8-. KIYEV RUSI

Davlatning tashkil topishi. 

Yilnomalarda yozilishicha, Sharqiy
slavyan qabilalari varyaglarga
(skandinaviyalik normannlarga)
elchilik jo'natib, o'zlariga knyaz
yuborishlarini so'raydi. Bu taklifga
binoan uch aka-uka: Ryurik, Sineus va Truvorlar Rusga kelib, Ryurik Novgorodda, Sineus Beloozeroda,
Truvor Izborskda knyazlik qiladilar.
Ko'p o'tmay ukalari vafot etib, Ryurik
yakka hukmronlik qila boshlaydi.
Yilnomada yozilishicha, Ryurik 879-
yili vafot etib, o'g'li Igor yosh boiganidan hokimiyat uning
qarindoshi Olegga o'tadi. Uning boshqaruvi paytida Kiyev Rusi
tarixining boshlanishi bilan bog'liq
muhim voqea bo'ladi. Oleg 882-yili o'z lashkari bilan Kiyevni egallab, ayni
paytdan yozma manbalarda Kiyev
Rusi nomini olgan davlatga asos
soladi.
Oleg va keyingi knyazlarning asosiy
vazifalari: Xazar xoqonligi hukmidan ozod bo'lish, sharqiy slavyan
qabilalarini birlashtirishni davom
ettirish, tashqi dushmanlardan davlat
chegaralarini asrash, Vizantiya bilan
manfaatli savdo munosabatlarini
o'matish bo'ladi. Slavyan qabilalarini birlashtirish siyosati Olegning qo'lida
shimolda Ladoga ko'lidan, janubda
Dneprning quyilishigacha yerlarni
to'planishiga imkon beradi.
Knyazning qo'shini 907-yili
Konstantinopolga hujum qilib, vizantiyaliklardan katta to'lov olishga
erishadi. So'ng shartnoma tuzilib
unga ko'ra, Rus savdogarlariga
Vizantiyada bojsiz savdo qilishga
ruxsat beriladi.
Igor knyazligini (912-945-yillari) ko'chmanchi bijanak qabilalariga
qarshi urushdan boshlaydi.
Konstantinopol tuzilgan shartnomani
bajarmagani tufayli Igor X asrning 40-
yillarida Vizantiyaga qarshi ikki marta
yurish tashkil qiladi. Dastlabki yurishda ruslar qo'shini mag'lub
bo'ladi. Keyingi yurishda esa
Vizantiya jangsiz tinchlik
shartnomasini tuzib katta o'lpon
to'laydi.
Igor 945-yili drevlyan qabilalari bilan to'qnashuvda halok bo'lganidan
so'ng, uning rafiqasi Olga o'g'li Svyatoslav balog'at yoshiga yetgunga qadar Kiyev knyazligini
boshqargan. U Rus mavqeini harbiy
yurishlar, istilolar bilan emas,
mohirona diplomatiya orqali
yuksaltirishga intilgan. Yilnomada
yozilishicha, Olga X asrning 50-yillari o'rtalarida Konstantinopolga tashrif
buyurib, xristianlikni qabul qiladi.
Lekin, Olganing o'g'li Svyatoslav yangi
dinni qabul qilishdan bosh tortadi. U
"agar men bir o'zim boshqa dinga
o'tsam, drujinam ustimdan kuladi - degan edi. 

Xazarlarga qarshi kurash. 

Yilnomalarda yozilishicha, Svyatoslav
964-yili 22 yoshida knyazlikni
olgandan so'ng qo'shini bilan
sharqqa yurish boshlagan. Ayni
paytda Turk xoqonligining
parchalanishidan Itil (Volga) va Don daryolari oralig'ida tashkil topgan
Xazar xoqonligi qudratli davlat edi.
Uning hududidan ko'plab karvon
yo'llari o'tib, Xazarning boy
shaharlarida musulmonlar, xristianlar,
majusiylar yonmayon yashar edilar. Ko'chmanchi xazarlar o'z xoqonlarini
ilohiy kuchga ega deb hisoblashgan.
Mamlakatda ishlar ko'ngildagiday
ketsa xoqonni olqishlashgan, aks
holda uni o'ldirishlari ham mumkin
bo'lgan. Svyatoslav xazarlarning asosiy
kuchlarini mag'lub etib, ularning
poytaxti Itil shahrini egallaydi. Keyinchalik Svyatoslav Bolgariyaga,
ko'chmanchi bijanaklarga,
Vizantiyaga qarshi urushlar olib
boradi. Uzoq davom etgan
yurishlarda muvafFaqiyatsizliklarga
uchragan knyaz Svyatoslav Kiyevga qaytishida Dnepr bo'ylarida
ko'chmanchi bijanaklar bilan jangda
halok bo'ladi. 

Xristianlikning qabul qilinishi. 

