7-. SLAVYAN DAVLATLARINING
TASHKIL TOPISHI

Slavyanlar. 

Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan
"slavyanlar" atamasi VI asrdan
ishlatilgan. Lekin slavyan qabilalari
haqida dastlabki ma'lumotlar yunon-
rim tarixchilari asarlarida, germanlar
bilan bir paytda, miloddan avvalgi II I asrlardan tilga olinadi.
Slavyan qabilalari VIVII asrlardan
g'arbda Elba daryosidan, sharqda
Visla daryosiga qadar, shimolda
Boltiq dengizidan, janubda Dunay
daryosiga qadar cho'zilgan hududlarda yashaganlar. Keyingi
asrlarda ular uch guruhga: g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo'lingan. 

G'arbly slavyanlar - chexlar, polyaklar, lujichanlar va slovaklar. 

Janubiy slavyanlar  bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar,
chernogorlar, makedonlar va
bosniyaliklar. 

Sharqiy slavyanlar - ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil
topgan. 

Slavyanlarning mashg'ulotlari. Slavyanlar qadimdan dehqonchilik
bilan shug'ullangan. Ular yig'ilgan
g'allani alohida omborlar (zaxira)da
saqlaganlar. Vizantiya tarixchisi
Mavrikiyning yozishicha, dehqonlar
boshoqli ekinlardan ko'proq arpa va tariqni ekkanlar.. Milodiy asr
boshlaridan slavyanlar uy
chorvachiligi va hunarmandchilik
bilan ham shug'ullana boshlaganlar.
Visla, Dnepr, Dunay, Elba daryolari
bo'ylarida yashagan aholi xo'jaligida baliqchilik ham muhim o'rin tutgan. 

Ijtimoiy tuzum va din. 

Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi
germanlarnikiga o'xshash. Ular qabila
va umg'larga bo'linib yashagan. Urug'
o'z navbatida katta patriarxal
oilalardan tashkil topgan. Yozma
manbalarda xalq yig'inlari (slavyanlar "veche"si), knyazlar, harbiy
drujinalari, slavyanlarning olib
borgan urushlari haqida ma'lumotlar
uchraydi.
Vizantiya tarixchilarining yozishicha,
slavyanlar erksevar, jasur, jangovar bo'lishi bilan birgalikda,
tinchlikparvar, qo'shnilariga nisbatan
do'stona munosabatga shay qabilalar
bo'lgan. Jismoniy baquvvat, matonatli
hisoblangan slavyanlar janglarda
dushmanga pistirma qo'yish, qo'qqisdan hujum qilish usullarini
ham qo'llaganlar. Yog'ochdan o'yib
yasalgan qayiqlarida ular uzoq dengiz
safarlarini uyushtirganlar.
Slavyanlarning diniy tasavvurlari
tabiat kuchlari va o'z ajdodlari ruhlariga sig'inish ko'rinishida
bo'lgan. Ularda osmon xudosi - Svarog, momoqaldiroq va yashin xudosi - Perun, hosildorlik xudosi - Jivalar asosiy ilohlar hisoblangan. Aholi orasida jinlar, suv parilari va
boshqa afsonaviy siymolarga e'tiqod
ham saqlanib qolgan. 

Slavyan davlatlarining tashkil

topishi. Dastlabki slavyan davlati Bolqon yarim orolining shimoliy
qismida VII asrning oxirlarida
tuzilgan Bolgariya podsholigi bo'lgan. IX asr boshlariga kelib
Bolgariya yirik davlatga aylanadi.
Simeon davrida (893-927) u o'z
qudratining cho'qqisiga erishadi.
Shundan so'ng, Bolgariya zaiflashib, X
asr oxirida qo'shni Vizantiya tomonidan bosib olinadi. Bulg'or (Bolgariya) podsholigi
(680-1018) (1187-1396)
(1908-1944)  xalqlarning buyuk ko'chishlari davrida slavyanlar
Bolqon yarim oroliga kelib
joylashishlari natijasida, bu yerda
qadimgi turkiyzabon bulg'orlar xoni
Asparux (643-701) boshchihgida
Bolgariya podsholigiga asos soladilar. 

Chexiya davlati. 

