9- . Yevropada Uyg'onish davri madaniyati 

Uyg'onish davri haqida. 

Uyg'onish davri deyilganda ilm-fan, 
madaniyat, ma'naviyat va tafakkur yuksalgan davr tushuniladi. 
Bunday davr dastlab Markaziy Osiyoda IX--XII va XIV--XV 
asrlarda yuz bergan. Bu haqda Siz VII sinf O'zbekiston tarixi darsligi 
kitobidan ma'lumot olgansiz. XIV--XVII asrlarda G'arbiy Yevropada 
ham bu hodisa yuz bergan va u Renessans deb atalgan. Bu masala bilan 
shug'ullanuvchi olimlar Uyg'onish davrini O'rta asrlar turg'unligidan yangi 
davrga o'tish bosqichi deb baholaganlar. G'arbiy Yevropada Uyg'onish 
davri o'z-o'zidan yuz berib qolmagan. U O'rta Osiyo Uyg'onish 
davrining bevosita ta'sirida yuz bergan. G'arbiy Yevropa Uyg'onish 
davrining asosiy belgilarini quyidagilar tashkil etgan: 
-- jaholat va mutaassiblikni rad etish; 
-- insonni ulug'lash; uning iste'dodi, aqliy imkoniyatlarini yuzaga 
chiqarish; 
-- antik davr (qadimgi Yunon va Rim) madaniyatini tiklash va boyitish; 
-- adabiyot va san'atda narigi dunyoni emas, hayotdagi go'zallikni 
kuylash; 
-- inson erki uchun kurash. 

Uyg'onish davri yuz berishining sabablari. 

Ilm-fan sohasida qo'lga 
kiritilgan yutuqlar va Buyuk geografik kashfiyotlar odamlarning olam 
haqidagi tasavvurlarini o'zgartirib yubordi. Ayni paytda madaniy aloqa- 
larning kengayishiga imkon yaratdi. 
Shunday sharoitda bu davrning ilg'or allomalari havas qilsa arziydigan, 
bekami-ko'st namunani izlaganlar. Bunday namuna vazifasini qadimgi 
Yunoniston va Rim madaniyati o'ynagan. Shu tariqa qadimgi Yunon va Rim 
madaniyati qayta tiriltirilgan. 
Uyg'onish davrining vatani Italiya bo'ldi. Bu bejiz emas edi. Chunki 
G'arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada kapitalizm 
ertaroq vujudga kelgan va tezroq rivojlana boshlagan. 
Boy savdogarlar, manufaktura egalari, bank egalari bo'sh vaqtlarini 
sayohatlar, savdo kelishuvlari, o'qish va ilm o'rganish bilan 
o'tkazganlar. Kundalik hayotlarini foydali va chiroyli qilishga, narigi 
dunyoni emas, bu yorug' dunyoning hayotiy ne'matlaridan bahramand 
bo'lishga intilganlar. Burjuaziyaning ma'lumoti tobora ortib bordi. U 
nafaqat pulni, balki ilmni ham qadrlardi, san'atni tushunardi. Ayni 
paytda, ular ilm-fan va san'at ravnaqiga homiylik ham qilardi. 
Badavlat kishilarning buyurtmasi bilan mahobatli binolar qurildi. Ular 
suratlar, devor bezaklari va haykallar bilan bezatildi. Noyob san'at asar- 
larini yig'a boshladilar. Odamlar hayotida teatr katta rol o'ynay boshladi. 
Badavlat kishilar kiyinishi ularning asketizmdan voz kechganligini namoyish 
etadigan bo'ldi. 

Adabiyot. 

Uyg'onish davri adabiyoti 
va san'atida o'z davrining buyuk kishilari 
ijod qildilar. Saxiy tabiat ularning har 
biriga ko'p qirrali noyob qobiliyat in'om 
etgan edi. 
Bunday noyob qobiliyat egalaridan 
biri Uilyam Shekspir (1564--1616) 
bo'lgan. U: Inson -- tabiatning ajoyib 
mo'jizasi, deb hisoblardi. U. Shekspir 
teatrga muhabbat qo'ydi. Ham aktyor, 
ham dramaturg sifatida ijod qildi. U. 
Shekspir insonlarni o'rab turgan olamni 
sahna, odamlarni esa aktyorlar deb 
tasavvur qilardi. 
8- rasm. Uilyam Shekspir. 

