26- . Fransiyada Ikkinchi imperiyaning 
o'rnatilishi 

Iyul monarxiyasi. 

1815- yilda hokimiyati yana qayta tiklan- 
gan Burbonlar sulolasining vakili Lyudovik XVIII Napoleon taraf- 
dorlaridan o'ch ola boshladi. Ko'plab harbiylar otib tashlandi. 
Butun hokimiyat eski o'rta asr feodal tuzumi tarafdorlari qo'lida 
to'plandi. Aholining atigi bir foiziga yaqini saylov huquqiga ega bo'ldi. 
Burjuaziya, hunarmandlar, ishchi va dehqonlarga saylov huquqi 
berilmadi. 
1824- yilda Lyudovik XVIII vafot etdi. Taxtni ukasi Karl X 
egalladi. U o'z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, 1830- 
yilda mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Ayni paytda, par- 
lamentda o'tkaziladigan yangi saylovda saylov huquqi yanada ko'proq 
cheklanishini ma'lum qildi. Bu esa Parij shahrida inqilob boshlanishiga 
olib keldi. Uning harakatlantiruvchi kuchlari burjaziya, ishchilar, 
hunarmandlar va studentlar bo'ldi. Inqilobning maqsadi -- Fransiyada 
respublika tuzumini o'rnatish edi. 
Fransiya qiroli Karl X inqilobdan qo'rqqanidan chet elga qochib 
ketdi. Hokimiyat yirik burjuaziya -- bank, yirik sanoat korxonalari, 
birjalar, yollanma mehnatdan foydalanuvchi katta yer egalari qo'liga 
o'tdi. Ular hukumat tuzdilar. Ayni paytda monarxiyani saqlab qolishga 
urindilar. Buning asosida monarxiya va respublika tarafdorlarining bir- 
biriga o'zaro yon berib, o'zaro murosada yashashlariga erishish 
maqsadi yotardi. Shu maqsadda taxtga Burbonlarga qarindosh bo'lgan 
Lui-Filipp Orleanskiy o'tqazildi. Shu yo'l bilan monarxiya saqlab 
qolindi. Bu hodisa iyul oyida ro'y berganligi tufayli tarixga Iyul 
monarxiyasi nomi bilan kirdi. Lui-Filipp yirik o'rmon xo'jaligi egasi 
va moliyachi edi. Uning davrida mamlakat yangi Konstitusiyasi qabul 
qilindi. Yangi Konstitutsiyada so'z, matbuot, yig'inlar o'tkazish 
erkinliklari e'lon qilindi. Saylovchilar uchun yosh va mulk senzlari 
kamaytirildi. Konstitutsiya qirol hokimiyatini chekladi, ayni paytda, 
parlamentning rolini oshirishni ko'zda tutuvchi moddalar kiritildi. 

Iyul monarxiyasi inqirozi. 

Yangi qirol va konstitutsiya xalq 
ommasining ahvolini yengillashtira olmadi. Aksincha, davom etayotgan 
sanoat to'ntarishi aholining qashshoqlanishini yanada kuchaytirdi. 
Ishchilarning ish vaqti 12--16 soat davom etardi. Ishchini korxona egasi 
istagan paytda ko'chaga haydashi mumkin edi. Ayniqsa, to'qimachilik 
sanoati ishchilarining ahvoli og'ir edi. Birgina Lion shahrining o'zida 
o'ttiz mingga yaqin to'quvchi qashshoqlikda yashardi. Korxona egalari 
ularning ish haqini oshirish haqidagi talabini rad etishi 1831- yilda 
qo'zg'olon ko'tarilishiga olib keldi. Qo'zg'olonchi to'quvchi ishchilar 
o'z bayroqlariga Ishlab yashaylik yoki jang qilib o'laylik deb yozib 
olgandilar. 
Qo'zg'olonchilar Lion shahrini egallab oldilar. Biroq poytaxt 
Parijdan Lionga yuborilgan 20 ming kishilik qo'shin qo'zg'olonni 
shafqatsizlik bilan bostirdi. Hukumat to'qimachilar qo'zg'olonidan 
tegishli xulosa chiqarib olmadi. Aksincha, ta'qib etish siyosati bilan 
ishchilarni itoatda tutishga urindi. 
Oqibatda, 1834- yilda Lion to'quvchilari yana qo'zg'olon ko'tardilar. 
Bu safar qo'zg'olonchilar faqat ish haqini oshirish to'g'risidagi talab bilan 
cheklanib qolmadilar. Ular endi respublika tuzumi o'rnatilishini ham talab 
qildilar. Shaharda ishchilarning hukumat qo'shini bilan shiddatli janglari olti 
kun davom etdi. Oxir-oqibatda, bu qo'zg'olon ham shafqatsizlik bilan 
bostirildi. Qirol siyosatidan o'rta va mayda burjuaziya ham norozi edi. Ular 
ham respublika tuzumi o'rnatilishini, saylov huquqini kengaytirishni talab 
qila boshladilar. 
Bosh vazir Gizo bu talabga Mehnat va tejamkorlik orqali boying, 
ana shundagina sizlar saylovchi bo'lasizlar, degan haqoratomuz javob 
qildi. Shu tariqa, Iyul monarxiyasi xalq ommasi ko'z o'ngida o'z 
obro'sini yo'qota bordi. 

