III bob   XIX ASR OXIRI  XX ASR
BOSHLARIDA AMERIKA DAVLATLARI

14-. Amerika Qo'shma Shtatlari

Iqtisodiy taraqqiyot

Fuqarolar urushidan keyin yagona ichki
bozorning vujudga kelganligi, qulchilikning
tugatilishi, quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi,
unumdor yerlaming, foydali qazilma boyliklarining kopligi, sersuv
daryolar va poyonsiz ormonlar, Amerika xalqining tadbirkorligi
mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab
boldi. Ayni paytda, AQSHga qoslmi davlatlar (Kanada va Meksika)
kuchsiz edi. Bu hoi AQSHni ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos etdi.

Bundan tashqari, AQSHga yashash uchun kelganlarning katta
qismi amalda yuqori malakali mutaxassis kishilar edi.
18701914-yillarda AQSHga 25 mln. kislii kocliib keldi. Bu
ham AQSH taraqqiyotida muliim rol oynadi. Shuningdek, ishclii
kuchiga doimiy muhtojlik yangi texnika va texnologiyalarning ishlab
chiqarishga keng joriy etilisliiga yol ochdi. Qolida biror hunarning
yoqligi uyat hisoblanadigan hodisaga aylandi. Bu omillar
ham AQSHning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
XIX asming oxirgi ottiz yili AQSH tarixida taraqqiyotning
yuksakligi va juda muhim iqtisodiy va siyosiy voqealar bolganligi
bilan xarakterlanadi. Agar 1860-yilda AQSH sanoat mahsuloti
hajmi jihatidan dunyoda 4-orinda turgan bolsa, 1894-yilga kelganda
birinclii oringa cliiqib oldi. 1894-yilda AQSHning sanoat
mahsuloti G arbiy Yevropadagi hamma mamlakatlar mahsuloti -
ning yarmiga teng va Buyuk Britaniya mahsulotidan esa ikki
baravar ortiq edi.
AQSHda keng ichki bozoming vujudga keltirilislii kapitalizm
taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega boldi. Bunga qishloq
xojaligida kapitalizm taraqqiyotining amerikacha yoli (ekin
maydonlarini kengaytirish hisobiga mahsulotni kopaytirish,
prusscha yol esa yerga ishlov berishni kuchaytirib hosildorlikni
oshirish) galaba qilganligi, garbiy hududlarning tezlik bilan
o zlashtirilganligi, katta tezlik bilan temiryollar qurilganligi va
immigratsiya natijasida aholining tez kopayislii ham yordam berdi.
AQSH sanoati osisliida Yevropa kapitali ham muhim rol oynadi.
1880-yilda Yevropa davlatlari AQSHga 2 mlrd. dollar kapital
kiritgan bolsalar, bu korsatkich 1890-yilda 3 mlrd. dollarga yetdi.
AQSH esa chetga kapital chiqarish boyicha Buyuk Britaniya,
Fransiya va Germaniyadan orqada edi.

Ishlab chiqarishning markazlashuvi

XX asr boshlarida mamlakatda ishlab chiqarishning
markazlashuvi hamda bank kapitali bilan sanoat kapitalining qoshilib
ketislii davom etdi. Sanoat mahsulotining qiymati 1909-yilda 20
mlrd. dollardan oshdi. By Buyuk Britaniya sanoat mahsulotlari
qiymatidan 2,5 baravar, Germaniyadagidan 2 baravar ortiq edi.
I jahon urushi davrida AQSHda qazib cliiqarilayotgan toslikomirning,
ishlab cliiqarilayotgan choyan va polatning miqdori Buyuk
Britaniya, Fransiya va Germaniya erishgan jamiki miqdoriga teng edi.
Sanoatning barcha tarmoqlari boyicha AQSH jahonda birinclii
o ringa chiqdi. Ishlab chiqarishning deyarli hamma tarmoqlarida

trestlar tashkil etildi. Polat, neft, mis, elektr va shu kabi sanoat
tarmoqlari ,,qirollarining qudratli sulolalari vujudga keldi. Ford
avtomobil qiroliga aylandi.
1901-yilda Morgan 1 milliard dollarlik kapitalga ega bolgan ,,Po-
lat korporatsiyasi deb atalgan katta trestni tashkil etdi. Eng yaxshi
kokslanadigan komir konlari joylashgan 5000 gektardan koproq
yer, ming milyadan uzunroq temiryol, 100 dan ortiq savdo
kemalari shu trestning qolida edi.
Rokfellerning Standart oyl tresti jami neft mahsulotining
90 foizini, 70000 km neft quvurini, okeanlarda qatnaydigan yuzlab
paroxodlami oz qoliga oldi. Trest neftdan song gaz, elektr sanoatini,
,,Anakonda mis konsernini, rux-qorgoshin zavodlarini
boysundirishga kirishdi.
1903-yilda Morgan va Rokfellerning ikkita eng katta banki
temiryol, sugurta kompaniyasi va boshqa kompaniyalarning 22
mlrd. dollardan ortiq kapitali bolgan 112 ta bankni nazorat qiladigan
boldi. 1914-yilga kelib, aholining 2 foizi milliy boylikning 60
foiziga egalik qila bosliladi.

