24- XIX asr oxiri - XX asr
boshlarida Italiya

Italiyaning siyosiy tuzimi

Fransiyaning Prussiya bilan urushda yengilishi
Italiyani to la birlashtirish yolidagi
oxirgi to siqni bartaraf etishga imkon berdi.
1871-yilning 3-oktabrida Fransiya qosliini liimoyasida boIgan
Rim shahri ham mamlakat tarkibiga qoshib olindi. Papa hokimiyati
Vatikan saroyi bilan cheklab qoyildi. Bungacha, papa Piy
IX Rim shalirining Italiyaning qosliilisliiga qarshilik qilayotgan va
uni Fransiya armiyasi himoya qilayotgan edi.
Italiya siyosiy tuzumiga kora konstitutsiyaviy monarxiya bolib
qoldi. Konstitutsiyaga binoan, ikki palatali (Senat va deputatlar
palatasi) parlament tashkil etildi. Qirol Viktor Emmanuil II qonun
cliiqaruvclii hokimiyatni parlament bilan bolib oldi. Senatorlar qirol
tomonidan umrbod muddatga tayinlanar edi. Ijro etuvclii hokimiyat
Bosh vazir qolida to plandi. Saylovda qatnasliish uchun mulk senzi
joriy etildi. Natijada, 27 mln. aholidan 600 ming kishi saylov huquqiga
ega boldi.
Konstitutsiyada barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi,
uy-joy daxlsizligi, soz va matbuot erkinligi, yigilish otkazish
huquqi etirof etildi. Xristian dinining katoliklik oqimi yagona
din bolib qoldi. 1871-yilda cherkov va davlat munosabatini tartibga
soluvchi qonun qabul qilindi. Qonun Rim papasini muqaddas va
daxlsiz deb elon qildi va uning qarorgohi joylashgan shahar
davlat  Vatikanga boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabat
o rnatish huquqi berildi.

Iqtisodiy ahvol

Italiyaning milliy davlat bolib birlashtirilislii
mamlakatda kapitalistik tuzumni barqaror
qilish jarayonini tezlashtirish uchun qulay sharoit yaratib berdi.
Biroq, Italiya hamon agrar davlatligicha qolmoqda edi.
Yerga, asosan, yirik zamindorlaming egalik qilislii saqlanib qoldi.
Buning ustiga, yerdan foydalanislining qoloq shakllari hukm surardi.
Pomesliiklar yerining katta qismi mayda uchastkalarga bolinib, juda
ogir shartlar bilan (hosilning 3/4 qismini to lash sharti bilan)
dehqonlarga ijaraga berilardi.
Ayni paytda, mamlakat oldida katta moliyaviy muammolar paydo
bolgan. Bu Italiya ichki va tashqi qarzining nihoyatda kopayib
ketganligi oqibati boldi.
Αsib borayotgan chiqimlami qoplash uchun hukumat davlat
zayomlari cliiqarishga, mamlakat icliidagi hamda tashqarisidagi kapital
egalariga yordam sorab murojaat qilishga majbur boldi.
Oqibatda, Italiyaning davlat qarzi shiddat bilan kopayib
boraverdi. Shunga qaramay, kapitalizm tobora chuqur qaror topa
bordi. Hukumat, awalo, temiryo1 qurilishini kengaytirdi.
Savdo floti qurish keng avj oldi. Tez orada Italiya savdo floti
dunyoda ucliinclii oringa cliiqdi. Hukumat Italiyani Fransiya va
Shveysariya bilan boglaydigan ikkita tunnel qurdi. Yangi sanoat
tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatlari tariqasida vujudga keldi.
XX asrga kelib, kopdan kop orta va mayda sanoat korxonalari
saqlanib qolgani holda, islilab chiqarish va kapitalning markazlashuvi
jarayoni kuchaydi. Choyan va polat eritish, shuningdek, qand ishlab
chiqarish kartellari yuzaga keldi. 1906-yilda tashkil topgan ,,Fiat
aksiyadorlik jamiyati kimyo, rezina, masliinasozlik, elektr, avtomobil
sanoati va boshqa mahsulotlar islilab cliiqarishda tezda ustunlik
mavqeyini egallab oldi.
Birinchi jahon urushiga qadar Italiya agrar mamlakatligicha
qolib, ishga yaroqli aholisining kopchiligi qishloq xojaligida band
edi. Shunday bolsa-da, qishloq xojaligi bilan band boIgan aholi
soni yildan yilga kamayib bordi.

