15- AQSHning ichki siyosati

Ijtimoiy harakat

AQSH iqtisodining rivojlanishi va dunyoda
birinclii davlatga aylanishi jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy muammolami oz-ozidan bartaraf etishga
olib kelgani yoq. AQSHda ham ishcliilar sinfi o z haq-huquqlari
uchun qattiq kurash olib borishga majbur bolgan. Bu davrdagi
ishcliilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy
etilishiga erishish edi.
1886-yil 1-may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan
ortiq ishclii ishtirok etdi. Buning natijasida 200 mingga yaqin ishclii
8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi. Biroq, keyingi 2 yilda bu
muvaffaqiyat deyarli yoqqa cliiqdi.
8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat Chikagoda juda
ham keskin tus oldi. Shahaming Senno maydonida bolgan ommaviy
miting vaqtida politsiya ish tashlaganlarga qarab oq uzdi. Natijada
6 kishi oldirildi va koplab ishcliilar yarador boldi. Dargazab
bolgan Chikago ishchilari bu xunrezlikka qarshi norozilik bildirib,
ommaviy miting tashkil qildilar. Qurolli politsiyachilar guruhi
ishchilarga qarshi yuborildi. Sudning qaroriga muvofiq, ommaviy
harakat rahbarlaridan 4 kishi dorga osildi. Ular olimga tik qaradilar.
Osib oldirishga hukm qilinganlardan biri  Shpis oxirgi sozida
Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan
ham otkirroq boladi , degan edi.
XIX asr oxiriga kelib, ijtimoiy harakatga rahbarlik 1881-yilda
tuzilgan ,,Qoshma Shtatlar va Kanada uyushgan tred-yunionlari
va ishchi ittifoqi federatsiyasiga o tdi. 1886-yilda u Amerika
Mehnat Federatsiyasi degan nom oldi. AMF asosan yuqori malakali
ishchilar manfaatini himoya qilardi. 1914-yilda uning azolari
soni 2 mln. kishini tashkil etdi.
Tashkilot ishchilar manfaati yolidagi kurashda Kongress azolari
hamda korxona egalariga tasir otkazishga aloliida etibor berdi.
Hukumat 1894-yilda sentabrning birinchi dushanbasini Mehnat
kuni bayrami deb elon qilishga majbur boldi. Bu bayram
hozirgacha nishonlanib kelinmoqda.
1913-yil sentabrda 12000 korxonada kon ishchilari chidab
bolmaydigan ogir mehnat sharoitiga qarslii ish tashladilar. Ular 8
soatlik ish kuni joriy etilishini va ish haqini 10 foizga oshirishni
talab etdilar. Hukumat ishchilarga qarshi kuch ishlatdi. Butun
Kolorado shtatida harbiy holat elon qilindi. Ishchi lagerlari oqqa
tutildi. Koplab ishchilar halok boldi va yarador qilindi. Ish tashlovchilarning
rahbarlari esa otib taslilandi. Ishchilar majburan konlarga
qaytarildi.

Qora tanhlar ahvoli

Fuqarolar urushidan song qora tanli qullar ozodlikka enshdilar. Biroq, ular
tenglikka erisha olmadilar. Mamlakatda segregatsiya tartibi qaror
topdi. Qora tanlilar oq tanlilar oqiydigan maktabga, oq tanlilar
qatnaydigan cherkovga borolmasdi. Oq tanli chiqqan transportga
cliiqa olmasdi. Hatto mozorlar ham alohida edi. Shu tariqa, mamlakatda
irqchilik avj oldi. Ayniqsa, Janubda yashaydigan qora
tanlilaming ahvoli ogir edi. Ular Shimolga qocliib otardilar.
Biroq, bu yerda ham ular alohida mavzelarda yashashga majbur
edilar. Qarzdor qora tanli qamoqqa olinishi va qarzdan qutulishi
uchun istagan kishiga shartnoma asosidagi ishclii qilib berilishi
mumkin edi. Janubiy shtatlarda ular saylov huquqidan malirum
etilgan edilar. Ulaming ilgor ziyoli guruhlari qora tanlilaming
teng huquqli fuqaro bolishlari yolidagi kurashga rahbarlik qildilar.
Ular kuraslming tinch yolini tanladilar.

Hindular ahvoli

AQSHning tub yerli aholisihindular qattiq
azob-uqubatlarga duchor etildi. Hindular
oz haq-huquqlari uchun kuchlari yetguncha kurashdilar. Biroq,
kuchlar nihoyatda noteng bolgan bu kurashda yengildilar.
1880-yilgi oxirgi jangda yengilgan hindular alohida rezervatsiyalarga
surib chiqarildi. Bu rezervatsiyalar eng unumsiz tashlandiq yerlar edi. Bu yerda ular hukumat ,,vasiyligiga olindilar.
Hindular masalasi ana shunday yol bilan hal etildi.
AQSH Kongressi hindularga fermerlik faoliyati bilan shugullanishga
imkon beruvclii qonun qabul qildi.
Biroq, qonun amalga oslimay qolaverdi. Bunga, birinchidan,
hindularga ajratilgan yer maydonlarining unumsizligi, ikkincliidan
esa fermerlik faoliyati bilan shugullanish hindularning jamoaviy
turmush tarziga zid kelislii sabab boldi.

T. Ruzvelt va V. Vilsonlar davrida ichki siyosat

19001914-yillar AQSH tarixiga taraqqiyparvar davr nomi bilan kirgan. Bunga
AQSH prezidentlarining monopoliyalarga
qarshi kurash olib borganliklari sabab
bolgan.
Monopoliyalarga qarslii kurashdan maqsad  orta tabaqalar
manfaatini himoya qilish edi. Monopoliyalarga qarslii kurash
tarafdorlari taraqqiyparvarlar deb ataldi. Ulaming safida 1901-
yilda AQSH Prezidenti lavozimini egallagan Teodor Ruzvelt ham
bor edi.
U Amerika-Ispaniua urushida shaxsan qatnashib shuhrat
qozongan edi. T. Ruzveltning monopoliyalarga qarshi kurash
siyosati Adolatli yol deb nom oldi. Uning hukumati, ayni
paytda, ishcliilar bilan ish beruvcliilar ortasidagi mojarolarda
hakamlik vazifasini ham bajara boshladi. Hukumat trestlarga qarshi
20 dan ortiq sud jarayonini taslikil etdi. Bular malum natijalar
ham berdi. Xususan, sud qarori bilan Morgan nazorat qiladigan
temiryol kompaniyasi ikkiga bolindi. 1906-yilda temiryollar faoliyatini
tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.
1912-yilgi prezident saylovlarida demokrat Vudro Vilson galaba
qozondi. U Birinclii jahon urushi arafasida bojxona tariflari to grisida
yangi qonun qabul qilinishiga erishdi. Qonunga kora, tarif
stavkasi 10 foizga kamaytirildi. Daromadning osliib borishiga qarab,
qosliimcha soliq solinadigan boldi. Saylov tizimida ham islohot
otkazildi.
Unga kora, oldin ayrim shtatlaming qonun chiqaruvchi organlari
tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berislii
bilan saylanadigan boldi.
1914-yilda AQSH Kongressi trestlarga qarshi qonun qabul
qildi. Qonun ish tashlash davrida trestlarga yetkazilgan zararni
kasaba uyushmalaridan undirib olish tartibini bekor qildi.

Rezervatsiya (lotincha, saqlayman)  biror davlatda tub joy ahoHsining
omon qolgan qismini zorlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud.
Segregatsiya (lotincha, bolish)  ayrim davlatlarda aholini majburan
irqiy guruhlarga bolish.