9-. VI-XI ASRLARDA YEVROPA
MADANIYATI

Franklar imperiyasida madaniyat. 

Buyuk Karl o'z davlatida yangi maorif
tizimini yaratadi. Qirol tomonidan
789-yili xalq maktablari joriy etiladi.
Qonunga binoan, maktablar
ibodatxonalar qoshida tashkil etilib,
ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini bepul o'qitish buyurilgan. Saroyda
ham maktab tashkil etilib, unda
Karlning yaqin do'stlari, olimlar 
saroy akademiyasi a'zolari dars
berishgan. Qirol yunoncha akademiya deb nomlagan saroy olimlari birlashmasi antik davr
mualliflari asarlarini o'rganish, she'rlar
bitish bilan mashg'ul bo'lishgan.
Ulardan biri tarixchirohib Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va
faoliyati haqidagi ma'lumotlarni
olamiz. Eyngardni ilmga chanqoqligi
va tirishqoqligi tufayli zamondoshlari
"mehnatsevar chumoli deb
ataganlar. Saroy akademiyasining yana bir a'zosi Alkuin va uning shogirdlari maorifni yoyishda katta
xizmat qilgan. Aytishlaricha, Karlning
o'zi ham lotin va yunon tillarini
mukammal bilgan. U Italiyadan ikki
mashhur qo'shiqchini taklif etib,
saroyda qo'shiqchilar xori (dastasi)ni tuzdirgan. 

Vizantiya madaniyati. 

O'rta asrlarning asosiy ko'pchilik davrida
Vizantiya o'ziga xos yuksak
madaniyati bilan Yevropaning eng
ilg'or mamlakati bo'lib qoladi. Sababi
german qabilalari istilosi natijasida
inqirozga uchragan G'arbiy Rimdan farqliroq Vizantiyada antik madaniyat
an'analari saqlanib, vizantiyaliklar
hayotida, yunon hamda Sharq
madaniyatlari qorishmasi  eilinizm muhim o'rin tutgan.
Ilm-fan eng' rivojlangan shahar,
fanlar onasi  Afina edi. Platon (mil. av. IV asrda) asos solgan Afina akademiyasida mashhur faylasuflar ta'lim berardi. Afinada o'qigan
talabalar o'z bilimlari chuqurligi va
kengligi bilan faxrlanganlar. Bu
haqda V asrda yashagan tarixchi:
"Ular o'zlarini yarim xudo, o'zgalarni
esa yarim eshak deb hisoblaydilar deya kinoya bilan yozgan edi.
Keyinchalik imperator Yustinian o'z siyosatiga qarshi bo'lgan Afina
akademiyasini yopish haqida farmon
chiqaradi. Vizantiyaning iqtisodiy
taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o'quv va
ilmiy markazlarni vujudga keltiradi.
Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, 1045-yili huquqshunoslik va falsafa
fakultetlaridan iborat universitet
ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot
maktabi ham faoliyat yuritar edi.
Vizantiyada tabiiy fanlar ham
rivojlangan, matematika va astronomiya singari ular ham
hunarmandchilik, dengizchilik, savdo,
harbiy ish, qishloq xo'jaligi
taraqqiyotining amaliy ehtiyojlari
uchun xizmat qilgan. Vizantiyaliklar
tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishganlar. Tibbiyot va
hunarmandchilik talablari kimyoning
yuksalishiga yordam beradi.
O'rta asrda Vizantiyaga shuhrat
keltirgan shishasozlik, kulolchilik,
bo'yoqlar tayyorlash sirlari antik davrdan saqlanib kelingan. VII asrda
ixtiro qilingan "grek olovi"
Vizantiyaning dengiz janglaridagi
muvaffaqiyatlarini ta'minlagan. "Grek olovi" uloqtiriladigan yonuvchi modda bo'lib, uni neft,
oltingugurt, selitra, turli qatronlar
aralashmasidan tayyorlashgan.
Vizantiya harbiy kemalarida
foydalanilgan. Uni amalda
ishlatishning o'ziga xos sirlari bo'lib, raqiblar bu sirni uzoq payt ocha
olmaganlar. 

Tasviriy san'at va me'morchilik. 

