
6-. VIZANTIYA IMPERIYASI

Imperiyaning tashkil topishi. Imperator Feodosiyning o'g'illari 395-
yili Rim imperiyasini ikki mustaqil
davlatga: G'arbiy Rim imperiyasi poytaxti Rim va Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) poytaxti Konstantinopolga bo'lib olishadi. Konstantinopol shahri o'rnidagi Vizantiy (Megara koloniyasi) nomidan Sharqiy Rimni ko'pincha Vizantiya deb ham nomlashadi. IV asrda Vizantiya tarkibiga Bolqon
yarim oroli, Kichik Osiyo, Kavkaz,
Suriya, Falastin, Misr, shuningdek, Krit
va Kipr orollari kirgan.
Sharqiy Rim imperiyasida: ellinlar,
suriyaliklar, armanlar, gruzinlar, yahudiylar va boshqa xalqlar
yashagan. Ulardan yunonlar son
jihatidan ko'p bo'iganidan davrlar
o'tib, yunon tili lotin tilini surib
chiqaradi va davlat tiliga aylanadi.
Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini  yunonlar deyishgan. Lekin imperiya fuqarolari o'zlarini rimliklar (yunoncha romeylar), davlatlarini esa Rim (Romey)
imperiyasi deb hisoblashgan. Ularni
Sharq xalqlari ham rimliklar deb
bilishgan.
Vizantiyada qulchilik saqlanib qolsa-
da, aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun'iy
sug'orishga asoslangan sermahsul
ziroatchilikning bo'lishi uning
iqtisodiy barqarorligini ta'minlaydi.
Shuning uchun imperiyada VI asrda
ham Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari
sifatida gullab-yashnagan.
Konstantinopol va Aleksandriyalarni
muhtasham binolar, ko'pqavatli uylar,
haykallar va favvoralar o'rnatilgan
maydonlar bezab turgan. Shaharlarda hunarmandchilikning: shishasozlik,
movut, shoyi gazlamalar to'qish,
zargarlik sohalari, ayniqsa,
yuksalgan.
Ispaniyadan Xitoyga qadar
dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga
shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo
va Yevropani bog'laydigan "Oltin ko'prik"ka aylanadi. Vizantiya savdogarlari G'arbning siyraklashib
qolgan bozorlariga hashamatli
kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va
qimmatbaho vinolar, qurol-yarog'lar-
u idishlar, cherkov anjomlari-yu,
buyumlarni olib borishgan. Vizantiya oltin puli (nomisma) ko'p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul
hisoblangan. 

Vasilevs hokimiyati. 

vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha podsho) boshqargan. U xudoning
irodasi bilan saylangan butun xristian
dunyosi hukmdori sanalgan.
Vasilevslar Yevropa. Old Osiyo va
Shimoliy Afrika mamlakatlarini
boshqarish huquqini rimliklardan o'tgan meros hisoblashgan. Boshqa
xristian davlatlari hukmdorlari
(og'izda bo'lsa-da) uzoq payt o'zlarini
Vizantiya Lmperatorlarining vassallari
deb hisoblashgan.
Vizantiya imperatori saroyi o'zining boyligi, hashami va tantanavorligi
bilan ajralib turgan. Bayramlar va
qabullar paytida vasilevs oltin
iplardan kashtalangan, marjon va
qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan
kiyimlarda chiqqan. Hukmdor kiyimi to'q qizil rangda bo'igan. An'anaga
binoan to'q qizil rangli etikni faqat
imperator kiyishi mumkin edi.
Qimmatbaho kiyimlar, hukmdor toji,
oltin zeb-ziynatlar juda og'ir bo'igan.
Imperatorlardan biri toj kiyish marosimida, kiyim-bosh, zebziynatlar
og'irligidan hushidan ketganligi
ma'lum.
Vasilevsga ko'p sonli sud, harbiy va
soliq muassasalari, davlat amaldorlari,
shuningdek, maslahat organiga aylangan sinklit (lotincha senat) bo'ysungan. Vizantiyada amaldor va
senatorlar faqat zodagonlardan
bo'lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy
xalq farzandlari ham yuqori
lavozimlarga erishishi mumkin edi.
Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat romeylarni
umuman ajablantirmagan ham,
sababi ular qadimgi rimliklar singari
imperiyaning barcha fuqarolari
tug'ilishidan teng, mansublik esa har
bir insonning shaxsiy ishi deb hisoblashgan. 

Vizantiyaliklarning ellinligi. 

