6- . Fransiyada mutlaq monarxiya 

Fransiya mutlaq monarxiyasining o'ziga xos xususiyatlari. 

XVI--XVIII asrlarda Fransiyada mavjud bo'lgan 
siyosiy hokimiyatning mazmuni quyidagi iborada o'z ifodasini 
topgan edi: Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo'lib tug'ilgan 
o'ylab o'tirmasdan bo'ysunmog'i lozim. Fransiyada mutlaq monarxiya 
qaror topishi bilan General shtatlar o'zining avvalgi ahamiyatini 
yo'qotdi. 
rasm. Lyudovik XIV. 
Qirollarning o'ziga qolsa, vakillik 
organlarini butunlay yo'q qilardilar. Biroq 
buning iloji yo'qligi uchun ularning 
mamlakat siyosiy hayotiga ta'sirini kamay- 
tirishga urinar edilar. Bunga erishganlar 
ham.Angliya parlamentidan farqli o'laroq, 
Fansiyada General shtatlar doimiy faoli- 
yat ko'rsatuvchi davlat organiga aylana 
olmadi. Keyinchalik u juda kamdan kam 
holatlarda, faqat kuchli zarurat tug'il- 
ganidagina chaqiriladigan bo'ldi. 
1614- yildan boshlab butun XVII 
asr davomida esa biror marta ham cha- 
qirilmadi. Bu hodisa Fransiyada qirol 
hokimiyati Angliya qiroli hokimiyatidan ham kuchliroq bo'lganligini 
ko'rsatar edi. Qirol ayni paytda hukumat boshlig'i ham edi. Uning 
huzurida hukumat kengashi tashkil etilgan. Kengash a'zolari qirol tomo- 
nidan tayinlangan. Ichki va tashqi siyosatga doir barcha masalalarni 
shaxsan o'zi hal etgan. Shu tariqa butun mamlakatda qirolning shaxsiy 
hukmronligi o'rnatilgan. Shunday bo'lsa-da, parlament butunlay tugatil- 
magan. Fransiya viloyatlarida ham parlament mavjud edi. Mamlakat 
fuqarolariga bu parlamentlarga viloyatlar sudlari ustidan shikoyat qilish 
huquqi berilgan. Ayniqsa, Parij parlamenti katta ta'sirga ega bo'lgan. 
Uning vakolati mamlakat hududining 1/3 qismida amal qilgan. Parij 
parlamenti taxt vorisi yosh bo'lsa, regent tayinlash huquqiga ham ega 
bo'lgan. 
Qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qirol shaxsini ilohiy deb 
hisoblovchi tushuncha tashkil etgan. Fransiya qiroli Lyudovik XIV bekorga 
Davlat -- bu men! demagan edi. Qirol qarorgohidagi bog'larga 
o'rnatilgan haykallar ham uning buyukligini eslatib turishi lozim bo'lgan. 
Hatto Yupiter haykali Lyudovik XIV ning yuziga o'xshatib ishlangan. 

Fransiyada protestantlikning tarqalishi. 

Fransiya qirolligida har 
ikki cherkov ham faoliyat ko'rsata boshladi. 
XVI asr boshlarida M. Lyuter ta'limotiga mos g'oya tarqaldi. Mam- 
lakatda Injilning fransuzcha tarjimalari paydo bo'ldi. Ibodatxo- 
nalarda duolar ona tilida o'qila boshlandi. Shu tariqa, vaqtlar o'tishi 
bilan Fransiya ikki dushman lagerga -- katoliklar va protestantlar 
lageriga bo'linib qoldi. Fransiyada protestantlar gugenotlar deb atalgan. 
Mamlakat shimoli va qirol xonadoni katoliklar tomonida, Janubiy 
Fransiya esa gugenotlarniki bo'lib qoldi. Gugenotlar hammani o'z dinlariga 
tortishga intildilar. Ular bosmaxonalar tashkil etib, varaqalar chop etdilar 
va uni butun mamlakat bo'ylab tarqata boshladilar. Reformatsiya 
Fransiyaga shu tariqa kirib keldi. 

Diniy urushning yuz berishi. 

