27- . XIX asrning 70- yillarigacha bo'lgan 
davrda Germaniya va Italiya 

Germaniyada inqilobning sabablari va maqsadlari. 

Germaniya inqilobining asosiy sababi -- o'rta asr feodal tartib- 
larning kapitalizm taraqqiyotiga hamon to'siq bo'lib kelayot- 
ganligi edi. Buning natijasida Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm 
surdi. Oqibatda yagona umumiy bozor vujudga kelmadi. Sanoat va 
qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi boshqa ilg'or davlatlardan orqada 
qoldi. Zo'ravonlikka asoslangan davlat apparati har qanday hur fikrni 
qatag'on qilar edi. Bu omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga 
olib keldi. Inqilobning asosiy maqsadi Germaniyaning siyosiy 
tarqoqligiga barham berish va feodal tartiblarni tugatish edi. Inqilobga 
burjuaziyaning konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori bo'lgan qismi 
rahbarlik qildi. Mayda va o'rta burjuaziya, ishchilar, ziyolilar inqilobning 
harakatlantiruvchi kuchini tashkil etdi. 

1848- yil fevral inqilobi. 

Yevropaning boshqa davlatlarida 1847- 
yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz Germaniyani ham chetlab o'tmadi. Bu 
inqiroz ishsizlikning ko'payishiga, ish haqining pasayishiga olib keldi. 
Barcha tovarlar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi ko'tarilib 
ketdi. Oqibatda och qolgan aholi ko'chaga chiqdi. Hukumat davlat 
xazinasi bankrot yoqasiga kelib qolganligi uchun keskinlikni 
yumshatishga zarur mablag' ajrata olmas edi. Natijada siyosiy vaziyat 
yanada keskinlashdi. Fransiyada boshlangan 1848- yilgi fevral inqilobi 
Germaniyada ham inqilob boshlanishida uchqun vazifasini o'tadi. 18- 
mart kuni Berlinda qo'zg'olon boshlandi. Berlin ko'chalari barrikadalar 
bilan qamrab olindi. Tun bo'yi shiddatli ko'cha janglari davom etdi. 
Prussiya qiroli qo'zg'olonchilarga qarshi kurashayotgan harbiy qismni 
olib chiqish haqida buyruq berishga majbur bo'ldi. U endi murosa yo'lini 
izlay boshladi. 
Qirol burjuaziyaning talabi bilan Millat majlisiga (parlament) saylov 
belgilashga va Konstitutsiya ishlab chiqishga va'da berdi. Millat majlisi 
amalda hech qanday tub islohotlarni amalga oshira olmadi. Joriy etilgan 
Konstitutsiya ham amalda hukmron tabaqalar manfaatiga xizmat qildi. 
Germaniya burjuaziyasi qirol hokimiyati va katta yer egalari bilan kelishish 
yo'lini tutganligi buning asosiy sababi bo'ldi. Siyosiy vaziyatning biroz 
bo'lsa-da, yumshashiga erishgan qirol hokimiyati inqilobni bostirishga 
erishdi. Prussiya qirolligi Germaniyada eng kuchli qo'shunga ega bo'lganligi 
uchun boshqa mayda german davlatlaridagi inqilobiy harakatni ham bos- 
tirishda qatnashdi. 
Inqilob yengildi,oqibatda Germaniyada eski feodal tartiblar saqlanib 
qolaverdi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik hukm suraverdi, shunday bo'lsa- 
da, inqilob butunlay izsiz ketmadi. 
1848- yilda Prussiya qirolligida Konstitutsiya joriy etilishining o'zi 
katta siyosiy yutuq edi. 
Italiyaning birlashtirilishi. 1861- yilda birlashgan Italiya qirolligi 
tashkil etildi. Xo'sh, bu birlashish qay tariqa sodir bo'ldi? Kapitalizmni 
yanada rivojlantirish zarurati mamlakatning birlashuvini nihoyasiga 
yetkazishni taqozo etardi. Busiz Italiya Yevropada o'z o'rniga ega 
bo'lgan davlatga aylana olmas edi. Til va madaniyat birligi Italiyani 
yagona davlatga birlashtirishga yordam berdi. Italiyani birlashtirishdek tarixiy 
vazifani ro'yobga chiqarish Sardiniya 
qirolligi zimmasiga tushdi. Uning bosh vaziri 
K. Kavur uzoqni ko'ra oluvchi siyosatchi 
edi. U mo'tadil islohotlar va konstitutsiyaviy 
monarxiya tarafdori edi. 
K. Kavur Avstriya zulmiga qarshi 
kurashda Fransiya bilan shartnoma tu- 
zishga erishdi. Avstriya qo'shini mag'lu- 
biyatga uchratilib u bilan sulh tuzildi. 
Biroq, Sitsiliya va Neapol qirolligi Ita- 
liya siyosiy tarqoqligining tayanchi bo'lib 
qolayotgan edi. 
1860- yilda Italiyani birlashtirishning 
qizg'in tarafdori, xalq qahramoni Juzeppe 
Garibaldi o'z harbiy kuchi bilan Sitsiliya oroliga kelib tushdi. Xalq 
ommasi uni xaloskor sifatida kutib oldi. Sitsiliyaning asosiy shahri Paler- 
mo egallandi. Shundan so'ng J. Garibaldi qo'shini Neapolga yurish 
qildi. Neapol qo'shini tor-mor etildi va Neapol qirolligi tugatildi. 
J. Garibaldi Italiyani birlashtirish ishida yetakchilik qilayotgan 
Sardiniya qiroli Viktor Emmanuil II hokimiyatini tan oldi. 1861- yilda 
yagona Italiya qirolligi tuzilganligi e'lon qilindi. 
Mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi hamda ikki 
palatali (Senat va Deputatlar palatasi) parlament joriy etildi. Oradan 
bir necha yil o'tgach, Avstriya qo'l 
ostida qolgan Venetsiya viloyati ham, 
1870- yilda esa Fransiya ta'sirida 
bo'lgan Rim shahri ham Italiya qirolligiga 
qo'shib olindi. Shu tariqa Italiyani 
yagona davlatga birlashtirish yakunlandi. 

