6- Fransiyaning ichki siyosati

Uchinchi respublika ichki siyosati

Respublika hukumati ichki siyosatda bir
qator muliim tadbirlami amalga oshirdi.
Chunonchi, 18811882-yillarda ta lim
to grisida qonunlar qabul qilindi. Unga kora maktab cherkovdan
ajratildi. Talimning dunyoviyligi ta minlandi. 13 yoshgacha bolgan
bolalar uchun majburiy bepul ta lim joriy etildi. Maktablarda ta lim
maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan boldi.
Oliy pedagogik bilim yurtlarida oqituvchi kadrlar tayyorlash
yolga qoyildi. Majburiy ta lim dasturida ogil bolalar uchun
gimnastika predmeti majburiy deb belgilandi. Bundan osmirlami
bolajak harbiy xizmatga jismonan yetuk qilib tayyorlash maqsadi
kozda tutilgan edi. Qiz bolalar uchun litseylar ochildi. Maxsus
oliy oquv yurtlarida ayol oqituvchilar ham tayyorlana boshlandi.
1884-yilda kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish
tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi. Ishcliilar oz
kasaba uyushmalari va mehnat birjalarini tuzdi. Bu birjalar
ishsizlar haqida, ulaming turmushi haqida gamxorlik qila
boshladi.
Munitsipal kengashlarga oz merlarini saylash huquqi berildi.
Bungacha ular markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar edi.
Mamlakatda respublikani mustahkamlash tobora chuqur qaror topa
bordi. 1876-yilgi Senatga bolgan saylovlarda respublikachilar qoli
baland keldi. Bungacha davlatni boshqargan monarxiya tarafdori
bolgan prezident Mak-Magon istefo berishga majbur boldi.

Siyosiy ahvol 

Mamlakatda ichki siyosiy hayotning oziga
xos bir xususiyati,  bu koppartiyaviylikning
qaror topganligi boldi. Ulaming icliida radikallar, sotsialistlar
va respublikachilar partiyalari yetakchi nufuzga ega edi.
18871894-yillarda Fransiya siyosiy hayotida, ayni paytda,
demokratiyaga qarshi kuclilar tasiri ham osib bordi. Chunonclii,
mamlakatda millatchilik, shovinizm goyalari keng tarqala boshladi.
Bu goyalar tarafdorlari qudratli qoshingina Elzas va Lotaringiyani
qaytarib olishi mumkinligiga ishonar edi. Fransiya ichki siyosiy
hayotida anarxistlar va monarxiyachilar faoliyati ham kuchaydi.
Ulaming maqsadi  mavjud tuzumni agdarish edi. Bu maqsadga
erishish uchun anarxistlar kurashning terror usulini qolladi.
Chunonchi, ular 1893-yilda parlament binosiga bomba tashladi.
Buning oqibatida 80 kislii yarador boldi.
1894-yilda hatto mamlakat Prezidenti Sadi Kamo ham oldirildi.
Fransiya kontrrazvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida
josus tomonidan Germaniyaga maxfiy malumotlar yetkazib
berilayotganligini aniqladi.
Maxsus xizmat bu masalada Fransiya qoshini Bosh shtabida
xizmat qiluvchi yahudiy millatiga mansub kapitan A. Dreyfusdan
shubha qila boshladi. Tez orada u josuslikda ayblanib jinoiy javobgarlikka
tortildi. Aslida A. Dreyfus josus emas edi. Biroq, soxta
hujjatlar va soxta guvohlar yordamida uning ,,josusligi fosh etildi.
Harbiy sud uni umrbod surgun jazosiga hukm qildi.
Siyosiy reaksiya Dreyfus ishidan mamlakatda demokratiyaga
qarshi tashviqotni kuchaytirish, millatchilik, shovinistik
kayfiyatlami yanada avj oldirish uchun foydalandi.
Mamlakatda A.Dreyfusning josus emasligiga, hali haqiqiy jo sus
fosh etilmaganligiga ishonuvchilar bor edi. Ular haqiqiy josusni
fosh etish uchun teksliiruvni davom ettirdi. Va nihoyat, haqiqiy
josus aniqlandi. U Bosh shtab mayori Estergazi bolib cliiqdi.
Biroq, Bosh shtab va u bilan mustahkam boglangan kuchlar
bu haqiqatni oshkor etishni o zlari uchun katta sharmandalik
deb liisobladi. Lekin, bu haqiqat sirligicha qolib ketmadi. 1897- yilda u
matbuot yuzini kordi.
Fransiyaning barcha demokratik kuchlari A. Dreyfus ishini
qayta korib chiqishni talab eta boshladi. Sharmanda bolishni
istamagan kuchlar soxta guvohning o ldirilishini uyushtirdi.
Estergazi esa Fransiyadan qochib ketishga muvaffaq boldi.
Dreyfus ishi atrofidagi kurash uzoq davom etdi. Oxiroqibatda,
hukmron doiralar uni ozodlikka chiqarishga majbur boldi.
Biroq, u aybsizligi uchun emas, ,,sogligi yomonlashgani
uchun ozod qilindi. A. Dreyfus 1906-yildagina to la oqlandi.