Teatrning odamlarni taqdir zarbasidan bukilmaslikka o'rgatuvchi, 
sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanish hissini tarbiyalovchi, 
tubanlikka qarshi kurashga o'rgatuvchi maktab bo'lib qolishiga 
astoydil ishonib yashadi. U. Shekspir asarlarining qahramonlari dono 
va mashhur kishilar edi. Ular sevganlar va azob chekkanlar. Xato 
qilganlarida esa hafsalasi pir bo'lgan. Biroq, ular o'z baxtlari uchun 
kurashganlar va bu kurashda, afsuski, yengilganlar. Chunonchi, 
Otello tragediyasida tuhmatga ishongan Otello o'z sevgilisi 
Dezdemonani bo'g'ib o'ldiradi. Gamlet tragediyasida esa 
zaharlangan xanjar Gamletni halok qiladi. 
Qirol Lir asari qahramoni qirol Lir esa o'z qizlari tomonidan daydib 
yurishga va gadolikka mahkum etiladi. Romeo va Julyetta asarida esa 
o'rta asr jaholati oqibatida Romeo va Julyettalar halok bo'ladilar. Lekin 
hech narsa U. Shekspir qahramonlarini erkinlikdek yuksak va yorug' 
tuyg'ulardan voz kechishga majbur eta olmaydi. Shu tariqa mag'lubiyat va 
o'limga qaramasdan, Shekspirning: Inson -- tabiatning ajoyib mo'jizasi! 
degan fikri uning asarlarida o'z tasdig'ini topadi. 
Bu davr madaniyatining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi 

Migel de Servantesdir (1547--1616). Uning mashhur Don Kixot 
asari qahramoni, jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so'nggi 
olijanob ritsar. U odamlar hayoti biroz bo'lsa-da, yaxshi bo'lishiga 
yordamlashish yo'lida qo'lidan kelganicha harakat qiladi. Bu ish uning 
hayotdagi: Erkinlik uchun xuddi shon-sharaf uchun qilinganidek, jonni 
xavfga qo'yish kerak shiorining amaldagi ifodasi edi. 

Tasviriy san'at. 

Uyg'onish davri madaniyatining yana bir buyuk 
namoyandasi Italiyalik Leonardo da Vinchidir (1452--1519). U bir 
vaqtning o'zida ham rassom, ham shoir, ham me'mor, ham haykaltarosh, 
ham musiqachi, ham ixtirochi edi. Leonardo rasm chizish san'atini 
san'atlar malikasi deb atagan. Buyuk rassom bir paytning o'zida zehnli 
izlanuvchan olim ham edi. Uning asarlari qahramonlari xudolar va 
avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. Chaqaloq tutgan Madonna 
rasmi buning yorqin dalilidir. Ona go'dagini ko'kragiga bosib, avaylab 
quchoqlab turibdi va unga yengil yarim tabassum qilmoqda, yer esa 
onaning o'z go'dagiga cheksiz muhabbatini anglatib turibdi. 
Leonardoning Maxfiy kecha deb nomlangan devoriy rasmi ham 
mashhurdir. Injildagi rivoyatga ko'ra, Iso payg'ambar o'limidan oldin 
shogirdlarini oxirgi marta to'plagan. Isoning shogirdlariga hozirgina 

