Jahon tarixi: 

Umumta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik/

T.O'.Salimov, F.E.Sultonov. - T:
"O`zbekiston milliy ensiklopediyasi"
Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. - 160
bet. 

MUALLIFLARDAN 

Ushbu darslik jahon tarixining o'rta
asrlar davrini yoritadi.
O'rta asrlar tarixi esa milodiy V asr
oxiridan - XV asrning oxirigacha
bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
O'rta asrlar tarixini o'rganish davomida o'quvchilar turli
xalqlarning kundalik hayoti, xo'jalik
faoliyatlari, iqtisodiy va siyosiy
taraqqiyotini kuzatib boradilar va
bizga qadar saqlanib kelayotgan
mashhur me'morchilik obidalari: saroylar, madrasalar, masjid va
ibodatxonalar haqida tasavvurga ega
bo'ladilar. Darslikda o'quvchi
Vatanimiz va jahonning mashhur
olimlari faoliyati bilan ham
tanishadilar. Ushbu darslik ikki bo'lim va boblarga,
har bir bob o'z navbatida mavzularga
bo'lingan.
Keltirilgan ma'lumotlaming
o'zlashtirilishirti yengillashtirish
maqsadida har bir mavzu so'ngida nazorat savollari va topshiriqlar
berilgan. Ularning aksariyati
o'quvchini mustaqil fikrlash, mantiqiy
xulosalar qilish qobiliyatini o'stirishga
yordam beradi.
Topshiriqlar o'quvchilarning nazariy bilimlari va amaliy malakalarini oshirib
borishga yo'naltirilgan. Bular orasida
soddalari bilan birgalikda,
o'quvchining diqqati, fikr-
mulohazasini talab qiladigan nisbatan
murakkab tuzilganlari ham mavjud. Topshiriqlarni darsning turli
qismlarida: yangi materiallarni
tushuntirish, o'quvchining o'tgan
darsni qanday o'zlashtirganini
aniqlash yoki uy vazifasi sifatida
bajarish mumkin. Bunga har bir o'quvchi o'zining shaxsiy tajribasi,
bilimi va mahorati bilan yondashadi.
Darslikda keltirilgan tushunchalar,
sanalar bilan bir qatorda zarur
paytlarda lug'atlar, xronologik
jadvallar, xaritalar va boshqa yordamchi vositalardan foydalanish
tavsiya etiladi.
Ushbu darslikni yaratishda so'nggi
yillarda nashr qilingan adabiyotlardan
foydalanildi. Darslik rangli rasmlar,
chizmalar, atamalar izohlari, sinf va uv vazifalari bilan toidirilgan. 