25-. XIX asr oxiriXX asr boshlarida
Bolqon davlatlari

Bolqon davlatlarining Turkiya tomonidan ezilishi

XIX asming 70-yillariga kelganda janubiy slavyanlarning kopcHIligi hamon CHET EL  zulmi ostida ezilmoqda edi. Faqat Chernogoriya
va Serbiya yerlarining bir qismigina mustaqil edi. Janubiy slavyanlarbolgarlar, makedoniyaliklar,
Bosniya va Gersegovina slavyanlari, serblarning talaygina qismi
hamon Turkiya hukmronligi ostida edi.
Xorvatlar, slovenlar garbiy slavyanlar (chex, Slovak, polyak)
ning bir qismi esa Gabsburglar hukmronligi ostida edi. Polyaklarning
ikkinchi qismi Germaniya, uchinchi qismi esa podsho
Rossiyasi zulmidan azob chekardilar. Chet el zulmi slavyan xalqlarining
siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga tosqinlik qilardi.

Milliy-ozodlik harakati

XIX asming 60-yillaridan boshlab, slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashi kuchaydi Jasur bolgar inqilobchisi Vasil Levskiy mustaqil demokratik Bolgariya Respublikasini barpo etish rejasini
ilgari surdi. U Bolgariya hududida yasliirin qozgolonclii qomitalar
tuzdi. 1872-yildaV. Levskiyni qatl etishganbolsa-da, ozodlik harakati
pasaymadi. 1876-yilda Bolgariyada q o zgolon boshlandi.
Qozgoloncliilar oz bayroqlariga Ozodlik yoki olim! shiorini
yozgandilar. Talantli publitsist va shoir Xristo Botev ozodlik
harakatiga yolboshchilik qildi. U 1876-yilda turklar bilan bolgan
jangda qahramonlarcha ha lo k b o ldi. U ha lo k b o lgan kun Bolgariyada
Xotira kuni sifatida nishonlanadi.
Bolgar xalqining kurashi juda ogir kechdi. Kuchlar teng emas
edi. Turklar 30 000 ga yaqin bolgami qilichdan otkazdilar va koplab
qishloqlarni kultepaga aylantirdilar.
Bu vahshiyliklar koplab mamlakatlar jamoatchiligini qattiq
gazablantirdi. Rus hukumati Bolqonda oz ta sirini mustahkamlash
uchun qozgolonlardan foydalanisliga qaror berdi va Bolqon
slavyanlarini yoqlab chiqdi.
Rossiya hukumati 1877-yil 24-aprelda Turkiyaga qarshi urush
elon qildi. Urushda Turkiya maglubiyatga ucliradi. Ikki ortada
imzolangan San-Stefano shartnomasiga kora, mustaqil Bolgariya
davlati tashkil topdi.
Turkiya Chemogoriya va Serbiyaning mustaqilligini tan olishga
majbur boldi. Ulaming hududi ancha kengaydi. Ruminiya mustaqil
davlat deb etirof etildi

Bolgariyaning qayta tiklanishi

Yangidan vujudga keltirilgan Bolgariyatiklanishi
nm davlat tuzummi 1878-yilda qabul
qilingan Bolgariya konstitutsiyasi belgilab
berdi. Konstitutsiyaga muvofiq, Bolgariya konstitutsiyaviy monarxiya
deb elon qilindi. Konstitutsiya Bolgariya mustaqilligini amalda
tasdiqladi.
Biroq, Buyuk Britaniya va Avstriya-Vengriya Bolqonda Rossiya
mavqeyining mustalikamligidan hamda qudratli Bolgariya davlati
tashkil topganligidan tashvishda edilar. Shuning uchun ham ular
Rossiyani San-Stefano sulh shartnomasini qayta rib cliiqishga
rozilik berishga majbur etdilar. Berlinda chaqirilgan xalqaro
kongress aynan shu masalaga bagishlandi. Kongress kopgina
masalalar qatori Bolgariya masalasini ham korib chiqdi va uning
San-Stefano shartnomasiga k o ra ega b o lgan hududlarni
qisqartirish, ayni pytda, uning janubiy chegarasini Egey dengizidan
uzoqlashtirish to grisida qaror qabul qildi.

Mustaqillikdan keyingi ichki siyosiy ahvol
Rossiya imperatori Aleksandr II qaynisi (xotining jiyani) hamda bir vaqtning o`zida Pruss zobiti bo`lgan Aleksandr 
Battenbergni Bolgariya davlati boshligi etib saylaslini taklif etdi.
Bolgariya Buyuk xalq majlisi bu taklifni maqulladi.
Biroq, yangi hukmdor Rossiyadan mustaqil siyosat yuritishga
urindi. Buning uchun unga tayanadigan davlatlar ham kerak edi.
Shuning uchun ham A. Battenberg Garb davlatlari bilan yaqinlashish
siyosatini yurita boshladi. Uning asl niyati  Bolgariya
armiyasida xizmat qilayotgan rus zobitlarini nemis zobitlari bilan
almashtirishda yaqqol namoyon boldi. Endi, Rossiya hukumati unga
Rossiyaning dushmani sifatida qaray boshladi.
Mamlakatda o z mavqeyini mustahkamlashga intilgan
Aleksandr Battenberg janubiy va shimoliy Bolgariyaning yangidan

