20- . XVI--XVIII asrlarda Xitoy 

Siyosiy hayot. XVI asrda ham Xitoyda Min sulolasi hukm- 
ronlik qilardi. 

Xitoyda Min sulolasining hukmronligi qachon va qay tariqa 
o'rnatilgan edi? 

Ayni shu asrda mamlakatda siyosiy ahvol keskinlashdi. Buning sabablari 
nimalardan iborat edi? Avvalo, jamiyat hayotini o'rta asr ishlab chiqarish 
munosabatlari chuqur qamrab olgan. Bu jamiyat hayotida natural xo'jalikning 
78 
ustunligida yaqqol namoyon bo'lmoqda edi. Bundan tashqari, asosiy ishlab 
chiqaruvchi kuch -- dehqonlarni holdan toydiruvchi ijaraga yer olib ishlash 
tartibi hamon chuqur ildiz otganligicha qolavergan edi. Ijara haqi hosilning 
50 foiz qismini tashkil etardi. 
Despotik davlat hokimiyati esa barcha eski tartiblarning bosh tayanchiga 
aylanib qolgan. 
Davlat hokimiyati amalda har qanday yangilikning ashaddiy 
dushmaniga aylangan. Buning ustiga, XVI asrga kelib davlat hamda 
dehqonlar yerlarining katta yer egalari qo'liga o'tish jarayoni kuchay- 
di. Ular bu yerlarni o'z mulklariga aylantirishda hech narsadan 
qaytmadilar. Eng ko'p miqdordagi yer imperator xonadonining qo'lida 
to'plandi. Buning ustiga, ular hosildor yerlar ham edi. 
Ijara shartining og'irligi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch -- deh- 
qonlarni xonavayron qila boshladi. Bu esa butun imperiya hududida 
dehqonlar qo'zg'oloni boshlanishiga olib keldi va bu qo'zg'olon 
butun mamlakatni qamrab oldi. 

Ichki siyosiy kurash. 

Dehqonlar qo'zg'olonining keng quloch 
yoyishi Min imperiyasining siyosiy parchalanish jarayonini kuchaytirdi. 
Hukmron tabaqalarning manfaatiga xizmat qiluvchi hukumat jamiyatda 
yetilgan eng dolzarb vazifalarni hal etishga qodir bo'lmay qoldi. Davlat 
idoralari amaldorlari o'rtasida o'zboshimchalik, korrupsiya hamda 
davlat mansablarini sotish avj oldi. Imperator xonadoni turli xil ko'n- 
gilochar tadbirlar va zebu ziynat buyumlari uchun davlat xazinasini 
sovurdi. Bu omillar mamlakat aholisining turli qatlamlarida keskin 
norozilik uyg'otdi. Natijada Min sulolasi va uning tayanchlariga qarshi 
muxolifat kuchaya bordi. 
Muxolifatning asosiy kuchini o'rta va mayda yer egalari, shahar 
aholisining o'ziga to'q qismi, shuningdek, mamlakat ziyolilari tashkil 
etdi. Muxolifat imperatordan davlat mansablariga amaldorlarning 
qobiliyatiga qarab tanlanishini, eskirib qolgan qonunlarni o'zgartirishni 
talab qildi. Biroq saroy a'yonlari muxolifat talablariga quloq ham solmadi 
va aksincha, ularni ta'qib etishga kirishdi. 
Muxolifat kurashni to'xtatmadi. Buning ustiga dehqonlar qo'zg'oloni 
ham tobora keskin tus ola boshladi. 

Manjurlar hukmronligi. 

XVI asr oxiri -- XVII asr boshlarida Xitoy 
uchun o'ta xavfli tashqi raqib ham paydo bo'ldi. Bu imperiyaga chegaradosh 
hududlarda tashkil etilgan Manjuriya davlati edi. 

Manjuriya hozirgi Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-sharqiy 
qismi. Hozir bu hudud Dunbey (Shimoli-Sharq) deb ataladi. 

