5-. ANGLIYA V-XI ASRLARDA 

Rim legionlari 407-yili Britaniyani
tashlab Italiyaga qaytadi. Ularning
ketidan rim kolonistlari ham
Yevropaga keta boshlaydi. Shu tariqa
orolning kelt aholisi o'z holicha qoldiriladi. Kelt qabila boshliqlari esa
o'zaro urushlarga kuch beradi. Ayni
paytda shimoldan pikt va skott qabilalari hujumlari boshlanadi. 

Xavfli himoyachilar. 

Piktlardan himoyalanish uchun brittlar ilk
marotaba germanlarning yut, angl va saks qabilalaridan yolla'nma drujinalarni taklif etgani ehtimol. Bu
qabilalar esa Germaniyaning shimoli
va Yutlandiya yarim orolida yashardi.
Dastlab germanlar uchta kemada
kelishadi. Lekin ko'p o'tmay ularning
ortidan o'nlab, yuzlab va minglab qabiladoshlari yo'lga chiqadi.
Germanlarning keltlardan tobora
yuqori to'lov talab qilishi, doimiy
isyonlari, raamlakatni talashlari va
tahdidlari kuchayib boradi. Yutlar V
asr o'rlalarida Kent viloyatini bosib oladi. Ulaming izidan angl-sakslar
ham keltlarga hujum boshlab, qattiq
qarshilik bo'lmaganidan mamlakatni
istiio qilishga kirishadilar. Angl-
sakslar mahalliy aholining bir qismini
qirib, ayrimlarini qullik asoratiga soladilar. Shaharlar katta talafot
ko'radi. majusiy germanlar
ibodatxona va monastirlarni talab,
yondirib yuboradilar. Istiio
dahshatidan ko'pgina keltlar qit'aga, Armorika viloyatiga ko'chib o'tadi. Fransiyaning shimoli-g'arbidagi bu
hudud brittlarning ommaviy
ko'chishidan so'ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab
qolgan. 17-rasm. Keltlar xochi. VII asr oxiri
 VIII asr boshi.
18-rasm. Kentdagi o'rta asr qal'asi. 

Qirol Artur. 

Oroldagi so'nggi rimliklardan Aravrosiy Avrelian VI asrning boshlarida brittlarni
birlashtirib, germanlarga qarshilik
ko'rsata boshlaydi. U qator yorqin
g'alabalarga erishib, angl-sakslar
tazyiqini deyarli yarim asrga
to'xtatadi. Kelt qabilalari xotirasida bu g'alabalar haqidagi ma'lumotlar asrlar
davomida saqlanadi. Lekin
rivoyatlarda bosqinchilarga zarba
bergan qahramonning ismi
o'zgargan. Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atay boshlashgan. Vaqt o'tishi bilan Artur siymosi atrofida VI asrga aloqasi bo'lmagan
ko'plab tarixiy afsonalar to'planadi.
Oradan besh asr o'tib ham
Yevropaning turli mamlakatlari
yozuvchilari qirol Artur va uning ritsarlari Lanselot, qirolicha Jinevra, sehrgar Merlinlar haqida asarlarni yaratishda davom etishadi. Bu asarlar
kitobxonlar orasida keng tarqaladi. 

Kurashning yakuni . 

Amvrosiy Avreliandan so'ng brittlarda munosib
yo'lboshchi bo'lmasligi 600-yillarda
angl-sakslar tomonidan orolning
katta qismini bosib olinishiga imkon
beradi. Bosqinga uchramagan kelt
qabilalari Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Britaniyaning g'arbiy
chekkasida saqlanib qoladi.
Istilochilar Britaniya yerlarida yettita
qirollik tuzishadi. Orolning shimoliy va
markaziy qismida joylashgan angllar: Nortumbriya, Mersiya va Sharqiy
Angliya qirolliklarini tashkil etgan. Sakslarning janubdagi qirolliklari: Uesseks (G'arbiy-sakson), Sasseks (Janubiy-sakson) va Esseks (Sharqiy- sakson) deb nomlangan. Yettinchi Kent qirolligiga yutlar asos solgan. Istilochilar turli lahjalarda so'zlashgan,
lekin yillar o'tib angllar yashagan
Mersiya shevasi tobora keng qo'llanila
boshlanadi. Shu tufayli keyinchalik,
istilochilar muomalasidagi til ingliz,
mamlakat esa Angliya nomini oladi. Bosqinchilarning ko'plab qabilalari va
bo'ysundirilgan aholining qolgan
qismi yagona xalqqa birlasha
boshlaydi. Tarixda ular angl-saks
nomini oladi. 

