22- . XVI -- XVIII asrlarda Usmonli turklar 
imperiyasi 

Imperiyaning yuksalishi. 

XVI asr boshlarida butun imperiya 
viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga bo'lingan edi. 
Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. 


Imperiya bosib olgan hududlardagi yerlar ham davlat mulki deb 
e'lon qilingan. Sulton bu yerlarni o'z sipohlariga (oltiq askar) harbiy 
majburiyat evaziga taqsimlab bergan. Ularning miqdori har xil bo'lgan. 
Sipohlar shu tariqa o'z xo'jaliklariga ega bo'lganlar. Sipohlar yerni 
dehqonlarga ijaraga berganlar. 
Ayni paytda sipohlar zimmasiga harbiy harakatlarda qatnashish 
zarurati tug'ilganida sulton farmon bergani zahotiyoq sanjaqbey 
qo'mondaligida belgilangan joyga yetib kelish majburiyati yuklatilgan. 
Bundan tashqari ular o'zi bilan birga yeridan oladigan daromadi miq- 
doriga mos ravishda qurolli askarlar ham olib kelishi shart bo'lgan. 
Sipohi xo'jaligining daromadini ijarachi dehqon to'laydigan soliq tashkil 
etgan. Sipohiga beriladigan yerning katta-kichikligiga qarab olinadigan 
daromad miqdori oldindan belgilab qo'yilgan. 
Bundan tashqari, imperiyaning doimiy qo'shini -- yanicharlar (yangi 
qo'shin) shuningdek, kuchli harbiy dengiz floti ham bo'lgan. Bu omillar 
Usmonli turklar imperiyasiga keng ko'lamda bosqinchilik urushlari olib 
borish imkonini bergan. Bunday 
urushlar natijasida Usmonli turklar 
davlatining ulkan imperiyaga ay- 
langanligi Sizlarga VII sinf Jahon 
tarixi darsligidan ma'lum. Impe- 
riya XVI asrda ham bosqinchilik 
urushlarini davom ettirdi. Bu 
davrda Eron imperiyaning Osiyo- 
dagi eng yirik raqibiga aylangan 
edi.Sulton Salim I 1514- yilda 
Eron shohi Ismoil Safaviy qo'shi- 
nini tor-mor etdi. Bu g'alaba sul- 
tonga shohning ittifoqchisi Misr 
sultonligiga qarshi yurish bosh- 
lashga yo'l ochdi. 
Sulton Salim I dastlab, Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517- yilda 
esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi. 
Imperiya hududining kengayishi yirik savdo yo'llarining ham Turkiya 
qo'liga o'tishiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy hokimiyatining 
hamda harbiy qudratining yanada kuchayishini ta'minladi. Oqibatda, 
Turkiyaning xalqaro ta'sir-e'tibori Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari 
taqdiridagi o'rni yanada ortdi. 

Ichki ahvol. 

Imperiya o'zining beqiyos qudratiga faqat sultonlarning 
oqilona siyosati tufayligina erishgani yo'q. 
Ekspluatatsiyaning tobora kuchayishidan tinka-madori qurigan 
dehqonlar shaharlarga, tog'larga qochib keta boshladilar. Sulton 
buning oldini olish maqsadida yer egalariga qochib ketgan dehqonlarni 
majburan qaytarib olib kelish huquqini beruvchi maxsus farmon chiqa- 
rishga majbur bo'ldi. 
Unga ko'ra, qochib borgan joyida 15, shaharlarda esa 20 yildan 
kam yashagan dehqonlar avvalgi joylariga majburan qaytariladigan 
bo'ldi. Bu aslida Yevropada hukm surgan krepostnoy huquqning 
Turkiyadagi o'ziga xos bir ko'rinishi edi. 
Yer egalarining zulmidan tinka-madori qurigan dehqonlar 1519- yilda 
qo'zg'olon ko'tardilar. Unga shayx Jalol rahbarlik qildi. Sulton Salim I 
qo'zg'olonni katta kuch bilangina bostira oldi. Keyinchalik Qalandar 
boshchiligida ko'tarilgan qo'zg'olon ham katta qiyinchilik bilan 
bostirilgan. 
Dehqonlarning xonavayron bo'lishi va ko'plab qochib ketishi XVI 
asr o'rtalaridan boshlab qishloq xo'jaligining inqirozga yuz tutishiga 
sabab bo'ldi. Bu esa, o'z navbatida, ocharchilik ro'y berishiga olib 
keldi. 
Shunday sharoitda dehqonlarni o'zlari tashlab ketgan yerlarga 
qaytarish har qachongidan ham muhim bo'lib qoldi. Buni amalga 
oshirish uchun sulton 1610- yilda maxsus farmon chiqarishga majbur 
bo'ldi. Adolat farmoni deb nomlangan bu farmon ocharchilik 
davrida tashlab ketilgan yerlarni dehqonlarga arzon haq evaziga 
qaytarishni ko'zda tutar edi. Ayni paytda harbiy majburiyat uchun 
beriladigan yer mulki tizimining yemirilishi ham kuchaydi. Buning 
asosiy sababi, davlat xazinasi taqchilligini to'ldirish maqsadida 
bunday yerlarni mayda-mayda bo'laklarga bo'lib sotishga majbur 
bo'linganligi edi. Shu tariqa Turkiya harbiy qudratining pasayish davri 
boshlandi. G'arbiy Yevropada markazlashgan davlatlar, kuchli 
markaziy hokimiyat qaror topgan bir sharoitda Turkiya kuchsizlana 
boshladi. 

1684- yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi Muqaddas 
Liga tuzdilar. 

XVI asr oxiri -- XVII asr boshlarida Turkiya avvalgidek hujumkor 
qudratga ega bo'lmay qoldi. 

Yevropa davlatlariga qaramlikning boshlanishi. 

XVII asrning 
o'rtalaridan boshlab Turkiyadagi ichki ahvol yana keskinlasha boshladi. 
Davlat budjetida muntazam ravishda taqchillik holati yuz berdi. Endi 
Turkiyaning kuchsizlanishi jarayonini to'xtatishning oldini olish mumkin 
bo'lmay qoldi. 
Og'ir ahvolda qolgan hukumat Yevropa madadiga tayanishni lozim 
ko'rdi. Yevropa davlatlari savdogarlariga juda katta yengillik va imtiyozlar 
berila boshlandi. Masalan, Fransiya savdogarlari uchun atigi uch foiz 
miqdorida bojxona to'lovi joriy etildi. Natijada Turkiya bozorlari Yevropa 
tovarlariga to'ldirib tashlandi. Bu esa mahalliy sanoatga o'nglanmas zarba 
bo'lib tushdi. 
Turkiya tashqi siyosatda borgan sari, birinchi navbatda, Angliya va 
Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Sultonlar nazdida ular Turkiyaning 
Rossiyaga qarshi kurashida ittifoqchilari bo'lishlari kerak edi. Angliya va 
Fransiya hukumatlari ham mavjud vaziyatdan o'z manfaatlari yo'lida 
foydalanib qolish ishtiyoqi bilan yondilar. Ularning madadidan umidvor 
bo'lgan Turkiya XVIII asrda Rossiya bilan bir necha bor urushga kirdi, 
biroq bu urushlarda Turkiya yengildi. Mag'lubiyat Turkiyada hukm 
surayotgan o'rta asrlarga xos munosabatlarning butunlay chiriyotganligining 
namoyishi bo'ldi. 
