VI
bob
XIX  ASRNING  OXIRI    XX  ASR 
BOSHLARIDA  AFRIKA  MAMLAKATLARI



33 - .  Shimoliy  Afrika  mamlakatlari

Ijtimoiy va  siyosiy hayot

Afrikaning  shimoliy  qismida,  Sahroyi
Kabiming janubiy  chegarasiga  qadar  aho- 
lining  kopcliiligini  arablar  tashkil  etardi. 
Bu  hududlarda  barbarlar,  habashlar  va  boshqa  xalqlar  ham 
yashardi.
XIX asming 70-yillariga qadar Afrikaning sliimolida va shimoli- 
sharqida,  yani  arablar  yashovchi  hududlarda  mutlaq  podsholik 
tuzumlari  hukm  surardi.  Ulardan rasman  Usmonli turk imperiyasi 
tarkibiga  kirgan  Misr,  Tripolitaniya,  Kirenaika  (hozirgi  Liviya)  va 
Tunis esa amalda Turkiya sultoniga itoat etmasdilar.
XIX asr oxirida  Misr va  Sudan  Buyuk Britaniyaning,  Tunis, 
Jazoir  va  Marokash   Fransiyaning,  Marokaslining  bir  qismi  
Ispaniyaning,  Liviya esa Italiyaning mustamlakalariga aylandi.

Misrning asoratga solinishi

Misrning  XIX  asr  oxiri    XX  asr  bosh-

laridagi  tarixi  Turkiya  hukmronligidan
ozod  bolish  va  inglizlarning  mustamla-
kacliilik siyosatiga  qarshi kurash bayrogi  ostida  otgan ozgarishlar
davri boldi.
Musulmon  ruhoniylaridan  al-Azhar  madrasasida  mudarris 
boIgan  Jamoliddin  al-Afgoniy va uning  shogirdlari  milliy-ozodlik 
harakatida  katta  obro  qozonishdi.  Ular  barcha  musulmonlami 
mustamlakacliilarga,  Turkiya  zulmiga  qarslii  birlashuvga,  konsti-

tutsiyaviy  tuzum  ornatilishiga  cha- 
qirdilar.  1871-yilda  Jamoliddin  al- 
Afgoniy  Xizb  ul-Vatan  (Vatan 
partiyasi) partiyasini tuzdi. Bu partiya 
chet  elliklarga  qarshi  Misr  misrlik- 
lamiki sliiori ostida kurashdi. ,,Vatan 
chilar  hukmdor  (Hadiv)ning  huqu- 
qini  cheklovclii  konstitutsiya  uchun 
kurashdilar.  1882-yil  7-fevral  kuni 
Hadiv yangi qonunga imzo chekishga 
majbur boldi.  Unga  kora  hukumat 
Deputatlar palatasiga boysunadigan, 
Suvaysh kanali.  parlament  budjet  ustidan  nazorat
qilish  huquqini  oladigan,  birorta  qonun  deputatlar  palatasi 
ruxsatisiz  qabul  qilinmaydigan  boldi.  Bulaming  hammasi  feodal 
mustabid  tuzumidan  burjua  parlament  tuzumiga  otish  yolidagi 
katta galaba edi.
Chet  elliklar  Misr  hukumatiga  ultimatum  yuborib,  amaldagi 
hukumatni  tarqatishni  talab  qildilar.  Mustamlakachilarning  bu 
talabi  bajarilmadi.  Bunga  javoban  Buyuk  Britaniya  1882-yilda 
Iskandariyani  toplardan  oqqa  tutdi.  Uning  desanti  shahami 
egalladi.  Bunga  qarslii,  Misr  qoshini  rahbarlaridan  biri  Alimad 
Orabibey  Qoliirada  oliy  davlat  organi   Muvaqqat  kengash  tuzdi. 
60  ming  kishilik  qoshin  to pladi.  K op  otmay  inglizlar 
Suvayshni  bosib  oldilar  va  Qohiraga  yurish  boshladilar.  1882-yil 
sentabrda Misr qosliini yengildi.  Polkovnik Ahmad  Orabibey  Sey- 
lon  oroliga  umrbod  surgun  qilindi.  Shunday  qilib,  Misr  Buyuk 
Britaniya  mustamlakasiga  aylandi.
Buyuk Britaniya Misrda Usmonli Turk imperiyasi hokimiyatini 
rasman  tugatmadi.  Misr  hadivlari  sulolasi,  Vazirlar  kengaslii  no- 
miga bolsa ham saqlandi.  Moliya ustidan nazorat tolaligicha ingliz 
masla-hatcliilariga otdi.
1888-yilda  Istanbulda  Suvaysh  kanalidan  foydalanish  boyi- 
cha  Buyuk  Britaniya,  Germaniya,  Ispaniya,  Italiya,  Rossiya, 
Turkiya,  Fransiya  davlatlari  konvensiya  imzolashdi.  Unga  kora 
kanaldan barcha  davlatlar xoh urush,  xoh tinclilik paytida bolsin 
erkin  foydalanish  huquqini  olishdi.
Milliy ozodlik uchun kuraslining faol tarafdori bolgan ,,Vatan 
partiyasi  inglizlar  nazarida  eng  xavfli  bolib  chiqdi.  Uni  kuch- 
sizlantirish  uchun  keskin  choralar  korildi.  Natijada  ,,Vatan  par-

