VI BOB. IJTIMOIY HARAKATLAR 

38- . Yevropada XIX asrning 70- yillarigacha 
bo'lgan davrda ijtimoiy harakatlar 

G'arbiy Yevropada ijtimoiy harakat. 

Ijtimoiy harakat 
deyilganda, jamiyatning mehnatkash aholisi katta qismining ehtiyojlari 
va manfaatlari yo'lida ixtiyoriy ravishda xizmat qilish tushuniladi. 
Bunday harakat barcha zamonlarda mavjud bo'lgan. Ular bir-biridan 
mazmun va maqsadiga ko'ra farq qilgan. Ana shunday harakatlardan biri 
sotsialistik harakat edi. Bu harakat tarafdorlari sotsialistlar, ular orzu qilgan 
va kurashgan kishilik jamiyati esa sotsializm yoki sotsialistik jamiyat deb 
atalgan. 

Sotsialistlar jamiyatdagi xususiy mulkni umumxalq mulkiga 
aylantirish orqali kishilarga erkinlik, tenglik, farovonlik va 
baxt-saodat beradigan jamiyatni sotsialistik jamiyat deb 
hisoblaganlar. Sotsializm atamasi XIX asrning 30- yillarida 
Fransiyada paydo bo'lgan. 

Sotsialistik jamiyat tarafdorlari xususiy mulksiz jamiyatni adolatli 
jamiyat deb ham hisoblaganlar. Xo'sh, sotsialistik jamiyat haqidagi 
ta'limot qanday vujudga kelgan? Siz o'qib-o'rgangan tarix dars- 
liklaringizda mehnatkash xalqning ahvoli og'ir kechganligini, ularning 
xor-zorlikda yashaganliklarini bilib oldingiz. Dastlab Yevropada tarkib 
topgan kapitalizm jamiyati ham bundan xoli bo'lmagan. Binobarin, 
insoniyat bugungi to'kin-sochin hayotga osonlikcha erishgan emas. 
Fabrika, zavod, shaxta va ruda konlarida kunlik ish vaqti 12--15 
soatni tashkil etgan. Ularning egalari -- kapitalistlar ishchilarni eks- 
pluatatsiya qilishni tobora kuchaytirganlar. Ishchilarga juda kam ish 
haqi to'laganlar. Xotin-qizlar va hatto yosh bolalarning mehnatidan 
ham keng foydalanganlar. Ish haqini esa katta yoshdagi erkak ish- 
chilarga nisbatan juda kam to'laganlar. Mehnatni muhofaza qilish 
choralari ko'rilmagan. Natijada ishchilarning ishlab chiqarish 
jarayonida mayib-majruh bo'lib qolish holatlari borgan sari ko'payib 
borgan. Buning ustiga, fabrika ishlab chiqarishining o'sishi bilan 
hunarmandlar xonavayron bo'lganlar. Ishsizlik kuchaygan, ishchilarning 
ahvoli tobora yomonlashgan. Iqtisodiy inqiroz yillarida esa ishchilar 
va hunarmandlarning qashshoqligi yanada kuchaygan. Bu hodisalar 
ilg'or kishilarni xususiy mulkdan, yollanma mehnatga asoslangan ishlab 
chiqarishdan va uni vujudga keltirgan jamiyatdan hafsalalarini pir 
qilgan. Mehnatkash xalqning og'ir ahvoli ularni tashvishlantirgan, 
qayg'uga solgan va adolatli jamiyat haqida o'ylashga majbur etgan. 
O'zlari adolatli deb hisoblagan jamiyatning belgilari va unga erishish 
yo'llari haqidagi qarashlarini ilgari surganlar. 
Yevropada bunday g'oyalarni ilgari surgan kishilar utopik sotsialistlar 
deb, ularning ta'limoti esa utopik sotsializm deb atalgan. 

Utopik sotsializm. 

