4- Fransiyada Uchinchi Respublika va
1871-yil 18-mart davlat to ntarishi

4- sentabr inqilobi

Maglubiyat haqidagi xabami esliitgan Parij
aholisi 3 -sentabr kuni qozgolon kotardi.
Ular Respublika elon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab
qildilar. Xalq talabi bilan 4 -sentabr kuni Fransiyaning qonun
chiqaruvchi Korpusi imperator agdarilganligini elon qilishga
majbur boldi. Ayni paytda Fransiya Respublika deb elon qilindi. Bu
mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi.
Qonun chiqaruvchi Korpus general Troshyu boshchiligida
Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatini tuzdi.
Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji boricha koproq
holdan toydirishni xohlar edi. Ular Fransiyadan katta tovon
undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyatlari bolmish
Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intildi. Endi urush Prussiya
uchun bosqinchilik urushiga aylandi.
19-sentabr kuni Parij Prussiya qoshini tomonidan qurshab
olindi. Muvaqqat hukumat noiloj taslim boldi.
Urushdagi galaba Prussiyaga oz qol ostida butun Germaniyani
yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871-yil 18-yanvar
kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya  imperiya, Prussiya
qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb elon qilindi. Otto
fon Bismark imperiya kansleri lavozimini egalladi.
1871-yil fevral oyida Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch
saylov otkazildi va Tyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 26-
fevralda Fransiya-Germaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.

1871 il 18 mart voqealari

Prussiyaga qarshi urushdagi maglubiyat va
 ayanchli shartlar asosida vaqtincha imzolangan
tinchlik shartnomasi parijliklarning
hukumatga qarshi qahr-gazabini kuchaytirib yubordi. Buning
ustiga, Parijda muhtojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxining
keskin oshib ketishi yuz berdi. Hatto orta tabaqa vakillari
ham xonavayron bola boshladi.
Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo boldi.
Bunga qamaldan song aholining qarzlari b o yicha to lovlarni
to lashga majbur bola boshlanganligi hamda hukumat qarorgohi
etib Versal shahri tanlanganligi sabab b o ldi.
Buning ustiga, Bosh vazir Tyer Milliy gvardiyani qurolsizlantirishni
buyurdi. 18-mart kuni kechasi hukumat qoshini Milliy
gvardiyaga hujum qildi. Bu hodisa Parij aholisini oyoqqa turgazdi.
Ular hukumat qoshinini chekinishga majbur etdilar. Tyer hukumatni
Versalga kochirish haqida korsatma berdi. Bunga javoban
Parij mehnatkashlari qozgolon kotardilar. Ular Milliy gvardiya
bilan birgalikda harakat qilib, shahaming muhim ahamiyatga ega
bolgan joylarini qolga kiritdilar.
Kop otmay hukumat binosi, harbiy kazarmalar va barcha
davlat muassasalarini ham qozgolonchilar qolga oldi.
Parijda hokimiyat Milliy gvardiya Markaziy qomitasi qoliga
otdi. Bu qomita muvaqqat hukumat vazifasini bajardi. Davlat
organlariga ishchilar, ziyolilar va qozgolonning boshqa qatnashchilari
vakillari boshchilik qila boshladi. 26-mart kuni Parij
Kommunasiga saylov otkazildi va Kommuna Kengashi tuzildi.
Bu kengash oz azolaridan 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi.
Shu tariqa Parij shahri oziga xos kichik bir davlatga aylandi. Bu
davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi.
Parij Kommunasi (kommuna  lot. umumiy degan manoni
beradi, yani xususiy mulkka qarshidir) qator tub ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, egalari tashlab ketgan
korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi. Majburiy va bepul
ta lim joriy etildi. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan
ajratildi. Mehnatkashlarning uy-joy haqini to lash muddatlari
kechiktirildi. Ishsizlami ish bilan ta minlash idorasi tuzildi. Xususiy
mulk b o lib kelgan temiryol idoralarini Kommuna o z ixtiyoriga
oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat omatdi. Biroq, Kommuna
oz faoliyatida qator xatolarga ham yol qoydi.
Birinchidan, Parijdan qocliib ketgan Tyer hukumatini ta qib
qilmadi. Bu esa Tyerga Kommunaga qarshi kurash uchun zarur
kuch to plab olishga imkon berdi. Natijada, hukumat qoshini
Parijni qamalga olishga muvaffaq boldi.
Ikkincliidan, mamlakatning qolgan qismi Kommunani qollabquvvatlamadi.
Bu hukumatning kommunachilarni mamlakatni
dushman ishgol qilib turgan paytda bosh kotargan isyonchilar
deb yuritgan nafratli tashviqotining natijasi edi. Dehqonlarni,
Kommuna to la galaba qozonsa, mol-mulkidan ajralib qolishi
mumkinligi bilan qorqitishga erisha oldi.
Uchinchidan, Kommuna davlat xazinasini, banklami to la oz
qoliga olmadi.
Tortinchidan, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki
siyosati xususida birlikka erishib bolmadi.
Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga
yordam berdi. Chunonclii, Bismark 40 ming fransuz askar va zobitlarni
asirlikdan boshatib, ulami Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi.

Kommunaning yengilishi

Hukumat qoshini 21-may kuni hujumga
 0tdi va shu kuni Parijga kirib keldi. Kommunachilar
mardona jang qildilar. Biroq
kuclilar noteng edi.
28-may kuni Kommuna tola tor-mor etildi. Asir olingan 30 mingga
yaqin kommunachi otib tashlandi. 50 mingga yaqin kommunachilar qamoqqa olindi. Bular orasida minglab xotin-qizlar va bolalar
ham bor edi. Shu tariqa 72 kun yashagan Kommunaga xotima berildi.
Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri
nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari hokimiyat bilan
fuqarolaming ozaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi
zarurligini isbotlab berdi.

Frankfurt sulh shartnomasi

1871 -yil 10-may kuni Germaniyaning
Frankfort shahrida Fransiya Germaniya sulh shartnomasi lmzolandi. Unga  ra
Fransiya Germaniyaga 5 mlrd. frank tovon to laydigan boldi. Bu
tovon tolanib bolinguncha, Germaniya oz qurolli kuclilarining bir
qismini Fransiya hududida saqlab turadigan boldi. Bundan tashqari,
Fransiyaning Elzas va Lotaringiya viloyatlari Germaniyaga berildi.

Parij Kommunasi  Parij shahri mehnatkashlarining 1871-yil
26-martda tashkil etgan hokimiyat organi.
Kommuna Kengashi  26-martda otkazilgan saylovdan song Parijda
tashkil etilgan, ham qonun chiqaruvchi, ham ijro etuvchi hokimiyatni
amalga oshiruvchi organning nomi.