aytgan Sizlardan biringiz meni sotasiz, degan bashorati tasviri. 
Shogirdlar uning bu so'zidan qotib qolishgan. Ularning yuzida hayrat, 
qo'rquv, g'azab va ishonchsizlik. Iso esa xotirjam, ayni paytda qayg'uli. 
Faqat uning holsiz qo'llari taqdirga bo'ysunganligini, so'zsiz halokat 
muqarrarligini ifodalab turibdi. 
Bu davrning buyuk Italiyalik rassomlaridan yana biri Rafael Santi 
(1483--1520) edi. U atigi 37 yil umr ko'rdi, xolos. Lekin shu qisqa 
davr ichida o'z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata oldi. U 
yaratgan asarlar ichida Sikstin madonnasi mashhurdir. 
Zamondoshlari Sikstin madonnasi asariga shu xildagilarning 
yagonasi deb baho berishgan edi. Unda oyoqyalang Bibi Maryam 
go'yo bulutlarni bosmaganday, ohista ularning ustida uchib yurganday. 
U o'z qismatiga peshvoz chiqmoqda. Hali go'dak Isoning nigohlari 
kattalarnikidek jiddiy. U go'yo kelajakdagi azoblar va o'limni oldindan 
sezayotganday. Onaning qarashlarida ham qayg'u va xavotir bor. U 
oldindan nima bo'lishini biladi. Shunga qaramasdan o'g'lining hayoti 
evaziga haq yo'llari ochiladigan odamlar tomon oldinga yuradi. 
Gollandiyalik mashhur rassom Rembrandt (1606--1669) yaratgan 
asarlar ichida eng mashhuri Adashgan o'g'ilning qaytishi rasmi edi. 
Bu asarni muallif hayotining eng 
og'ir damlarida -- o'g'lining o'limi- 
dan so'ng yaratgan. Injilda oilasini 
tashlab ketib, uzoq vaqt sang'ib 
yurgan, barcha boyliklari tugagach, 
ortga qaytgan o'g'lini ota kechiradi 
va uyiga qabul qiladi. Rembrandt 
o'z asarida ota va o'g'ilning uch- 
rashuv paytini aks ettirgan. Adash- 
gan o'g'il uy ostonasi oldiga tiz 
cho'kib turibdi. Yirtiq kiyim va 
sochsiz bosh o'tgan umr kulfat- 
larining guvohi. Ko'r, keksa ota- 
ning barmoqlari o'g'lining yelkasi- 
ga tegayapti. Qo'l harakati bu 
dunyodan qariyb umidini uzgan 
odamning yorqin quvonchini va 
cheksiz muhabbatini anglatadi. 
9- rasm. Adashgan 
o'g'ilning qaytishi. 

Haykaltaroshlik. 

Bu davr haykaltaroshlari haykaltaroshlik san'atini 
san'atlarning birinchisi, u insonni, uning go'zalligini hamma boshqa san'at 
turlaridan yaxshiroq sharaflaydi, deb hisoblaganlar. Ularning eng 
mashhuri Italiyalik Mikelanjelo (1475--1564) edi. U o'zining o'lmas 
asarlari bilan tarixda abadiy iz qoldirdi. U san'at haqida bir she'rida, 
jumladan, quyidagilarni bitgan: Tiriklikdan, borliqdan ko'ra, san'atning 
qismati buyukdir har dam, uni yenga olmas vaqt ham, o'lim ham. 
San'atkor yaratgan David haykali asari uning nomini abadiylikka 
mahkum etdi. Injil rivoyatlariga ko'ra, yosh cho'pon yigit David 
dahshatli devsifat Goliaf bilan jangga tushishga jur'at qiladi va uni tosh 
bilan urib o'ldiradi. Haykaltarosh Mikelanjelo esa jang oldida turgan 
Davidni tasvirlagan. Uning yuzi g'azabga to'la. Bu haykal o'zining 
balandligi va go'zalligi bilan o'zigacha yaratilgan barcha asarlarni ortda 
qoldirdi. 
Pyotr sobori Rimning va Yevropaning bosh katolik ibodatxonasidir. Yuz 
yildan ortiq davr mobaynida bunyod etilgan bu sobor qurilishini Mikelanjelo 
nihoyasiga yetkazdi. 

Asketizm (yunoncha) --- tuyg'u va istaklarni cheklash yoki 
bostirish, azob tortish, hayot ne'matlaridan voz kechish. 
Renessans (fransuzcha -- qayta yuzaga kelmoq, yangidan 
tug'ilmoq) -- G'arbiy Yevropada Uyg'onish davrini anglatuvchi 
atama. 