Yangi bosqin. 

Xaritaga e'tibor qilsangiz, shimoh-sharq yo'nalishida
shamol esganida kema Norvegiya
yoki Daniya sohilidan Britaniya
orollariga suzib borishi uchun bir
necha kun kerak bo'lishini tushunish
mumkin. Zamondoshlarining yozishicha, shu sababdan daniyaliklar
har yili hujum qilib Angliya xalqining
mol-mulkini talagan.
Rohiblari o'z bilimlari bilan tanilgan,
lotin va yunon tillarida asarlar bitgan,
ajoyib xattotlik san'ati markazlari bo'lgan mashhur irland rnonastirlari
normannlar tomonidan yondirilib,
kuli ko'kka sovurilgan.
Angl-saks qirolJiklaridagi ichki
nizolar, ularga istilochilarni qaytarish
imkonini bermagan. Normannlar 842-yili Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar.
Yana 20 yillar chamasi o'tib
daniyaliklar talonchilik hujumlaridan
so'ng uylariga qaytmasdan Angliyada
bosib olgan yerlarida qishlab
qoladigan bo'ladilar. London mil. 43-yil rimliklar tomonidan Temza daryosining
shimoliy qismida kelt aholisi
yashaydigan joyda barpo qilingan va
to'rt asr davomida rimliklarning bosh
shahri bo'lgan. Milodiy V asrda
rimliklarning ketishi natijasida London tushkunlikka uchragan.
1066-yilda normannlar istilosi
oqibatida London qirollar
qarorgohiga va Angliyaning rasmiy
poytaxtiga aylanadi.
Deyarli barcha angl-saks qirolliklari daniyaliklar tomonidan
bo'ysundiriladi. Qarshilikni faqat
orolning janubiy-g'arbidagi Uesseks
qirolligi davom ettiradi. 

Qirol Buyuk Alfred. 