Utopik sotsializmning G'arbiy Yevropadagi 
yirik vakillari fransiyalik Sen-Simon, Sharl Furye va buyuk 
britaniyalik Robert Ouenlar edi. Ular o'zlari yashayotgan jamiyatning 
illatlarini va adolatsizligini ayovsiz tanqid qildilar. Utopik sotsialistlar 
badavlat tabaqalarning hokimiyatini, ularning shafqatsizligini va 
ochko'zligini hamda bosqinchilik urushlarini qoraladilar. Hukmron 
tabaqalarni xususiy mulkchilik o'rniga umumiy mulkchilikni joriy 
etishga, jamiyat boyliklarini adolatli taqsimlashga, bosqinchilik 
urushlariga chek qo'yishga va shular orqali mehnatkash xalqning 
kulfatlariga barham berishga da'vat etdilar. Mulkdor hukmron 
tabaqalar mehnatkashlarga jabr-zulm o'tkazish axloq va adolatdan 
emas, deb nasihat qildilar. 
Sh. Furye mavjud adolatsiz jamiyat o'rniga mehnat jamoalariga 
asoslangan jamiyat qurishni taklif etdi. 
U bunday jamoani falanga deb atadi. 
Falangada mehnatga yaroqli barcha 
kishilar mehnat qilishlari shart edi. Ular 
birgalikda sanoat va qishloq xo'jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarishlari hamda 
umumiy uyda yashashlari zarur edi. 
Shunday qilingandagina mehnat qu- 
vonch va zavq manbaiga aylanardi. 
R. Ouen esa katta mulkdor bo'l- 
ganligi uchun o'z fabrikasida ishlayot- 
gan ishchilarning ish vaqtini qisqartirdi, 
ularga yaxshi mehnat sharoiti yaratib 
berdi hamda yaxshi ish haqi to'ladi. 
Ishchilarning bolalari uchun yasli va 
33- rasm. R. Ouen. 
bog'chalar ochdi. Keksalarga esa pensiya tayinladi. U boshqa 
mulkdorlar ham mendan namuna oladi, deb o'ylagan edi. Biroq uning 
o'ylari puch bo'lib chiqdi. Sen-Simon, Sh. Furye va R. Ouenlar orzu 
qilgan adolatli jamiyatni ular taklif etgan yo'l, ya'ni mulkdor tabaqalarni 
insofga chaqirish yo'li bilan qurib bo'lmas edi. Shuning uchun ham ularni 
utopistlar, ya'ni xayolparastlar, ular orzu qilgan adolatli jamiyat esa utopik 
(xayoliy) sotsializm deb atalgan. 

Germaniya utopik sotsialistlari. 

Germaniya utopik sotsializmi- 
ning namoyandalari Karl Marks va Fridrix Engelslar edi. O'z o'tmish- 
doshlaridan farqli o'laroq, ular kapitalizmni kuch bilan ag'darib tashlash 
g'oyasini ilgari surganlar. Bu vazifani kapitalistik korxonalarda yollanib 
ishlayotgan proletariat -- ishchilar sinfi bajarishi kerak edi. K. Marks 
va F. Engels ta'limoti o'z o'tmishdoshlari ta'limotidan qanchalik farq 
qilmasin, baribir u ham utopik ta'limot edi. Chunki xususiy mulksiz 
biror-bir aqlga mos keluvchi jamiyatning yashashi mumkin emasligini 
hatto Siz guvoh bo'lib turgan hozirgi XXI asr voqeligi ham tasdiqlab 
turibdi. 

Rossiyada ijtimoiy harakat. 

Rossiya imperiyasidagi ijtimoiy 
harakatning yetakchi arboblari V. Belinskiy va A. Gersenlar edi. Ular 
XIX asrning 40--50- yillarida ijod qildilar. V. Belinskiy podsho 
hokimiyati va krepostnoylikni tugatish lozim, deb hisobladi. Jamiyatga 
aql-idrokka va adolatga mos keluvchi qonunlar kerakligi to'g'risidagi 
g'oyalarni ilgari surdi. Podsholik hokimiyatiga va krepostnoylikka 
qarshi kurash xalq orasida ma'rifat tarqatishdan boshlanishi kerak, 
deb hisobladi. 
A. Gersen ham barcha mehnat qiladigan jamiyatning tarafdori 
bo'lgan. Uning fikricha, Rossiyadagi dehqonlar jamoasi sotsializmning 
asosi bo'lishi lozim edi. Dehqonlarga ajratib berilgan yer o'sha qishloq 
jami aholisining mulki hisoblanardi. Bu yer vaqti-vaqti bilan dehqon 
xonadonlari o'rtasida oiladagi erkaklar soniga qarab qayta taq- 
simlanishi, o'rmon, yaylov va suv jamoaning umumiy mulki bo'lishi 
lozim edi. 

Utopiya (yunoncha -- xayoliy, yo'q joy) -- XVI asrda 
Angliyada yashab ijod qilgan Tomas Mor yozgan Utopiya 
kitobining nomidan olingan. T. Mor xususiy mulkchilik 
bo'lmagan orol haqida yozgan va uni utopiya deb atagan. 