G'arbiy Rim imperiyasi taqdirini
takrorlamagan Vizantiya hayotida
ko'p narsalar odatiy tusda qolgan.
Vizantiyaliklar hayotida ellinlik
mustahkam o'rin olgan.
Ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozlar, kurashchilar,
gimnastlar musobaqalari, mimlar
(aktyorlar) chiqishlarini tomosha
qilganlar. Shahar aholisi ilgarigidek
ma'muriyatdan maosh oladigan
tabiblarda davolanishgan, jamoa hammomlariga borib turishgan. Eng
muhimi, Vizantiya antik davr yunon
ilmini saqlab qolgan. Ko'pchilik
bolalar qatnaydigan boshlang'ich
maktablardayoq ular Gomer
dostonlari, Ezop masallarini o'qib bilim olishgan. Bolalar avval harflarni
o'rgangan, so'ng bo'g'inlarni undan
keyin so'zlarni o'qib qadimgi
she'riyatdan yuzlab misralarni yod
olishgan.
Boshlang'ich va o'rta maktablarning ko'pchiligi G'arbiy Yevropadagi
cherkov va monastir o'quv
muassasalaridan farqliroq, xususiy
yoki davlatniki bo'lgan.
Vizantiyalik olimlar o'z nutqlari va
asarlarida, ellin she'riyati, afsonalari hamda fanidan boxabar ekanligini
namoyish etish maqsadida qadimgi
mualliflar asarlaridan ko'plab misollar
keltirganlar. 

Vizantiyaning oltin asri. 

Vizantiya imperiyasi o'z qudrad cho'qqisiga Yustinian I (527-565) imperatorligi davrida erishadi. U kambag'al dehqon
oilasida tug'ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda
darajasigacha ko'tarilib, imperatorlik
taxtini egallaydi. Yustin jiyanini
saroyga yaqinlashtirib, unga yaxshi
ta'lim berdiradi. Amakisining
vafotidan so'ng Yustinian taxtga o'tiradi.
Yangi imperator siyosiy donolik va
jasorat sohibi edi. U imperiya hayotini
islohotlar orqali ancha yangilaydi,
xalqaro savdoni jonlantirishi, davlat
xazinasini to'ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta'minlaydi.
Yustinian I siymosida harakatchanlik,
qat'iyat, uzoqni ko'ra bilishi qatorida
buyuk siyosatdonlarga xos
ikkiyuzlamachilik, mug'ambirlik,
zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan.
Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham mashhur bo'lgan. Yoshligida
Feodora aktrisa bo'lgan. U davrda
aktyorlik yaxshi kasb hisoblanmasa-
da, Feodoraning chiroyiga mahliyo
bo'lgan Yustinian I jamoatchilikning
salbiy fikriga qaramasdan unga uylanadi. Feodora aqli,
shuhratparastligi, qo'rqmasligi bilan
ajralib turgan.
Vizantiyaning oltin asri Yustinian I
(527-565) imperatorligi davriga
to'g'ri keladi. 

Yustinian yurishlari. 

Yustinian I ning maqsadi Rim imperiyasining avvalgi
hududlarini tiJdash edi. U 534-yil
sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada
joylashib davlat tuzgan va O'rta
dengizda savdo kemalarini talash
bilan shug'ullangan vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi qurollangan
vizantiyaliklar qo'shini vandallar
qirolligini bo'ysundirib, Shimoliy
Afrika Karfagen shahri bilan Vizantiya
viloyatiga aylanadi.
Shundan so'ng Velisariy Italiyaga yoi oladi. Vizantiyaliklar Sitsiliya orolini
qiyinchiliksiz qo'lga kiritadilar. Lekin
Italiyada ular ostgotlarning qattiq
qarshiligiga uchraydi. Velisariyga
qarshi ostgotlar qochoq qullarga
ozodlik berib, ula.rdan foydalanishgan. Vizantiyaliklar esa
aksincha, qulchilikni saqlab
qolishgan, har qanday aybi uchun
qulni qattiq jazolashgan. Shunga
qaramasdan, vizantiyaliklar
Italiyaning katta qismini bo'ysundirib, poytaxti Ravenna bo'lgan alohida noiblik (ekzarxat) tuzishadi.
Italiyadagi urush so'ngida Yustinian I
Ispaniyaga ham qo'shin yuboradi.
Ispaniyada vestgotlar hukmronlik
qilar edi. Vestgotlar qo'shinini
qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar
bo'g'ozi ustidan nazorat o'rnatadi. 

Vizantiya VI-XI asrlarda. 

Vizantiyaning zaiflashuvi VI asrning
o'rtalaridan slavyan qabilalari
istilolariga yo'l ochadi. VII asrdan
Arab xalifaligi hujumlari natijasida
Suriya va Misr ham qo'ldan ketadi.
Vizantiya qishloq xo'jaligida erkin dehqonlar VIIX asrlarda
qashshoqlashib, qaramlikka tushishi
davom etadi. Qishloqda mulkiy
tabaqalanish jarayoni kuchayib, yirik
yer egalari  feodallar hamda yersiz
dehqonlar toifalari paydo bo'ladi. X-XI asrlarda imperatorlar amaldorlar,
ibodatxonalar, monastirlarga ko'plab
yer-mulklar in'om etadilar. Ma'lum
vaqt o'tib Vizantiyada ham feodallar
qal'alar qurib, harbiy boiinmalar
tuzadilar. Feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy
hokimiyatning zaiflashuvi IX-XI
asrlarda feodal munosabatlarini uzil-
kesil o'rnatilishiga olib keladi.