33- . XIX asrning 70- yillarigacha bo'lgan 
davrda Yaponiya 

Yaponiyaning kuch bilan ochilishi. 

XVI asrdayoq 
Yaponiyada xristian dinining tarqalishi taqiqlangan edi. Hukmdorlar 
xristian dini yapon xalqi milliy an'analarini buzuvchi, xristian 
missionerlarini bosqinchilarning dastlabki guruhi deb hisoblaganlar. Shu 
tufayli XVII asrda Yaponiya hukmdorlari mamlakatni chet elliklar uchun 
yopib qo'ydilar va mamlakatdagi barcha yevropaliklarni quvib 
yubordilar. 
Syogun farmonida bunday deyilgan edi: Shu davrdan boshlab 
Yaponiyaga chet ellardan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi. Hatto 
o'lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim. 
Shu tariqa yillar ketidan yillar o'taverdi. Va nihoyat, 1854- yilda AQSH 
harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. Shu yili AQSH bilan 
Yaponiya o'rtasida Tinchlik va do'stlik to'g'risida shartnoma imzolandi. 
Unga ko'ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini 
qabul qildi. 
AQSHdan so'ng Yevropa davlatlari ham birin-ketin kirib kela 
boshladilar. Ularning maqsadlari Yaponiya bozorlarini egallash edi. 
1858- yilda amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo'yildi. 
AQSH fuqarolariga Yaponiyada eksterritoriallik huquqi berildi. Ayni 
paytda AQSH tovarlariga juda past boj to'lovlari belgilandi. Tez orada 
xuddi shu mazmundagi shartnomalar Yevropa davlatlari bilan ham 
imzolandi. Aslida bu shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi noteng 
shartnomalar edi. Harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon bermaslikning 
iloji yo'q edi. 
Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy yopiqligi davri tugadi. 

Ma'rifatli boshqaruv davrining boshlanishi. 

Chet el davlatlari 
uchun ochilish Yaponiya iqtisodiga ham salbiy ta'sir ko'rsata boshladi. 
Chunki Yaponiya bozorlarining chet el tovarlari bilan to'ldirib tashlanishi 
Yaponiya manufaktura va hunarmandchilik ishlab chiqarishiga katta 
zarba berdi. Natijada mamlakatda chet elliklarni quvib chiqarishni talab 
qiluvchilar harakati kuchaydi. Ayni paytda samuraylarning savodxon 
qismi va ziyolilar Yaponiya chet elliklar uchun yopiq yillarda mamlakat 
taraqqiyoti AQSH va G'arbiy Yevropa davlatlaridan orqada qolganligini 
achinish bilan qayd etardilar. 
Shuning uchun ular chuqur islohotlar o'tkazish yo'li bilan Yaponiyani 
zamonaviy davlatga aylantirish haqida o'ylay boshladilar. 
Imperator tarafdorlari Yaponiyani modernizatsiya qilish uchun 
kurashuvchilar harakatidan syogun hokimiyatini tugatish va imperator 
hokimiyatini qayta tiklash uchun foydalanishga qaror qildilar. 
Shu tariqa mamlakatning kuch bilan ochilishi va syogun huku- 
matining chet davlatlar bilan imzolagan noteng shartnomalari 
mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga turtki bo'ldi. Syogun 
hokimiyatini ag'darish uchun ommaviy harakatning asosiy kuchini 
samuraylar tashkil etdi. Ularga qishloq va shaharlarning boy hamda 
o'rta tabaqalari qo'shilishdi. Fuqarolar urushi natijasida syogun hoki- 
miyati ag'darildi. 
1867- yilda Tokugava sulolasining oxirgi syoguni imperator Musuxito 
foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi 
(ma'rifatli boshqaruv) nomi bilan toj kiydirildi. 

Meydzi islohotlarining boshlanishi. 