Bu davlat hukmdori Abaxay davrida (1626 -- 1643) Xitoy hududlarini 
bosib olishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Kuchsizlanib, holdan toygan 
Min sulolasi manjurlarga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi. Manjurlar 
imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636- yilda Abaxay o'zini imperator 
deb e'lon qildi. O'z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay boshladi. 

Min sulolasining halokati. 

Sulolaning tashqi bosqinchi kuchlar oldidagi 
taslimchilik siyosati mamlakatda keskin norozilikni keltirib chiqardi. 
Mamlakatni dehqonlar qo'zg'oloni qamrab oldi. Dehqonlar 
qo'shinlarining yetakchilari barcha harbiy kuchlarni birlashtirdilar. 
Ularga Li Szi-chen qo'mondonlik qildi. 
1643- yilda qo'zg'olonchilar harbiy kengashi Pekinga hujum boshlash 
haqida qaror qabul qildi. Li Szi-chen imperator deb e'lon qilindi. 
Xitoyning janubi-g'arbiy qismida esa dehqonlar qo'zg'olonining 
yana bir qo'mondoni Chjan Syan-chjun ham o'z davlatini tuzganligini 
e'lon qildi. 

1644- yilda qo'zg'olonchilar Pekinni ishg'ol qildilar. Buning 
natijasida Min sulolasi taxtdan ag'darildi. 

Bu davrda mamlakat shimolida hukumat qo'shinlari general U San- 
guy qo'mondonligida manjurlarga qarshi kurash olib borayotgan edi. 
U San-guy Pekindagi yangi hukumatga katta tashvish keltirishi 
mumkin edi. Shuning uchun ham Li Szi-chen u bilan til topishishga 
qaror qildi. 
Biroq U San-guy dehqonlar hokimiyatini tan olmadi. Ayni paytda 
u dehqonlar hukumatini o'z ixtiyoridagi qo'shin bilan ag'darishga ham 
ojizligini bilar edi. Shu tufayli u xoinlik yo'liga o'tdi va manjurlar 
vassali bo'lishga rozilik berdi. 

1644- yilda manjurlar Pekinni ishg'ol qildilar. Abaxayning 
o'g'li Xitoy imperatori deb e'lon qilindi. Shu tariqa Xitoy 
tarixida manjurlarning Sin sulolasi hukmronligi boshlandi 
va u 1911- yilgacha davom etdi. 
Dehqonlar qo'zg'olonlari shafqatsizlik bilan bostirildi. Li Szi-chen va 
Chjan Syan-chjunlar janglarda halok bo'ldilar. 

Tashqi siyosat. 

Sin sulolasi bosqinchilik siyosati yuritdi. Dastlab, 1637- 
yilda Koreya vassal davlatga aylantirildi. 
1757- yildan boshlab Guanchjou portidan boshqa barcha portlar Yevropa 
kemalari uchun yopib qo'yildi. 
1758- yilda esa shimoliy va G'arbiy Mo'g'ulistonda tashkil topgan 
Jung'oriya (Oyrat) xonligi butunlay bosib olindi. Tez orada butun 
Mo'g'uliston va Qashqar ham egallandi. 
Sin sulolasi hukmdorlari Xitoyni to'la bo'ysundirishda g'arbiy 
yevropaliklar madadiga tayandi. Shu tufayli ularga dastlab Xitoy 
portlari ochib berildi. Biroq g'arbiy yevropaliklarning Xitoyga kirib 
kelishi oxir-oqibatda nimalarga olib kelishi tobora oydinlasha borgach, 
o'zgacha yo'l tutishga majbur bo'lindi. 
1792- yilda Nepal davlatiga Sin sulolasining vassali ekanligi majburan 
tan oldirildi. 

Despotik -- huquqi cheklanmagan, zo'ravonlikka asos- 
langan hokimiyat. 
Korrupsiya -- mansabdor shaxslarning shaxsiy boyish 
maqsadida sotilishi. 