40- . Adabiyot va san'at 

Adabiyot. 

Bu davrning ko'zga ko'ringan ma'rifatchi yozuv- 
chilaridan biri Daniel Defo (1660--1731) edi. Uning Robinzon 
Kruzoning hayoti va g'aroyib sarguzashtlari asari hamon sevib 
o'qiladi. Shotlandiyalik dengizchi A. Selkrikning kimsasiz oroldagi 4 oyga 
yaqin sarguzashtlari yozuvchining qalamida 28 yillik g'aroyib sarguzasht 
bayoniga aylangan. 
D. Defoning qahramoni Robinzon Kruzo ishbilarmon, mehnatsevar, o'z 
kuchiga ishonuvchi inson. 
Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik bilan uy quradi, idish-tovoq 
tayyorlaydi. Mebel yasaydi, hayvonlarni o'ziga o'rgatadi va ularni 
ko'paytiradi. Robinzon boshqalarni ham ishlashga majbur qila oladi. 
Bunga o'limdan qutqarib qolingan yovvoyi Jumavoy obrazi misoldir. 
Robinzon uni o'ziga xizmatkor qilib oladi. Robinzon -- yangi shaklla- 
nayotgan qatlam -- burjuaziya vakili obrazidir. Unda uchinchi tabaqa 
vakilining uddaburonligi va sog'lom fikri aks etgan. Asar mehnat, aniq 
insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo'lib qoldi. 
Bu davrning yana bir mashhur yozuvchisi J. Svift (1667--1745) 
edi. 1726- yilda uning Sizga ma'lum Gulliverning sayohati nomli 
romani bosmadan chiqdi. Romanda liliputlar mamlakatini Olamning 
quvonchi va dahshati deb ataluvchi ushoqdekkina bir maxluq 
boshqaradi. 
Liliput -- aslida ingliz cheklangan 
(konstitutsiyaviy) monarxiyaning, 
Olamning quvonchi va dahshati esa 
ingliz qirolining karikaturasi edi. 
Asardagi Ulkanlar mamlakatining 
ma'rifatli monarxi esa dono, saxiy. U 
olim, urushni qoralovchi, san'atni 
sevuvchi, ilm-fanga homiylik qiluvchi, 
ayni paytda, aqlli tartib o'rnatishga 
harakat qiluvchi hamdir. 
Fransuz yozuvchisi P. Bomar- 
she (1732--1799) ma'rifat asrining 
so'nmas vakillaridan biri edi. U 
mashhur Figaroning uylanishi 
komediyasining muallifidir. Asar 
qahramoni Figaro chaqqon, yoqimtoy va hazilkash xizmatkor. U 
dunyo zo'rlarining kirdikorlarini masxara qilib hazillashadi. 
Jahldorlardan qo'rqmaydi. Qashshoq bo'lsa-da, o'zining insoniy 
qadrini sotmaydi. 
Komediya Parij teatrlarida katta shuhrat qozondi. Figaroning mavjud 
tuzum kirdikorlarini fosh qiluvchi o'tkir so'zlari hech kimni befarq 
qoldirmagan. Hatto, qirol Lyudovik XVI bu asar haqida g'azab bilan: 
Buni sahnada qo'yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!, deb xitob 
qilgan edi. Bu go'yo bir bashorat edi. Chunki bu xitoblardan bir necha 
yil o'tgach qirolning bu mahbuslar zindoni -- Bastiliya inqilob natijasida 
qulaganligiga tarix guvoh. 
Yana bir ajoyib yozuvchi F. Shiller (1759--1805) Germaniyada ijod 
qildi. Bu davrda Germaniya 300 ga yaqin mayda-mayda knyazliklarga 
bo'linib ketgan edi. U yozgan pyesalar nemis xalqi uchun o'ziga xos 
ma'rifat alifbosi vazifasini o'tadi. Teatr o'rindiqlarini to'ldirib o'tirgan 
tomoshabinlar yoqib qolgan qahramonlari bilan birga zulmdan ozod 
bo'lishni orzu qilganlar. Tomoshabinlar obro'li, aslzodalarning, aslida esa 
muttahamlarning ayyorligidan g'azablanganlar. Oshiq qalblarning halokatiga 
esa achchiq-achchiq yig'laganlar. 
Asar qahramonlaridan biri Karl Moor o'zi yashayotgan dunyoning 
bezagi va pastkashligiga qarshi urush e'lon qilib bunday deydi: Menga 
xuddi o'zimdek bir necha shoir kishilarni beringlar va Germaniya 
35- rasm. D. Defo. Respublika bo'ladi. U insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida 
himoya qilgan: 

Inson qahrliroq siz o'ylagandan, 
Asrlik uyquning yo'lin buzib u 
O'zining huquqini so'rar qaytadan. 