yagona davlatga birlashganligini elon qildi. Bu holni Bolqondagi
boshqa slavyan davlatlari oz manfaatlariga zid harakat, deb
baholadilar.
Rossiya ulaming ham manfaatlarini hisobga olishi kerak edi.
Shuning uchun ham Aleksandr II hukumati norozilik belgisi sifatida
Bolgariyadan oz zobitlarini chaqirib oldi. Shunday sharoitda Rossiya
tarafdorlari b o lgan oliy zobitlarning bir guruhi 1886-yilda
Aleksandr Battenbergni taxtdan voz kechishga majbur etdilar.
Ammo, hukumat kuchlari bu zobitlarni hibsga oldi. Oxir-oqibatda,
Rossiya va Bolgariya ortasidagi diplomatik munosabatlar uzildi.
Buning ustiga, Bolgariya taxtiga Avstriya-Vengriya nomzodi Ferdinand
Kaburskiy o tqizildi. Rossiya  Bolgariya diplomatik
munosabatlari 1896-yildagina tiklandi, xolos.
1908-yilda Avstriya-Vengriya madadiga tayangan Bolgariya ozini
Turkiyadan to la mustaqil davlat deb elon qildi.
Ikkinchi Bolqon urushida Bolgariyaning maglubiyatga
uchrashi uning keyingi tashqi siyosatining yonalishini belgilab
berdi. 1913- yilda hokimiyat tepasiga germanparast hukumat
keldi. Bu hukumat tashqi siyosatda Bolgariyaning milliy
manfaatlarini Uchlar ittifoqi (Germaniya, Avstriya-Vengriya
va Italiya) yordamida himoya qilishini malum qildi. Bu bayonot,
Yevropada bolajak katta urushda Bolgariya Uchlar ittifoqi
tarafida turishini anglatar edi.

Serbiyaning^mustaqillikka erishishi

XIX asr oxirlarida Serbiya Turkiyaga nomigagina qaram 
 edi, xolos. Serbiya
tashqi siyosatining asosiy maqsadi 
Turkiya qol ostida qolayotgan serb yerlarini tola qaytarib olish
va ulami yagona Serbiya davlatiga birlashtirishdan iborat edi.
Shuning uchun ham Serbiya Rossiyaning Turkiyaga qarshi
urushlarida faol qatnashgan.
Berlin kongressi Serbiyaning Bosniya va Gersegovina, Novi-
Pazar hududlariga b o lgan davosini rad etdi. Bosniya va
Gersegovina Avstriya-Vengriyaga boysundirildi. Novi-Pazar esa
Turkiya qol ostida qoldirildi. Bundan kozlangan maqsad 
Serbiya va Chemogoriyaning birlashishiga yol qoymaslik edi.
Shunday bolsa-da, Berlin kongressi Serbiyaning Turkiyadan
mustaqil ekanligini tasdiqladi. Ayni paytda, Serbiya zimmasiga chet
el tovarlaridan tranzit boj olmaslik va unga Turkiyadan olib berilgan
yangi hududlarga mutanosib miqdorda Turkiyaning chet el davlatlari
oldidagi qarzini to lash majburiyati yuklandi. Bu ham


yetmagandek, Turkiya qol ostida qoldirilgan Novi-Pazarga Avstriya-
Vengriya qosliini joylashtirildi.
Bu esa Rossiyaning manfaatlariga mutlaqo zid voqea boldi.
Maqsadi Bolqonda mustalikam o rnashib olib, u yerdan Qora
dengizning Turkiyaga qarashli Dardanell va Bosfor bogozlariga
hamda Istanbul shaliriga xavf solib turish bolgan Rossiya uchun
boshqacha bolislii ham mumkin emas edi.
Serbiyada Rossiya tarafdorlari bolgan kuchlar katta ta sirga
ega bolgan. Natijada, shu omillar qachonlardir Avstriya-Vengriya
va Rossiya manfaatlarining qattiq to qnashuvini keltirib cliiqarishi
muqarrar edi.

Albaniyaning mustaqillikka erishishi

Bolqonning boshqa xalqlari qatori,
Turkiya mustamlakasi bolgan Albaniya
ham o z mustaqilligi uchun kurashni
kuchaytirdi. Albaniyadagi barcha siyosiy kuchlar Albaniyani
taqsimlab olish rejalarini tuzayotgan chet el davlatlari siyosatiga
qarshi cliiqdilar. Bolgariyada chiqayotgan Kalendari kombiar
(Milliy kalendar) jumali 1902-yilda shunday deb yozgan: Biz
uyquda yotibmiz, bu vaqtda esa bizning ustimizda savdolashmoqdalar
.
Birinclii Bolqon urushida Turkiyaning yengilishi natijasida,
1912-yil 28-noyabrda Albaniya mustaqillikka erishdi. Turklaming
qariyb besh asr davom etgan hukmronligiga barham berildi.
