17- XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
Lotin Amerikasi davlatlari

Umimiy tavsif

Amerika qitasi shartli ravishda Shimoliy va
Janubiy Amerikaga b o lindi. Janubiy
Amerika atamasi omiga kopincha Lotin Amerikasi iborasi ham
ishlatiladi. Malumki, Janubiy Amerikani ispanlar va portugallar
istilo qilgan edi. Ulaming tili lotin tilidan kelib chiqqanligiga nisbat
berilib, Janubiy Amerika Lotin Amerikasi deb atalgan.
Shimoliy va Janubiy Amerikaning taraqqiyoti bir xil darajada
kechgani yoq. Sliimoliy Amerikada joylashgan AQSH dunyoning
birinchi davlatiga aylangan bolsa, Lotin Amerikasi taraqqiyotda orqada
qolib ketdi.
Buning asosiy sababi Lotin Amerikasi davlatlarini tashkil etgan
hukmron doiralar va ulaming vakili bolgan siyosiy arboblar
kelib chiqishiga kora ispaniyalik va portugaliyaliklar bolganligi
bilan izohlanadi.
Ispaniya va Portugaliya bu davrda G arbiy Yevropaning iqtisodiy
jihatdan taraqqiyotda orqada qolgan davlatlari edi. Bu ikki
davlat jamiyati hayotida o rta asr feodal tartiblarining hamon
saqlanib kelinayotganligi buning asosiy sababi edi.
Lotin Amerikasi davlatlari hukmron doiralari aynan shu ikki
davlatda hukm surayotgan orta asr feodal munosabatlariga asoslangan
andazadagi tartiblami ozlarida ham saqlab turganlar. Chunki,
xuddi shu tartiblar ularga hokimiyatni o z qollarida mustahkam
saqlab turishning kafolati bolgan orta asr feodal tartiblarining
saqlanib qolganligi Lotin Amerikasida ham jamiyat taraqqiyotining
orqada qolisliiga sabab bolgan.
Lotin Amerikasida siyosiy jihatdan mustaqil bolgan davlatlarning
taslikil topish jarayoni 1870-yilga kelib, deyarli tugallandi. Argentina,
Meksika, Cliili, Urugvay, Venesuela va Kolumbiya mamlakatlari Ispaniya zulmiga qarslii uzoq vaqt oz mustaqilliklarini
saqlash va feodal monarxiyani agdarib taslilash uchun kurashdilar.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining kopcliiligida XIX asming
oxirgi choragida sanoat taraqqiyoti endigina boshlangan edi. Ularning
iqtisodiyotida kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda,
feodal munosabatlar, qulchilik qoldiqlari va hindulaming sodda
umg-qabilachilik jamoalari ham mavjud edi. Bu mamlakatlaming
asriy qoloqligidan Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH va Germaniya
kabi buyuk davlatlarning monopolistlari foydalanib qoldilar.
XIX asming oxirlariga kelib, Lotin Amerikasi mamlakatlari amalda
Buyuk Britaniya va AQSHning yarim mustamlakalariga aylanib
qoldilar.
Lotin Amerikasi davlatlarida kapitalizmning qaror topislii uzoq
va ota mashaqqatli yoldan bordi. Bu mintaqaga eng kop kapital
kiritgan davlat Buyuk Britaniya edi. Asosiy mablaglar bandargohlarga,
temiryollar qurilishiga, banklarga hamda tropik osimliklarni
o stirishga va gosht sanoatiga sarflanardi.
XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSH kapitali ham kirib kela
boshladi. 1897-yili AQSH Lotin Amerikasiga 250300 mln. dollar kapital
qoygan bolsa, 1913-yili bu korsatkich 1,5 mlrd. dollarga yetdi.

Kubaning mustaqulik uchun kurash

18681878-yillarda Kuba xalqi ispan mustamlakachilariga qarslii ozodlik kurashi. ol..i.b
bordi (Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib olgan
edi). Biroq, Ispaniya qaramligidan ozod bolishga erishilmadi.
Shunday bolsa-da, 1880-yilda qulcliilikning bekor qilinisliiga erishdi.
Tez orada Kubaga AQSH davo qila boshladi. U Kubani sotib
olish niyatida Ispaniyaga murojaat qildi. Biroq, Ispaniya rozibolmadi.
1895-yilda Kuba xalqi oz milliy qahramoni Xose Marti hamda
Maksimo Gomeslar boshchiligida qozgolon kotardi.
1898-yil Parijda imzolangan Ispaniya-AQSH sulh shartnomasiga
kora Kuba ,,mustaqil deb elon qilinganbolsa-da, amalda AQSHga
qarambolib qoldi.

