30- . Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik 
kurashi 

Mustaqillik uchun kurashning boshlanishi. 

Lotin Amerikasi 
mamlakatlari hamon Ispaniya mustamlakasi edilar. Ispaniya hukmron 
tabaqalari mustamlakachilik zulmini tobora kuchaytirganlar. Chu- 
nonchi, Ispaniyadan yuborilgan amaldorlar, generallar va boshqa zobitlar 
mustamlakalarda katta boylik jamg'ardilar. Ular kreollarga mensimay 
qaraganlar. 
Kreollar orasida pomeshchiklar, savdogarlar, monaxlar va ruhoniylar 
tabaqalari mavjud edi. Ispaniya amaldorlari kreollarni mustamlakalardagi 
oliy ma'muriy lavozimlarga yo'latmas, ular bilan takabburona muomala qilar 
edilar. Kreollar Ispaniya xazinasiga to'lanadigan og'ir soliqlardan, mustamla- 
kachi amaldorlarning beboshligidan va Ispaniya ma'murlarining mus
tamlakalarning boshqa davlatlar bilan savdosini taqiqlab qo'yganligidan 
aziyat chekkanlar. 
Mustamlakachilik zulmi qishloq xo'jaligi va savdo-sotiqni yanada 
rivojlantirish uchun asosiy to'siq bo'lib qoldi. Bu omillar Ispaniyaning 
mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik harakatini vujudga keltirib 
chiqardi. Bu harakatning asosiy maqsadi mustaqil davlat tuzish edi. 
Kreollardan chiqqan o'qimishli kishilar, pomeshchiklar, va ayniqsa, zobitlar 
orasida ozodlik g'oyalari keng tarqaldi. Mustamlakalarda burjuaziya hali 
zaif edi. Shu sababli kreol dvoryanlardan chiqqan inqilobchilar ozodlik 
harakatiga boshchilik qildilar. Ozodlik harakatining arboblari xalq 
ommasining -- hindular, metislar va mulatlardan chiqqan dehqonlar bilan 
hunarmandlarning, hatto Ispaniya hukmronligidan xalos bo'lish o'z 
qismatining yengillashuviga olib kelishiga umid bog'lagan qora tanli 
qullarning ham madadiga tayandi. 

Meksikada mustaqillik urushi. 

1810- yilda mustamlakalarda 
ommaviy qo'zg'olon boshlandi. Lotin Amerikasi xalqlari o'zining 
ozodlik kurashida ko'pgina ajoyib vatanparvarlarni yetishtirib berdi. 
Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari, kambag'al 
dehqonlar qo'zg'olonlarining yo'lboshchilari Migel Idalgo va Xose 
Morelosning nomlarini hozir ham hurmat bilan eslaydi. 
Qishloq ruhoniysi Idalgoni mahalliy aholi, ayniqsa, hindular sevar 
edi. U hindularning tillarini bilardi. 1810- yilda Idalgo dehqonlarning 
eng kambag'al tabaqalariga mansub bo'lgan hindular bilan mulatlarni 
mustaqillik uchun kurashga va o'zlaridan tortib olingan yerlarni 
qaytarib olishga chaqirdi. Qo'zg'olon ko'targan hindular va mulat- 
lardan butun bir qo'shin tuzildi. Idalgo quldorlarga o'zlarining hamma 
qullarini o'n kunlik muddatda ozod qilib yuborishni buyurdi va hindu 
jamoalari mustamlakachi ma'murlarga to'lab kelgan o'lponni bekor 
qildi.Biroq, Ispaniya qo'shini qo'zg'olonni bostirdi. Asir olingan Idalgo 
esa 1811- yilda otib o'ldirildi. Idalgoning eng yaqin safdoshi Morelos 
uning ishini davom ettirdi. Biroq Ispaniyaning muntazam qo'shini bu 
safar ham qo'zg'olonchilardan ustun keldi, Morelos esa otib tashlandi. 
Keyinchalik ozodlik harakatiga rahbarlikni badavlat pomeshchiklar 
qo'lga oldilar. Meksikadagi mustaqillik uchun kurash davom etdi. 
Nihoyat, 1821- yilda Meksika mustaqillikka erishdi. Qullik bekor 
qilindi. 1824- yilda esa Meksika respublika deb e'lon qilindi. 

Venesuela mustaqilligi. 

