8- . Niderlandiya inqilobi 

Niderlandiya haqida. 

Niderlandiya XVI asrda hozirgi 
Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya hududlaridan hamda 
Fransiyaning bir qismidan iborat bo'lgan. Antverpen shahri (hozirgi 
Belgiyada) Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi edi. U, ayni 
paytda, jahon savdosining markazi ham bo'lgan. Antverpen Nider- 
landiyani daryo orqali Germaniya va Fransiya bilan, dengiz orqali esa 
Angliya hamda Skandinaviya mamlakatlari bilan bog'lar edi. Antverpen 
ko'chalaridan har kuni kamida 2 mingta savdo furgonlari o'tgan. Turli
 mamlakatlardan yuzlab kemalar shahar portiga kirib kelardi. Bir so'z bilan 
aytganda, Niderlandiya sanoati, savdosi, qishloq xo'jaligi rivojlangan boy 
mamlakat bo'lgan. Biroq u mustaqil bo'lmagan. Ispaniya uni o'z mulkiga 
aylantirgan edi. 

Qaramlikning oqibatlari. 

Ispaniya iqtisodiy jihatdan Nider- 
landiyaga qaraganda qoloq davlat edi. Biroq Ispaniya hamon harbiy 
qudratini saqlab kelardi. Ispaniya monarxiyasi bu yerda o'zining qoloq 
boshqaruv tartibini o'rnatdi. Aholi juda katta miqdorda soliq to'lashga 
majbur etildi. Ispaniya qiroli xazinasiga Niderlandiyadan yig'iladigan 
soliq miqdori uning Amerikadagi mustamlakalaridan keladigan 
daromaddan 4 marta ortiq bo'lgan. Niderlandiyada isloh qilingan din 
(protestantlik) tarqala boshlagach, qirol yuqori diniy lavozimlarga 
ispanlarni tayinlay boshladi. Bu yerda ham inkvizitsiyani va qonli 
qonunlarni joriy etdi. Ommaviy qirg'inlar uyushtirdi. Bu omillar 
Niderlandiya xalqining keskin g'azab-nafratini qo'zg'atdi. 

Ispaniya zulmiga qarshi qo'zg'olon. 

Ispaniya qiroli Filipp II ning 
shafqatsiz siyosati niderland xalqining kuchayib borayotgan noroziligini 
to'xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan zulmiga qarshi harakati tobora 
kuchaydi. Bu harakatda aholining keng qatlamlari -- burjuaziya, 
hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar va hatto dvoryanlarning bir qismi 
qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo'zg'olonga rahbarlik qildi. Ispaniya 
zulmiga qarshi kurash 1566- yilda qo'zg'olonga aylandi. Qo'z- 
g'olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining tayanchi bo'lgan 
cherkov va monastirlarni vayron qildilar. Katolik ruhoniylar va ispan 
amaldorlari quvib yuborildi. 

Terror tartibining o'rnatilishi. 

Qo'zg'olonni bostirish uchun 
Ispaniya qiroli Filipp II gersog Alba boshchiligida saralangan qo'shin 
yubordi. Alba Niderlandiya hukmdori etib tayinlandi. Alba boshqaruv 
ishida terrorni, jallod qilichini va inkvizitsiyani qo'lladi. Barcha masa- 
lalar Isyonlar bo'yicha Kengashda hal etildi. Niderland xalqi Albaning 
yovuzligi tufayli bu Kengashni Qonli kengash deb atadi. Alba 
shafqatsiz jazo choralari bilangina cheklanib qolmadi. U o'ndan bir 
deb ataluvchi yangi soliq ham joriy etdi. Unga ko'ra, savdogarlar har 
qanday savdo bitimidan keladigan daromadning 1/10 qismini qirol 
xazinasiga to'lashga majbur edi. 
Biroq Albaning dahshatli jazo choralari ham ozodlik harakatini 
to'xtata olmadi. Aksincha, niderlandlar kichik-kichik partizan guruhlarini 
tuzdilar. Niderlandiyani partizanlar kurashi chulg'ab oldi. Partizanlar 
Ispaniya qo'shiniga qo'qqisdan hujum qilardi. Tez orada qo'zg'olonga 
Niderlandiya savdo flotining dengizchilari ham qo'shilishdi. Ular 
Ispaniyaga qarshi dengiz urushi olib bordilar. Niderlandiya xalqining 
qo'zg'oloni mamlakat shimoliy qismining mustaqillikka erishishi bilan 
yakunlandi. Burjuaziya 1572- yilda Niderlandiyaning eng boy va 
obro'li katta yer egasi Vilgelm Oranskiyni shimoliy hududlar hukmdori 
deb e'lon qildi. Ispaniyaning Niderlandiyadagi mavqei tobora zaiflashib 
bordi. Natijada 1573- yilda Alba Niderlandiyani tark etishga majbur 
bo'ldi. 
Filipp II faqat janubiy Niderlandiyani o'z qo'lida saqlab qola oldi. 

Gollandiya Respublikasining tashkil topishi. 

Ispaniya istalgan 
vaqtda shimolga qarshi yana hujum qilishi mumkin edi. Bunga qarshi 
tura olish uchun mamlakat shimolidagi viloyatlar 1579- yilda ittifoq 
tuzdilar. Bu ittifoq Utrext uniyasi deb ataldi. Uniya a'zolari xuddi 
yagona viloyat kabi abadiy birlashishga va Ispaniyaga qarshi birgalikda 
ozodlik uchun kurashishga va'da berdilar. Ayni paytda Uniya Filipp II 
ni taxtdan tushirilgan, deb e'lon qildi. 
Bu haqda Uniya qabul qilgan hujjatda, jumladan, bunday deyilgan 
edi: Xudo odamlarni hukmdor uchun emas, aksincha, hukmdorni 
odamlar manfaatlari uchun yaratadi. O'z fuqarolari manfaati uchun 
qayg'urmagan hukmdor endi hukmdor emas. U bo'ysunishi lozim bo'l- 
magan zolimdir. Uniya a'zolari ichida eng aholisi ko'pi va eng 
badavlati Gollandiya edi. Mustaqillikka erishgan shimol shu viloyat 
nomi bilan Gollandiya Respublikasi deb atala boshlandi. Respublika 
o'z mustaqilligini Ispaniyaning tan olishi uchun uzoq vaqt kurash olib 
borishga majbur bo'ldi. Faqat 1609- yildagina Ispaniya Gollandiyaning 
mustaqilligini tan oldi. 
Gollandiya Respublikasining tashkil topishi inqilobiy hodisa edi. 
Bu -- Gollandiyada feodal tuzum butunlay barham topdi, degani edi. 
Endi hokimiyat burjuaziya qo'liga o'tdi. Gollandiyada kapitalizm 
gurkirab rivojlana boshladi. Shu tariqa Gollandiyada jamiyat bir sifat 
holatidan ikkinchi sifat holatiga o'tdi. Respublikaning Amsterdam shahri 
esa Antverpen o'rniga jahon savdosining markaziga aylandi. 

Inqilob (arabcha) -- jamiyat rivojlanishida ro'y beradigan 
tub sifat o'zgarishi, eski jamiyatning agdarilishi. 
Partizan (fransuzcha) -- dushman bosib olgan joylarda 
ozodlik uchun ko'ngilli ravishda qurolli kurash olib boruvchi. 
Furgon -- savdo aravasi. 