Yaponiya uchun moder- 
nizatsiya davri boshlandi. Hukumat o'z oldiga milliy an'analardan voz 
kechmagan, mustaqillikni to'la saqlab qolgan holatda g'arb namunasida 
Yaponiyani zamonaviylashtirish vazifasini qo'ydi. Dastlab agrar islohot 
o'tkazildi. Bu islohot yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka 
aylantirishga ruxsat berdi. Natijada asrlar davomida katta yer egalari 
uchun mehnat qilib kelgan dehqonlar chek yerga ega bo'ldilar. To'g'ri, 
yer uchun katta soliq ham belgilab qo'yildi. 
Bu soliq qiymati hosildan olinadigan daromad hajmining 50 foiziga 
teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o'tgach, yer olgan 
dehqonlarning atigi 1/3 qismi o'zlariga berilgan yerni qo'llarida saqlab 
qola oldilar. Qolganlari esa ijarachilarga aylandilar. Shunday bo'lishiga 
qaramay, islohot qishloq xo'jaligida kapitalizmning rivojlanishini 
ta'minladi. Ma'muriy sohada o'tkazilgan islohot mahalliy knyazlar 
hokimiyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab 
yerlarining bir qismi musodara qilindi. So'ng ular boshqaruv huquqi- 
dan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat imperator tayinlaydigan 
gubernatorlar qo'liga o'tdi. 
Harbiy islohotga ko'ra, Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat joriy 
etildi. Samuraylar avvalgi qiyofasini yo'qotdi. Endi ular doimiy harbiy 
xizmatda bo'lish imtiyozidan mahrum bo'ldilar. Yevropacha nusxadagi 
yangi qo'shinning shakllantirilishi belgilandi. 
Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo'shin Yevropadan 
sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Garchand 
qo'shin yevropacha andoza asosida tuzilgan bo'lsa-da, uning mafkurasi 
yaponcha bo'lib qolaverdi. Chunonchi, qurolli kuchlarda xizmat 
qiluvchilar ongiga o'z davlatining manfaatlariga sodiqlik, imperatorga 
muhabbat va o'limni nazar-pisand qilmaslik g'oyalari toqat bilan 
singdirildi. Bu xususiyatlar yaponcha milliy ruhning qirralari, belgilari 
deb hisoblandi. 
Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh xudosi 
Amiterasu xohishiga ko'ra paydo bo'lganligi, shuning uchun ham 
bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjud ekanligi, imperatorga 
xudo Ameterasudek mehribonlik xos ekanligi, uning hech qachon 
nohaq bo'lishi mumkin emasligi, imperatorga sodiqlik vatanpar- 
varlikning oliy namunasi ekanligi, yaponlarning boshqalardan ustun- 
ligi, millatning ulug' vazifasi kabi g'oyalar ham undan-da kam 
bo'lmagan toqat bilan singdirila borildi. Ayni paytda G'arb davlatlari 
siquviga qarshi turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya 
imperatori hokimiyati ostiga birlashmoqligining lozimligi haqida 
g'oyalar ham esdan chiqarilmadi. Bu g'oyalarni yoshlar ongiga 
singdirishda ibodatxona, qo'shin va maktablarga katta e'tibor berildi. 
Bu g'oyalar kelgusida Yaponiyaning Osiyo qit'asida olib borgan keng 
ko'lamli bosqinchilik urushlarini mafkuraviy jihatdan tayyorlash 
jarayonida muhim rol o'ynadi. 

Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari. 

Meydzi islohotlari 
mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo'ydi. Natijada yagona yapon 
ichki bozori vujudga keldi. Mamlakatda yagona pul birligi -- iyen joriy 
etildi. Hukumat ishlab chiqarishni industrlashtirish masalasiga chet 
davlatlarning Yaponiya ichki ishlariga aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi 
asosiy omil deb qaradi. Shuning uchun ham davlat sanoat korxonalari 
qurilishlariga homiylik qildi. Asosiy sanoat korxonalari davlat mablag'i 
hisobiga qurildi, keyinchalik ular imtiyozli asoslarda turli firmalarga sotildi 
yoki ijaraga berildi. Davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag'batlantirdi 
va qo'llab-quvvatladi. Meydzi islohotlari tarixga Meydzi inqilobi nomi 
bilan kirgan. 
Modernizatsiya -- zamonaviylashtirish. 
Eksterritorial huquq -- chet el fuqarolari shaxsining va uy- 
joyi, mol-mulki daxlsizligi hamda mahalliy davlat sudining 
ularni sud qila olmasligi. 
