashqi dunyodan ajralgan
holda yashagan. Qit'aning tropik
o'rmonlarida, sahrolarda ovchi va
terimchi qabilalar joylashgan.
Afrikaning Misrdan boshqa hududlarida yashagan ba'zi
dehqonlar ildizmevali ekinlarni
yetishtirganlar. Savanna hududlarida
yerga unumdor tuprog'i bo'lgan
joylarga mosla'shgan temir tishli
chopqilar bilan ishlov berilgan. Sahroi Kabirning atroflarida ko'chmanchi,
yarim ko'chmanchi va o'troq qabilalar
ham aksari chorvachilik bilan
shug'ullanganlar. Sahroning janubida barbar va tuareglar, G'arbiy Afrikada fulbe, Sharqda masai, galla, sidamo, tigrelar chorvachilik bilan shug'ullanganlar. 

Afrikaning dastlabki davlatlari.
Gana. 

Afrikaning Sharqida Misr, Arabiston va Hindistonlar bilan savdo
aloqalari ta'sirida qadim zamonlardan Nubiya va Aksum (hozirgi Efiopiya) davlatlari tashkil topgan edi. Arab
savdogarlari VII asrdan G'arbiy Sudan
yerlariga, O'rta dengiz sohillaridan
Afrikaga yuksak qadrlanuvchi tuz va
boshqa mollarni keltirganlar. Savdo
yo'llari kesishgan joylarda yirik qasaba  qo'rg'onlar: Aukar, Gana, Tombuktu, Gao, Mali vujudga kelgan. Qo'rg'onlarda asosan
musulmon savdogarlaridan tashqari
mahalliy zodagonlar ham
yashaganlar. Ular keyinchalik
vujudga kelgan davlatlardagi
boshqaruvni qo'lga oladilar. O'rta asrlarda Niger va Senegal daryolari
havzasida dastlabki davlatlar: Gana,
Mali, Songailar tashkil topadi. Ularning dastlabkisi G'arbiy
Sudandagi Gana bo'lgan. U VIII asrda
vujudga kelib X asrda o'z
taraqqiyotining cho'qqisiga erishadi. Gana, Mali, Songai va Aksum  Afrikaning o'rta asrlardagi dastlabki
davlatlari bo'lgan.
Gananing daromad manbalaridan biri
savdodan keladigan boj to'lovlari edi.
Bojning asosiy qismini chetdan
keladigan savdogarlar: arablar, barbarlar, yahudiylar to'laganlar.
Lekin mamlakatning katta boyligi
oltin bo'lgan. Gana podshosi va
zodagonlari oltin va tuz savdosidan
katta foyda olgan.
Podshoning kuchli qo'shini bo'lib undagi 200 ming askarning deyarli
40 mingini kamonchilar, ma'lum
qismini esa otliq jangchilar tashkil
etgan. O'tmishda arab savdogarlari va
Gana podshosining katta xazinasi
haqida ko'plab afsonalar yaratilgan. Bu esa qo'shni jangari qabilalar
diqqatini tortar edi. Marokash sultoni Abu Bakr 1076-yili katta qo'shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan.
Bu voqealardan so'ng Gana podshosi Marokashga qaram bo'lib, boj-yasoq
to'lashdan tashqari, o'z zodagonlari
bilan islom dinini qabul qilishga ham
majbur bo'ladi. 1087-yilgi xalq
qo'zg'oloni marokashliklar
hukmronligiga chek qo'ysa-da Gana parchalanib ketadi. Ko'p o'tmay uning
o'rnidagi Mali davlati yuksaladi. 

Mali davlati. 

