3- . Yangi davr boshlarida G'arbiy Yevropa 
mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot 

Aholi tarkibidagi o'zgarishlar. 

Yangi davr boshlarida G'arbiy 
Yevropa mamlakatlarida ruhoniylar va dvoryanlar jamiyatning 
hukmron tabaqalari bo'lib qolaverdilar. 
Ayni paytda dvoryanlar tarkibida o'zgarish yuz berdi. Endilikda ular 
ichida savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchilar ham shakllan- 
di. Dvoryanlarning ba'zilari savdo kompaniyalarining aksiyadorlariga 
aylandilar. Ayrimlari esa hukumatdan turli soliq yig'imlarini yig'ib olish 
huquqini sotib oldilar. Dvoryanlarning katta qismi endi ishlab chiqarishda 
yollanma mehnatdan foydalanardilar. Ular o'z qo'rg'onlarida sanoat 
korxonalari ham tashkil etganlar va savdo-sotiq ishlari bilan shug'ul- 
langanlar. Bunday dvoryanlar yangi dvoryanlar deb atalgan. 
Jamiyat ijtimoiy hayotidagi eng muhim o'zgarishlardan yana biri 
burjuaziyaning soni va jamiyat hayotidagi o'rni ortib borishi bo'ldi. Bu hodisa 
ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeining tobora yuksalib borganligining 
oqibati edi. 
XVII asr o'rtalariga kelganda savdogar (negosiant) va bankirlar 
burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandilar. Jamiyat rivojlanishi bilan 
yollanib ishlovchilar qatlami ham shakllanib bordi. 
XVI--XVII asrlarda butun aholining 88 foizini dehqonlar tashkil 
etardi. Jamiyatda yollanib ishlovchilar soni ortib bordi. Ayni paytda 
aholi sonining asta-sekin ko'payish jarayoni boshlandi. Chunonchi, 
Yevropa aholisi 1650- yilda 100 mln atrofida edi. 

Savdoning rivojlanishi. 

XVI--XVII asrlarda savdo va tadbir- 
korlikning markazi bo'lgan shaharlarning o'sishi davom etdi. Bu esa, 
o'z navbatida, shaharda bozor savdosining o'sishiga olib keldi. Odatda 
bozorlarda savdo haftasiga bir yoki ikki kun bo'lardi. Shaharlarning o'sib 
borishi bilan bozorlar har kuni ishlay boshladi. 
XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj oldi. Bunday 
bozorlarning eng yirigi Parij va London shaharlarida qurilgan. 
Shu asr oxiriga kelib, bozor savdosi bilan do'kon savdosi o'rtasida 
raqobat vujudga keldi. Yangi davr bozorlarining yana bir o'ziga xos tomoni 
-- bu tovarlarni uni ishlab chiqarganlarning o'zlari emas, savdogarlikni kasb 
qilib olgan kishilar tomonidan sotishning vujudga kelganligi edi. 
O'sha davr manbalarida: Do'konlar dunyoni egalladilar. Ular 
shaharlarni yutib yubormoqdalar, -- degan ibora yozilgan edi. 
Shaharlar to'xtovsiz o'sib borayotgan bir sharoitda, ahyon-ahyonda 
tashkil etiladigan yarmarkalar shahar aholisining talabini qondirolmay qoldi. 
O'rta asr yarmarkalari o'z ahamiyatini yo'qotdi. Shahar aholisining ehtiyojini 
har kuni savdo qiluvchi bozorgina qondira boshladi. Savdogarlar hayotiga, 
mol-mulkiga solinayotgan doimiy xavf-xatar ularni birlashishga majbur etgan. 
Bu omil, o'z navbatida, savdo kompaniyalari sonining ko'payishiga olib 
kelgan. Kompaniya a'zolari uning faoliyati uchun o'z mol-mulklari bilan 
javobgar edilar. Shu tariqa dastlabki aksionerlik jamiyatlari tashkil topgan. 
Savdo-sotiqning rivojlanishi, kompaniyalar qudratining oshishi oqibatida 
savdo monopoliyalari vujudga keldi. Bu hodisa ham yangi davrning muhim 
belgilaridan biri edi. 

Jahon savdosi. 