Buyuk ko'chishlar davrida shimolda Rudni tog'lari,
janubda esa Shunava tog'lari bilan
chegaralangan yerlarda joylashgan
slavyan qabilalari doim kuchli
qo'shnilar qurshovida yashaganlar.
Bular dastlab Franklar davlati va Avar xoqonligi, so'ng Sharqiy Frank
qirolligi va Buyuk Moraviya, goh
Germaniya imperiyasi, Vengriya va
Polsha bo'lgan. Buyuk Moraviya
qulaganidan keyin mahalliy slavyan
qabilalari Vltava daryosi havzasida yashagan chex qabilalariga
bo'ysungan (rivoyatlarga qaraganda,
ularning qadimgi yo'lboshchisini Chex deb nomlaganlar). Qabila ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo'lgan knyazlar
turgan. Ular tez-tez qo'llariga qurol
olib o'z yerlarini mudofaa qilishlariga
to'g'ri kelgan. Buyuk Moraviya  hozirgi Chexiyaning sharqida IX asr oxiri  X
asr boshlarida vujudga kelgan davlat.
X asr boshida bu davlat ko'chmanchi
vengerlar tomonidan parchalangach,
uning hududlari Chexiya davlati
tarkibiga kirgan. Knyaz Vatslav (920935) yoshligidan xristian aqidalari bo'yicha
tarbiyalangan, keyinchalik bor kuchi
bilan dinni Chexiyada yoyilishiga
harakat qiladi. U Pragada
mamlakatning bosh ibodatxonasi - avliyo Vit ni bunyod ettirgan. Lekin knyazning xristianlikka nisbatan
bunday hurmat-ehtiromi ko'pgina
chexlarga xush kelmagan.
Vatslavning tug'ishgan ukasi uni
xoinona o'ldiradi. Tez orada Vatslavni
chexlarning asosiy milliy avliyosi, chex davlatining homiysi sifatida
e'zozlay boshlashadi.
Xristianlikni to'xtatishning iloji yo'q
edi. 973-yili Pragada alohida
yepiskoplik tashkil qilinadi. Shu
paytdan Chexiyada bir paytlar Moraviyaga Vizantiyadan Kirill va Mefodiylar olib kelgan sharqiy xristianlik izlari o'chib boradi.
Butun XI asr Germaniya, Polsha va
Chexiya orasida urushlar va yarash
bitimlari tuzish bilan o'tadi. Goh,
Polsha hukmdori Bolesiav I Chexiyani bo'ysundiradi, goh chex
knyazi Bratislav I Krakov va Gneznolarni egallab u yerdan avliyo
Adalbert-Boytex xokini Chexiyaga
olib ketadi. Goh Chexiya Muqaddas
Rim imperiyasi bilan mustahkam
ittifoqda bo'lgan, goh urush holatida.
Chexiya XI asrdan qo'shni, qachonlardir kuchli va yirik mamlakat
markazi boigan Moraviyani uzil-kesil
o'ziga qo'shib oladi. German
imperatori Genrix IV 1085-yili Rim papasiga qarshi og'ir kurashida unga
yordam bergan chex knyazi Bratislav II ga qirol unvonini taqdim etadi. Chexiya qirollari german
imperatorlari hokimiyatini tan olsa-da,
o'z mamlakatlarida deyarli to'la
mustaqil bo'lganlar. Ularning qirolligi
imperiyaning bir bo'lagi hisoblansa-
da, Yevropa ishlarida o'z mavqelariga ega edilar. Polsha davlati. Bo'lajak Polshaning asosi Gnezno rayonida yashagan
polyan slavyan qabilalari bo'ladi.
Ushbu qabilalar ittifoqi nomida VIII-IX
asrlarda vujudga kelgan knyazlik,
so'ng uning atrofida birlashgan
barcha hududlar Polsha deb atala boshlaydi. Polyan knyazlik
sulolasining afsonaviy asoschisi,
solnomachining yozishicha
"kambag'al kishi Piast" bo'lgan, lekin hujjatlarda nomi qayd etilgan birinchi Piastlar sulolasi knyazi Meshko I bo'lgan. U 966-yili xristianlikni qabul
qilgan. Meshko I ning o'g'li Boleslav
Jasur (yoki Buyuk) nomini olgan. U
qo'l ostida polyak qabilalari yerlarini
birlashtirib, so'ng Moraviya va
Chexiyani egallaydi, 1018-yili esa Rus knyazi Yaroslav Mudriy (Donishmand) qo'shinini tor-mor etib
Kiyevga kiradi. Meshko I Polsha davlatiga X asrning o'rtalarida asos solgan.
Knyaz Meshko X asr o'rtalarida Visla daryosi havzasida polyak qabilalarini
birlashtirib, Polsha davlatiga asos
soladi. Qabilalarni birlashtirish Boleslav Jasur davrida ham davom etadi. Boleslav qo'shinlari Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun
german imperatorlariga qarshi
kurash olib boradi.