Mali davlat sifatida VIII- IX asrlardayoq vujudga keladi. Gana
davlatining qudrati uning keyingi
rivojlanishiga to'sqinlik qilgan. XI
asrdan Mali aholisi islomni qabul
qiladi. Bu esa mamlakatga musulmon
savdogarlarining ko'chib kelishini tezlashtiradi. Xo'jalikda
hunarmandchilik va savdo-sotiqni
rivojlanishi natijasida XIII asrda Mali
o'z taraqqiyotining cho'qqisiga
erishadi. Uning hukmdori Sundiata Keyt (1230-1255) ko'p sonli kuchli qo'shin tuzadi. Bu qo'shin yordamida Sundiata karvon yo'llari o'tadigan hududlarni, oltin konlarini, qolaversa
qadimgi Gana yerlarini bosib oladi.
Mali hukmdori istilo etilgan viloyatlar
noibligiga o'z qarindoshlari va
yaqinlarini tayinlaydi. Noiblar esa o'z
navbatida lashkarboshi, amaldorlariga yer-mulklar in'om
etishgan. Mahalliy aholidan soliqlar
undirish ham noibning zimmasiga
tushgan. Ko'p o'tmay Mali butun arab
dunyosida mashhur bo'lib ketadi.
Uning hukmdori Muso I 1324-yilda Makkaga haj safari uyushtiradi. Muso
I o'zi bilan safarga ko'p oltin olib
yo'lda ularni sahiylik bilan tarqatib
boradi. Hukmdorga 8 ming jangchi va
500 ta qui hamroh bo'lib, bu katta
karvon 1012 tonna oltinni o'zi bilan olib ketgani ehtimol qilinadi. Bu
voqeadan so'ng uzoq yillar davomida
arab dunyosida oltinning narxi past
bo'lgan.
Mali poytaxti Niara va boshqa shaharlarda hashamatli saroylar,
masjidlar quriladi, hunarmandchilik
va savdo rivojlanadi. Biroq ijtimoiy
hayotda qabila zodagonlari mavqeyi
saqlanib qoladi. Mali hukmdorlari o'z
yaqinlarining toj-u taxtga tajovuzidan cho'chib, ko'pincha saroy
amaldorlarini, lashkarboshilari va
hatto jangchilarni ham qo'shni
qabilalar vakillaridan olishgan.
Hukmdorning shaxsiy gvardiyasi esa
qullardan tuzilgan. Mali aholisining asosiy qismi
qishloqlarda yashab jamoalardan,
jamoalar o'z navbatida yirik patriarxal
oilalardan tashkil topgan. Jamiyatda
qullarga munosabat o'ziga xos bo'lib,
xorijdan keltirilgan qullar xo'jaliklarda oila a'zolaridek
yashaganlar. Bu qullarning
farzandlari esa erkin kishilarga
aylangan.
Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar XIV
asr oxiridan Malining zaiflashishiga sabab bo'ladi. Mali XV asrda butunlay
inqirozga uchrab parchalanib ketadi. 

Songai davlati. 