tiyasi  keng  siyosiy  kurash yolidan yakka  terror yoliga  otib  ketdi. 
Partiyaning  ,,A1-Liva  (,,Bayroq)  gazetasi  taqiqlandi.
Ammo ozodlik harakati esa boshqa korinishlarda davom etdi. 
Majlis  vitse-prezidenti  Saad  Zaglul  demokratik,  milliy-ozodlik 
ruhidagi  deputatlarni  oz  atrofiga  toplab,  majlis  nomidan  ingliz 
hukmronligiga qarshi hujjatni otkazishga erishdi.



Mahdiylar qo'zg'oloni


XIX  asr  oxiri  XX asr boshlarida  Sharqiy
Sudan  Misr  qaramog ida  edi.  1881-yilda 
sudanliklaming  yetakchisi  Muhammad  Alimad  xalqni  Misr-Turk 
zulmiga  hamda yevropaliklarga  qarshi muqaddas urushga  chaqirdi. 
Muhammad  Alimad  ozini  Mahdiy  deb  elon  qildi.  Gubernator 
Mahdiyni  qamash uchun  yuborgan  200  kishilik  harbiy guruh yoq 
qilib taslilandi.
1882-yilda  Xartumga  Misrlik Abdul  Qodir  general-gubemator 
etib  tayinlandi.  U  mahdiylar  harakatini  bostirishga  urindi.  Lekin, 
maglubiyatga uchradi. Bu orada inglizlar Mismi bosib oldilar.  1883- 
yili general Xiks bosliliq ingliz qoshini  Sudan ansorlari tomonidan 
qirib  taslilandi.  1884-yili  inglizlar  Sudanga  general  Gordon 
boshchiligida harbiy qism yuborishdi. Biroq, bu qosliin ham ansorlar 
tomonidan yoq qilindi va Sudan ozod qilindi.
1885-yilda  Sudanda  mustaqil  mahdiylar  davlati  tuzildi. 
Qozgolon rahbari mahdiy  Muhammad Alimad vafot  etib,  uning 
birinchi xalifi (xaliflari tortta edi) Abdulloh hokimiyatni oz qoliga 
oldi.  Omdurman shahri poytaxt  etib belgilandi. Mamlakat viloyat- 
larga bolindi.  200 ming kishilik qoshin davlatning asosiy tayanchi 
bolib qoldi.
Biroq,  mamlakatda  ichki  nizo  kuchaydi.  Aynan  shu  omil 
mahdiylami  kuchsizlantirdi.  Bundan  foydalangan  Buyuk  Britaniya 
Efiopiyani  Sudanga  qarshi  gijgijladi.  Natijada,  1885-yilda  ikki 
ortada  urush  harakatlari  boshlandi.  Bu  orada  Italiya  Efiopiyaga 
hujum qildi.  1887-yilda Adua yonida Italiya qosliini tor-mor qilindi. 
Efiopiya  hukmdori Yoxonni  Abdullohga murojaat  qilib,  umumiy 
dushmanga  qarslii  birgalikda  kurashga  chaqirdi.  Lekin,  Abdulloh 
buning evaziga Yoxonnidan islomga otishini talab qildi.  Oqibatda, 
zarur  bitim  tuzilmay  qoldi.  Efiopiya-Sudan  urushida  kop  qon 
tokildi.  1889-  yilda  Efiopiya  imperatori  Menelik  sudanliklar 
foydasini  kozlovclii  bitimni  imzolashga  majbur  boldi.
1889-yil  avgustda  esa  Buyuk  Britaniya    Misr  birlashgan 
qoshinlari  Sudan  mahdiylari  qoshini  ustidan  galaba  qozondi  va 
Sudanning asosiy qismini bosib olishga erishdi.



