2- . Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi 

Ispaniya mustamlakalari. Buyuk geografik kashfiyotlar ayni 
paytda Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati uchun ham 
yo'l ochdi. Ispaniya bayrog'i himoyasi ostida yangi ochilgan yerlar 
Ispaniya qiroli mulki deb e'lon qilindi. Shu tariqa Yevropa davlatlarining 
mustamlakachilik siyosati boshlandi. Mustamlakachilar bosib olgan 
hududlarda paxta va shakarqamish ekinzorlari barpo etildi. 
Ispaniya qiroli 1512- yilda mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab 
qo'yuvchi qonun chiqargan bo'lsa-da, u mahalliy aholini shafqatsiz 
ekspluatatsiya qilishga xalaqit bermagan. Shafqatsiz ekspluatatsiya va 
yevropaliklar olib kelgan turli yuqumli kasalliklar tufayli ularning soni keskin 
kamayib ketdi. Mustamlakachilar XVI asr o'rtalaridan boshlab endi 
Afrikada yashovchi aholini qullarga aylantirib, Amerikaga olib kela boshla- 
ganlar. Tekin ishchi kuchiga ega bo'lgan mustamlakachilar 1510- yildan 
boshlab konkista siyosatini yurita boshladilar. Bu jarayon XVII asrning 
o'rtalarigacha davom etdi. 
XVI asrning dastlabki 50 yili 
ichida Ispaniya mustamlakala- 
rida aholi soni keskin kamayib 
ketdi. 
XVI asr birinchi yarmida 
Kolumbiya, Ekvador, Peru va 
Boliviya, keyinchalik esa Chili 
va Argentina hududlari zabt 
etildi.1679- yilda Ispaniya Ame- 
rika sivilizatsiyasining markazi bo'lgan Mayya davlati -- (bugungi Meksika) 
hududlarini to'la bo'ysundirdi. 
1503- yildan 1565- yilgacha Amerikadan Ispaniyaga 181 tonna oltin 
va salkam 17000 tonna kumush tashib ketildi. Bosib olingan 
mustamlakalarni boshqarish uchun ikkita vitse-qirollik tashkil etildi. 
Ulardan biri Yangi Ispaniya vitse-qirolligi (Meksika, Markaziy Amerika, 
Venesuela va Karib dengizi orollarini o'z ichiga olgan), ikkinchisi esa Peru 
vitse-qirolligi (Braziliyadan tashqari, deyarli butun Janubiy Amerika hududi) 
edi. Vitse-qirollarga o'z hududlarida to'liq harbiy va sud hokimiyatini 
amalga oshirish huquqi berilgan. 

O'qing va mulohaza yuriting 
Vitse-qirollar oliy tabaqa vakillari orasidan 3 yil muddatga 
tayinlangan. Ularga o'zi bilan oila a'zolarini olib ketish, u yerda ko'chmas 
mulk sotib olish va tadbirkorlik bilan shug'ullanish taqiqlangan. 

Vitse-qirollar faoliyati Ispaniyaning o'zida faoliyat ko'rsatuvchi 
Hindiston kengashi deb ataladigan kengash tomonidan nazorat 
qilingan. Kengashning vitse-qirolliklar bo'yicha qabul qilgan qarorlari 
qonun kuchiga ega bo'lgan. Mustamlakalar bilan olib boriladigan savdo 
esa Sevilya savdo palatasi tomonidan nazorat qilingan. 
Mustamlakachilik sekinlik bilan bo'lsa-da, hindu etnik guruhlari 
va qabila ittifoqlarining barham topishiga olib kelgan. Mahalliy xalq 
tili esa ispan tili bilan almasha boshlagan. 
Ispaniya faqat Amerikadagi mustamlakalari bilan cheklanib qolgani 
yo'q. U 1529- yilda Filippin orollari ustidan ham o'z hokimiyatini o'rnatdi. 
13 
Bu orollar taxt vorisi, shahzoda Filipp sharafiga Filippin deb atala 
boshlandi. 

Portugaliya mustamlakalari. 

Portugaliya dengiz sayyohi Kabral 
1500- yili Braziliyani kashf etdi va uni Portugaliya qirolining mulki, deb 
e'lon qildi. Hali urug'chilik tuzumi sharoitida yashayotgan mahalliy hindu 
xalqlari mamlakatning ichkari hududlariga quvib yuborildi. Braziliyani 
xo'jalik uchun o'zlashtirish, asosan, Afrikadan keltirilgan qullar mehnati 
hisobiga amalga oshirildi. Asr oxirida Braziliyada yashovchi oq tanli 
ko'chmanchilar soni 25000 nafarni tashkil etdi. Ular minglab qullarni 
ekspluatatsiya qilar edilar. 

