12-. Buyuk Britaniyaning ichki siyosati

Ichki siyosat

Buyuk Britaniya ichki siyosatidagi keskin
muammolardan biri  Irlandiya muammosi
edi. Irlandiyaning ijaraga yer olib kun koruvchi dehqonlari nilioyatda
muhtojlikda yashardilar. Chunki, yeriami Britaniya lendlordlari
ozlariniki qilib olgan edilar. Kopchilik iriandiyaliklar tirikchilik
koyida Amerikaga chib ketdilar. Ochlik, olim va chib ketish
natijasida aholi 1851-yildagi 6,5 mln. kisliidan 1900-yilga kelib 4,5
mln. kisliiga kamayib ketdi.
60-yillaming oxirida Irlandiya masalasi yana siyosiy inqirozga
aylandi. 1875-yilda Buyuk Britaniyaning parlamenti deputati, olsterlik
protestant, yer egasi Parnell Iriandiyaga muxtoriyat huquqi
berilishi haqida qonun qabul qilishni (gomrul) talab qildi.
Shuningdek, u ijaraning qatiy bolishi, ijara haqining insof bilan
olinishi va ijaraga olingan yeming qoldan qolga erkin otisliini
kozda tutuvchi agrar islohotni amalga oshirishni talab qilgan
hamjamiyat  iriand muxolifat guruhini oz atrofiga birlashtirdi.
Parnell rahbarlik qilgan muxolifat 70-yillar oxirida nufuzli
kuchga aylandi. Iriand dehqonlarining Yer-suv ligasi (1879-yil)
nomli ommaviy taslikiloti shu muxolifat tayanchi boldi. Ijaracliilaming
yerdan haydalishiga javoban Yer-suv ligasi Iriandiyadagi
Britaniyalik katta yer egalariga qarshi ommaviy terror boshlab
yubordi. Ayni paytda, Britaniya tovarlariga boykot kuchaydi.
Gladston (18801885) hukumati iriandlarga gomrul omiga
Yer-suv aktini (1881-yil) taklif qildi. Unda 15 yil muhlatga ijara
miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijaracliiga oz yer maydonini
boshqa bir shaxsga o tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi
kozda tutilgan edi.
Iriand Yer-suv ligasi bu tartibga qarslii cliiqdi va boykotni
kuchaytirdi, hamda britaniyalik pomeshiklami qorqitish kompaniyasini
boshlab yubordi va gomrulni talab qildi. Bunga javoban,
hukumat taqibni kuchaytirdi. Pamellni qamoqqa oldi. Yer-suv
ligasi esa taqiqlab qoyildi.
Buyuk Britaniya hukumatining bu xatti-harakatlari yonib turgan
olovga yog quyish boldi, xolos. Iriand dehqonlari Pamellning davati
bilan britaniyalik lendlordlarga ijara haqi to lashdan bosh tortdilar.
Taqiqlangan Yer-suv ligasi omiga Xotin-qizlar yer ligasi
tuzildi. U bilan bir qatorda, ,,0y yogdusi bahodirlari , ,,0 q
o glonlar, Yengilmas botirlar kabi millatchi jangovar irland
taslikilotlari paydo boldi.
Irlandiyada ochiqdan-ochiq fuqarolar urushi xavfi kuchaydi.
Shundan keyin Buyuk Britaniya hukumati Parnell va uning
tarafdorlariga kelishishni taklif qildi. 1881-yilda Parnell bilan tuzilgan
bitimga muvofiq, irland ijarachi dehqonlari ijara haqi to lashni
davom ettirishlari va boykotni to xtatishlari, katta yer egalari esa
ijarachilaming qarzini kecliib yuborishlari lozim edi.
Biroq, Parnell tutgan kelishuvchilik yoli Irlandiyadagi mayda
terrorclii gurulilami faollashtirib yubordi. Chunonclii, 1882-yilda
Dublinda Irlandiya ishlari boyicha stats-sekretar va Irlandiya lordhokimi
oldirildi. Britaniya tomonidan taqib va politsiya terrori
boshlandi. Bu hodisaga javoban, irland qislilogida yangi agrar terror
to lqini kotarildi.
Oxir-oqibatda, 1886-yilda hukumat gomrul berishga qaror qildi.
Biroq, parlament uni rad etdi.
Shunday sharoitda Irlandiya burjuaziyasining bir qismi Irlandiyaga
muxtoriyat berilislii talabi bilan cliiqdi. Irlandiya buijuaziyasining
savdo-sanoat doiralari manfaatini kozlovchi qismi esa Irlandiyaning
iqtisodiy mustaqilligini ta minlashga qaratilgan birmuncha keskin
talabni ortaga qoydi.
Ushbu guruhning rahbari A.Griffit 1905-yili ,,Sliinfeyn (Biz
ozimiz) partiyasini tuzdi. U Irlandiya mustaqil parlamenti tuzish
tashviqotini olib bora boshladi. Britaniya tovarlarini boykot qilish
yanada kuchaytirildi.
Hukumat 1912-yilda parlamentga yana gomrul haqidagi qonun
loyihasini taqdim etishga majbur boldi. Biroq, parlament yana uni
tasdiqlamadi. Oqibatda Irlandiyada siyosiy ahvol nihoyatda
keskinlashdi.
Biroq, 1914-yilda boslilanib ketgan jahon uruslii Parlamentni
gomrul haqidagi qonunni tasdiqlashga majbur etdi. Chunki, urush
davrida ichki siyosiy barqarorlik havodek zarur edi.

