8- XIX asr oxiri  XX asr boshlarida
Germaniya. Imperiyaning tashkil topishi

Germaniyani birlashtirishning tugallanishi

Yuqorida aytilganidek, Fransiya-Prussiya
davom etayotgan bir paytda, yani
1871-yilnmg 18-yanvanda barcha german
davlatlarining monarxlari Versalda toplanib, Prussiya qiroli Vilgelm I
ni Germaniya imperatori deb elon qildilar. Bu Germaniyaning ikkinchi
marta imperiya deb elon qilinishi edi. Shunday qilib, butun Germaniya
hududining 2/3 qismida joylashgan, aholisining esa 60% yashayotgan
Prussiya monarxiyasi yetakchiligida Germaniyaning birlashuvi
tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo qilindi.

1871-yilgi imperiya konstitutsiyasi

1871-yil aprelida imperiya reyxstagi umumgerman
konstitutsiyasini qabul qildi. Germaniya
imperiyasi ittifoqchilar davlati bolib
qoldi. Elzas-Lotaringiya imperiya tarkibiga hokim (shtatgalter) tomonidan
idora qilinadigan maxsus imperiya viloyati bolib kirdi.
Hokimni imperatoming ozi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim
davlatlar oz konstitutsiyalari, vakillik muassasalarini (landtaglarini)
saqlab qoldi.
Konstitutsiyaga muvofiq, imperiyaning oliy vakolatli muassasalari
Ittifoq Kengashi (Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Konstitutsiyada
birlashgan Germaniyada Prussiya gegemonligi mustahkamlab
qoyildi. Imperator urush elon qilar, sulh tuzar, xalqaro

munosabatlarda imperiya nomidan ish
^ korardi. Ayni paytda, u imperiya qurolli
fm kuchlarining bosh qomondoni ham edi.
 Imperator oz ixtiyori bilan Reyxstag va
I Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish,
ochish, tarqatib yuborish yoki muddatini
chozish, imperiya kanslerini tayinlash va
vazifasidan ozod etish huquqlariga ega edi.
1871-yil konstitutsiyasiga binoan, imperator
bir vaqtning ozida Prussiya qiroli
ham hisoblanardi.
Germaniyaning birinchi imperiya
kansleri lavozimiga Otto fon Bismark
tayinlandi. U davlat boshqaruvida katta
tajribaga ega bolib, deyarli 20 yil davomida (18711890) mamlakat
hukumatini boshqardi. Bismark Germaniya tarixida Temir kansler
laqabi bilan nom qoldirdi.
Reyxstag, konstitutsiyada korsatilganidek, umumiy saylov huquqi
asosida besh yil muddatga saylanardi. Lekin amalda saylov huquqi
faqat nomigagina umumiy edi. Harbiy xizmatchilardan tashqari,
25 yoshga to lgan erkaklargina saylov huquqidan foydalanardi.

Germaniyaning
iqtisodiy taraqqiyoti

7080-yillarda Germaniya iqtisodi gurkirab
rivojlana boshladi. Uning sanoat mahsulotlari
barcha qita davlatlari bozorlariga kirib
bordi. Xosh, qanday omillar Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanisliiga
sabab boldi?
Bosh omil  Germaniyaning birlashtirilganligi edi. Bu birlashuv
tufayli yagona icliki bozor vujudga keldi. Yani, bojxona to siqlari
olib tashlandi. Yagona pul, olchov va ogirlik birliklari joriy etildi.
Ikkinclii omilFransiyaning talanishi boldi. Fransiya 3 yil icliida
5 mlrd. frank tovon to lashga majbur etildi. Undan tortib olingan
temir rudasiga boy Lotaringiya bilan Saar toslikomir koni birgalikda
Germaniya ogir sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega boldi.
Uchinchidan, Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar
tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandi. Ishlab chiqarishga eng
ilgor texnologiya hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etdi.
Ayniqsa, Tomson tom o n id a n fosfor olish ja ray o n in in g
soddalashtirilishi Germaniya sanoatining gurkirab rivojlanishi
uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Chunki, Germaniya fosfor
rudalarining asosiy makoni edi.

Tortinchidan, sanoatning tez suratlar bilan militarlashtirilishi
islilab cliiqarislming rivojlanisliiga ta sir etmay qolmadi. Fransiyadan
undirilgan tovonning malum qismi harbiy buyurtmalar uchun
to landi. Bu omillar, ayni paytda, Germaniyani agrar davlatdan
industrial davlatga aylantirdi.
Germaniya kimyo sanoatida jahonda birinchi oringa chiqib
oldi. Temiryollar uzunligi 1890-yildagi 43 ming km dan 1914-
yilga kelib 68 ming kilometrga yetdi. Temir va p o lat ishlab
chiqarishda esa AQSHdan song ikkinchi oringa cliiqdi. Choyan
islilab cliiqarish 18921912-yillar orasida 4,9 mln. tonnadan 17,6
mln. tonnaga osdi.
Sanoat rivojlanislii bilan islilab chiqarish tobora yirikroq korxonalarda
toplana bordi. Bu davrda liar birida 1000 dan ortiq ishclii
ishlaydigan korxonalar soni 600 taga yaqinlashgan edi.
Ayni paytda, sanoatda ishlab chiqarishning markazlashuvi
kuchaydi. Masalan, komir qazib chiqarish, choyan va polat eritish
asosan 4 ta monopoliya qoliga otdi.
1914-yilga kelib, Germaniyada sanoat islilab chiqarishi 1871-
yilga nisbatan 7 marta kopaydi. Sanoat korxonalarida 1907-yilda qariyb
10,4 mln. nafar ishclii islilar edi.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatdan Germaniya dunyoda
AQSH dan keyin ikkinchi orinni egalladi. Melinat unumdorligi 40
yilda deyarli ikki baravar oshdi. Qisliloq xojaligi ham tez suratlar
bilan taraqqiy eta boshladi.

Bundesrat (Ittifoq Kengashi) Germaniya parlamentining yuqori
palatasi.
Reyxstag  Germaniya parlamentining quyi palatasi.
Kansler  bosh vazir.