Songai qabilalari Gana va Malining shimoliy-sharqida
yirik savdo markazlaridan biri Gao
atroflarida yashagan. Dastlab 1 ming
yillik boshlarida Songailar tuzgan davlat birlashmasi Mali ta'sirida
bo'ladi. Malining zaiflashuvi esa
islomni qabul qilgan Songailar
hukmdori Almiga XIV asr oxirida ularni yengib, poytaxti Gao bo'lgan
mustaqil davlatini tuzish imkonini
beradi. Songai XIV-XV asr chegaralarida kuchaygan. U Niger
daryosi havzasida o'z hukmronligini
to'liq o'rnatadi.
Mamlakat viloyatlarga bo'linib, ularni
hukmdorning yaqin kishilari
boshqargan. Songaining asosiy daromad manbayi tranzit savdosi va
oltin konlari edi. Aholidan undirilgan
soliqlar ham muntazam oshib borgan
va xazinani to'ldirish omillaridan biri
bo'lgan. Amaldorlarga taqdim etilgan
katta yer-mulklarda qullar ishlagan. Davrlar o'tishi bilan qullar qaram
dehqonlarga aylanib boradi. Ulaming
avlodlari esa kichik yermulkning
erkin egalariga aylanib, davlatga
faqat soliq to'laganlar, xolos.
Songaida maxsus yollanma qo'shin ham tuzilgan edi. Aksum davlati. Hozirgi Efiopiyaning shimolida qadirndan Aksum davlati vujudga kelib, uning yuksalishi IVV
asrlarga to'g'ri keladi. Aksum
hukmdorlari karvon yoilari
joylashgan Arabistonning janubiy
sohillarini, Sharqiy Sudanning bir
qismini egallaydilar. Bu davlat Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya bilan
yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada
bo'lgan. Shu sababdan Aksum
hukmdori va uning a'yonlari xristian
dinini qabul qiladilar.
VII asrda Aksum qo'shinini Arab xalifaligi lashkari mag'lubiyatga
uchratib, Arabiston yarim orolining
janubidagi yerlaridan mahrum qilgan.
Aksumdagi vaziyat murakkablasnib,
X asrdan hokimiyat yangi sulola
qo'liga o'tadi. Efioplaming xristian davlati XII asrda
qayta tiklanib, XIII asrdan taxtga
kelgan Solomonlar sulolasi 1974- yilga qadar Efiopiyada imperator
bo'lib qoladi. Rivoyatlarga ko'ra,
Aksumning birinchi hukmdori Manelik  podsho Sulaymonning Arabiston malikasidan tug'ilgan o'g'li
bo'lgan. Bu Aksumning Arabiston
bilan aloqalari qadirndan yaxshi
bo'lganini, sulolaning nomi tarixiy
asosga ega ekanligini ko'rsatadi. 104-rasm. Aksum podsholigi. Shoh Lalibeli ibodatxonasi. 105-rasm. Benindagi shoh saroyida jezdan ishlangan jangchi nog'orachi. Arablarning Sharqiy Afrikadagi
dastlabki savdo qo'rg'onlari VIIIIX
asrlarda shakllangan. Arab
savdogarlari bu hududlardan negr
qullarni  zanjularni turli
mamlakatlarga olib borib sotganlar. Arablar ta'siridagi Sharqiy Afrika
sohillarida XIIXIV asrlarda savdo-
sotiq ayniqsa yuksaladi. Asrlar
davomida bu hududlarda arab-
afrikaliklar jamoasi va suaxili tilida
so'zlashadigan aralash aholi vujudga keladi. Arab savdogarlari Mogadisho, Malindi, Mombasa, Kilva, Zanzibar va boshqa shaharlarga asos soladilar.
Bu shaharlarga arab, eron, hind
savdogarlari va hunarmandlari kelib
joylashadi.
Savdogarlar o'z kemalarida Hind
okeani bo'ylab suzib Hindiston, Eron va Osiyoning boshqa mamlakatlari
bilan savdo-sotiq olib borganlar. Bu
shaharlarda yirik kemalar qurilgan va
ko'plab tajribali dengizchilar
yashagan. 

Afrika madaniyati. 

Afrika xalqlarida avloddan-avlodga o'tib kelgan ajoyib
afsona va ertaklar ko'p edi. Ular biz
uchun qimmatli tarixiy manba bo'lib
xizmat qiladi.
Afrika xalqlari ichida o'z yozuviga ega
bo'lganlari ham bor edi. Jumladan, Aksumda IV asrdayoq mahalliy yozuv
islohoti o'tkaziladi. Bu alifbo
Efiopiyada hozirgi kunga qadar
saqlanib qolgan. Aksumda qurilish
sohasida ayniqsa katta yutuqlarga
erishilgan. Bu davrda qurilgan saroylar, xristian ibodatxonalari va
yerosti daxmalari bugunga qadar
saqlanib qolgan.
G'arbiy Sudan xalqlari madaniyatining
yuksak taraqqiyotida arablarning
ta'siri kattadir. Islom dini qabul qilinganidan keyin bu yerlarda arab
mamlakatlaridan kelgan usta va
me'morlar masjidlar, saroylar, qasrlar,
jamoat binolari, kasalxonalar,
hammom, istirohat bogiari qurdilar.
Musulmon maktab va madrasalari ochildi. Jumladan, Tombuktu
madrasasida ilohiyotdan tashqari
tarix, fiqh, matematika, astronomiya
kabi fanlar o'qitilardi.
Afrikaliklar san'atning turli sohalarida
katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog'och va jezdan yasalgan haykallar
va niqoblar nafisligi bilan odamlarni
hozirgi kungacha hayratlantirib
kelmoqda. Benindagi shoh saroyida
jezdan ishlangan podsho va a'yonlari
bo'rtma rasmlari topilgan. Ularda ov va urushlar, shuningdek, saroy hayoti
sahnalari aks ettirilgan.
Afrika xalqlarining o'rta asrlardagi
taraqqiyoti Osiyo va Yevropa
davlatlaridagiga nisbatan birmuncha
orqada bo'lishiga qaramasdan aholi xo'jalikda muvaffaqiyatlarga erishib
o'ziga xos moddiy va ma'naviy
madaniyat yaratdi.