1911-yilgi Parlament islohati

1911-yilda Buyuk Britaniyada parlament
islohoti to grisida qonun qabul qilindi. Bu
qonun parlamentning yuqori palatasi 
Lordlar palatasining veto huquqlarini chekladi.
Chunonclii, endi parlamentning quyi  jamoa palatasi bir qonun
loyihasini 3 marta maqullasa u Lordlar palatasi tomonidan tasdiqlanmasa
ham qonun kuchiga ega boladigan boldi. Lordlar palatasi moliya
masalalarini ham hal etishdan chetlatib qoyildi. Parlament
ning vakolat muddati 5 yil etib belgilandi. Deputatlarga maosh joriy
etildi.
Buyuk Britaniya mehnatkashlari oz haq-huquqlari uchun doimo
kurash olib borganlar. Buyuk Britaniya ishchilar harakatida tredyunionlar
(kasaba uyuslimalari) katta rol oynagan. Tred-yunionlarga
azo bolganlar soni ham yildan yilga oshib borgan. Chunonchi,
1888-yilda ulaming soni 750 ming kislii bolgan bolsa, 1892-yilda
1,5 mln. kishiga yetdi.

Ijtimoiy harakat

Buyuk Britaniya tred-yunionlari kurashning
parlament yolini tanlaganlar. Qonun
ishcliilarga ish tashlash huquqini bergan. Biroq, ish tashlash davom
etgan kunlarda korxonalar korgan zarar tred-yunionlar liisobidan
undirilar edi.
Bu qoida amalda ish tashlashni kurash usuli sifatida yoqqa
cliiqarar edi. Tred-yunionlar oz partiyalarini tuzishga qaror qildilar.
Bu partiya 1900-yildatuzilganvau 1906-yildanboslilab Leyboristlar
partiyasi deb atala boshlandi.
Leyboristlar partiyasi parlament yoli bilan ishcliilar manfaatini
himoya qilishni oz maqsadi, deb elon qildi. Liberallar hukumati
rahbari L. Joij Leyboristlar partiyasining tuzilislii Liberallar hukumatining
xatosi , deb afsus bilan qayd etgan edi. Leyboristlar
partiyasi tuzilgandan song otkazilgan birinchi parlament saylovidayoq,
bu partiya 29 ta deputatlik omini egalladi.
Iqtisodiy taraqqiyot suratining pasayishi zarur istemol mahsulotlarining
narxi kotarilisliiga olib keldi. Bu esa ishchilami ish
tashlashga majbur etdi. Eng yirik ish tashlash 1911-yilda yuz berdi.
Komir qazuvcliilaming 6 hafta davom etgan ish taslilaslii hukumatni
zamr choralar korishga majbur etdi. Chunonchi, Ish haqi
minimumi togrisidagi qonun qabul qilindi. Unga kora, ish tashlashlar
vaqtida korxonalar korgan zararning tred-yunionlardan
undirilishi taqiqlandi.
Ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlarga
korxona egalari liisobidan nafaqa to lash belgilandi. 70 yoshga
to lgan kishilarga pensiya tayinlandi. Konchilar uchun 8 soatlik
ish kuni belgilandi. Kasallik va ishsizlik sababli sugurta to lovi joriy
etildi.
Bir soz bilan aytganda, Buyuk Britaniya hukmron doiralari
Birinchi jahon urushi arafasida ichki siyosiy muammolarni
yumshatishga va xalqni jipslashtirishga muvaffaq boldilar.