Ijtimoiy harakat


Mamlakatda mehnatkashlar ahvoli nihoyatda
og it edi. Italiya aholi jonbosluga daromad
taqsimoti darajasi boyicha Garbiy Yevropada eng oxirgi orinda
turar edi. Ish kuni 1213 soat davom etardi.
Ahvol, ayniqsa, mamlakat janubida ogir edi. Oqibatda,
Italiyaning koplab fuqarolari ish izlab chet ellarga ketdilar. 1914-
yilga kelib, xorijga ketganlar soni 7,5 mln. kishini tashkil etdi.
Italiya xalqi oz ahvolini yaxshilash va oz haq-huquqlari uchun
kurash olib borishga majbur bolgan. Bu kurash oqibatida, 1892-
yilda Italiya Sotsialistik partiyasi tuzildi.
Dehqonlaming ahvoli ham ogir edi. Bu ogir hayot Sitsiliyada
dehqonlar qozgolonining kotarilisliiga olib keldi. 1898-yilda Milanda
roy bergan umumiy ish tashlash 5 kunlik barrikada janglariga
aylanib ketdi. Hukumat ishchilar harakatini armiya kuchi bilan
bostirdi.
19031914-yillarda (orada malum uzilishlar bilan) Italiya hukumatini
oz davrining mashhur siyosiy arbobi J. Jolitti boshqardi.
J. Jolitti aholi xarid quvvatini oshirmay turib, sanoat ishlab
cliiqarishini rivojlantirib bolmasligini yaxshi tushunar edi. Buning
uchun esa mehnatkashlarga yaxshi ish haqi to lash zarur edi. Bu
haqda u Sanoat taraqqiyoti tepasida ish haqi yuqori bolgan
mamlakatlar turadi , deb ta kidlagan edi. Uning davrida kasaba
uyuslimalari tuzilisliiga, ish taslilash otkazilishiga ruxsat etuvchi,
tungi smenada bolalar va ayollar melinatidan foydalanmaslik, saylovchilarning
mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida
qonunlar qabul qilindi.
Ayni paytda, u davlatning mamlakat iqtisodidagi rolini oshirish
tarafdori edi. Uning fikricha, davlat  mehnat va kapital ortasida
hakam vazifasini bajarishi lozim edi

Tashqi siyosat

Italiya tashqi siyosatida ,,irredentizm tarafdorlarining
ta siri kuchaydi. Bu hoi uning
qoshni davlatlar bilan munosabatlarini yomonlashtirdi.
Italiya davo qilayotgan Shimoliy Afrika davlatlari hududini
birin-ketin Fransiya egallay boshladi. Bu hoi Italiyani Germaniya
bilan yaqinlashtirdi. 1882-yilda Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya
Ittifoqiga qoshildi.
Ittifoqchilarga ega bolgan Italiya tez orada Somalini bosib
oldi. Tez orada Eritreyani boysundirdi. 1895-yilda esa Efiopiyani
bosib olish maqsadida bu davlatga hujum qildi.
Biroq, 1896-yilning 1-avgustida Adua yonida Italiya qoshinlari
tor-mor etildi. Oqibatda, 5 ming italyan askari halok boldi.
Bu voqea Italiyada milliy sharmandalik sifatida qabul qilindi.
Yangi mustamlakalar bosib olish uchun qulay sharoit yaratish
zarur edi. J. Jolitti hukumati xuddi shunday sharoitni yarata oldi.
Chunonclii, Jolitti Italiya bilan Fransiya ortasidagi keskin
munosabatlami bartaraf etishga erishdi. 1902-yilda bu ikki davlat
ortasida bitim imzolandi. Bitimga kora, tomonlar ikki davlatning
biri boshqa davlatning hujumiga uchraydigan bolsa, ozaro qatiy
betaraflik majburiyatini oldilar.
1908-yili Italiya Bosniya va Gersegovinani Avstriya istilo
qilishiga qatiy norozilik bildirdi. Natijada, goyat keskin vaziyat
yuzaga keldi. Italiya 1909-yili Rossiya bilan Bolqon yarimorolidagi
oz manfaatlarini quwatlovchi bitim tuzdi. Ikkala davlat Avstriya-
Vengriyaning Bolqon mamlakatlariga suqilib kirishiga qatiy
qarshilik korsatishga kelisliib oldi.
Qulay diplomatik sharoit yaratilgach, Italiya 1911- yilda
Liviyaga hujum qildi. Liviya bu davrda rasman Turkiya imperiyasi
tarkibida edi. Bu hoi Italiya-Turkiya urushini keltirib chiqardi.
Urush Italiya galabasi bilan tugadi. 1912-yildan boshlab, Liviya
Italiya mustamlakasiga aylandi.
Millatclii gurulilar fikricha, JJolitti hukumati tartib va osoyishtalik
omatishga qodir emas edi. Ulaming tazyiqi ostida J J o litti
istefo berdi. Shu tariqa Italiyada liberalizm davri tugadi.

Mulk senzi  saylovda qatnashish uchun fuqaroning malum
darajadagi mulkka ega bolishi (boshqa davlatlarda ham bolgan).
Irredentizm  Italiyaga qoshni boMgan davlatlarda italyanlar qisman
yashaydigan hududlami qoshib olishni targib qiluvchi millatchilik
harakati.