Mustamlakalar uchun kurash. 

Tez orada Yevropa davlatlari o'r- 
tasida mustamlakalar uchun kurash boshlandi. Bunga Angliyada 
manufaktura ishlab chiqarishining tobora rivojlanishi sabab bo'ldi. 
Daromadi tobora ko'payib borayotgan Angliya burjuaziyasiga endi 
yanada yirik korxonalar bunyod etish uchun katta miqdorda boylik 
zarur edi. Bunday boylik mustamlakalar hisobiga topilishi mumkin edi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar geografik jihatdan qulay hududda 
joylashgan Angliyani eng muhim dengiz savdo yo'llaridagi davlatga 
aylantirdi. London esa yirik port shahriga aylandi. Uning aholisi tez 
orada 200 ming kishiga yetdi. Manufaktura ishlab chiqarishining 
rivojlanishi Angliyaning chetga katta miqdorda tovar chiqarishiga 
sabab bo'ldi va u endi dengiz savdosida Ispaniyaning asosiy raqibiga 
aylandi. Bu hol Angliya -- Ispaniya munosabatlarining keskinlashuviga 
olib keldi. Buning ustiga, Ispaniya boshqa davlatlar savdogarlarining 
ispan mustamlakalari bilan savdo qilishini taqiqlab qo'ydi. Bu taqiq 
oxir-oqibatda Angliya -- Ispaniya o'rtasidagi urushga olib kelishi 
muqarrar edi. 1588- yilda ikki davlat harbiy-dengiz floti o'rtasida hal 
qiluvchi jang bo'lib o'tdi. Unda Ispaniyaning Yengilmas armada deb 
nom berilgan harbiy floti tor-mor etildi. Yengilmas armadaning 
halokati Ispaniyaning dengizdagi qudratiga putur yetkazdi. Shu davrdan 
boshlab Angliya eng qudratli dengiz davlatiga aylana bordi. 

Angliyaning dastlabki mustamlakalari. 

Qudratli dengiz 
davlatiga aylangan Angliya endi mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 
Bu davlat mustamlakachilari Shimoliy Amerikani egallay boshladilar. 
XVII asr boshlarida bu yerda birinchi mustamlaka -- Virginiyaga asos 
solindi. Mahalliy hindu aholisi o'rmonlar ichkarisiga surib chiqarildi. 
Angliya hukumati tashqi savdoni chet davlatlar bilan savdo ishlarini 
olib boruvchi boy savdogarlar tuzgan turli kompaniyalar ixtiyoriga 
topshirib qo'ydi. Bunday kompaniyalardan biri 1600- yilda tuzilgan 
Ost-Indiya kompaniyasi edi. Eng boy bo'lgan bu kompaniyaga Hind 
va Tinch okeanlari sohilida joylashgan mamlakatlar bilan savdo qilish 
huquqi berildi. Boshqa kompaniyalar qatori Ost-Indiya kompaniyasi 
ham davlat xazinasiga juda katta miqdorda daromad keltirardi. Angliya 
savdogarlari tez orada portugallarni Osiyodan siqib chiqara boshladi. 
Ost-Indiya kompaniyasi keyinchalik Boburiy hukmdorlardan 
Hindistonda boj to'lamay savdo qilish huquqini qo'lga kiritdi. 
Bu kompaniya Hindistondan Yevropaga mato, ziravor va boshqa 
tovarlarni yuborar edi. Mustamlakachilar Hindistonda yanada mustah- 
kamroq o'rnashib olish uchun o'z savdo manzilgohlarini qal'aga aylantira 
borganlar. 

Armada -- katta flot. 
Vitse -- o'rinbosar; vitse-qirol deyilganda qirol hokimiyati 
vakili tushuniladi. 
Konkista -- zabt etish, bosib olish. 
Mustamlaka -- rivojlangan davlatlar tomonidan bosib 
olinib, ekspluatatsiya qilinuvchi mamlakat. 
Ost-Indiya -- Kolumbning sayohatidan so'ng Karib 
dengizi orollari Vest-Indiya -- (G'arbiy Hindiston) deb atal- 
gan, Vest-Indiyadan farq qilish uchun Hindiston yarim 
orolidagi mamlakatlar esa Ost-Indiya -- (Sharqiy Hindiston) 
deb atalgan. 
Ekspluatatsiya -- boshqalar mehnati mahsulini o'ziniki qilib 
olishi. 