10- Imperiyaning tashqi siyosati

Dunyoni qayta bo`lishga da`vogarlik

Buyuk Britaniya va Fransiya juda katta
mustamlakalarga ega bolgan holda Germaniya
Sunday mustamlakalarga ega emas edi.
Germaniya hukmron doiralari quyoshning hammaning yelkasiga
birday nur sochishi talabi bilan cliiqdilar.
Bismark Germaniyaning xalqaro maydondagi tasirini kuchaytirishni
oz oldiga vazifa qilib qoydi. 1873-yilda Germaniya Rossiya va
Avstriya-Vengriya bilan ittifoq togrisida shartnomaUch imperator
shartnomasini tuzdi. Bismark yangidan taslikil etilgan fransuz
qoshinini qasos oluvchi qoshin, deb hisoblay boshladi. Shu tufayli
Fransiya hali batamom mustalikamlanib olmasdan, u bilan urush
qilishga shoshilmoqda edi. Biroq, Rossiya bilan Buyuk Britaniya
Germaniyaning kuchayib ketishini istamas edi.
Bismark esa ikki frontda urush qilishdan qorqardi. Shunday
sharoitda u oziga ittifoqdosh izladi va tez orada uni topdi ham. Bu
Avstriya-Vengriya imperiyasi edi. 1879-yilda Germaniya Avstriya-
Vengriya bilan ittifoq tuzdi. 1882-yilda Avstriya-Vengriya-Germaniya
ittifoqiga Italiya qoshildi. Bunga Italiyaning Fransiya bilan
munosabati keskinlasliishi sababboldi. Chunonclii, Fransiya 1881-
yilda Italiya davo qilib yurgan Tunisni bosib olgan edi. Avstriya-
Vengriya imperiyasi esa bu vaqtda Bolqon yarimorolida Rossiya bilan
raqobatlashmoqda edi. Shunday qilib, uchta maslakdosh kuchlar
birlashib, 1882-yili harbiy ittifoqUchlar ittifoqini tuzishga
erishdi. Shu tariqa Germaniya Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan
koalitsiyaga bosh bolib oldi. Bismark Rossiyani oz siyosiy rejalarini
amalga osliirish yolidagi asosiy gov deb bilardi.
Lekin Bismark bir vaqtda ham Fransiyaga, ham Rossiyaga qarshi
kurasliish yengil emasligini anglardi.
1891-yilda shovinistik taslikilot German ittifoqi tuzildi. Qirol
Prussiya ustida, Prussiya Germaniya ustida, Germaniya dunyo ustida
degan shior ilgari surildi.

Germaniyaning mustamlakachilik ekspansiyasi

Germaniya Yevropada urushga tayyorlanish
bilan bir vaqtda mustamlakalar bosib olishga
ham kirishdi. 1882-yil Bremen savdogarlari
Afrikaning janubi-garbiy soliilidagi Angra
Peken buxtasiga keldilar. Ular 200 ta eski miltiq va 2000 marka badaliga
yerli qabila boshligidan anchagina hududni sotib oldilar. Tez
orada Germaniya bu yemi oz protektorati deb elon qildi. Afrikaga
amaldorlar va soldatlar yuborildi. Ulaming yangi yerlarni bosib
olishga urinishi mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga uchradi.
1884-yilda Germaniya Afrikaning o rta qismidagi Togo va
Kamerun hududlarini, Gvineyaning shimoliy qismini va unga yondosh
orollami ishgol qildi. 1885-yilda esa Afrikaning sharqiy qismidagi
hududlami va Zanzibami zabt etdi. Bu hudud Germaniya
Sharqiy Afrikasi degan nom oldi.
Vilgelm II Germaniya hukmron doiralari bosqinchilik
siyosatining ,,jarchisi va faol amalga oshiruvchisi bolib chiqdi. 90-
yillaming oxirida Shandun (Xitoy) provinsiyasining bir qismi
bosib olindi. 0 sha vaqtdayoq, Germaniya Tinch okeanidagi Karolina,
Mariana orollarini va Samoa orolining bir qismini egallagan
edi. 1885-yilda u Marshall orollarini qolga kiritdi.
Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan tutashtirgan Kil kanali
ochildi. Reyxstag harbiy flot qurishning ulkan dasturini qabul qildi.
Bu narsa Buyuk Britaniya bilan munosabatni yanada keskinlashtirdi.
Marokashga davosi esa Fransiya bilan munosabatlami
yanada yomonlashtirdi. 1900-yilda Germaniya boshqa Garb davlatlari
bilan birga Xitoyda milliy-ozodlik harakatini bostirishda ishtirok etdi.
Afrikada bizni qumq qoldirishdi deb hisoblagan german
hukmron doiralari ,,qoldan ketganlaming omini Yaqin Sharqda
to ldirmoqchi boldi. Ular Kichik Osiyo, Suriya, Mesopotamiya va
Falastinda joylashib olmoqchi edilar. Chunki, bu yerlarda dunyodagi
eng yirik neft konlari, galla va paxta xomashyolari bor edi. Nemis
bankiri Simens tashabbusi bilan Berlinni Fors qoltigi bilan
boglovchi temiryol qurish rejasi tuzildi.
1889-yilda Vilgelm II hazrati Iso qabrini ziyorat qilish bahonasi
bilan Falastinga bordi. U safar vaqtida Turkiya sultoni bilan uchrashib,
reja boyicha Bosfordan Kichik Osiyo orqali Bagdodga va
undan Fors qoltigigacha temiryol qurish to grisida kelishib oldi.
Bu yol ,,Bagdod temiryoli nomi bilan tarixga kirdi.
Nemislaming Fors qoltigiga chiqishi Buyuk Britaniyaning bu
hududdagi manfaatlariga putur yetkazar edi. Shu sababli, Buyuk
Britaniya ,,Bagdod temiryolining Fors qoltigiga chiqishiga yol
qoymaslik uchun 1899-yilda Quvaytda oz protektoratini omatdi.
Shunga qaramay, 1902-yilda Turkiya bilan Germaniya ortasida
temiryo1 masalasida yakunlovchi bitim imzolandi.
Germaniya zor berib qurollanishni kuchaytirib yubordi.
Qurolli kuchlar soni keskin kopaytirildi. Reyxstag katta harbiy
kemalar qurishga va suvosti floti uchun katta-katta mablag ajratdi.
1907-yilda tuzilgan Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya ittifoqi
Germaniyaning tashqi ahvolini murakkablashtirib yubordi.