Svyatoslavning vorislari orasidagi
kurash 972980-yillari bo'lib, uning
so'ngida Vladimir taxtni egallaydi. Endilikda yosh knyaz oldida
mamlakatdagi boshboshdoqlikni
bartaraf etish vazifasi turar edi.
Dastlab u slavyan qabilalarining
isyonini bostirib, Kiyev Rusi
chegaralarida yangi mudofaa qal'alarini qurdiradi. Shundan so'ng
knyaz Dunay bo'ylarida yashagan
bulg'orlarga qarshi harbiy yurish
uyushtiradi. Ammo rus tarixida
Vladimir istilochi emas, balki 988-yili
ruslarni xristian dinini qabul qildirgan hukmdor sifatida qadrlanadi.
Qolaversa, uning boshqaruvi davrida
mahalliy knyazlar sulolalari tugatilib,
ularning o'rniga Vladimirning o'g'illari
noiblikka tayinlanadi. Lekin
boshqaruvning bu shakli ham muammolarsiz kechmaydi. Knyazning
katta o'g'li, Novgorod noibi Yaroslav Kiyevga boj to'lashdan bosh tortadi.
Vladimir unga qarshi yurishga
tayyorgarlik paytida 1015-yili vafot
etadi.
Uning vorislari orasidagi taxt uchun
kurashlarda g'olib chiqqan Yaroslav (1019 1054) boshqaruvi Kiyev
Rusining gullabyashnagan davri
hisoblanadi. Yangi knyaz davrida,
1036-yili Kiyev ostonalarida paydo
bo'lgan bijanak qabilalari uzil-kesil
mag'lub etiladi. G'alaba sharafiga Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasi
bunyod etiladi. Keyinchalik ushbu
nomdagi cherkovlar Polosk va
Novgorodda ham quriladi.
Novgorodliklar uchun avliyo Sofiya
ibodatxonasi shaharning eng muqaddas ziyoratgohiga aylanadi.
Yaroslav davrida Kiyev xristian
dunyosining eng yirik shaharlaridan
biriga aylanadi. 

Madaniyat. 

Yaroslav davrida Rusda maorif yuksaladi. Agar Vladimir davrida xristian ruhoniylari
tayyorlaydigan o'quv yurti Kiyevda
tashkil etilgan bo'lsa, Yaroslav
Novgorodda ham uch yuz ruhoniy
tayyorlaydigan bilim yurtini ochadi.
Knyaz davrida avval Kiyevda so'ng Novgorodda (1050-yil) yilnomalar
tuzila boshlanadi. Poytaxt Kiyevda
Vizantiyadan keltirilgan yunon tilidagi
kitoblarni ruschaga tarjima qilish
yo'lga qo'yiladi.
Yaroslav davrida Rusning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari
muvaffaqiyatli rivojlangan. Knyazning
o'g'illaridan biri Vizantiya imperatori Konstantin IX ning qiziga uylansa, qizlari - Anna, Anastasiya va Yelizavetalar Fransiya, Vengriya va Norvegiya qirollariga turmushga
berilgan. 

Qonunchilik. 

Donishmand nomini olgan Yaroslav davrida rus yerlarining
dastlabki yozrria qonunlari to'plami ("Rus haqiqati") tuzilib, uning vorislari davrida u yangi moddalar
bilan to'ldirib boriladi.
"Rus haqiqatf'ga fiiqarolik va jinoiy
ishlar bo'yicha qonunlar kiritilgan.
Undan faqat jinoyat va jazo haqida
emas, o'sha zamon rus jamiyati ijtimoiy munosabatlari, odat, udum va
an'analari bo'yicha ma'lumotlarni ham
olish mumkin. Eng og'ir jinoyatlar
uchun o'lim jazosi belgilangan bo'lsa-
da, "Rus haqiqati"dagi ko'pchilik
moddalarda jarima to'lash ko'zda tutilgan. Yaroslav Donishmand vafotidan oldinroq vorislariga turli
knyazliklar noibligini berar ekan, ular
orasida hokimiyat uchun kurashishni
oldini olishga harakat qiladi. 

Kiyev Rusi va qipchoqlar. 

ko'chmanchi qipchoq qabilalari XI
asrning o'rtalarida Yoyiq daryosidan
Dunaygacha hududlarni egallab,
ularning ayrimlari harbiy ittifoqlarga
birlashgan. Qipchoq xonlari zarur
paytda o'n minglab jangchilarni saiga tizib, Rus knyazlari yerlariga
talonchilik bosqinlari uyushtirganlar.
Ularning dastlabki yurishlari XI
asrning 60-yillarida boshlangan
bo'lsa, 90-yillarda Dnepr havzasidagi
qipchoqlar birlashib Rus yerlariga yangi hujum boshlaydilar. Rus knyazi Vladimir Monomax 1095-yili ilk bor qipchoq xonlaridan ikkitasining
qo'shinini yengadi. Keying! davrda
ham qipchoqlar bilan kurash goh
g'alaba, goh mag'lubiyat bilan davom
etadi.
Faqat Vladimir Monomax Kiyev knyazi bo'lgan yillari (1113 1125)
urushlar qipchoqlar yashaydigan
hududlarga ko'chadi. Lekin
rauvaffaqiyat uzoq davom etmasdan
Monomaxning vafotidan so'ng
qipchoqlar hujumi qaytadan boshlanadi. Kiyev Rusi esa siyosiy
tarqoqlik bosqichiga kiradi. 32-rasm. Kiyev. Avliyo Sofiya ibodatxonasi. XI asr. 33-rasm. Buyuk knyaz Yaroslav huzurida aholiga "Rus haqiqati"
o'qilmoqda.