Meksikada Dias diktaturasi

XIX asming 70-yillarida AQSHMeksika
(Meksika 1821-yilda davlat mustaqilligini
qolga kiritgan edi) munosabatlari keskinlasha
bordi. Bunga AQSHning Meksikani oziga siyosiy va iqtisodiy
qaram qilishga intilishi sabab b o ldi. Chunonclii, 1876-yilda
AQSH oziga chegaradosh Meksikaning sliimoliy tumanlarida Amerika
korxonalari va temiryollar qurish uchun Meksika hukumatidan
,,ruxsat soradi. Biroq, hukumat bu murojaatni rad etgach,
davlat to ntarishi uyushtirdi. AQSH va mahalliy
pomeshiklar reaksiyasiga tayangan
Porfirio Dias 1876-yilda prezident deb elon
qilindi va bu lavozimda ozgina tanaffus bilan
1911 -yilgacha turdi.
Dias diktaturasi davri Meksikani chet
el monopoliyalarining yarim mustamlakasiga
aylantirish davri boldi.
Dias idora qilgan davming oxiriga borib,
AQSHning Meksikaga qoygan kapitali 1
mlrd. dollardan oshdi. Holbuki, bu vaqtda
Buyuk Britaniya kapitali 350 mln. dollardan
oshmas edi. AQSH Meksikaning neft konlarini
oz qoliga oldi. Tashqi savdoning 90
foizini oz nazoratiga boysundirdi.
1909-yilda esa Meksikada hosil bolmadi. Oqibatda, dehqonlar
galayoniboshlandi. Dehqonlar harakatiga Emiliano Sapata rahbarlik
qildi. Sapata Dehqonlarni himoya qilish xuntasini tuzdi.
Uning shiori Yer va ozodlik degan chaqiriqdan iborat edi.
Diktaturadan norozilik burjuaziya orasida ham osib bordi.
Choyan quyuvchi zavod va paxta plantatsiyalarining egasi bolgan
Fransisko Madero muxolifatga bosh boldi. 1908-yilda u siyosiy
broshyura nashr qilib, unda konstitutsiyaga muvofiq qonuniy saylovlar
yoli bilan hokimiyatni almashtirish zarurligi haqidagi fikrlami
ilgari surdi.

1910-yilgi prezidentlik saylovi

1910-yil iyulda Meksikada prezidentlik saylovi otkazildi. Diktator Diasni prezidentlikka qayta saylashga qarshi turgan kopchilik
Madero atrofida birlashdi.
Prezidentlikka saylovda Madero oz nomzodini qoydi. Saylov
oqibatlaridan qorqqan Dias Maderoni turmaga tashlatdi.
Saylovlar ,,tinch otib, odatdagidek, Dias yana ,,galaba qozondi.
Oradan ancha vaqt otgach, turmadan boshatilgan Madero
AQSH ga ketishga majbur boldi va 1910-yili u yerda San-Luis-
Potosi rejasi deb atalgan oz dasturini elon qildi. U saylovlaming
soxtaligini oshkor qilib, ozini esa qonuniy prezident deb atadi.
Diktatura davrida hindulardan gayriqonuniy tortib olingan yerlarini
qaytarib berishga, pomeshiklarga qarashli yerlarning bir
qismini h aq to lash evaziga dehqonlarga berishga vada berdi. Xalqni
qozgolonga chaqirdi. 1911-yilda kotarilgan xalq qozgolonidan
qorqib ketgan Dias Meksikadan qochishga majbur boldi.

1911-yil 7-iyunda Madero poytaxtga kirib keldi va prezidentlik
lavozimini egalladi. Biroq, Meksikadagi ogir icliki siyosiy vaziyat
tufayli u biror jiddiy ozgarishlar qila olmadi. Shunday bolsa-da,
ish kunini 10 soatgacha cheklab qoydi va islilab cliiqarishda jarima
tizimini bekor qildi. Chet el kapitalini cheklashga va milliy iqtisodini
himoya qilishga intildi.

Uerta diktaturasi

AQSH Maderoning milliy siyosatiga dushmanlik
kozi bilan qaradi va diktator Diasning
maslakdoshi, general Uertani Maderoga qarslii gijgijlay boshladi.
AQSHning qollashidan ruhlangan Uerta 1913-yilda davlat
to ntarislii otkazdi. Madero otib taslilandi.
Uerta diktaturasi Meksikadagi ahvolni yanada ogirlashtirdi.
Faqat oddiy xalq emas, balki milliy buijuaziya va buijualashgan
pomesliiklaming bir qismi ham Uertaga qarshi cliiqdilar. Mamlakatda
fuqarolar urushi boshlandi. Milliy vatanparvar kuchlar
general Uerta diktaturasini agdarib tashladilar.

Meksika inqilobi

XX asr boshlarida Meksikada qudratli dehqonlar harakati boslilandi. Buning sababi
dehqonlaming yersizligi edi. Dehqonlar harakati inqilobga aylandi.
Bu inqilob (19101917) Meksika tarixiga burjua inqilobi nomi
bilan kirgan. Mamlakat janubidagi dehqonlar harakatining rahbari
Emiliano Sapata 1911-yilda oz agrar dasturini elon qildi. Bu dastur
hindulardan tortib olingan yerlarni ularga qaytarib berish, qolgan
barcha yerlarni musodara qilish va ulami yersiz dehqonlarga
bolib berish kabi talablardan iborat edi.
Mamlakat shimolidagi dehqonlar harakati rahbari Fransisko
Vilya bayrogiga Yer va ozodlik shiori yozilgan edi. E. Sapata va
F. Vilya qurolli kuchlari 1914-yilda mamlakat poytaxti Mexiko
shahrini egalladi. Lekin, kop otmay, hukumat qoshini ulami
chekinishga majbur etdi. 1917-yilga kelibgina dehqonlar qozgoloni
bostirildi. E. Sapata va F. Vilyalar turli yillarda yollangan qotillar
tomonidan oldirildi.
Dehqonlar qozgoloni yengilgan bolsa-da, izsiz ketmadi. Hukumat
agrar masalani qisman bolsa-da, hal etdi. Chunonclii, latifimdistlar
tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar dehqonlarga
qaytarildi. Bundan tashqari, 1917-yilda demokratik ruhdagi konstitutsiya
qabul qilindi.

Diktatura (lotinchacheklanmagan hokimiyat) hech qanday qonun
bilan cheklanmagan, zorlikka tayanuvchi hokimiyat.
Muxolifat a m a I dag i hukumat siyosatiga qarshi kuchlar.