Gollandiya va Angliya jahon savdo-sotig'ining 
markazlariga aylandi. Dengiz osha savdo qilish ingliz savdogarlarini 
ham kompaniyalarga birlashishga majbur etgan. 
Angliyaga chetdan qalampir olib kelish huquqi faqat Ost-Indiya kom- 
paniyasiga berilgan. Kompaniya qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi 
boylikka ega bo'ldi. Natijada o'z aksiyadorlariga hatto 500% gacha miq- 
dorida dividend ham to'lay boshladi. Angliyaga paxta olib kelish huquqi 
esa Levantiy kompaniyasiga berilgan. Bu kompaniya ayni paytda O'rta 
Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini ham qo'lga kiritgan. 
Rossiya bilan savdo aloqasi olib borishga Moskva kompaniyasi haqli 
edi. Bankirlar, dallollar, qassoblar, pivo tayyorlovchilar va hatto eng 
mashhur dvoryanlargacha -- hamma qaysidir bir kompaniyaning aksiya- 
dori edilar. Hatto qirollar ham bundan mustasno emasdilar. Ayni paytda 
ular savdo kompaniyalari tashkil etilishiga qarshilik qilmaganlar. Chunki 
kompaniya tashkil etish uchun berilgan patent xazinaga juda katta 
miqdorda daromad keltirar edi. Bundan tashqari, savdo kompaniyalari 
o'zlariga uzoq mamlakatlarda Angliya manfaatlarini himoya qilish 
majburiyatini ham olar edilar. XVII asr boshlarida Angliya savdo 
kompaniyalari Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hin- 
distongacha bo'lgan juda katta hududni o'z ta'sirida tutgan. Hindiston va 
Amerikaga tobora ko'proq kirib borgan. 
Qisqa vaqt ichida Angliya savdosining hajmi ikki barobar ortgan. 

Manufaktura ishlab chiqarishi. 

Dengiz savdosining rivojlanishi, Yangi 
Dunyo aholisining ko'payib borishi va u yerdan Yevropaga oltin hamda 
kumushlarning ko'plab miqdorda tashib keltirilishi hunarmandchilik mah- 
sulotlariga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Ortib borayotgan talab yirikroq 
korxonalar qurishni zaruratga aylantirib qo'ydi. Bu esa yangi tipdagi korxona 
-- mehnat taqsimoti asosida faoliyat ko'rsatuvchi manufakturaning paydo 
bo'lishiga olib keldi. 
Manufakturalar uchun maxsus binolar qurilishi boshlandi. U yerda 
turli xil mutaxassislikdagi yollanma ishchilar mehnat qilardilar. Ularning 
har biri faqat bitta ishni bajarardi. Bu esa ishning tez va sifatli bajarilishini 
ta'min etardi. Bu yangilik, tabiiyki, mehnat unumdorligining ortishiga olib 
kelgan. Manufaktura ishlab chiqarishi mahsulot tannarxining 
arzonlashuviga ham sabab bo'ldi. 
XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarishi Angliya va Gollandiyada 
xo'jalikning asosiy shakliga aylandi. Fran- 
siyada esa rivojlanish bosqichiga kirdi. 

Qurolsozlikdagi ixtirolar. 

XVI--XVII 
asrlarda qurolsozlik sohasida ham muhim 
ixtirolar amalga oshirildi. 
Agar XVII asrgacha artilleriya qal'a devor- 
larini bemalol qulata olganligi tufayli shaharlar 
devor bilan emas, balki ulkan tuproq uyumlari 
bilan himoya qilina boshlangan edi. Chunki 
artilleriya yadrosi (artilleriya o'qi) tuproq 
uyumini yorib o'ta olmagan. 
Endi esa artilleriyaning yangi turi -- mortira ixtiro qilindi. U artilleriya- 
ning qisqa masofaga balandlatib o'q otadigan turi edi. Bu qurol tuproq 
uyumlarini ham qo'porib tashlash imkonini yaratdi. XVI asr o'rtalarida qo'lda 
o'q otadigan qurollar ixtiro qilishda ham katta yutuqlarga erishildi. Chunonchi, 
mushket deb ataluvchi miltiq ixtiro qilindi. 
XVII asrning birinchi yarimida miltiqqa qo'ndoq, to'pponcha, qo'l 
granatalari yasash boshlandi. Qurolsozlik sohasidagi ixtirolar ritsarlar 
mavqeiga putur yetkazdi. Endi ritsarlik jasurlik belgisi bo'lmay qoldi. 

Burjuaziya (fransuzcha --- shaharliklar) --- aholining 
savdo-sanoat, bank kabi sohalarida tadbirkorlik faoliyatini 
yuritish natijasida daromad topuvchi hamda ishlab 
chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanuvchi toifasi. 
Aksionerlik jamiyati -- daromad topish maqsadida 
hissadorlik qoidalari asosida uyushgan sherikchilik jamiyati. 
Dividend (lotincha -- taqsimlanadigan narsa) -- aksiya- 
dorlar jamiyati foydasining aksiya egasiga har yili berila- 
digan va uning daromadiga aylanadigan qismi. 
Savdo monopoliyasi -- savdo sohasida tanho hukmronlik 
qiluvchi tashkilotlar. 
Negosiant -- ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi savdogar. 
Bu atama ko'pincha chet ellar bilan savdo qiladigan 
savdogarlarga nisbatan ishlatilgan. 
Patent (lotincha -- ochiq, aniq-ravshan) -- 1) biror-bir 
ixtironing davlat tomonidan e'tirof etilgani va ixtirochining 
o'z ixtirosiga olgan huquqini tasdiqlovchi hujjat; 2) savdo 
yoki ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi hujjat. 