Qishloq xojaligidagi tub o`zgarish

Qishloq xojaligidagi tub o zgarishning
mazmunini qol mehnati  mini texnika
tobora koproq egallab borishi tashkil etdi.
18601910-yillar oraligida AQSHda fermerlar soni 3 marta kopaydi.
Qishloq xojaligida foydalaniladigan yer esa 160 mln. gektardan
352 mln. ga yetdi. AQSHda yerlaming katta qismi davlat yerlari edi.
Bu mamlakatda Garbiy Yevropaga oxshash qirol xonadoni ham,
Sharq mamlakatlaridagi singari yirik zamindorlar ham, katta-katta
mulklarga ega bolgan cherkov yer egaligi ham yoq edi.
Tez orada qishloq xojalik texnikalari ixtiro qilindi. Bular xashakni
press qiladigan mashina, galla oradigan va yanchadigan
mashina (kombayn), ekuvchi, qirquvchi, post archuvchi, yemi
yumshatuvclii, ogit sochuvclii, kartoshka ekuvchi, somon qurituvchi,
uy parrandalari inkubatori kabilardan iborat boldi. Qisliloq
xojaligida ilm-fan yutuqlari ham keng qollanila boshlandi.

Janubdagi ahvol

Janubda fuqarolar urushidan keyin katta
ozgarishlar yuz berdi. Qulchilik tugatildi.
Alioli faollashdi. 1870-yilda AQSH Konstitutsiyasiga tuzatish kiritildi.
Unga kora irqi, terisining rangi yoki ilgarigi qullik holatini
bahona qilib saylovlarda ishtirok qilishni har qanaqasiga cheklash
bekor qilindi. Janubdagi shtatlarning yangi hukumatlari tarkibida
qora tanli aholi vakillari ham qatnasha boshladi. Davlat maktablari
tizimi vujudga keltirildi. Adolatli soliq tizimi joriy etildi.
Irqiy kamsitish qonunlari bekor qilindi. Mahalliy hokimiyat
organlari demokratlashtirildi. Keksalar, nogironlar va yetim-yesirlar
uchun xayriya jamiyatlari tashkil qilindi.
Kongress 1872-yilda Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy
afv berish to grisida qonun qabul qildi. Ayni paytda, isyon boshliqlaridan
500 ga yaqin kisliining davlat vazifalarida ishlashi taqiqlandi.
Bu hoi plantatorlami eski tartiblami tiklash uchun kurash
olib borishiga bahona b o ldi. Janubda ,,Ku-kluks-klan singari
irqiy-terrorchi tashkilot yana bosh kotardi. Taraqqiyparvar ziyoli
xodimlardan och olish va Linch sudlari yana oddiy hodisaga
aylandi. Janub qora tanli aholi uchun ,,turma bolib qoldi. Prezident
saylovlari oldidan faqat ikki janubiy shtat (Janubiy
Karolina va Luiziana shtatlari) respublikachilar qoli ostida qoldi,
xolos.

Ikki partiyaviy tizim
AQSHda kuchli prezidentlik respublikasi
 qaror topdi. Ayni paytda, kuchli ikki partiyaviy
tizim ham chuqur ildiz otdi.
1828-yilda tashkil topgan Demokratik partiya fuqarolar uruslii
vaqtida ,,yegan zarbalaridan ozini tez ,,onglab olib, yirik yer
egalari, boy fermerlar, Janub buijuaziyasi va Sliimol sanoatchilari,
moliyachilar manfaatini liimoya qiluvchi partiya bolib qoldi. 1854-
yilda tashkil topgan Respublikachilar partiyasi yirik sanoatchilar
va moliyachilar partiyasiga aylandi.
Har ikkala partiya ham mayda fermerlarga va shaharlardagi
mayda burjuaziyaga, ishchilarga o z ta sirini o tkazish uchun
kurash olib bordi. Lekin, ishlab chiqarish yanada sib, ijtimoiy
harakat rivojlanib borgan sari bu partiyalar ortasidagi farq astasekin
yoqolib bordi.
Amerika buijuaziyasi ikki partiyali tizimdan ustalik bilan foydalanib
keldi. Agar hokimiyat tepasida respublikachilar turgan
bolsa, demokratlar hukumatni tanqid etar, oz1arimi esa xalq manfaatlarini
himoya qiluvchilar qilib korsatar, norozilarning katta
qismini o z tomonlariga ogdirib olardilar. Demokratlar galaba
qilgan taqdirda muxolifatchi partiya rolini respublikachilar
o ynardilar. Bu omil amalda boshqa uchinchi partiya tuzilishiga
jiddiy to siq bolib keldi.


Korporatsiya (lotinchabirlashma)  monopolistik aksiyadorlar
birlashmasi.
Latifundiya (lotincha)  katta yer-mulk.
Ku-kluks-klan  irqchilik terrorchi tashkilot.
Linch sudi  AQSHda qora tanli kishilar va demokratik harakat
qatnashchilarini sud va soroqsiz jazolash.
Milya  1609,3 metrga teng uzunlik olchovi