Iqtisodiy hayotdagi ozgarishlar

XX asr boshlariSa kelib> mamlakatda
motadil siyosiy barqarorlik ta minlandi.
Bunga XIX asr 90-yillarining ortalaridan
boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli erishildi. 1913-yilda 1900-
yildagi 5,4 mln. tonna o rniga 22 mln. tonna temir rudasi qazib
chiqarila boshlandi. Bu sohada Fransiya AQSH va Germaniyani
ortda qoldirdi.
Sanoatda yangi tarmoqlar (elektrotexnika, avtomobil va kimyo)
tez rivojlana boshladi. Natijada, sanoatda xizmat qilayotgan aholining
soni 36 foizga yetdi. 40 foiz aholi qishloq xojaligida band edi.
Fransiya eksportida jun birinchi, ip-gazlama ikkinchi, shoyi
gazlama uchinchi, fransuz vinolari to rtinchi o rinni egalladi.
Fransiyaning chetga kapital chiqarish quvvati yanada ortdi. Bu
borada u dunyoda Buyuk Britaniyadan song ikkinchi oringa chiqdi.
1914-yilga kelganda Rossiyaga 13 mlrd., Buyuk Britaniya va AQSHga
5 mlrd., Janubiy Amerika davlatlariga 6 mlrd. frank miqdorida kapital
chiqardi.
Bu kapitallar foiz hisobida Fransiyaga juda katta miqdorda
daromad keltiribgina qolmay, ayni paytda siyosiy ittifoqchilarni
ham vujudga keltirdi.

Ijtimoiy harakat

Fransiya mehnatkashlarining ahvoli esa og`ir edi. Ular kumga 1012 soat, ba zan
1416 soatgacha ishlashga majbur edi. Mehnatkaslilar oz haqhuquqlari
uchun kurasha boshladi. Bunday sharoitda ishcliilar
harakatini uyushtirish muliim ahamiyatga ega edi. 1880-yilda ishchi
tashkilotlari vakillari Fransiya ishchi partiyasini tuzdi. Ayni
paytda, ishcliilar kasaba uyushmalari va mehnat birjalari tuzildi.
Ular ishsizlar va ish tashlashda qatnashayotganlar haqida gamxo
rlik qila boshladi.
Chunonchi, mehnat qonunlari kodeksiga kora, ish vaqtida
olingan jarohat uchun to lov to lanadigan boldi. Haftada bir kun
dam olish kuni joriy etildi.
1910-yilda esa pensiya haqida qonun qabul qilindi. Unda pensiya
yoshi 65 yosh deb belgilandi (bu korsatkich Germaniya va
Buyuk Britaniyada 70 yosh edi). Ijtimoiy harakatda ikki asosiy
oqim mavjud edi. Ulaming birijamiyatni parlament yoli bilan
(islohotlar orqali) qayta qurish, ikkinchi si esa noqonuniy yol bilan
(qurolli qozgolon) qayta qurish yoli edi. Ikkinchi yol bora-bora
oz tasirini butunlay yoqotdi.

Anarxizm (yunoncha  hokimiyatsizlik, beboshlik) alohida bir
shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat
va davlat tuzumini rad etuvchi talimot.
Shovinizm  irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi
o taketgan millatchilik.
Siyosiy reaksiya  taraqqiyotga qarshi, eskirgan ijtimoiy tartiblarni
saqlab qolish tarafdori bolgan siyosiy kuch.