Germamya-Turkiya munosabatlan 

XIX asr oxiridan boshlab, Germaniya-Turkiya munosabatlan tobora yaqmlasmb
bordi. Turkiya Germaniya qiyofasida oz
xaloskorini korgandek edi.
Xosh, bunga nimalar sabab b o lgan? Yevropaning buyuk
davlatlari b olgan Buyuk Britaniya ham, Fransiya va Rossiya ham
Turkiya uchun imperiya hududlariga koz olaytirayotgan yoki birinketin
ulami bosib olayotgan umumiy dushman davlatlarga aylangan
edi. Masalan, Turkiyaga rasman qaram bolgan Mismi bosib
olgan Buyuk Britaniya emasmidi? Yoki Tunis va Marokashga davogar
Fransiya emasmidi?
Qora dengizni 0 rtayer dengizi bilan boglashga imkon beruvclii
Turkiyaga qaraslili Bosfor va Dardanell bogozlariga, Istanbul
shahriga davogarlik qilayotgan Rossiya emasmidi? Albatta, shunday
edi. Binobarin, bunday sharoitda Germaniya Turkiya koz ongida
uning imperiyasi hududlariga davo qilmayotgan birdan-bir
davlat edi.
Buyuk davlatlaming bosimiga bardosh berish uchun Turkiyaga
Germaniyadek ittifoqdosh zarur edi. Germaniya uchun Bagdod
temiryolini qura olsa kelgusida butun Yaqin Sharqqa egalik qilishi
mumkindek edi. Shuning uchun ham Germaniya Turkiyani ham
moliyaviy, ham harbiy jihatdan qollab-quvatladi.
Bu ikki davlat ortasidagi yaqinlik, oxir-oqibatda, Turkiyani
o zi sezmagan holda Germaniyaning deyarli vassaliga aylantirib
qoydi. Endi, Turkiya xohlaydimi, yoqmi yaqinlashib kelayotgan
Birinchi jahon urushida Germaniya tarafida turib urushda
qatnashishga majbur edi.

Urushning muqarrarligi

G ermaniya ham mustamlakalar bosib
 olishdan chetda turmadi. XIX asming 90-
yillarida u egallagan mustamlakalar hududi
ozining hududidan deyarli besh baravar ortiq edi.
Ayni paytda, Germaniyaning Yevropada hukmron b o lishi
haqidagi davolari kuchaydi.
Ikkinchidan, jahon bozorlarida Germaniya Buyuk Britaniyaning
asosiy raqibiga aylandi.
Uchinchidan, Afrikani qayta taqsimlashni talab etayotganligi
uning ham Fransiya, ham Buyuk Britaniya bilan munosabatlarini
yanada keskinlashtirib yubordi.

Tortinchidan, Germaniyaning Bolqondagi, Yaqin, 0 rta va
Uzoq Sharqqa suqulib kirishi shu darajada faollashdiki, bu faollik
tarixga Sharqqa hujum  nomi bilan kirdi.
Endi, Germaniya hukmron doiralari dunyoga jahon siyosatiga
otganliklarini malum qildi va bu yorug dunyodan joy talab qila
boshladi. Ayni paytda, barcha xalqaro nizolardan oz manfaati
yolida foydalanishga urindi. Chunonchi, podsho Rossiyasining
Bolqon yarim orolidagi manfaatlarini mensimay Avstriya-Vengriyaning
Bolqon siyosatini qollab-quwatladi.
Dunyoning barcha nuqtalarida Germaniya ekspansiyasi Buyuk
Britaniya manfaatlariga daxl qildi va uning qarshiligiga duch keldi.
Germaniya imperatori Vilgelm II Germaniyaning kelajagi
dengizda degan sliiomi elon qildi.
Bu sliior dengiz hukmdori  Buyuk Britaniya harbiy flotiga
teng keladigan flot taslikil etish zarurligini anglatar edi.
Ayni paytda, Germaniya harbiy dengiz floti qudrat jihatidan
ikkinchi oringa cliiqib olgan edi. Imperator maqsadini royobga
chiqarish uchun yangi harbiy kemalar qurish ishi jadallashtirib
yuborildi.
1905-yilda Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontda,
yani ham G arbda, ham Sharqda (Rossiyaga qarshi) urush olib
borish rejasini ishlab cliiqdi.
Germaniya ham harbiy, ham iqtisodiy va ham mafkuraviy
jih a td an urushga tayyorlanishda o zining raqiblaridan o zib
ketdi.

Koalitsiya (lotincha  birlashgan)  bir yoki bir qancha davlatlarga
qarshi birlashib harakat qilish uchun ikki yoki undan kop davlatlaming
tuzgan vaqtinchalik harbiy-siyosiy ittifoqi.
Ekspansiya (lotincha  kengaytirish) buyuk davlatlaming ozgalar
hududini va bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga, siyosiy
va iqtisodiy tasir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlari.
