7- Fransiyaning tashqi siyosati

Mamlakatning xalqaro ahvoli

XIX asming 70-yillaridan boshlab, Fransiya-
 ning xalqaro maydondagi ahvoli zaiflashdi.
Prussiya bilan bolgan urushdagi qaqshatqich
maglubiyatdan song Fransiyaning kontinental Yevropadagi
yetakchi davlat mavqeyi yoqqa cliiqdi. Endi Fransiya Germaniya
hujumidan xavfsirab yashaydigan davlatga aylandi.
Ayniqsa, 1879- yilda Germaniya va Avstriya-Vengriya ortasida
tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi Fransiyaning xalqaro mavqeyini
yanada yomonlashtirib yubordi. Shunday bolsa-da, Fransiya
boshqa buyuk davlatlar o rtasidagi ziddiyatlardan ustalik bilan
foydalanib, o z mustamlakachilik imperiyasini tobora kengaytirish
imkoniga ega boldi.

Mustamlakachilik imperiyasining yaratilishi

XIX asming 70-yillari oxiridan boshlab
mustamlakachilik siyosatining tigi awal
bosib olingan mustamlaka hududlarini
ozlashtirish va yangi mustamlakalar bosib
olishga qaratildi.
1881-yilda Sliimoliy Afrikada joylashgan Tunisning bosib olinislii
yangi mustamlakalar bosib olish yolidagi dastlabki qadam boldi.
Germaniya Fransiyaning Tunisni bosib olishiga atayin qarsliilik
korsatmadi. Uning maqsadi Fransiya va Italiya munosabatlarini
keskimlashtirish edi. Chunki, Germaniya Italiyaning ham Tunisga
davogarligini yaxslii bilardi.
Fransiya bilan munosabatlari keskinlashgan Italiya endi Germaniya
bilan yaqinlasha boshladi. Oxir-oqibatda, bu yaqinlashuv
1882-yilda Italiyaning 1879-yilda Germaniya va Avsrtiya-Vengriya
imperiyalari ortasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoqqa qoshilishga olib
keldi. Shu tariqa, Yevropada jahon tarixiga Uchlar ittifoqi
nomi bilan kirgan harbiy-siyosiy ittifoq qaror topdi.
Fransiyaning Afrikadagi bosqinchilik siyosati Tunis bilangina
cheklanib qolgani yoq. Aksincha, 18911896-yillar davomida
Gvineya, Senegal, Madagaskar va Mavritaniyani ham bosib oldi.
1912-yilda esa Marokash ustidan oz protektoratini omatdi.
Fransiya Osiyoda ham oz mustamlakalarini kopaytirib bordi.
Chunonclii, 1883-yilda Vyetnamgahujum qildi. Oradan on yil otgach,
Laos ustidan protektorat o rnatdi. Shu tariqa, 20 mln. aholi
yashaydigan mustamlakacliilik imperiyasi tuzildi. Bu mustamlakachilik
imperiyasi tufayli, Fransiya katta daromad manbalariga ega boldi.

Buyuk Britaniya bilan yaqinlashuv

Germaniya Buyuk Britaniyaning Yevro
 padagi birinclii davlat mavqeyiga eng kop
darajada xavf solayotgan davlatga aylanib
borayotganligi Buyuk Britaniya hukmron doiralarini tashvishlantirmay
qolmasdi. Germaniya bu davrda xalqaro siyosiy maydonda
quyoshning hamma davlatlar yelkasiga birdek nur sochishi
lozimligini davo qilayotgan ham edi. Bu ulkan uch mustamlakachi
davlat  Buyuk Britaniya, Fransiya va podsho Rossiyasi mustamlakalarini
qayta bolishga davogarlik, degani edi. Bu davo Fransiyani
ham tashvishga solib qoydi. Qolaversa, Fransiya hamon 1870-1871-
yillardagi Fransiya-Pmssiya urushining oqibatlarini unutgani
yoq edi. Binobarin, Fransiya uchun shu vaqtgacha xalqaro miqyosda
asosiy raqibi bolib kelgan Buyuk Britaniya bilan yaqinlashish
yollarini izlashdan boshqa yol yoq edi. Ayni paytda, Buyuk Britaniya

uchun ham Fransiya bilan yaqinlashish uning manfaatlariga mos
kelardi. Chunki, bu davrda xalqaro maydonda Germaniya uning
birinchi raqibiga aylanib qolgan edi.
Nihoyat, FransiyaBuyuk Britaniya yaqinlashuvi roy berdi.
Bu yaqinlashuv 1904-yilda ular ortasida bitim imzolanishi bilan
yakunlandi. Bu bitim ulaming mustamlakalar masalasi yuzasidan
kelishuvlarini ozida aks ettirgan edi. Xususan, Fransiya Buyuk
Britaniyaning Misrdagi harakatlariga bundan buyon to sqinlik
qilmasligini, Misming Buyuk Britaniya tasir doirasida ekanligini
tan oldi. 0 z navbatida, Buyuk Britaniya Fransiyaning Marokashdagi
manfaatlarini tan oldi.
Marokash sultoni oz vazifasini bajara olmasligi ehtimoli borligi
va shunday b o lib qolsa, Marokash hududining Gibraltar
bogoziga bevosita tutash bolgan qismini Ispaniyaga berish belgilab
qoyildi. Marokashning qolgan qismini Fransiya oz qoliga olishi
kozda tutildi.
Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bogozi Fransiyaning emas,
boshqa ozi uchun xavfsizroq bolgan Ispaniya tasarrufida bolishi
maqul edi.
1904-yilgi ikki davlat o rtasidagi bitim aslida Buyuk Britaniya
va Fransiya o rtasida harbiy-siyosiy ittifoq to grisida shartnoma
tuzilganligini ham anglatar edi.  

Rossiya bilan  yaqinlashuv

XIX asr oxiri - XX asr boslilarida Rossiya
 va Avstriya-Vengriya munosabatlari tobora
yomonlashib bordi. Bunga ikki davlat manfaatlarining
Bolqon yarimorolida keskin to qnash kelganligi sabab
boldi.
1879-yilda Germaniya va Avstriya-Vengriya harbiy-siyosiy
ittifoqining tuzilishi hamda bu ittifoqqa Italiyaning qoshilishi
vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday bir sharoitda Fransiya
va Rossiyaning yaqinlashuvi tabiiy bir hoi edi. Germaniyaning
yanada kuchayib ketishini istamagan Rossiya Germaniyaning
Fransiyaga qarshi yangi urush ochish rejalariga to sqinlik qilib
keldi.
1882-yilda Uchlar ittifoqining tashkil etilganligi Fransiya
bilan Rossiyani yaqinlashishga majbur etdi.
Nihoyat, 1891-yilda bu ikki davlat ortasida ittifoq bitimi tuzildi.
Bitimga kora, bu ikki davlatdan biriga tashqi hujum sodir
etilganda, har ikki tomon bir vaqtning ozida harbiy safarbarlik
elon qilishi kozda tutildi.
1907-yilda esa Rossiya 1904-yilda Buyuk Britaniya va Fransiya
o rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoqqa qoshildi. Shu tariqa,
Yevropaning buyuk davlatlari ikki harbiy-siyosiy ittifoqqa bolinib
ketdi.