1848- yil inqilobi. 

1845- va 1847- yillarda Fransiyada qurg'oq- 
chilik ro'y berdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining, birinchi 
navbatda nonning narxi oshib ketdi. Bu ham yetmaganidek, 1847- 
yilda Yevropa davlatlari iqtisodiyotini inqiroz qamrab oldi. Bu esa ishlab 
chiqarishning keskin kamayishiga, pulning qadrsizlanishiga olib keldi. 
Korxonalarning yopilishi yoki ishchi o'rinlarining qisqartirilishi 
natijasida ishsizlik oshib bordi. Bularning barchasi inqilobning yuzaga 
kelishiga sharoit yaratdi. Shunday vaziyatda burjuaziya inqilobning 
oldini olish uchun hukumat oldiga islohotlar o'tkazish talabini qo'ydi. 
Uning asosini saylov huquqini kengaytirish to'g'risidagi masala tashkil 
etardi. Burjuaziya shu yo'l bilan Iyul monarxiyasini yon berishga 
undamoqchi bo'ldi. Ishchilar esa respublika tuzumining eng qat'iyatli 
tarafdori bo'ldilar. Ayni paytda, ular bo'lajak respublikaning 
102 
mamlakatdagi ishsizlikni tugatadigan, barcha fuqarolar uchun mehnat qilish 
huquqini kafolatlovchi qonun qabul qiladigan, ish kunini qisqartiradigan va 
mehnat sharoitini yaxshilaydigan respublika bo'lishi talabini ham qo'ydilar. 
Bu talab yirik muldkorlar tabaqasini cho'chitib yubordi. 
Iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Oqibatda ommaviy 
ishsizlik vujudga keldi. Ishchilarning ish haqi ikki barobardan ortiqqa 
kamaydi. O'z navbatida, bu hodisalar inqilobiy vaziyatni vujudga 
keltirdi. Aholi qurollana boshladi. Nihoyat, 1848- yilning 23- fevralida 
Fransiya tarixida yana bir inqilob boshlandi. 
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassasalar 
qo'zg'olonchilar qo'liga o'tdi. Shunday sharoitda Lui Filipp taxtdan voz 
kechishga va Angliyaga qochib ketishga majbur bo'ldi. Qo'zg'olonchilar 
qirol saroyini egallab, uning taxtini yoqib yubordilar. 
Shu tariqa 1848- yil fevral inqilobi natijasida Iyul monarxiyasi 
quladi. 25- fevral kuni esa Fransiya Respublika deb e'lon qilindi. 
Fransiya parlamenti vaqtinchalik hukumat tuzdi. Yangi hukumat 
matbuot, namoyishlar o'tkazish erkinligini e'lon qildi. Shuningdek, 21 
yoshga to'lgan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi. 
Barcha fuqarolarni ish bilan ta'minlash to'g'risida dekret qabul 
qilindi. Ishsizlar uchun Milliy ustaxona deb ataluvchi jamoatchilik 
ishlari tashkil etildi. Ish vaqti 10--11 soat bilan cheklab qo'yildi. Biroq 
yangi hukumat mablag' yo'qligi uchun tez orada milliy ustaxonalarni 
yopib tashladi. Ularda ishlayotgan 115 mingga yaqin ishchi ishsiz qoldi. 
Bunga javoban ishchilar 1848- yilning iyunida yana qo'zg'olon 
ko'tardilar. Biroq hukumat qo'zg'olonni 
shafqatsizlik bilan bostirdi. 

Ikkinchi imperiya. 

Mamlakatga 
tartib o'rnatishga qodir hokimiyat zarur 
edi. Shu tufayli hukmron tabaqalar qirol 
hokimiyati o'rniga katta vakolatlarga ega 
prezidentlik lavozimini joriy etishga qaror 
qildilar. Unga hukumat tuzish va uni 
iste'foga chiqarish huquqi ham beriladigan 
bo'ldi. 
1848- yilning dekabr oyida hukmron 
tabaqalar Napoleon I Bonapartning jiyani 
Lui Napoleon Bonapartning Fransiya 
25- rasm. Napoleon III. 

Prezidenti etib saylanishiga erishdilar. Uning asl maqsadi, Fransiya im- 
periyasini tiklash edi. U o'z niyatini amalga oshirishga zimdan tayyorgarlik 
ko'rdi. Nihoyat, 1851- yil 2- dekabrda davlat to'ntarishi o'tkazdi va 
o'zi uchun xavfli bo'lgan kishilarning barchasini qamoqqa tashladi. Endi 
unga o'zini imperator deb e'lon qilishga barcha yo'llar ochiq edi. Nihoyat, 
1852- yilning 2- dekabrida u o'zini Napoleon III nomi bilan Fransiya 
imperatori deb e'lon qildi. Shu tariqa Fransiyada Ikkinchi imperiya o'r- 
natildi. 

Davlat to'ntarishi -- davlat hokimiyatini qonunda ko'zda 
tutilmagan usullar bilan egallab olish. 
Student (lotincha -- qunt bilan shug'illanuvchi) -- oliy o'quv 
yurti talabasi. 
Senz (lotincha) -- fuqarolarning saylov huquqidan foyda- 
lanishlarini cheklaydigan shartlar. 