II BO`LIM YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI

Garbiy Yevropa davlatlari XIX
asr oxiri va XX asr boshlarida
XIX asr oxiri  XX asr
boshlarida Amerika davlatlari

II bob G ARBIY YEVROPA DAVLATLARI XIX
ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA

3- Fransiya-Prussiya urushi va
uning yakunlari

Fransiya-Prussiya urushining sabablari

XIX asming 60-yillari ikkinchi yarmidan
 boshlab Fransiya imperaton Napoleon III
mavqeyiga putur yetdi. Bunga sabab
Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyot boyicha oz qoslmilari bolgan
Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi boldi.
Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka
uchray bosliladi. Chunonclii, u Prussiyaning Germaniyani
birlashtirisliiga tosqinlik qila olmay qoldi. Germaniya yagona davlatga
birlashadigan bolsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obrosiga
jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi
barham topar edi. Tabiiyki, Fransiya hukmron doiralari buni aslo
xolilamas edi.
Fransiya hukmron doiralari 1860-yildagi Buyuk Britaniya-
Fransiya savdo shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz
tovarlarining Fransiyaga koplab kiritilishi fransuz tovarlari bilan
raqobatni kuchaytirmoqda edi. Bundan tashqari, mamlakatda
ishsizlik, qimmatcliilik melmatkashlaming doimiy yoldoshi bolib
qolgandi. Bu hodisa ishchilaming keskin noroziligini vujudga keltirdi.
Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarslii golibona
urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek, Napoleon
III ning ham mavqeyini tiklagan bolardi. Buning uchun esa
urushda galaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yol qoymaslik
va Germaniyaning bazi hududlarini bosib olish zarur edi.
Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi umshga
tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi Germaniyada Prussiyaning hukmronligini mustahkamlashga to siq bolgan Fransiyani
yengish va Germaniyani birlashtirislmi nihoyasiga yetkazish edi.
Tomonlarga uruslmi boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos.
Tez orada bunday bahona ham topildi.

Urushning boshlanishi

Ispaniya taxtiga kimni otqizish masalasi
urushning boshlanishi uchun bahona
boldi. Xosh, bu muammo qanday vujudga kelgan edi? 0 zining
bir vaqtlardagi qudratini yoqotgan Ispaniyada 1868-yilda inqilob
yuz berdi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga qocliib ketishga majbur
boldi. Fransiya imperatorining xotini (millati ispan edi) Izabellaga
taxtni qaytarib olisliida yordam berishga qaror qildi.
Biroq, tez orada, Yevropaning buyuk davlatlari o rtasida
Ispaniya taxti uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon
bermadi. Bunga Germaniyaning ham Ispaniya taxtiga o z
nomzodini qoyishga harakat qilgani sabab boldi. Fransiya
hukumati Germaniyadan oz nomzodidan voz kechishini talab
etdi. Imperator Vilgelm I bunga rozi boldi. Bu vaqtda u Ems
shahrida (kurort shahar) davolanayotgan edi. Biroq, bu rozilik
Fransiyani qanoatlantirmadi. Endi, Fransiya Germaniyadan
kelgusida ham Ispan taxti uchun nomzod korsatmasligini, hozir
korsatgan nomzodidan taxt davosidan butunlay voz kechishiga
erishishini talab qildi. Imperator Fransiya elchisiga bu masala
xususida Berlinga qaytgach javob qaytarishini malum qildi.
Urushga shosliilayotgan Prussiya kansleri Bismark esa gazetada
imperator va Fransiya elchisi ortasidagi suhbat tafsilotini atayin
buzib talqin etdi. Gazetadagi xabarga kora, goyo imperator
Fransiya elchisi bilan gaplashishni xolilamagan va elchiga orqasini
ogirib olgan (Bu hodisa tarixga Ems depeshasi nomi bilan
kirgan).
Bu xabami Fransiya oz shani uchun haqorat deb hisobladi va
Germaniyadagi elchisini chaqirib oldi.
1870-yil 17-iyulda Fransiya Prussiyaga urush elon qildi.
Shu tariqa Fransiya-Prussiya urushi boshlandi. Biroq, tez orada,
Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi, Fransiyaning
Prussiya qudratini yetarli baholamaganligi malum bolib
qoldi.

Imperiyaning halokati. 

Buni 1-sentabr kuni Napoleon III
ham tarkibida bolgan Fransiya qoshinining Sedan qalasi yonida
qurshab olingani isbotladi. Fransiya qoshini nemislaming 140
minglik qoshini orasidan qurshovni yorib ota olmadi. Noiloj
qolgan Napoleon III 2-sentabr kuni oq bayroq kotarishga
buyruq berishga, o zining qilichini esa Prussiya qiroliga
jo natishga majbur boldi. Shu tariqa bu yerdagi 80 ming kishilik
qoshin Napoleon boshchiligida taslim boldi. Napoleon III
Sedanda oz Vaterloosini topdi. 100 ming kishilik ikkinchi qoshin
ham Mets qalasida qurshovga tushib qoldi. Endi Fransiya
Germaniyaga tahdid sola olmas edi. Bu maglubiyat ayni paytda
ikkinchi imperiya hokimiyatining halokati ham boldi.

Depesha  shoshilinch xabar.
Vaterloo  hozirgi Belgiya hududidagi qishloqning nomi. Bu
qishloqda 1815-yilning 18-iyunida Napoleon I armiyasi tor-mor
etilgan jang bolib otgan va shu tariqa birinchi imperiya (1804
1814) qulagan. Bu hodisa tarixga Vaterloo jangi nomi bilan kirgan.