Bu davrda yana bir mashhur nemis shoiri I. Gyote (1749--1832) 
yashadi va ijod qildi. U o'zining Faust deb ataluvchi mashhur asarini 
avlodlarga meros qilib qoldirdi. Faust jahon adabiyotidagi shoh asarlardan 
hisoblanadi. Shoir bu falsafiy asarni 60 yil davomida yaratdi. Asar inson 
kurashining buyukligini tasdiqlaydi va ma'rifat asrini yakunlaydi. 
Keksayib qolgan Faust mangu haqiqatni anglashga yetib keladi va 
bunday deydi: 

Faqat shu munosib hayot va erkka, 
Kim har kun ular-chun kurashga kirsa. 


Onore de Balzak. XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan 
yozuvchilardan biri fransiyalik Onore de Balzak (1799--1850) edi. 
U burjuaziya jamiyatini haqqoniy tasvirlashda beqiyos yozuvchi 
bo'lgan. Balzak o'z asarlarini Insoniy komediya degan umumiy nom 
ostida yaratdi. 
Uning maqsadi badiiy obrazlar orqali jamiyatning ma'naviy qiyofasini 
ochib berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning tipik vakillarini 
ko'rsatishdan iborat edi. 
Balzak romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga o'z boyliklarini 
ko'paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm va shafqatsiz sud- 
xo'rlar, o'z hayotini behuda o'tkazayotgan mansabparast va shuhrat- 
parast kishilar -- o'z maqsadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan 
kishilardir. Balzak asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o'ziga xos 
aybnoma edi. 
Aleksandr Sergeyevich Pushkin. XIX asrning yana bir yirik 
ijodkori, rossiyalik A.S. Pushkin (1799--1837) edi. U Moskva shahrida 
tug'ildi. Peterburg litseyida o'qib ta'lim oldi. 
Pushkin rus adabiy tilining shakllanishiga ulkan hissa qo'shgan yozuvchi 
va shoir. U Rossiyada krepostnoylik zulmi kuchaygan, erkin fikrli kishilarni 
ta'qib etish avj olgan davrda yashadi. A. S. Pushkin podshoning mustabid 
hokimiyatini ag'darish uchun kurashgan dekabristlarga xayrixohlik bildirdi. 
O'z she'rlarida zulm va krepostnoylikni qoraladi. Bu esa podsho va hukmron 
tabaqalarda norozilik uyg'otdi. Shu tufayli u bir necha marta surgun qilindi. 
Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati 
yangi-yangi qirralar kasb etib borgan sari uning atrofidagi qora kuchlar 
bir-birlari bilan birlasha va faollasha boshladilar. 
Ular turli ig'volar tarqatib, oxir-oqibatda u bilan Fransiya elchisining 
o'g'li J. Dantes o'rtasida duel uyushtirishga erishdilar. Ulug' shoir duelda 
halok bo'ldi. 

Yevropaning mashhur musiqachilari. 

Bu davrning mashhur 
musiqachilari: nemis kompozitorlari I. Bax (1685--1750), V. Motsart 
(1756--1791) va L. Betxoven (1770--1828)lar edi. Baxning xor, solistlar 
va orkestr uchun yozgan ulkan asari Matveyning uqubatlari deb ataladi. 
Unda Isoning shogirdi Matvey hikoya qilib bergan Isoning uqubatlari 
tarannum etilgan. Injildagi rivoyat asosida Bax odamlarni qutqarish uchun 
o'zini qurbon qilgan qahramon dramasini bayon etgan. 
V. Motsartni zamondoshlari XVIII asrning haqiqiy mo'jizasi deb 
atashgan. Haqiqatan ham shunday. Chunonchi, u 3 yoshidan boshlab musiqa 
o'rgana boshlagan. 5 yoshida o'zining birinchi konsertini yozgan. 12 yoshida 
yozgan operasi Milan (Italiya) teatrida qo'yilgan. 14 yoshida esa Italiyadagi 
eng obro'li musiqa akademiyasining a'zosi etib saylangan. 
1786- yilda yuqorida nomi qayd etilgan Bomarshening Figaroning 
uylanishi komediyasiga bastalangan 
opera qo'shiqlari va musiqasi mashhur 
bo'lib ketdi. Uning so'nggi asari Rek- 
viyem (Sokinlik) edi. U cherkovlarda 
marhumning xotirasiga bag'ishlab ijro 
etiladigan hayot va o'lim, inson qismati 
haqidagi asardir. 
Betxoven ayanchli hayot kechirdi. 
U eshitish qobiliyatini deyarli yo'qotgan 
edi. Shunday bo'lsa-da, kompozitor 
taslim bo'lmadi. U mashaqqatli ijod 
yo'lida o'zi bilan o'zi kurash olib bordi. 
Natijida Betxoven barchani hayratga 
soladigan musiqalar yaratdi. 
36- rasm. V. A. Motsart. 
Ular ichida Fantaziya yo'lida sonata va Qahramonnoma simfoniyasi 
kabi asarlari, ayniqsa, mashhurdir. Simfoniya markazida bo'ysunmas, 
isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, 
qo'rqmas inson obrazi turadi. 