Katolik cherkovi protestantlikning 
tarqalishini dushmanlik bilan qarshi oldi. 1562- yilda qirolning qarindoshi, 
katoliklar rahnamosi gersog Giz o'zining ko'p sonli qo'riqchilari bilan 
Vassida protestant gimnini ijro etayotgan protestantlarga hujum qildi. 
Oqibatda 20 dan ortiq protestant o'ldirildi, 100 dan ortig'i esa yarador 
qilindi. Bu voqea Fransiyada 36 yil davom etgan diniy urushning 
boshlanishiga turtki bo'ldi. 
Bu diniy urush mamlakat boshiga katta kulfat keltirdi. Mamlakatda 
yovuzlik, jaholat kuchaydi. 
Gugenotlarga juda katta talafot yetkazildi. Shunday bo'lsa-da, 
gugenotlar qirolni yon berishga majbur etdilar. Urushning oldini olish 
uchun qirol Karl IX gugenotlar yetakchisi Genrix Burbonga o'z singlisi 
Margaritani turmushga berishga qaror qildi. To'y marosimi 1572- yilning 
avgustiga belgilandi. Biroq katolik mutaassiblari shu voqeadan 
foydalanib, gugenotlarning barcha rahbarlarini qirib tashlashni zimdan 
rejalashtirdilar. 
24- avgust kechasi gugenotlar qirg'ini uyushtirildi. 3 kunlik qotillik 
davomida 30 mingga yaqin kishi qurbon bo'ldi. Bu voqea Fransiya 
tarixiga Varfolomey kechasi nomi bilan kirdi. Shu voqealardan keyin 
Fransiyada protestantlik taqiqlandi. Rim Papasi bu xabarni quvonch 
bilan kutib oldi. 

Urushning davom etishi. 

Varfolomey kechasi mamlakatdagi 
diniy urushga chek qo'ymadi. Urushning davom etishi muqarrar edi. 
Chunki gugenotlar taqdirga tan bermadilar. Gugenotlar Fransiyani 
bo'lib tashlashga qaror qildilar va mamlakat janubida o'z davlatlarini 
tuzdilar. Bu davlatni qirol xonadonining qarindoshi, gugenotlar 
yetakchisi Genrix Burbon (u Genrix Navarrskiy deb ham atalardi) 
boshqardi. Gugenotlar yaxshi qurollangan qo'shin tuzishdi. 
Genrix Giz esa qattiq harbiy intizom o'rnatilgan katolik liga tuzdi. 
Katoliklar fitna tayyorlay boshladilar. Unga ko'ra, yangi qirol Genrix III 
olib qochilar va majburan monax qilinardi. Taxtni esa Genrix Giz egallashi 
lozim edi. Biroq qirol Genrix III fanat Genrix Gizni o'ldirtirishga muvaf- 
faq bo'ldi. 
Katolik cherkovi Genrix III ning bu ishini kechira olmas edi. 
O'ldirilganlar azob chekkan avliyolar deb e'lon qilindi. Cherkov 
dindorlarga qirol sog'lig'i uchun duo o'qishni taqiqladi. Ayni paytda 
barcha fuqarolarning Genrix III ga sodiqlik qasamyodidan ozod 
qilinganliklarini e'lon qildi. 
1589- yilda Genrix III katoliklar tomonidan o'ldirilgach, qirol 
xonadonining qarindoshlari gugenotlar rahbari Genrix Burbon 
(Genrix Navarrskiy) Genrix IV nomi bilan taxtni egalladi. U 
katoliklikni qabul qilmasdan Parijga borib taxtga o'tira olmasligini 
yaxshi bilardi. Shuning uchun ham u protestanlikdan chiqib katoliklikni 
qabul qildi. Genrix IV o'zining kuchi, qobiliyati va ta'siridan har ikki 
cherkov qavmlarini murosaga erishtirish yo'lida foydalandi. U katolik 
amaldorlarni ehsonga ko'mib tashladi. Diniy urushlarni to'xtatish va 
mamlakat yaxlitligiga erishish uchun 1598- yilda Nant ediktini 
imzoladi. 
Ediktda katoliklik davlat dini deb e'lon qilingan bo'lsa-da, 
gugenotlar quvg'in qilinmaydigan bo'ldi. Mamlakatda diniy 
murosasozlikka erishildi. 

Jaholat (arabcha) -- ilm-ma'rifatdan mahrumlik, qoloqlik. 
Fanat (lotincha) -- diniy e'tiqodiga yoki biror ta'limotga 
qattiq yopishib oluvchi. 
Edikt -- qirolning alohida muhim farmoni. 