Venesuelada 
mustaqillik urushiga Simon Bolivar rahbarlik qildi. 
U Janubiy Amerika xalqlarining eng mashhur 
qahramoni bo'lib qoldi. Bolivar venesuelalik 
badavlat kreol -- pomeshchik va savdogar 
oilasida tug'ildi. Juda yaxshi ilm olgan Bolivar 
Yevropa bo'ylab safar qildi. Ispaniya mening 
mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab 
tashlamagunimcha xotirjam bo'lmayman -- derdi 
u. Bolivar Venesuela ozodlik qo'shinini tuzdi. U 
ispan qo'shinlariga qarshi olib borgan muvaffa- 
qiyatli janglari uchun general unvoni va Xaloskor degan faxriy nom oldi. 
Bolivar faqat zamindor kreollargagina tayanib qolmay, qora tanlilar bilan 
hindularni ham kurashga otlantirdi. Qullik bekor etilganini e'lon qildi va shu 
tariqa qora tanli qullarning bir qismini o'z qo'shiniga jalb etdi. Hindu deh- 
qonlarga esa urush tamom bo'lishi bilanoq ular o'z yerlariga ega bo'lishiga 
va'da berdi. 
Bolivar Yevropaning ilg'or jamoatchiligiga murojaat etib yordam 
so'raganida, uning da'vatiga ko'plab ko'ngillilar javob berib, asoratga 
soluvchi mustamlakachilarga qarshi kurashayotgan Lotin Amerikasi 
xalqlariga yordam berishga qaror qildilar. Irlandiyaliklar, inglizlar, 
nemislar, italyanlar, polyaklar, ruslar Venesuelaga keldilar. 
1811- yilda Venesuela mustaqil deb e'lon qilindi. Bolivar 
Venesueladan And tog'ining qorli cho'qqilari orqali o'tib, Yangi 
Granadaning Ispaniyadan ozod bo'lishiga yordam berishga qaror qildi. 
Mashaqqatli And tog'i yo'llaridan mardonavor o'tildi. Bolivar qo'- 
mondonligidagi qo'shin ispan qo'shinlari ustidan g'alaba qozondi. 
1819- yilda Yangi Granada Venesuela bilan birlashdi. Birlashgan davlatga 
X. Kolumb sharafiga Buyuk Kolumbiya deb nom berildi. Bolivar Buyuk 
Kolumbiya Prezidenti lavozimini egalladi. Bolivar hindularga 
solinadigan o'lponni bekor qildi. Yirik pomeshchiklarning yerlarini 
musodara qilish to'g'risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Ammo bu 
tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib, amalga oshmay qoldi. 
Bolivar Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalari 
konfederatsiyasini tuzishni orzu qilar edi. Inqilobning eng qiyin, hal 
qiluvchi davrida Bolivar xalq bilan birga bo'ldi va unga fidokorona 
xizmat qildi. Shuning uchun ham u yirik pomeshchiklarga yoqmadi. 
Ular Bolivarni jismonan yo'q qilishga qaror qildilar. Oxir-oqibatda u 
1830- yilda iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. U afsus bilan bunday 
deb yozgan edi: Inqilobga xizmat qilish -- bu dengizni shudgor qilish 
bilan barobardir. Lotin Amerikasi xalqlari shu paytga qadar atoqli 
qahramon -- Amerikadagi mustamlakalarning xaloskori Bolivarni hur- 
mat bilan eslaydilar. 

Mustaqillik yo'lidagi urushlarning tugashi. 

Argentinada mustaqillik 
uchun qurolli kurash 1810- yilda boshlandi. Kurash boshlangan 25- may 
kuni Argentina xalqining milliy bayram kuni bo'lib qoldi. Argentinani Xose 
San-Martin qo'mondonligidagi inqilobiy qo'shin ozod qildi. So'ngra uning 
qo'shini Chili bilan Peruning ozod bo'lishiga yordam berdi. 
1822- yilda Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e'lon qilindi. 
Ispaniya mustamlakachiligiga qarshi o'z mustaqilligi uchun kura- 
shayotgan Yuqori Peru vatanparvarlari qo'shini 1824- yilning 
dekabrida Bolivarning safdoshi general Sukre boshchiligida ispan 
qo'shini tor-mor etdi. Yuqori 1825- yilda Peru Ispaniya zulmidan uzil- 
kesil ozod bo'ldi. 
Yuqori Peru S. Bolivar sharafiga Boliviya deb ataldi. 1826- yilda 
Argentina, 1830- yilda Urugvay, 1869- yilda esa Kuba mustaqil 
Respublika deb e'lon qilindi. Lotin Amerikasidagi mustaqillik uchun 
urushlar yakunida Ispaniya zulmi ag'darib tashlandi va bir qancha yangi 
mustaqil milliy davlatlar barpo etildi. 
Braziliyadan tashqari ularning hammasida respublika tuzumi 
o'rnatildi. Lotin Amerikasidagi mustaqillik uchun urushlar mus- 
tamlakachilikka qarshi milliy ozodlik urushi hamda burjua inqiloblari 
ham edi. Bu inqiloblarda yerli aholi Ispaniya bilan Portugaliyaning 
mustamlakachilik zulmidan ozod bo'ldi. 


Kreollar -- Lotin Amerikasiga dastlab ko'chib kelgan ispan 
va portugallarning avlodlari. 
Lotin Amerikasi -- bu, aholisinihg ko'pchiligi so'zlasha- 
digan til lotin tili negizida tashkil topgan Janubi Amerikaga 
nisbatan ishlatiladigan atama. 
Metis -- Amerikada oq tanli aholiga mansub kishi bilan 
hindular o'rtasidagi nikohdan tug'ilgan avlod. 
Mulat -- oq tanli va qora tanli kishilar o'rtasidagi nikohdan 
tug'ilgan avlod. 