Vizantiya madaniyatining eng
mashhur sohasi tasviriy san'at: mozaika, freska va ikon alar yasash bo'lgan. Mozaika (frans. mosaique  muzalarga bag'ishlangan)  bir xil
yoki turli xomashyo (koshin, tosh,
yog'och, marmar va metall)
bo'laklaridan ishlangan tasvir,
naqshinkor mahobatli (monumental)
bezak san'atining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy san'at
asarlarini bezashda qo'llanadi. Freska (ital. fresco - yangi)  nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan
rasm. Ikona (yun. eikon  tasvir, siymo)  xristian diniga mansub dindorlar
sajda qiladigan, cho'qinadigan Iso,
Bibi Maryam va avliyolaming
rangtasvir yoki bo'rtma tasviri. Diniy
ikonaning eng qadimgisi II asrga
mansub, IV asrdan bu soha ayniqsa taraqqiy eta boshlagan. 37-rasm. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (ichki ko'rinishi).
Tasvirning vizantiyacha uslubi:
suratlar uyg'unligi, bo'yoqlar
serjiloligi bilan ajralib turadi.
Rassomlar cherkov qonunlari,
talablari doirasidan kelib chiqib, mavhum emas, jonli kishilarni
tasvirlashga intilganlar. Mozaika va
freskalari bilan Xori monastiri (hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi)
o'z davrining ajoyib me'morchilik
yodgorliklaridan hisoblanadi. Yustinian I davrida Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasini hech shubhasiz ilk o'rta asrlarning eng mahobatli
me'morchilik inshooti deb atash
mumkinT Uning ulkan gumbazi
(diametri 31,5 m) boiib, 40 ta deraza
gulchambari bilan qurshalgan. Osmon
gumbazi kabi ushbu gumbaz go'yo havoda muallaq turgandek tuyuladi.
Turli xil toshlar va oyna parchalaridan
yasalgan juda ajoyib mozaikalar
ibodatxona devorlarini bezagan.
XXI asrlarda to'g'ri burchakli
ibodatxonalar o'rniga ko'rinishidan xochsifat, o'rtasi xoch gumbazli
ibodatxonalar barpo qilingan.
Ibodatxonalar bir vaqtda osoyishtalik
va xudoning dargohi hisoblangan.
Ibodatxonalarni bezatishda qat'iy
cherkov qonunlariga - Iso payg'ambar, Bibi Maryam, avliyolar va
Bibliyadan manzaralarni tasvirlash
qonunlariga rioya qilingan. Xristian
diniga oid san'atning maqsadi
o'lgandan keyin jannatning rohat-
farog'atiga qanday erishish yo'1- yo'rig'ini dindorlarga targ'ib qilishdan
iborat edi. Ibodatxonalarga va
yashash joylariga  Isoning, Bibi
Maryamning chiroyli rasmlari,
muqaddas kitoblardan manzaralar
tasvirlangan silliq taxtachalar qo'yilgan.
O'rta asr Yevropasiga Vizantiya asosiy
madaniyat tarqatuvchi edi: uning
ustalari, musavvirlari, me'morlari
boshqa mamlakatlarga taklif etib
turilgan, shuningdek, ustalar va olimlar qo'lida Yevropa yoshlari tahsil
olganlar. Janubiy va Sharqiy
slavyanlar madaniyatiga Vizantiya
kuchli ta'sir ko'rsatadi. Vizantiyadan
Kiyev Rusi xristianlik dinini qabul
qiladi. Rusdagi dastlabki ibodatxonalar ham vizantiyalik
ustalar tomonidan qurilib jihozlangan.
G'arbiy Yevropada ham ilk o'rta
asrlarda ibodatxonalar, monastirlar
qurilishiga alohida e'tibor qaratiladi.
Me'morchilikda roman uslubi ayniqsa yuksalib, unda ibodatxonalar ulkan,
salobatli devorlari gumbazlari, qalin
ustunlari, unchalik katta bo'lmagan
derazalari, darvoza va eshiklari arkali
qilib qurilgani bilan ajralib turadi.
Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar: Fransiyadagi Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari; Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkovlar hisoblanadi. VI-IX asrlarda slavyanlar 

Cherkov va maorif. 

G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlar madaniyati
xristian cherkovi bilan chambarchas
bog'liq boigan. Cherkov ilm, maorif,
adabiyot va san'atga bevosita ta'sir
o'tkazgan. Shuning uchun
kishilarning dunyo haqidagi tasavvurlari cherkov hamda din
ta'limotiga asoslangan edi. Boshqa
mamlakatlar haqidagi ma'lumotlar
yetarli bo'lmaganidan, aholi orasida
turli uydirmalar ko'p bo'lardi. Fan-
texnika taraqqiyotining pastligi, insonlarning qurg'oqchilik, suv
toshqinlari va yuqumli kasalliklardan
jabrlanishiga olib kelgan. Zarurat
bo'lmaganidan faqat dehqonlar emas,
hatto feodallar orasida ham savodli
kishilar kam bo'lgan. Ritsarlar imzo o'rniga ko'pincha ikki chiziq tortib
qo'yishgan.
Ibodatxona va monastirlar qoshidagi
boshlang'ich maktablar quyi
martabadagi ruhoniylarni
tayyorlagan. Bu kabi maktablarda lotin tilidan tashqari, ibodat qilish va
duolar o'qish tartiblari ham
o'rgatilgan.
Katta ibodatxonalar qoshida tashkil
etilgan o'rta maktablarda esa
dunyoviy ilmlar ham o'qitilgan. Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan shu
turdagi maktablar, asrlar o'tib
universitetlar uchun asos bo'ladi.
Ibodatxona maktablarida turli
yoshdagi bolalar bo'lgan. Ularni
yoshiga qarab sinflarga bo'lmasdan aralash o'qitishgan. Aksari
maktablarda bittagina kitob bo'lib,
o'qituvchi uni navbat bilan bolalarga
berib, parchalar o'qitgan. Darslar lotin
tilida olib borilgan. O'quvchilarning
qiziqishi deyarli hisobga olinmagan. Intizomsiz o'quvchilar qattiq
jazolangan.
Maktablarda antik davrdan mavjud "yetti erkin san'at" deb nomlangan fanlar o'rgatilgan. O'quvchilar dastlab trivium  grammatika, dialektika va ritorikani o'zlashtirganlar. Grammatika  tilshunoslik ilmi, bolalarni o'qishga o'rgatgan. Dialektika - hozirgi mantiqqa o'xshash fan bo'lib, unda o'quvchilar
munozara olib borishga, o'z ftkrini
isbotlashga o'rgatilgan. Ritorika  she'r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san'atini, huquq
asoslarini o'rgatgan.
Nisbatan murakkab fanlar tarkibi  kvadriumda o'quvchilar: arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya
asoslarini o'zlashtirganlar.
Astronomiyaga o'rta asrlarda
mashhur bo'lgan astrologiya 
munajjimlikka oid ma'lumotlar
kiritilgan. Munajjirnlar sayyoralar va yulduzlarga qarab odamlar taqdirini
aytib berishga intilganlar.