Buyuk Alfred (871900) Uesseksda taxtga
kelgunicha daniyaliklarni hech kim
to'xtatishga qodir bo'lmagan. Buyuk
Alfred butun Angliyadan
bosqinchilarni jazolash orzusidagi
jangchilarni yig'adi, U bu qo'shin bilan daniyaliklarni bir necha bor mag'lub
etadi.
Buyuk Alfred 879-yili daniyaliklar
bilan tinchlik sulhini tuzadi. Unga
binoan, butun orol ikki qismga
bo'linib: janubi-g'arbiy hududlar Alfredga, shimoli-sharqiy hududlar
esa  daniyaliklarga beriladi.
Chegara London va Chechter
oralig'idagi qadimgi rimliklar
qurdirgan tosh yo'l bo'ylab o'tadi.
Skandinavlarda qoldirilgan yerlar Daniya qonunlari viloyati yoki
inglizcha Denlo nomini oladi. Buyuk Alfred tinchlik sulhidan yangi
kuchli qo'shin tuzish uchun
foydalandi. Ma'lumki, avvallari
dushman xavfi tug'ilganida Xalq
lashkari to'planardi. Endi har beshta
angl-saks oltinchini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo'yiladi.
Natijada, birinchidan, tinimsiz urushlar
davrida qishloqning ko'pchilik aholisi
o'z ishidan ajratilmagan. Uyda
qolganlar yerni haydash, hosilni
yig'ish bilan shug'ullangan. Ikkinchidan, bitta xo'jalik daromadi
yaxshi qurol-aslaha uchun yetarli
bo'lmasdi. Agar urushga olti kishining
barchasi jo'nasa, ularning har birida
qimmatbaho po'lat qilich bo'lishi
gumon edi. Yangi qoidaga binoan besh kishi oltinchisini: dubulg'a, qilich
va jang boltasi bilan ta'minlab vikingdan yomon qurollantirmagan. Qolaversa, bu oltinchi kishi doimo
mashq qilishi, jangga tayyorlanishi
shart edi. Uning uchun qolgan beshta
qo'shnisining ishlashi oilasi haqida
o'ylamasligi uchun ham imkon beradi.
Shu tariqa son jihatidan qisqargan Buyuk Alferd qo'shini sifati bo'yicha
avvalgiga qaraganda bir necha bor
kuchaydi. Yangi qo'shinning paydo
bo'lishi bilan jamiyatda ham muhim
o'zgarishlar bo'ladi. Jamiyat
professional jangchilar va dalada ishlovchi dehqonlarga bo'linadi.
Buyuk Alfred daniyaliklar qal'alarini
qamal qilishni unchalik xush
ko'rmasligini anglab, o'z mulklari
chegaralarida ko'plab qal'alar - burglar barpo ettiradi. Qirol kema yasaydigan ustalarni topib,
daniyaliklarnikidan qolishmaydigan
kemalarni yasattiradi. Vikinglar  VIII asr oxiri  XI asr o'rtalarida Yevropa mamlakattariga
dengiz yo'li orqali savdo-sotiq uchun
borgan, qaroqchilik va bosqinchilik
yurishlari qilgan skandinavlar. Rusda
ularni varyaglar , G'arbiy Yevropada normannlar deb atashgan. IX asrda vikinglar Shimoli-Sharqiy Angliyani, X
asrda esa Shimoliy Fransiyani bosib
olganlar.
Qirol Alfred faqat qo'shin haqida
qayg'urmagan. U o'z davrining o'ta
ma'lumotli kishisi bo'lgan. Uesseksda esa daniyaliklar hujumlaridan keyin
lotin tilini biladigan odamlar deyarli
qolmagan edi.
U eski angl-saks qonunlarini yozishni
va Angliya tarixiga oid ma'lumotlar
to'plashni buyuradi. Buyuk Alfred davrida Anglosakson solnomasi tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar
qayd etila boshlanadi. 250 yil davom
ettirilgan ushbu solnoma
bo'lmaganida, tarixchilar o'rta asrlar
Angliyasi haqida juda kam
ma'lumotga ega bo'lar edilar. 

Denloning qaytarilishi. 

Qirol Buyuk Alfredning o'limidan so'ng uning
vorislari Denloga hujum boshlaydi.
Yangi qo'shin muvaffaqiyatli harakat
qilib, X asming so'nggi choragiga
kelganda Angliya qirolligi (bu paytda
avvalgi Britaniya nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzil-kesil surib
chiqarilgan) Daniya qonunlari
viloyatini qo'shib oladi. Bu davrga
kelib, Denloga o'rnashgan
daniyaliklar mahalliy aholi bilan ancha
yaqinlashib, aralashisha boshlagan edi.
Denloni Angliya qirolligiga qo'shib
olinishi o'zida ma'lum xavfni ham
yashirgan  g'oliblar aksari
holatlarda beparvolikka berilgan.
Angliyada yana ichki nizolar boshlanib, davlat zaifiashadi. Ayni
paytda, Daniya tez yuksala boshlaydi.
Yagona Daniya qirolligi VIII asr
oxirida Angliyaga hujum qilgan
daniyalik vikinglarga nisbatan, albatta
xavfliroq edi. Ayni paytda, Angliya qirolligi ichki nizolardan batamom
holsizlangandi. Daniya qiroli 1013-yili
ingliz sohiliga o'z qo'shinini tushiradi.
Urush uzoq cho'zilmaydi. Faqat
London shahri daniyaliklarga ma'lum
vaqt qarshilik ko'rsatadi.