Buyuk davlatlarning Shimoliy Afrikadagi siyosati


1883-yil  Tunisda  Fransiya  hukmronligi
 ornatildi. Bungacha Fransiya Jazoirni ham
Jazoirda XIX asr oxirida 300
mingdan  ortiq  fransuz  yashardi.  Hosildor 
yerlar  fransuzlar  qolida  edi.
19051906-yillarda Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash 
boshlandi.  1912-yilda Yosh Jazoir partiyasi tuzildi. Bu partiya sud 
ishlarida jazoirliklar  uchun  mahalliy  kodeks  nomli  kamsituvchi 
tartibni bekor qilish, soliq olishda jazoirliklar va yevropaliklami teng- 
lashtirish,  xalq  maorifmi  kengaytirish,  arablar  uchun  saylanadigan 
lavozimlami  kopaytirish  kabi talablami  qoydi.
Yevropa davlatlarining  mustamlaka taqsimotida  Fransiya Ma- 
rokashga ham ega boldi.  1900-yili Italiya Fransiyaning Marokashga 
nisbatan  huquqlarini  tan  oldi.  Buning  evaziga  Italiya  Liviyaga 
daxldor  ,,huquqqa  ega  boldi.
Fransiya  Marokashga  qarshi  urush  ochish  uchun  bahona 
qidirar edi.  1907-yilda Marokash shalirida  fransuz vrachi oldirildi. 
Shu  bahonada  Fransiya  zudlik  bilan  urush  harakatiarini  boslilab 
yubordi.  Qisqa  vaqt  icliida  Fransiya  Marokaslining  barcha  asosiy 
shaharlarini  bosib  oldi.  Marokaslining  bazi  hududlari  esa 
Ispaniyaga berildi.
Liviya  uzoq  vaqt  Turkiya  mustamlakasi  bolib  keldi.  1911-yil 
28-  sentabrda Italiya Liviyaga bosqinchilik urushi boshladi.  Tur
kiya tayinli javob  chorasi korolmadi.  Oqibatda,  1911-yil  5-noyabr 
kuni Liviya Italiya mulki deb elon qilindi.


Ansorlar (arabcha  yordamchilar, safdoshlar)  Muhammad (s.a.v) 
sahobalaribir tabaqasining nomi. (Ular 622- yilda Makkadan Madinaga 
kochib borgan musulmon muhojirlarga va Rasulullohga yordam ber- 
gan  hamda  Islom  dinini  qabul  qilgan  Madinaning  avs  va  hazraj 
qabilalarining azolari bolganlar)
Mahdiy (arabcha  Olloh tomonidan togri yolga yetaklovchi)  
Islomda  oxirzamon  bolganida  kelib,  yerda  adolat  omatadi,  deb 
ishoniluvchi paygambar.