Germaniyaning birlashuvi. 

Germaniyada ham jamiyatning ilg'or qatlami 
milliy birlashuv uchun kurashayotgan edi. 
Bu yerda ham butun mas'uliyatni Ger- 
maniyada mavjud 23 davlatdan biri o'z 
zimmasiga olishi zaruriyatga aylandi. 
Bunday sharaf Prussiyaga nasib etdi. 
Prussiya bu davrda imperiyadagi eng 
qudratli davlat edi. Qirollikda o'z davrining eng mashhur davlat arbobi 
Otto fon Bismark bosh vazirlik qilardi. 
U 1864- yildan boshlab Germaniyani yagona davlatga birlashtirishdek 
tarixiy ishga rahbarlik qildi. 1866- yilda bosh vazir Otto fon Bismark 
rahbarligi ostida 22 nemis davlati Prussiya bilan Shimoliy Germaniya 
Ittifoqini tuzish haqida shartnoma imzoladilar. Germaniyani birlashtirish 
yo'lidagi asosiy tashqi to'siq Fransiya edi. Prussiya unga qarshi urushga 
jiddiy tayyorgarlik ko'ra boshladi. 
1870--1871- yillardagi Fransiya -- Prussiya urushida Fransiyaning 
mag'lubiyatga uchrashi Germaniyani birlashtirish yo'lidagi so'nggi to'siqni 
ham olib tashladi. Shu tariqa Germaniyani yagona davlatga birlashtirish 
nihoyasiga yetkazildi. 

Mo'tadil burjuaziya -- burjuaziyaning murosaga intiluvchi, 
muammolarni tinch yo'l bilan hal etishga, hukmron tabaqalar 
bilan kelishishga intiluvchi qismi. 